Yerning hali-hanuz odamlarga boyligi va insoniyat mavjudligi uchun qulay sharoitga egaligi, aslida, katta omad sanaladi.  Sautgempton universiteti Yer to‘g‘risidagi fan professori Tobi Tirrell The Conversation uchun yozgan maqolasida shunday xulosaga keladi.

Ibtidoiy odam Homo sapiensga qadar shakllanishi uchun 3-4 milliard yil kerak bo‘ldi. Iqlim sharoitlaridagi har qanday o‘zgarish evolyusiyani yo‘qqa chiqarishi va biz mutlaqo bo‘lmasligimiz ham mumkin edi. Yer yuzida hayot qanday paydo bo‘lganligini tushunish uchun Yer milliardlab yillar davomida qanday qilib yashashga yaroqli bo‘lib qola olganini tushunib olish kerak. Hozirda biz iqlimni bir necha yuz yilda o‘zgartirib tashlash osonligini ko‘ryapmiz. Hisob-kitoblar Yer iqlimi atigi bir necha million yil ichida noldan past yoki qaynash haroratidan yuqori darajaga yetishi mumkinligini ko‘rsatadi. Shuningdek, biz Quyosh hayot paydo bo‘lgan vaqtga qaraganda 30 foizga yorqinroq bo‘lganligini, buning oqibatida, nazariy jihatdan, okeanlar qaynay boshlashi kerak ekanligini ham bilamiz. Biroq bu jumboq bizning foydamizga yechim topgan.

Olimlarning fikriga ko‘ra, Yer termostatga o‘xshash, iqlimni halokatli haroratgacha borishining oldini oluvchi qayta aloqa mexanizmi (mexanizmlari)ga ega. Bundan tashqari, olimlar tasodifiylik yoki omad unsurlarini ham istisno qilmaydilar. Ko‘p sonli sayyoralardan, ehtimol sanoqlisining omadi chopgan va Yer – ularning biri. Uzoqda joylashgan yulduzlarni kuzatish ularning ko‘pchiligi atrofida sayyoralar aylanishini va ularning ayrimlari nazariy jihatdan inson yashashi uchun yaroqli o‘lcham, zichlik va orbital masofaga ega ekanligini ko‘rsatadi. Hisoblab chiqilishicha, faqat bizning galaktikamizning o‘zida kamida ikki milliard mana shunday nomzod-sayyoralar mavjud. Biroq buni tekshirish imkonsiz – axir

Proksima Sentavra yulduzi atrofida alanayotgan eng yaqin ekzosayyoragacha ham to‘rt yorug‘lik yilidan uzoqroq masofa bor.
Professor Tobi Tirrell bu masalani modellashtirish yordamida o‘rgandi – bunda sayyoralardagi iqlim evolyusiyasini modellashtirishga mo‘ljallangan kompyuter dasturidan foydalandi. O‘z tajribasida olim har biri tasodifiy iqlimiy qayta aloqa to‘plamiga ega 100 000 ta sayyorani jamladi. Har bir sayyora unda odam yashashi uchun qulay qoladigan ehtimolini hisoblab chiqish uchun 100 martadan modellashtirildi. Har bir sayyora bo‘yicha tajriba turli boshlang‘ich haroratdan boshlandi va tasodifiy iqlimiy hodisalarning turfa to‘plamlariga duchor qilindi. 100 ta urinishning har biri davomida sayyoraning harorati haddan tashqari issiq yoki haddan tashqari sovuq bo‘lmaguncha yoki uch milliard yil o‘tmaguniga qadar kuzatib borildi.

Modellashtirish natijalari ko‘rsatishicha, sayyoraning odamlar yashashi uchun yaroqliligining davomiyligi – bu qayta aloqa natijasidan ko‘ra ko‘proq tasodif ekan. Shu bilan birga birgina omadning o‘zi yetarli emas. Atayin qayta aloqasiz loyihalashtirilgan sayyoralar aslo odam yashashiga yaroqli bo‘lmadi.

Bundan Yer qandaydir termostat yoki qayta aloqa mexanizmiga ega bo‘lishi kerak, degan xulosa qilish mumkin lekin, shu bilan birga, u yashashga qulay bo‘lib qolishi uchun omad elementi ham muhim. Agar, masalan, asteroid yoki Quyosh chaqnashi biroz katta bo‘lgan bo‘lsa yoki biz uchun nobop bo‘lgan vaqtda ro‘y berganda, biz, ehtimol, Yer yuzida hozir yashamagan bo‘lardik.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *