Bizda biznes-farishtalar bormi? Ular kimlar?

Biznes-farishtalar – bu ko‘pchiligi keyinchalik hayotimizning ajralmas qismiga aylanishi mumkin bo‘lgan istiqbolli innovatsion loyihalar, texnologiyalar va g‘oyalarning ro‘yobga chiqishiga yordam beruvchi norasmiy investorlardir. 
Ushbu toifa homiylarni bunday romantik nom bilan atalishi Amerikada, 20- asr boshlaridan urf bo‘ldi. Brodveydagi sahna asarlariga saxiylik bilan pul tikuvchi badavlat biznesmenlarni shunday atardilar. Hozir ham ma'no o‘sha-o‘shaligicha qolgan: farishta deganda saxovatpesha biznesmenlar yoki, hyech bo‘lmaganda, juda sadoqatli sheriklar nazarda tutiladi.
Bugungi kunda biznes-farishtalar kimlar? Bular – o‘z biznesini muvaffaqiyatli rivojlantirayotgan tajribali tadbirkorlar, eng yirik kompaniyalar top-menejerlari, muvaffaqiyatli karera qurgan odamlardir. Biznesmen tajribasi va sezgirligi – bular biznes-farishtaning muhim sifatlaridir, zero ularda avval-boshdan muvaffaqiyat uchun hyech qanday kafolat yo‘q, boz ustiga, har qaysi startap ham foyda keltiravermaydi.
Biznes-farishtalarning vazifasi – shunchaki professional ravishda potensial foydali g‘oyalarga investitsiyalar kiritish emas, balki u ustozlikni, maslahatgo‘ylikni, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishni, ehtimol boshqaruvda ko‘maklashishni ham o‘z ichiga oladi.
Maqsad – qanotlari ostiga olgan loyihalarini rivojlantirish, qiymatini oshirish, bozorga puxta ishlangan yuqori texnologik mahsulotni kiritish. 
Ko‘pchilikning xabari ham yo‘q, lekin dunyoga dong‘i ketgan o‘nlab kompaniyalar rivojlanish boshida aynan biznes-farishtalar tomonidan investitsiyalangan. Ularga  Amazon, Google, Yahoo, Intel misol bo‘ladi.
Biz biznes-farishtalarni QVANT sahifalarida o‘zlarini namoyon etishga, startaplarga ustozlik qilishga chorlaymiz – ajabmaski, aynan siz g‘aroyib, lekin real g‘oyalarga ega zo‘r kompaniyalar hamsohibiga aylansangiz.

АвторQvant tahririyati tahlil guruhi

Комментарии

Hamkorlar