Ilmiy rekordlar

Eng yosh havaskor-astronom

2011 yilda Kanadada Ketrin Grey ismli 10 yoshli qizaloq o‘ta yangi yulduzni kashf etgan eng yosh inson bo‘ldi. Qizcha otasining nomiga havaskorlar rasadxonasidan kelgan suratlarni o‘rgandi. Otasi – Pol Grey esa, havaskor-asronom o‘laroq, asteroidlarni va oldindan ma'lum o‘ta yangi yulduzlarni ajratib, qiziga yordam berdi. Yangi Supernova 2010lt nomli, 17- yulduz kattaligi magnitudasiga ega o‘ta yangi yulduz 240 million yorug‘lik yili masofasida joylashgan. Odatiy yulduzlardan farqli ravishda, o‘ta yangilar shunchalik yorqinki, ularni soddagina teleskoplar yordamida ham ko‘rish mumkin. Galaktikamizda o‘ta yangi yulduzning oxirgi portlashi bir necha yuz yil oldin ro‘y bergan. Bu hodisa ilmiy hamjamiyat uchun alohida qiziqishga ega, chunki portlashda hosil bo‘lgan kimyoviy elementlarning aksariyati yer va boshqa sayyoralar yaratilishida aniqlangan.

Eng kichik tranzistor

Tranzistorning o‘lchami kompyuter texnologiyalarini takomillashtirishning muhim qismi sanaladi. Tranzistor qanchalik kichkina bo‘lsa, chipda shuncha ko‘p joylashtirish mumkin bo‘ladi va protsessor shunchalik tezkor va samarali ishlaydi. Aynan shu sababli, Lourens Berkli nomidagi Milliy laboratoriya olimlari jamoasi tomonidan dunyodagi eng kichik tranzistorning yaratilishi 2016 yil oktyabrda katta yangilik bo‘ldi. Olimlar ishchi 1 nanometrli zanjirli tranzistor yaratish uchun uglerod nanoquvurchalari va molibden disulfidi nomli birikmadan foydalandilar. Shu tariqa Dunyo rekordlari akademiyasi ma'lumotlariga muvofiq, eng kichik tranzistor uchun yangi dunyo rekordini o‘rnatdilar.

Eng katta sodda son

Mersenn sodda sonlarini izlash uchun bepul dasturiy ta'minotdan foydalanadigan Great Internet Mersenne Prime Search (GIMPS) hamjamiyati ko‘ngillilari tomonidan eng katta sodda son aniqlandi. Mersenn soni – sodda yoki 2p-1 ko‘rinishidagi tarkibli sonlar. Sonlarni izlash bilan 14 yildan buyon shug‘ullanadigan muhandis Jonatan Peysning kompyuteri Mersenning 50- sonini 2017 yil 26 dekabrda qayd etdi. Bugungi kunda bu ilm ahliga ma'lum sodda sonlarning eng kattasi bo‘lib, uzunligi 23 million belgini tashkil qiladi. Yangi son ikkini 77 232 917 darajaga ko‘tarish, keyin undan birni ayirish yo‘li bilan hisoblanadi. 1996 yilda asos solingan GIMPS loyihasi doirasida keyingi 16 ta Mersenn sodda sonlari aniqlangan. GIMPS 1995 yilda joriy etilib, dastlab 386 protsessor bilan ishlashga mo‘ljallangandi, 2017 yil oktyabrda esa, loyihaning umumiy hisoblash quvvati 324 teraflops marrasini bosib o‘tgandi.

Pi sonini yodda saqlash

2015 yilda hindistonlik talaba Rajvir Mina Pi sonining verguldan keyingi 70 000 ta o‘nlik raqamlarini xotirasida saqlab, keyin 9 soat 27 daqiqa davomida yoddan aytib, jahon rekordini o‘rnatdi. Texnik fanlar bakalavri darajasiga ega Rajvir o‘z universitetidagi Pi sonini yodlash bo‘yicha barcha musobaqalarda ishtirok etgan. Yodlab qolish qobiliyati haqida so‘zlarkan, Rajvir inson miyasining chap qismi ko‘z orqali olingan axborotni anchayin uzoq vaqt saqlab tura olishga qodirligini tushuntirdi. U bir necha raqamlarni tayyorlagan va ular ketma-ketlikni oson esga tushirishga yordam bergan. Shuningdek, o‘zining ta'kidlashicha, u minglab raqamlarni yodlab qolishi, ularni ketma-ket epizodga birlashtirish yoki ob'ektga aylantirishi ham mumkin. Rekord Dunyo rekordlari akademiyasi tomonidan qayd etilgan. Avvalroq Ginnesning rekordlar kitobidagi jahon rekordi Lu Chaoga tegishli edi. 2005 yilda u 24 soat 7 daqiqa ichida 67 890 ta raqamdan iborat, o‘nlik verguldan keyingi qiymatni yoddan o‘qib bergandi.

