1. 3D-bosma

Aksariyat kashfiyotlar oldin mavjud bo‘lgan g‘oyalar va konsepsiyalar asosiga quriladi, 3D-bosma ham bundan mustasno emas. Bugungi kunda 3D-bosmada qo‘llanilayotgan qavatlash uslubining ilk qo‘llanilishi XIX asr oxirlaridagi topografik xaritalarni tayyorlashda kuzatilgan.

3D-bosmadagi har qanday jarayonning boshlang‘ich nuqtasi raqamli 3D-model bo‘lib, uni turli 3D-dasturlar yordamida yaratish yoki 3D-skaner yordamida skanlash mumkin – sanoatda bu 3D CAD, ishlab chiaruvchilar va iste’molchilar uchun soddaroq va hamyonboproq talqinlari bor. Keyin model qatlamlarga “kesiladi”, shu orqali dizayn 3D-printer o‘qiydigan faylga aylantiriladi. 3D-printerda ishlangan material keyin dizayn va jarayonga muvofiq qavatma-qavat qo‘yiladi.

Stereolitografiya texnikasi qo‘llanilgan ilk 3D-printer Charlz Xall tomonidan 1980–yillar o‘rtalarida yaratilgan. Stereolitografiya an’naviy ravishda qimmatga aylanuvchi tijorat texnikasi bo‘lib, uning mashinalari besh va hatto olti raqamli sonlarda ifodalanardi ammo keyingi-yillarda narxi bir necha ming dollar turuvchi stolusti stereolitografik printerlar, shuningdek anchayin yuqori narxlardagi iste’molchi tizimlari yuzaga keldi.

Biroq, ishlab chiqarishning arzonroq uslublari va ochiq boshlang‘ich kodiga ega dasturiy ta’minot konvergensiyasi keyingi-yillarda 3D-bosma inqilobiga olib keldi. Bugungi kunda bu texnologiya arzon avtomobil ehtiyot qismlaridan tortib ko‘priklargacha va og‘ritmaydigan balet shippaklarigacha – ko‘plab buyumlar ishlab chiqarishda qo‘llanilmoqda, hatto sun’iy a’zolar ishlab chiqarish haqida gaplar bormoqda.

 

  1. Elektron sigaretalar

Tamakisiz sigareta uchun birinchi tutunsiz qurilma Gerbert A. Gilbert tomonidan 1967-yilda patentlangan (Biver-Folls, Pensilvaniya shtati, AQSh). Ushbu tamakisiz sigareta chekishning xavfsiz va zararsiz usuli deb hisoblanardi, chunki tamaki va qog‘ozni yoqish o‘rniga nam, xushbo‘ylashtirilgan havo qizdirilardi.

Bu qurilma komponentlari bir necha o‘n-yilliklardan buyon mavjud bo‘lgan bo‘lsa ham, birinchi zamonaviy elektron sigareta 2006-yilda taqdim etilgan. O‘shandan buyon bu qurilmaar an’anaviy sigaretalarning muqobili sifatida shuhratqozondiva xushbo‘ylashtirilgan suyuqliklardan foydalanish kabi yangi tedensiyalar paydo bo‘ldi, bu esa Juul kabi elektron sigaretalar ishlab chiqarish kompaniyalarining muvaffaqiyatiga zamin bo‘ldi.

Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar ko‘rsatishicha, qurilma borasida talaygina noaniqliklar va xatarlar mavjud, chunki veyping bilan bog‘liq o‘limlar va travmalar soni ortib bormoqda.

2020-yil boshlarida FDA kartrijli elektron sigaretalarning ko‘plab ta’mlariga taqiq o‘rnatgan, chunki bu hidlar (mevalar, yalpiz va konfetlar hidi) bolalar va yoshlar orasida ayniqsa mashhurdir.

 

  1. Qo‘shimcha voqyelik (AR)

Raqamli grafika real vaqtda axborot uzatish uchun jonli kadrlar ustiga qo‘yiladigan qo‘shimcha voqyelik anchadan beri mavjud. Biroq faqat yaqindagina, qudratliroq hisoblash jihozlari paydo bo‘lganidan va videoni kuzatib borish uchun ochiq boshlang‘ich kodga asoslangan ARToolKit dasturiy ta’minot kutubxonasi yaratilganidan keyin, bu texnologiya haqiqatan keng shuhrat qozondi.

