Ishonchli boshqaruv: manfaatli investitsiyami yo qalloblik?

Ishonchli boshqaruv – bu investitsiyalashning turlaridan biri bo‘lib, unda professional investor sizning pulingizni qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar, obligatsiyalar, fyucherslar)ga tikadi, valyutalar savdosi bilan shug‘ullanadi va foyda olish uchun o‘z strategiyalarini qo‘llaydi. Bunday atama, bu xizmatning o‘zi kabi, O‘zbekistonda keng tarqalmagan, hozirgi o‘zbekistonliklar uchun esa, aftidan, bank omonatlaridan boshqa hamma narsa begona. Bu haqiqatan foydalimi, firibgarlarga yo‘liqmaslikning yo‘llari qanday va bunday xizmatni mamlakatimizda topish mumkinmi? Tafsilotlar – quyidagi maqolada.


O‘z kapitalini taqdim etishning asosiy g‘oyasi nimada?

Gapni har qanday mahalliy bankka qo‘yilgan depozit ham o‘ziga xos ishonchli boshqaruv ekanligidan boshlash kerak. Banklar omonatchilarning pullarini aholiga kredit berish uchun ishlatadilar, foydaning bir qismini esa, o‘z omonatchilari bilan bo‘lishadilar. Xorijiy banklar omonatdagi pullardan qimmatli qog‘ozlar va boshqa aktivlar sotib olish uchun foydalanadilar.


Xususiy ishonchli boshqaruvda ham shunday tamoyil qo‘llaniladi, faqat sizning pullaringizni bank emas, balki bozorda muntazam savdo qiluvchi bir yoki bir nechta ekspert oladi. Bundan tashqari, siz potensial foyda va xatarlarni nazorat qila olasiz (ya'ni, aktivlarni qisman nazoratda ushlaysiz), muntazam hisobotlar olasiz, barcha ishlar esa ekspert bilan tuzilgan ikki tomonlama kelishuv asosida bo‘ladi, unda barcha nyuanslar va fors-majorlar ko‘zda tutiladi.

 


Nega kimdir sizning nomingizdan investitsiya kiritishi kerak?

Tabiiyki, pul uchun. Ekspertlar kapitalingizni ikki turdagi komissiyaning biri asosida boshqaruvga oladilar: yo sof foydadan foiz, yoki butun kapitaldan foiz. Masalan, shartli treyder har oyda sof foydaning 33 foizini yoki boshqaruvga olingan summaning 3 foizini so‘rashi mumkin. Ikkinchi shart ko‘pincha siz pul topishni emas, pulingizni inflyasiyadan saqlashni maqsad qilganingizda dolzarblik kasb etadi. Yomon holatda yillar o‘tganda ham pulingiz qadrsizlanmaydi, ijobiy holatda minimal xatarda foyda ham keltiradi.

 


Qancha ishlab topish mumkin?

Bu tanlangan strategiya va kapitalingiz miqdoriga bog‘liq. Agar sizda bir necha yoki o‘nlab ming dollar bo‘lsa, siz ularni umumiy shartlarda boshqaruvga berishingiz mumkin. Odatda, o‘rtamiyona tushumli o‘rtacha xatarli ohista strategiya qo‘llaniladi – bu yillik 25 foizdir.


Год - yil


Agar sizda yirik kapital – 100 ming va undan ziyod dollar bo‘lsa, siz individual kelishuv imzolashingiz va savdo shartlarini to‘liq nazoratga olishingiz mumkin. Ko‘p hollarda ekspert siz uchun maxsus investitsiya portfelini tuzadi, unday quyidagi muhim omillar belgilanadi:

  • Xatarli aktivlardan foydalanish miqdori (yillik foyda 50%dan yuqori);

  • O‘rtacha xatarli aktivlardan foydalanish miqdori (yillik foyda 25% atrofida);

  • Ishonchli aktivlardan foydalanish miqdori (yillik foyda 10% atrofida);

  • Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va “xoldlash” (shunchaki saqlab qo‘yish) va ularga dividendlar olish yoki ularni muntazam oldi-sotdisi bilan shug‘ullanish.


Agar o‘rtacha qiymatlarni olsak, eng xatarli aktivlarni odatda kapitalning 10 foizigacha bo‘lgan miqdorda, o‘rtacha xatarga ega aktivlarni – 35 foizgacha, ishonchlilarini – 60% atrofida xarid qiladilar.


Pullarni qallob emas, ekspert olayotganligini qanday bilsa bo‘ladi?

Pulingizga ega chiqish uchun turli-tuman afsonalar o‘ylab topuvchi anchagina tashkilotlar mavjud. Odatda bu “qimmatli metallarga investitsiyalar”, “innovatsion kriptovalyutaga pul tikish” va hokazo, kundalik to‘lovlar va'da qiluvchi, Angliya yoki Irlandiyada ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalar bo‘ladi.

Haqiqiy mutaxassislarning xos jihatlari:

  • Sertifikatlar va ishlash uchun litsenziya mavjudligi;
  • Mehnat tajribasi va portfolio;

  • Mutaxassis mansub bo‘lgan yuridik shaxs yoki tashkilot mavjudligi;

  • Ishining mohiyatini tushuntirish va shartnoma haqidagi barcha tafsilotlar;

  • Mijozlar bilan ishlash uchun shartnomaning o‘zi mavjudligi;

  • Kirish ostonasi (ya'ni har qanday summa bilan ishlayvermaslik sharti)ning mavjudligi.

O‘zbekistonda ishonchli boshqaruvga investitsiya kiritishga qanday urinib ko‘rish mumkin?

Mamlakatimizda bunday faoliyat yuritayotgan kompaniyalar ancha kam. Buning asosiy sabablaridan biri qonunlarga ko‘ra, respublikada ishonchli boshqaruvni nazarda tutuvchi faoliyatning o‘zi yo‘qligidir.


Birinchi bo‘lib tanishlarga murojaat qilish kerak. Agar atrofingizda investitsiyalar bilan shug‘ullanadigan odamlar bo‘lsa, ular shunga o‘xshash kompaniyalarni taklif qila oladilar.

Ikkinchisi – Uranus Invest moliyaviy konsultanti yoki istalgan boshqa konsaltingga murojaat qilish. Kompaniyamiz Shveytsariya, Angliya va boshqa mamlakatlardagi yirik bozor ishtirokchilari bilan aloqalar o‘rnatgan va biz ham aloqa o‘rnatishda, ham bevosita ish boshlashda yordam bera olamiz.

Uchinchisi – internetda mustaqil izlash. Biroq, bu holda ham, kamida qalloblarga duch kelmaslik uchun, qolaversa, maksimal darajada mos keluvchi va ishonchli ekspertni topish uchun moliyaviy konsultant bilan maslahatlashish kerak bo‘ladi.

АвторFeruz Aliуev, хalqaro investitsiyalar bo'yicha konsultant, Shveytsariya birlashgan Savdo-sanoat palatasi a'zosi, "Uranus Invest" kompaniyasi asoschisi.

Комментарии

Hamkorlar