Neytronlarning eng katta to‘plami

2012 yilda, Los-Amos Milliy laboratoriyasida, olimlar o‘z toifasida yagona bo‘lgan lazer tizimidan foydalanib, lazer yordamida olingan eng katta neytronlar to‘plamini yaratishga muvaffaq bo‘ldilar. Odatda neytron to‘plamlari zarralar tezlatgichi yoki yadro reaktorlar yordamida yaratiladi va turfa xil ilmiy tadqiqotlarda, ayniqsa ilg‘or materialshunoslikda qo‘llaniladi. Lazer yorug‘ligi – kvadrat santimetrga 200 kvintillion vatt, bu Quyoshdan yerga tushayotgan qalam uchichalik nurning jamlanishiga tengdir. U plastik varaq bilan o‘zaro ta'sirga kirishadi va plazmani yuzaga keltiradi. Keyin plazma katta miqdordagi deytronlar – deyteriya atomi yadrosini germetik berilliyli nishonga tomon tezlashtiradi, bu bilan deytronlarni neytronlar to‘plamiga aylantiradi. Neytronlarning rekord to‘plamining tezligi va energiya diapazoni uning qo‘llanilishini radiografiya sohasida va yuksak yuzalar energiyasi borasidagi keng ko‘lamli tadqiqotlarda  o‘rganish uchun ideal holatga keltiradi.

Amaliy fanlar bo‘yicha eng keng ko‘lamli dars

2015 yilda Belfastda Ginnesning rekordlar kitobi va Dunyo rekordlari akademiyasi talqini bo‘yicha tabiatshunoslikdan eng keng ko‘lamli dars qayd etildi. Shimoliy Irlandiyaning 29 ta maktabidagi 1339 nafar 7- va 8- sinf o‘quvchilari kimyo bo‘yicha eng keng qamrovli darsda qatnashdilar. Uzun-uzun stollarda o‘tirib, o‘quvchilar sahnadagi o‘qituvchilarning topshiriqlarini bajardilar. Tabiatshunoslik bo‘yicha rekord dars butun Shimoliy Irlandiya bo‘ylab 2015 yil 19 fevraldan 1 martgacha o‘tkazilgan 11 kunlik festival doirasidagi 100 dan ortiq tadbirlarning bir qismi bo‘ldi. Eng yirik amaliy ilmiy dars bo‘yicha avvalgi rekord Yorkshirda qayd etilgandi – unda 982 nafar o‘quvchi qatnashgan.

Eng kichik dvigatel

Kembrij universiteti tadqiqotchilari dunyodagi eng kichik dvigatelni brapo etdilar. Dunyo rekordlari akademiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, hajmi metrning milliarddan bir necha ulushigagina teng mitti dvigatel o‘zaro gel shaklidagi issiqlikka ta'sirchan polimerlar yordamida bog‘langan, zaryadlangan oltin zarralaridan iborat. Mitti dvigatel lazer yordamida muayyan darajagacha qizdirilganda, u sekundning bir ulushi davomida katta miqdorda energiya to‘playdi. Polimer qoplamlar geldan butun suvni siqib chiqarib, parchalanadi, buning natijasida oltin nanozarralari o‘zaro zich klasterlarga bog‘lanadi. Qurilma soviganida polimerlar suvni shimadi va kengayadi, oltin nanozarralari esa, prujina kabi, kuch bilan, tezlikda ortga qaytadi.

Eng katta radioteleskop

Dunyodagi eng katta FAST radioteleskopi Xitoy Janubi-sharqida 2016 yilda ish boshladi. Pekin aytishiga qaraganda, loyiha insoniyatga o‘zga sayyorlarda hayot bor-yo‘qligini o‘rganishda yordam beradi. Guychjou tog‘li hududida tepaliklar orasida 180 million dollarga qurilgan sharsimon radioteleskop 4450 ta alohida panellardan iborat. Ushbu 500 metrli “lagan”ni nishonga olib bo‘lmaydi va u dunyodagi eng sezgir bildirmay eshitish qurilmasigina emas, balki jahondagi to‘ldirilgan aperturali eng katta radioteleskop hamdir. Teleskop Puerto-Rikodagi Aresibo rasadxonasi (o‘lchami 305 metrni tashkil qiladi) dan ancha ustun turadi. Ammo teleskopning xususiyati faqat uning o‘lchamlarida emas. FAST, shuningdek, yer aylanishi barobarida fazoviy ob'ektlarni mo‘ljalga olish va kuzatib borish uchun sharsimon laganni asta-sekin harakatlanuvchi paraboloidga aylantiruvchi konstruksiya yordamida radioastronomiyada ham yangi imkoniyatlar ochadi. Bunday konstruksiya noyob sanaladi va avvallari hech qayerda qo‘llanilmagan.

АвторQVANT tahririyati tahlil guruhi

Комментарии

Hamkorlar