Pokémon Go o‘yini va Snapchat filtri kabi smartfon uchun ilovalar – bu zamonaviy qo‘shimcha voqyelik ilovalarining ikkita kichik, dong taratgan namunasi, xolos. Bu texnologiya ishlab chiqarishda, sog‘liqni saqlashda, sayohatda, moda va ta’limda vosita o‘laroq qo‘llaniladi.

Epson talqini bo‘yicha, bu innovatsiya millionlab dollarni tejashi hamda odamlarga tezroq, aniqroq va kamroq kuch sarflab ishlashga yordam berishi mumkin bo‘lgan jiddiy sohalarning yetakchi beshtaligiga Ta’lim, Tibbiyot, Masofadan texnik ko‘mak, Aviasozlik, Madaniyat va San’at kiradi. Bundan tashqari, prognozlarga ko‘ra, 2020-yilda smartfonlar soni 3,5 milliardga yetadi, bu 2019-yildagiga qaraganda 9,3%ga ko‘p. Shu sababli AR va VR korxonalari tarmoqdagi faoliyatlarini kengaytirish uchun ushbu qurilmalarga diqqatlarini jamlamoqdalar.

Xulosalab aytish mumkinki, korxonalarda AR va VR texnologiyalari tobora keng qo‘llanilayotgani va insonlar hayotiga smartfonlar chuqurroq kirib borayotgani tufayli bozor ham kengaymoqda.

 

  1. Tug‘ilishni nazorat qilish plastiri

Birinchi ming-yillik oilani rejalashtirish sohasida innovatsiyalarga olib keldi, lekin ular hali ham faqat ayollarga yo‘naltirilgan bo‘lib, jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infeksiyalardan himoya borasida hech qanday yordam bermaydi. Shunga qaramay, tug‘ilishni nazorat qilish uchun plastir birinchi bor AQShda 2002-yilda chiqarildi va ayollarga istalmagan homiladorlikning oldini olishni anchayin osonlashtirdi. Plastik plastir bo‘yida bo‘lishga qarshi tabletkalarda mavjud o‘sha-o‘sha estrogen va progesteron gormonlariga ega va ularni odamlarga chekishni tashlashda yordam beruvchi nikotin plastirlari kabi mo‘ljalga yetkazadi.

 

  1. Blokcheyn

Buning nimaligini unchalik tushunmasangiz ham, u haqda eshitgan bo‘lsangiz kerak. Blokcheynning eng sodda izohi – u tomonlar o‘rtasidagi tranzaksiyalarning xolis yozib borish usuli, umumiy raqamli reestr bo‘lib, tomonlar unga faqat nimadir qo‘shish imkoniga ega bo‘ladilar va u, blokcheyn ro‘yxatga olinadigan va saqlanadigan bir darajadagi tarmoqning barcha ishtirokchilari uchun shaffof sanaladi.

Texnologiya birinchi marta 2008-yilda bitkoynlar – birinchi markazlashmagan kriptovalyutalar yaratish uchun ishlatilgan lekin o‘shandan buyon moliya sektori va boshqa tarmoqlar tomonidan turli  maqsadlarda, jumladan pul jo‘natmalari, yetkazib berish zanjirini monitoringlash va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi uchun qabul qilindi.

 

  1. Kapsulali endoskopiya

Nur taratuvchi elektrodlar, tasvir va optik konstruksiyalar datchiklari sohasidagi 90–yillar yutuqlari kapsulali endoskopiya yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi, u birinchi bor bemorlarda 2001-yilda qo‘llanildi. Ushbu texnologiyada vitamin tabletkasidek keladigan ixcham simsiz kameradan foydalaniladi.

Kapsula ovqat hazm qilish tizimi orqali o‘tgani sababli, shifokorlar oshqozon-ichak traktini kamroq qiyinchilik bilan tekshirishlari mumkin bo‘ladi. Kapsulali endoskopiya ichki qon ketish manbasi, ichak yarasi yallig‘lanishi va saraton o‘simtalarini belgilash uchun ishlatilishi mumkin.

 

  1. Zamonaviy sun’iy oshqozon osti bezi.

Rasman insulinni yetkazishning yopiq tizimi sifatida mashhur bo‘lgan sun’iy oshqozon osti bezi 70–yillar oxirlaridan beri mavjud ammo uning birinchi talqinlari kartoteka javonidek kelardi. Keyingi-yillarda asosan 1 turdagi diabetni davolash uchun qo‘llaniladigan sun’iy oshqozon osti bezi portativ shaklga keldi. Birinchi sun’iy oshqozon osti bezi (zamonaviy, portativ) AQShda 2016-yilda foydalanish uchun tasdiqlandi.

Tizim qondagi glyukoza darajasini muntazam nazorat qiladi, insulinning kerakli miqdorini belgilaydi va avtomatik ravishda uni kichik pompa orqali yetkazadi. Britaniya tadqiqotlari ko‘rsatishicha, ushbu qurilmadan foydalanuvchi bemorlar ko‘p vaqtni glyukozaning ideal darajasi diapazonida o‘tkazadi. 2019-yil dekabrda FDA sun’iy oshqozon osti bezining UVA tomonidan ishlab chiqilgan, Control-IQ nomili yanada takomillashgan talqinini tasdiqladi.

 

  1. Elektron kitoblar

Sony «mikroinkapsulatsiyalangan elektroforetik displey»li (oddiy tilda aytilganda – elektron siyohli) elektron kitoblar chiqargan birinchi kompaniya bo‘ldi. Qog‘ozdagi siyohlarni imitatsiyalovchi elektron siyohlar texnologiyasi 70–yillardan boshlab joriy etilgan (90–yillarda takomillashtirilgan)di lekin elektron kitoblar sohasida innovatsiyalarni elektron kitoblarga  kengroq talab yuzaga kelgunicha kutishga to‘g‘ri keldi. 2007-yildagi debyutdan keyin Sony Amazon Kindledan tezda o‘zib ketdi. Elektron kitoblar shuhrati planshetlar va smartfonlar yuzaga kelishi bilan ancha susaydi ammo hali ham butun dunyodagi kitobsevarlar moyilligiga sazovor bo‘lmoqda.

 

  1. Genlar tahriri

Berklidagi Kaliforniya universiteti tadqiqotchilari va Harvard hamda Broud institutining alohida guruhlari bir-birlaridan mustaqil ravishda, 2012-yilda bakterial immuni tizimi (genlardagi CRISPR – muntazam intervaldagi qisqa palindrom  takrorlardan jamlangan abbreviatura) har qanday organizm DNKining batafsi o‘rganilishi uchun vosita bo‘ladi. Bu kashfiyot biotexnologiyada yangi davr boshlanganligini bildirdi.

Bu kashfiyot Layma va bezgak kasalliklariga qarshi kurashda sichqonlar va chivinlar genlarini o‘zgartirish yo‘li bilan kasalliklar ildiziga bolta urishi mumkin ammo bu masalaning axoqiy tomoni ham bor, u ayniqsa inson genini tahrirlash (ayniqsa, reproduktiv maqsadlarda)da namoyon bo‘ladi.

 

  1. Yuksak zichlikdagi akkumulyator

Tesla elektromobili avvalo o‘zining akkumulyatori tufayli shuncha e’tiborga sazovor bo‘ldi. Yo‘lovchi saloni ostida joylashgan batareyalar har biri standart AA batereyasidan xiyol kattaroq, yuqori zichlikka ega minglab litiy-ionli unsurlardan iborat bo‘lib, ular og‘ir akkumulyator blokiga joylangan. Bu blok Tesla elektromobillariga jozibali past gravitatsiya va tuzilma tayanchini bag‘ishlaydi.

Tesla hammuassisi J.B. Shtrobelning ijod mahsuli bo‘lmish bu akkumulyator modullari elektromobillar uchun standart (hamda arzonroq) batareyalarnikiga qaraganda katta qudratga ega. Bu bloklar miashiy, tijorat va tarmoq energiya to‘plovchilarda ham ishlatiladi.

 

  1. Raqamli yordamchilar

Keyingi-yillardagi eng yirik tendensiyalardan biri aqlli uy texnologiyasi bo‘lib, uni endilikda kundalik iste’mol qurilmalarida, xususan eshik qulflari, lampochkalar va oshxona texnikasida uchratish mumkin. Bularning barini imkoniyat doirasiga olib kirgan asosiy texnologik unsur raqamli yordamchi sanaladi. Apple 2011-yilda birinchi bo‘lib iOS uchun Siri virtual yordamchisini taqdim etgan ilk yirik texnologik kompaniya bo‘ldi.

O‘shandan buyon bozorga boshqa raqamli yordamchilar ham chiqdi, ularga Microsoftdan Cortana, Amazondan Alexa misol bo‘la oladi. Texnologik kompaniyalar aqlli ovoz kuchaytirgichlar taqdim etganlaridan keyin yordamchilar mashhurlikning navbatdagi bosqichiga chiqdilar. E’tiborlisi shundaki, Google Home va Amazon Echoni endilikda millionlab uylardan joy olgan va unlardagi ilovalar soni tobora o‘sib bormoqda.

