HRC va ERGO Research and Advisory, xodimlarga qanday ko‘nikmalar yetishmasligini va kompaniyalar o‘z xodimlaridan nimani istashlarini bilish uchun, O‘zbekistondagi 100 dan ziyod kompaniyada so‘rov o‘tkazdi. Bundan tashqari, treninglarda ko‘proq qanday ko‘nikmalarga o‘rgatishlari va xodimlarni o‘qitishga investitsiya kiritishga nima halaqit berishi haqida qiziqdik.
Saralanma
So‘rovda qatnashgan kompaniyalarning 80 foizida bosh ofis Toshkentda joylashgan. Qolgan 20 foizi – boshqa viloyatlarda (7%) yoki O‘zbekistondan tashqarida (13%) bosh ofisga ega.
So‘ralgan kompaniyalarning tarmoqlar bo‘yicha taqsimoti
Ishlab chiqarish – 20%
Professional xizmatlar ko‘rsatish -17%
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari -13%
Moliyaviy xizmatlar – 11%
Chakana savdo va iste’mol tovarlar savdosi – 11%
Boshqa sohalar – 10%
Logistika – 4%
Sog‘liqni saqlash va farmatsevtika – 3%
Ta’lim – 3%
Madaniy-ko‘ngilochish tarmog‘i – 1%
Telekommunikatsiyalar – 1%
Avtomobil sanoati – 1%
Qishloq xo‘jaligi va agrobiznes – 1%
Avtomobil sanoati – 1%
Davlat tarmog‘i – 1%
Saralanmadagi kompaniyalarning 89 foizi – xususiy, 11 foizi – davlat korxonalari. Ishchilarining o‘rtacha yoshi – 32,5 yosh. Ishchilari soni 1000 nafardan kam bo‘lgan kompaniyalarda xotin-qizlar ulushi 39 foizni, yirik kompaniyalarda – 15 foizni tashkil qiladi.
Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniyalarning 57 foizi xodimlarni baholash uchun KPIdan foydalanadi, qolgan 43 foizi – yo‘q. Kompaniyalarning 67 foizi yangi xodimlarni yollashda qiyinchiliklar sezadilar, 29 foizi – sezmaydi, 4 foizi bilmasligini aytgan.
Yollashdagi qiyinchiliklar
Xodimlarni yollashdagi qiyinchilik sabablari
Texnik va professional ko‘nikmalar yetishmasligi – 89%
Yetarlicha tajriba yo‘qligi – 86%
Nomzodlar yomon muomalaga, motivatsiyaga va/yoki shaxsiy xususiyatga egalar – 76%
Tegishli bilimning yetishmasligi – 63%
Nomzodlar taklif etilayotgan ish haqiga rozi emaslar – 48%
Kam sonli nomzodlar taklif etilgan maqomga rozi bo‘ladilar – 43%
Qoniqarsiz karera / istiqbol yo‘qligi – 22%
Nomzodlar ish sharoitini qabul qilishni istamaydilar – 19%
Boshqa ish beruvchilar tomonidan haddan ortiq raqobat – 18%
So‘rovga ko‘ra, yollashdagi asosiy qiyinchiliklar – bu nomzodlarda professional va texnik ko‘nikmalarning yetishmasligi (89%!) va tegishlicha ish tajribasi mavjud emasligi (86%). Ishga olishdan rad etishga, shuningdek: nomzodning shaxsiy xususiyatlari, motivatsiyasi yoki lavozimga munosabatining nomuvofiqligi (76%), bilim yetishmasligi (63%) sabab bo‘lgan. So‘ralganlar fikriga ko‘ra, nomzodlarning 48 foizi taklif etilgan ish haqiga va mehnat sharoitiga rozi bo‘lmaganlar (19%). Bundan tashqari, saralanmadagi kompaniyalarning 43 foizi taklif etilgan lavozimga qiziquvchi nomzodlar mavjud emasligi bilan to‘qnash keladilar. Ta’sir omili sifatida ish beruvchilar o‘rtasidagi raqobat – 18%, istiqbol yo‘qligi yoki nomzodni qoniqtirmaydigan karera – 22% holatlarda tilga olinadi.
Xodimlar qanday izlanadi
Lavozimga nomzodlarni quyidagi vositalar orqali izlaydilar: “bosh ovi” (headhunting), ya’ni malakali kadrlarni jalb qilib olish yoki bevosita izlash (19%), bo‘sh ish o‘rinlari yaramarkasi (16%), ijtimoiy tarmoqlar va universitet bitiruvchilarini jalb qilish (har biri 13,5%dan). Tavsiyalar bo‘yicha va kompaniya veb-sayti orqali – 11%dan. Shuningdek, nomzodlarni izlash yo‘llari ichida bosma OAV ham bor (9,5%). Eng kam tanilgan uslub – bu rekruting kompaniyalar orqali izlash bo‘ldi (atigi 6,5%).
Xodimlarni izlash qanday o‘tkaziladi
Rekturing tashkilotlari (xodimlar yoki konsalting agentliklari)
Bosma OAV orqali
Tavsiyalarga ko‘ra
Kompaniyalar veb-saytlari orqali
Ijtimoiy tarmoqlar (Facebook, Linkedin)
OTM bitiruvchilari yoki bitiruvchi kurslar talabalarini jalb qilish
Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi
“Bosh ovi” yoki bevosita izlash
Nomzodlar uchun muhim ko‘nikmalar Top-3taligi
Jamoada ishlay olish – 16%
Kommunikativ ko‘nikmalar – 12%
Tanqidiy tafakkur – 11%
Respondentlar o‘rtasida boshqa ko‘nikmalar bo‘yicha afzalliklar quyidagi tartibda taqsimlandi:
Birgalikda ishlash / jamoada ishlash ko‘nikmalari
Kommunikatsiya ko‘nikmalari
Tanqidiy tafakkur va qarorlar qabul qila olish
Professionalizm
Ish bilan bog‘liq texnik ko‘nikmalar
Ko‘p vazifalilik / ishni tashkil etish
Muzokaralar o‘tkaza olish mahorati
Ishtiyoq
Axborotni izlash / o‘qish
Moslashuvchanlik / bir necha ustuvorliklarni boshqarish
Netvorking (tanishlar yoki shaxsiy aloqa)
Yangilarni o‘qitish
So‘ralgan o‘zbek kompaniyalarining deyarli yarmi (49%) stajirovkani taklif qila oladilar, 32 foizi stajirovka/shogirdlikni taklif qilishga umuman qiziqmaydilar.
O‘rganish ko‘rsatishicha, xususiy sektor va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy ko‘rinishi xodimlarni o‘qitish va tayyorlash (22%), shuningdek bilim almashinuvi (21%)dan iborat. Uchrashuvlar va konferensiyalar o‘tkazish shaklidagi hamkorlik usuli 17%ni tashkil qildi. Bundan tashqari, respondentlarning 14 foizi ta’lim va biznes o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning asosiy xarakteristikasi sifatida rekrutingni tanladilar. So‘ralganlarning har o‘ntadan bittasi birgalikdagi tadqiqotlar va maqolalarni hamkorlikning eng yaxshi ko‘rinishi sifatida tanladilar. Shu bilan birga, respondentlarning 2 foizi bunday hamkorlik uchun imkoniyat ko‘rmaydilar.
Biznes va oliy ta’lim o‘rtasidagi muvaffaqiyatli hamkorlik xarakteristikasi
Kadrlarni o‘qitish va tayyorlash
Bilimlar almashinuvi, bilimlar transferi
Axborot hamkorligi – yig‘ilishlar va konferensiyalar o‘tkazish
Rekruting – salohiyatli kadrlarni izlash va yollash
Birgalikdagi tadqiqot/maqolalar chop etish
Qo‘shimcha moliyalashtirish
Norasmiy aloqalar
Shartnomaviy tadqiqotlar
Bunday hamkorliklar uchun imkoniyat yo‘q
Autsorsing
Tashkilotlarning 70 foizi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikka qiziqish bildirganlar.
Xodimlar ta’limiga investitsiyalar
O‘z xodimlari ta’limiga va rivojlanishiga investitsiya kiritish imkoniyati quyidagi omillarga bog‘liq:
Quyidagi shartlar kompaniyangizning xodimlar ta’limi va ko‘nikmasiga investitsiya kiritish imkoniyatini qay darajada yaxshilaydi? | Minimal darajada | Bilmayman / Nomaqbul | Unchalik emas | O‘ta darajada | Biroz |
Hammabop ta’lim dasturlarining mavjudligi | 16% | 15% | 15% | 9% | 18% |
Ish sharoitlariga muvofiq keluvchi ta’lim dasturlari mavjudligi | 9% | 9% | 10% | 18% | 20% |
Kechki ta’lim kurslari mavjudligi | 19% | 13% | 17% | 13% | 14% |
Onlayn-kurslar mavjudligi | 7% | 13% | 13% | 19% | 15% |
Bevosita davlat yordami yoki qo‘llab-quvvatlashi | 16% | 20% | 19% | 12% | 9% |
Soliq imtiyozlarining ortishi | 14% | 22% | 15% | 10% | 13% |
Biznes yuritish shart-sharoitining yaxshilanishi (masalan, daromad o‘sishi) | 19% | 9% | 13% | 18% | 13% |
Jami | 100% | 100% | 100% | 100% | 100% |
……….
Investitsiyalardan kutilayotgan unumning samarasizligi – bu ishchining salohiyatiga investitsiya kiritishga halaqit qiluvchi asosiy to‘siq (21%). Kompaniyalarning 19 foizi bunday investitsiyalarni amalga oshirishda moliyalashtirish yoki boshqa moliyaviy cheklovlarga yoxud samarali dasturlar yo ta’lim xizmatlari taqdim etuvchi muassasalarni tanlashda (14%) qiyinchiliklarga duch keladi. Bundan tashqari, o‘zbek kompaniyalarining 12 foizi bunday investitsiyalarning potensial istiqbollarini belgilashda qiyinchilik sezadilar. Qolaversa, xodimlar cho‘chiydilar va o‘z qobiliyatlariga ishonmaydilar (11%), ta’lim dasturida qatnashish uchun ularda qiziqish yetarli emas (6%). Eskicha qarashlar va ishchilardagi eskirgan qadriyatlar tizimi ham ishchilar salohiyatiga investitsiyalar kiritishga to‘sqinlik qiladi – so‘ralgan kompaniyalarning 8 foizi shunday javob bergan. Xodimlarga investitsiya kiritish yo‘li bilan o‘zgarishlarni amalga oshirish maqsadlarini yoki usullarini tushunmaslik keltirilgan to‘siqlarning 7 foizini tashkil qiladi. Respondentlarning 2 foizi investitsiyalar kiritilmasligining asosiy sababi o‘laroq tashkilot rahbariga ishonch yo‘qligini ko‘rsatadilar.
Xodimlar salohiyatiga resurslar investitsiyalashdagi to‘siqlar
Investitsiyadan to‘liq yoki kutilayotgan unumni ololmaslik
Byudjet yoki moliya chegaralangani
Samarali va barqaror institutlar yoki dasturlarni tanlashdagi qiyinchilik
Investitsiyalardan potensial istiqbollarni o‘lchashning murakkabligi
Xodimlarning yangiliklardan cho‘chishi, o‘z kuchiga ishonmasligi
Ishchilar xatti-harakatini belgilovchi qadriyatlar va ustuvorliklar tizimining eskirganligi
O‘zgarishlarni amalga oshirish maqsadlari va yo‘llarini tushunmaslik
Xodimlarning ta’lim yoki o‘quv dasturlarida qatnashishga yetarlicha qiziqmasligi
Rahbariyatga ishonmaslik
Barcha so‘ralgan firmalarning taxminan yarmida (50,5%) xodimlar tashqi yoki ichki (ish o‘rnida) o‘quv kurslaridan o‘tishlari majburiydir.
Kompaniyalarning 74 foizida o‘rtacha bir yilda bir marta xodimlar haqi to‘liq yoki qisman tashkilotlar tomonidan to‘lanadigan yo ichki yoki tashqi treninglarda qatnashadilar, O‘zbekiston qonunchiligida ko‘zda tutilgan malaka oshirish kurslari bundan mustasnodir.
Xodimlar uchun treninglar
Tor ixtisoslik bo‘yicha ta’lim
Menejment bo‘yicha ta’lim
Lavozimga kirish bo‘yicha bazaviy o‘quv
Lavozimga kirish bo‘yicha batafsil o‘quv
Kouching treninglar
Yangi texnologiyalarga o‘qitish
Sog‘liqni saqlash va xavfsizlik / birinchi yordam ko‘rsatish sohasidagi o‘qitish
Boshqalar
Qanday treninglar zarur
Yetakchilik xislati va ishontira olish mahorati
Taym-menejment
Tor ixtisoslik bo‘yicha ta’lim
Strategik/tahliliy tafakkur
Chet tillarni o‘rganish
Kompyuter savodxonligi
Boshqa
Xodimlar ta’limidagi asosiy to‘siqlardan biri xodimlar vaqtining yetishmasligi (28%) va instruktorlar topish qiyinligidir (20%). Shuningdek, o‘zbek kompaniyalarining 18 foizi bunday treninglarni rejalashtirishda qiyinchilikka duch keladilar. Moliyalashtirish mavjud emasligi haqida so‘ralgan kompaniyalarning 13 foizi ma’lum qildi. Bundan tashqari, xodimlar qo‘nimsizligi (8%) ham ular malakasini oshirishdagi to‘siq o‘laroq ko‘rsatildi. 6% respondent trening to‘g‘risidagi qarorlarni bosh ofis qabul qiladi, deb javob berdi. Qolgan 7% respondentning 3 foizi xodimlari treninglarga qiziqmasligini, xodimlar bunday o‘qish imkoniyatidan bexabarligini (3%) aytdi, so‘ralganlarning 1 foizi esa, ularning tashkiloti uchun treninglar ustuvor sanalmasligini bildirdi.
Xodimlar uchun ko‘nikmalarning Top-3taligi
Tahlilik ko‘nikma – 87%
Jamoada ishlay olish mahorati – 85%
Boshqarish ko‘nikmasi, kompyuter savodxonligi, chet tili – 68%dan
Xodimlar uchun muhim ko‘nikmalar
Tahliliy ko‘nikmalar, muammolarni hal qilish mahorati
Jamoada ishlay olish mahorati, chiqishuvchanlik, muloqot ko‘nikmasi
Menejment ko‘nikmalari
Kompyuter savodxonligi
Chet tilini bilish
Yangi g‘oyalar, uslublarni izlash
Mijozlar bilan ishlay olish ko‘nikmasi
Texnik, amalik ko‘nikmalar
Qanday ish o‘rinlari raqamli innovatsiyalar yoki robotizatsiyaga joy bo‘shatadi
So‘rovda qatnashgan o‘zbek kompaniyalarining 1/5 qismi raqamli innovatsiyalar yoki robotizatsiya bilan almashtirilishi mumkin bo‘lgan ish o‘rinlari yo‘q, deb hisoblaydilar. 34% ish beruvchining fikriga ko‘ra, operator va buxgalterlar o‘z o‘rnini bo‘shatadi (har bir lavozim bo‘yicha – 17%). Bundan tashqari, so‘rov natijalariga ko‘ra, rekrutingga javob beruvchi lavozimlar (9%) va tahlilchilar (6%) robotizatsiya bilan almashtirilishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, omborchi, qo‘riqlash, onlayn-so‘rovlar, ofis ma’murchiligi, logistika, koll-markazlar ham almashtirilishi mumkin bo‘lgan ish o‘rinlari sifatida ko‘riladi.