Umida Allaberdiуeva

 

Huquqshunos, ikki bolaning onasi va suyukli rafiqa. Kasbi - sulolaviy, ota-onasi ham huquqshunos bo‘lishgan. Yurisprudensiyadan tashqari, loyiha boshqaruvi, change management, kouching, psixologiya bilan qiziqadi. Ish tajribasini Adliya vazirligida boshlagan, keyin Bakrie Telecom, McCann-Ericksonda faoliyat yuritgan. Qariyb 5 yil JIDUda dars bergan, "Axborot texnologiyalari huquqlari" kursini ishlab chiqqan. 2003 yilda JIDUda Huquq-Internet loyihasiga rahbarlik qildi. Shuningdek, internetda bolalar xavfsizligi masalalari bilan shug‘ullanadi, Human Houseda shu mavzuda ma'ruza qilgan. Bir necha yil xo‘jalik ishlari bo‘yicha advokat bo‘lib ishladi. 2010 yilda qurilish kompaniyasining yuridik bo‘limiga rahbarlik qildi, davlat tenderlari bo‘yicha ko‘plab loyihalar amalga oshirildi. 2014 yildan buyon komplaens yo‘nalishi bilan shug‘ullanadi. 


Doimo yozishni yoqtirgan, 2016-2017 yillarda "Ekonomicheskoe obozrenie"da maqolalari chop etilgan, kolumnist bo‘lgan, o‘tgan yili O‘zbekiston yozuvchilari tanlovida uchinchi o‘rinni egalladi. Ko‘p sayohat qiladi, Singapur, Osaka, Rim, Nayrobi, Budapesht hammasidan ham katta taassurot qoldirgan. O‘zbekiston bo‘ylab mashinada sayr qilishni yoqtiradi.


Sevimli mualliflari – K.Vonnegut, A. Kamyu, J. London, Ch. Dikkens, D. Setterrfild, R. Bredberi. Biznes-adabiyotdan Kavasaki va Larssen ijodiga juda qiziqadi.

 

Maqolalar: "Biznesda komplayens"
"Pandemiya davrida komplaens: murakkab davr uchun oddiy 6 tavsiya"

АвторQVANT tahririyati

Комментарии

Hamkorlar