Elektron gajetlarning mashhur ishlab chiqaruvchisi – Apple kompaniyasi elektr avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan. 2014 yildan buyon Apple o‘zining Project Titan nomi bilan tanilgan avtomobilini chiqarish ustida shug‘ullanmoqda. Tesla Incda ishlagan Apple faxriysi Dug Fild loyihani boshqarish uchun 2018 yilda qaytib keldi va 2019 yilda 190 nafar kishini ishdan haydadi. O‘sha paytdan boshlab kompaniya shu darajada ilgari yurdiki, endi iste’molchilar uchun avtomobil yaratish maqomiga yetdi. Ammo Applening o‘zi bu axborotni mutlaqo inkor qilmoqda.

Apple strategiyasining markazida batareyaning yangi dizayni turadi, shuning sababidan batareyalarning narxlari “keskin” tushishi va avtomobil yurish masofasi uzayishi mumkin.

Biroq, avtomobilni yaratish hatto Apple kabi gigant uchun ham murakkab ish – butun dunyodan keladigan detallar asosida yiliga yuzlab million elektron mahsulot chiqaradigan bu kompaniya hech qachon avtomobil ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmagan.

Ma’lumot uchun: Tesla avtomobili barqaror daromad keltirish nuqtasiga chiqqunicha 17 yil kerak bo‘ldi.

Apple brendi ostida atvomobilni kim yig‘ishi noaniqligicha qolmoqda ammo manbalarlarga ko‘ra, kompaniya ishlab chiqaruvchi sherik kuchiga tayanadi.

Hozircha Apple o‘zining sa’y-harakatlarini boshqaruvning muxtor tizimini ishlab chiqish bilan chegaralashiga va u tizim iPhone emas, balki an’anaviy avtomobilsozlik korxonasi ishlab chiqarigan avtomobilga integratsiya qilinishiga umid bor.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *