To‘rabek Dolimov. Mehnatni baxtning kaliti deb bilgan olim

Toʻrabek Dolimov (1936-2011). Mehnatni baxtning kaliti deb bilgan olim

Toʻrabek Dolimov 1936-yilning 18-avgustida dunyoga keldi. Toshkentning Eski shahar qismidagi 46-maktabda tahsil olgan. Uning olim boʻlib shakllanishida mazkur maktab oʻqituvchilarining taʼsiri juda katta boʻlgan. U maktab oʻqituvchilari — matematik M.S.Galperinni, tilshunos va adabiyotshunoslar V.A.Maslennikov va A.F.Karpenkoni, geograf Y.Z.Nisenboymni har doim chuqur minnatdorlik bilan tilga olar edi.