 

  1. Robot yuragi

Sun’iy yuraklar anchadan beri mavjud. Bu mexanik qurilmalar haqiqiy yurakka ulangan yoki ko‘krak qafasiga implatansiyalangan bo‘lib, ishdan chiqayotgan yurakka yordam berish yoki uni almashtirishga xizmat qiladi. Massachusets shtati, Denvers shahridagi Abiomed kompaniyasi plastik va titandan AbioCor nomli muxtor apparat ishlab chiqdi.

AbioCor muxtor qurilma sanaladi, faqat simsiz akkumulyator bloki bilakka mahkamlanadi, xolos. Turib qolgan yurak yetishmovchiligiga ega texnik kutubxonachi Robert Tuls birinchi hujjatni 2001-yil 2 iyulda olgan.

 

  1. Ko‘z to‘r pardasi implanti

Doktor Mark Xumayun shifokor-talaba bo‘lgan paytda buvisi asta-sekin ko‘z nurini yo‘qota borayotganligini kuzatgandi. Oftalmolog va biomuhandis sifatida, u ko‘rlikka olib keluvchi muammo yechimini izlashga tutindi. Argus II yaratilishida u Geyl Ko‘z institutidan hamkasbi doktor Jeyms Veyland va Evard Roski hamda boshqa ekspertlar bilan hamkorlik qildi.

Argus II – bu ko‘z to‘r pardasining protezi bo‘lib, ko‘rlikka olib keluvchi pigmentli retinit – to‘r pardaning irsiy degenerativ kasalligidan aziyat chekadiganlar uchun haqiqiy kashfiyot sanaladi. Kasallik butun dunyoda 1,5 million kishida mavjud. Qurilma 2013-yilda AQSh Oziq-ovqat va dori-darmonlar sifati ustidan sanitariya nazorati boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan.

 

  1. Mobil operatsion qurilmalar.

Smartfonlar va boshqa portativ gajetlar uchun mobil operatsion tizimlar o‘zlarining foydalanuvchi uchun intuitiv tushunarli interfeyslari va, ko‘rinishidan, ilovalarining cheksiz imkoniyatlari bilan smartfonlar va boshqa mobil gajetlar tarqalishiga xizmat qildilar. Mobil operatsion tizimlar kompyuter operatsion tizimlari iste’molchisiga ayniqsa kuchli yo‘nalgan edi. Google birinchi bor 2005-yilda Android Inc.ni sotib olganda operatsion tizimiga endi ikki-yil to‘lgandi, birinchi iPhone (iOS tizimi bilan) tijorat chiqishiga esa hali ikki-yil bor edi.

 

  1. Ko‘p maqsadli raketalar

Millioner-tadbirkor Ilon Mask nafaqat elektromobillar sohasidagi innovatsiyalarga qo‘shgan hissasi bilan, balki koinotni o‘zlashtirishdagi hissasi tufayli ham yodda qoladi. Maskning fazoviy tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi SpaceX xususiy kompaniyasi qayta tiklash va keyingi parvozlarda takroran ishlatilishi mumkin bo‘lgan raketalarni ishlab chiqdi. Bu esa, raketalardan bir marta foydalanib keyin ularni okeanga cho‘ktirib yuborishga qaraganda ancha samarali va arzon muqobil sanaladi.

2017-yil 30 mart SpaceX birinchi bo‘lib, avvalda ishlatilgan Falcon 9 raketalarini qayta parvozga tayyorladi. Amazon.com sohibi Jeff Bezos ta’sis etgan Blue Origin fazoviy parvozlar kompaniyasi o‘zining ko‘p martalik raketasini uchirdi.

 

  1. Onlayn-translyasiyalar

Internetga keng polosali ulanish hamda kontent va bevosita veb-trafikni saqlash uchun ishlatiladigan bulutli hisoblashlar ma’lumotlarini qayta ishlash markazlarining konvergensiyasi bo‘lmaganda, onlayn-translyasiyani xayolga keltirib bo‘lmasdi. Jonli efirda onlayn-translyasiyalar qariyb 90–yillarda internet keng tarqalganidan buyon mavjud bo‘lib kelgan bo‘lsa, 2000–yillar o‘rtalariga kelibgina internet keng auditoriya uchun oqimli multimediani yetkazib berishni ta’minlay oldi. Internetda oqimli efir hozirda mavjud multimedia ko‘ngil ochar modellari – kabel televideniesi, kinoteatr va boshqalar uchun jiddiy tahdid tug‘diradi.

 

  1. Robotlashgan ekzoskeletlar.

Berklidagi Kaliforniya universiteti tadqiqotchilari 2003-yilda insonlar kuchini oshirish uchun belga mahkamlanadigan robotlashgan qurilma yaratganlaridan buyon, jismoniy reabilitatsiya uchun robotlashgan ekzoskeletlarga talab ortdi va ularni ishlab chiqarish tezda o‘sdi.

O‘rnatma ekzoskeletlar jismoniy imkoniyatlari cheklangan insonlar (ayniqsa, tanasini quyi qismi falajlanganlar)ga tobora ko‘proq yordam bermoqda va zavodlarda ishlatilmoqda. Masalan, Ford Motor Company avtomobil yig‘uvchilarga takrorlanuvchi vazifalarni bajarishda yelka va qo‘llar charchashini kamaytirishda yordam beruvchi ekzoskeletli jiletdan foydalanadi.

 

  1. Kichik yo‘ldoshlar

Zamonaviy elektron qurilmalar tobora kichiklashib borgani sari, kompaniyalar, hukumatlar va tashkilotlar ilmiy ma’lumotlarni, yer tasvirini to‘plash, shuningdek telekommunikatsiya va razvedka maqsadlarida ishlatadigan orbital yo‘ldoshlar paydo bo‘lmoqda. Bu ixcham, arzon orbital qurilmalar vazniga qarab turli toifalarga bo‘linadi, lekin ularning eng keng tarqalgani poyabzal qutisidek o‘lchamli CubeSat sanaladi. Nanosats ma’lumotlar bazasi axborotiga ko‘ra, 2019-yil oktyabr holatiga vazni 1 kg (2,2 funt) dan 40 kg (88 funt)gacha bo‘lgan 2400dan ziyod yo‘ldosh uchirilgan.

 

  1. Qattiq jismli lidar.

Lidar – bu yorug‘likni aniqlash va masofani belgilashni anglatuvchi abbreviatura hamda «nur» va «radar» so‘zlari qo‘shilmasidir. Bugungi kunda bu texnologiya ko‘pincha haydovchisiz avtomobillarda ishlatiladi. Radioto‘lqinlardan ob’ektlarni aks ettirish va ular orasidagi masofani aniqlash uchun radioto‘lqinlardan foydalanadigan radarlar kabi, lidar bu maqsadlarda lazer impulsidan foydalanadi.

Aylanish uchun yetarlicha miqdorda lazer yo‘llansa, u atrof-muhitning yuqori yorqinlikdagi, doimiy yangilanib turuvchi tasviri xaritasini yaratishi mumkin. Bu texnologiyadagi keyingi qadamlar o‘z ichiga kichik va arzonroq lidar datchiklari (ayniqsa avtomobillardagi pildiroqsiz qattiq jismlilar)ni qamrab oladi.

 

  1. Tokenizatsiya

Agar to‘lovni amalga oshirish uchun o‘qish emas, bosish yo‘li bilan kredit yoki debet kartasiga o‘rnatilgan chipdan foydalangan bo‘lsangiz, demak sizga tokenizatsiyaning kuchaytirilgan xavfsizligi xizmat ko‘rsatibdi. Ushbu ma’lumotlarni himoyalash texnologiyasi konfedensial ma’lumotlarni ekvivalent tasodifiy sonlarga almashtiradi (u token nomi bilan mashhur) va bitta tranzaksiyada bir marta foydalaniladi, jo‘natuvchidan qabul qiluvchiga o‘tayotgan tranzaksiyalar ma’lumotlarini ushlab olishga urinuvchi potensial xakerlar va shaxsiy ma’lumot o‘g‘rilari uchun qiymatga ega bo‘lmaydi.  Aytilishicha, classmates.com  ijtimoiy tarmoq sayti 2001-yilda birinchi bo‘lib o‘z obunachilari maxfiy ma’lumotini himoyalash uchun tokenizatsiyani qo‘llagan. Tokenizatsiya, shuningdek, xakerlarning haydovchisiz avtomobillarga kirib borishining oldini olish sifatida reklama qilinadi.

 

  1. Sensorli ekran oynasi

O‘ta yupqa, kimyoviy puxtalangan oyna – sensor ekranlarning asosiy komponenti. Bu mustahkam va shaffof material sizning iPad yoki Samsung smartfoningizni arzimagan zarbadayoq sinib ketmasligini ta’minlaydi. Hatto ushbu ekranlar sinsa ham, aksariyat holatlarda shikastlanishlar kosmetik xarakterga ega bo‘ladi va gajetlar baribir ishlayveradi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *