Biz Asaxiy.uz. internet-doʻkoni va Asaxiybooks loyihasi asoschisi Firuz Allayev bilan suhbatlashdik va internet-doʻkonning oyoqqa turishi, Oʻzbekiston bozorida kengayishi va kitoblar dolzarbligi haqida maʼlumotlarga ega boʻldik.
Internetdagi materiallarga koʻra, siz bir nechta yoʻnalishda faoliyat yuritasiz: sotuvlar sayti va professional tarjimali kitoblarni chop etish. Yoʻlingiz qanday boshlangan?
Men Fransiyada oʻqiganman va 2013-yilda Oʻzbekistonga qaytganimda, Yevropada odat tusiga kirgan ushbu faoliyat bu yerda mutlaqo rivojlanmaganligini koʻrdim. Oʻylab qoldim: Yevropada bunday savdo turi talabga ega ekan, Oʻzbekistonda ham, maʼlum vaqtdan keyin, bu tendensiya dolzarblashadi. Mana shu tarzda internet-doʻkon ochish gʻoyasi tugʻildi. 2014-yilda ochilgan internet-doʻkonimiz mamlakatimizda birinchilardan boʻldi. Biz saytimizni biror investitsiyalarsiz, oʻz kuchimiz va bilimimiz bilan ilgarilatdikrivojlantirdik. Bu loyihani ikki kishigina boshlagandik, hozir shtatimizda 100 dan ziyod xodim bor. 2018-yilda, Oʻzbekiston kitob bozorini rivojlantirish maqsadida, Asaxiybooks loyihasini ochdik. Bu gʻoya bizda ijtimoiy tarmoqlarni uzoq vaqt kuzatish asosida tugʻildi. Kitoblar sotiladigan postlar ostida koʻpchilik muayyan kitob oʻzbek tilida bormi yoki yoʻqligini soʻrashardi. Boshida biz yetakchi 3 ta kitobni topib, odamlarga jahon bestsellerlari bilan oʻzbek tilida ham yangrashi tanishishlari uchun tarjima qilishni istagandik. Keyin, bu kitoblar faol sotila boshlangach, jahon bestsellerlarini tarjima qilishda davom etish gʻoyasi yuzaga keldi. Kitob tarjimasini keng yoʻlga qoʻyish uchun bu ishni oʻrgana boshladim. Buning uchun yana Fransiyaga bordim, u yerda bu masalani chuqur oʻrgandim. Qaytgach, niyatlarimni roʻyobga chiqara boshladim. Bugungi kungacha biz 50 dan ziyod kitobni tarjima qildik. Bizda, shuningdek, kitoblarning onlayn- va audio-tarjimalari ham bor, ulardan foydalanuvchilar soni 80 ming kishiga yetdi.
Kitoblarning qaysi birini eng ahamiyatli deb sanaysiz?
Biz tarjima qilgan va chop etgan kitoblar ichida shaxsan men uchun Stiv Jobs kitoblari katta rol oʻynaydi. Ushbu loyihani yaratishda biz aynan uning kitoblaridan ruhlandik. Va, umuman, menga biznes, motivatsiya va moliyaviy savodxonlik bilan bogʻliq barcha kitoblar yoqadi.
Yaqin kelajakda qanday kitoblarni tarjima qilishni rejalashtirgansiz?
Biz moliyaviy savodxonlik, shaxsiy oʻsish va motivatsiyaga qaratilgan kitoblarga yanada koʻproq eʼtibor berishni istaymiz. Yaqin orada Teodor Drayzerning trilogiyasini, faktologiya va tibbiyot mavzuidagi kitoblarni chop etamiz. Biz, umuman, insonlar hayoti sifatini yaxshilashga qaratilgan kitoblarni chop etishni kengaytirish niyatidamiz.
Har bir kompaniyaning oʻz ishlash tamoyili bor. Sizlarda qanday tamoyillar bor?
Birinchidan, biz IT-texnologiyalar vositasida rivojlanishimiz kerak. Ikkinchisi – moslashuvchanlik. Biz mehnat tuzilmasiga tezda moslashadigan odamlarni saralab olamiz, bular asosan 23-28 yoshlilardir. Yosh mutaxassislarni tanlashimiz bejiz emas. Ular IT-sohani juda yaxshi tushunadilar va kompaniyamizga ulkan foyda keltiradilar.
Oʻquvchilaringiz kimlar?
Yaqinda statistikani oʻrgandik va oʻquvchilarimizning asosiy kontingenti 33 yoshgacha boʻlgan insonlar ekanligini aniqladik. Ular asosan 22-27 yoshlardagi yigit-qizlardir. Dastlab, hozirgi avlod kitob oʻqishga unchalik ham berilmaganligini inobatga olib deb hisoblab, biz katta yoshlilarni nazarda tutgandik. Ammo mavjud koʻrsatkichlar bizni ijobiy hayratga soldi.
Maʼruzalar oʻqiysizmi?
Boʻlib turadi. Meni universitetlarga taklif etadilar. Ammo u yerda men asosan kitob emas, biznes-muhit haqida soʻzlayman. Shuningdek, onlayn-treninglar oʻtkazaman.
Nima deb oʻylaysiz, hozirda qanday kitoblar koʻproq talabgir: qogʻozdagimi yoki elektron?
Men doimo qogʻoz kitoblar tarafdori boʻlganman. Ular oʻqiyotganda koʻproq zavq beradi. Elektron kitoblar koʻpincha oʻquvchilarni kitobning oʻzidan chalgʻitadi, deb hisoblayman, chunki qurilmalarda Internet mavjud boʻlib, odamlar ijtimoiy tarmoqlardan keladigan xabarlarga chalgʻib qoladilar.
Menimcha, vaqt oʻtib, hamma qogʻoz kitobni oʻqishga qaytadi, chunki bunday oʻqishda kitobning oʻziga ancha kuchli eʼtibor jamlanishi ancha kuchli boʻladiqaratiladi. Qogʻoz kitoblar yana dolzarb boʻladi, deb oʻylayman.
Qogʻoz kitoblar audiokitoblar bilan solishtirilsachi?
Birinchidan, oʻqiydigan inson tinglovchiga qaraganda ancha kam orfografik xatoga yoʻl qoʻyadi. Chunki intensiv oʻqishda soʻzlarning toʻgʻri yozilishi xotiramizga muhrlanib boradi. Kitobni tinglayotganda bunday imkoniyat yoʻq, chunki biz uni yoʻlda yoki biror ish ustida tinglaymiz va audiofaylni tuzatish uchun har gal chalgʻishimizga toʻgʻri keladi. Qolaversa, oʻzimdan qiyos, tinglashda insonning fikrlari tez chalgʻiydi va eʼtibor susayadi.
Kitoblarning kelajagi qanday va u oʻzi bormi?
Butun dunyoda kitob oʻqishga talab yildan-yilga ortib bormoqda. Koʻplab yangi mualliflar va asarlar paydo boʻlmoqda. Oʻzbekistonda ham oʻqishga qiziqish tendensiyasi kuzatilmoqda. Bugungi kunda kitoblar ancha hamyonbop boʻldi va har kim koʻngliga oʻtiradigan kitobni topishi mumkin, bu quvontirmay qoʻymaydi.
Har bir ish bir qancha bosqichdan iborat boʻladi. Sizga qaysi bosqich koʻproq yoqadi?
Menga hammasidan ham tarjima uchun kitob saralash bosqichi yoqadi. Menga chop etish uchun bestseller tavsiya qilsalar ham, to oʻzim oʻqib chiqmagunimcha uni chop etmayman. Ushbu kitob inson rivojlanishiga qanday ulush hissa qoʻshishini tushunish mening oʻzim uchun qiziqarlidir.
Asaxiybooks missiyasi?
Odamlar hayotini IT-texnologiyalar yordamida soddalashtirish. Insonlar oʻzlariga kerakli barchasi narsani onlayn osongina sotib olishsin va shu bilan qimmatli vaqtlarini tejasinlar. Biz Oʻzbekistonda kitobxonlar auditoriyasini kengaytiramiz, bu ham ahamiyatlidir.
Va nihoyat, soʻnggi savol: baxtli inson sizning nazdingizda qanday? Oʻzingizni shunday hisoblaysizmi?
Vaqt oʻtgani sayin baxt oilaviy farovonlikka bogʻliq boʻlishini tushundim. Agar oilangizda hamma sogʻ-salomat boʻlsa, oʻzingizni baxtli his qilasiz. Ikkinchisi – bu sevimli ish bilan shugʻullanish. Inson oʻziga yoqadigan narsani oʻrgansa, oʻzi yoqtiradigan ish bilan shugʻullansa, u, shubhasiz, oʻzini baxtli odam deb hisoblashi mumkin. Uchinchisi – nimadir yangilikni muntazam izlashdir. Oʻzi uchun nimanidir kashf etish, shaxs sifatida oʻsish kerak. Hayotimda shularning bari mavjud va shu sababli men oʻzimni juda baxtli inson deb hisoblayman.
suratda: Feruz Allaev
Kamola Maxmudxodjaeva