Ma’lumki, ta’lim – bu iqtisodiy taraqqiyot va millat farovonligining fundamental omillaridan biridir. Ta’limning ahamiyatini anglab yetib, uzoq vaqt davomida ta’lim sohasiga investitsiya kiritgan mamlakatlar hozirda innovatsiyalar, mehnat bozori, texnologiyalar, tibbiyot va hatto mafkura borasida yetakchilik qilmoqdalar.   

 

Aholi o‘rtacha ta’lim yillari va iqtisodiy o‘sish sur’atlari qiyosiy grafigi, 1990-2004 yillar

 

Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, jahonda keyingi yillarda ta’limga davlat xarajatlari o‘sishi trendi kuzatilmoqda (1- rasm). O‘z ichiga joriy, kapital va tranfert xarajatlarni oluvchi davlatning ta’limga yalpi xarajatlari iqtisodiyot YaIMdan foizlarda ifodalanadi. Jahon amaliyoti guvohlik beradiki, umumiy o‘rta ta’lim tizimining samarali faoliyat yuritishi uchun ushbu maqsadlarga YaIMning 5-7% darajasida saqlab turish maqsadga muvofiqdir.

 

Aholi o‘rtacha ta’lim yillari va iqtisodiy o‘sish sur’atlari qiyosiy grafigi, 1990-2004 yillar

 

2015-2020 yillar bo‘yicha ma’lumotlar tahlili ko‘rsatishicha, dunyoda ta’limga xarajatlarda katta variativlik kuzatiladi. Chunonchi, agar ta’limga o‘rtacha davlat xarajatlari bo‘yicha yetakchi beshtalik mamlakatlarini olsak, keyingi 5 yil ichida yetakchilar Mikroneziya Federal Shtatlari, Norvegiya, Daniya, Shvetsiya va Islandiya sanaladi.

Mamlakat Keyingi 5 yil ichida ta’limga xarajatlar (%) Oxirgi ma’lumot chiqqan yil
Mikroneziya Fed. Shtatlari 12,5 2015
Norvegiya 7,7 2016
Daniya 7,6 2014
Shvetsiya 7,6 2016
Islandiya 7,6 2016
Estavini 7,1 2014
Kosta-Rika 7,1 2018
Finlyandiya 7,0 2014
Lesoto 7,0 2018
Beliz 6,9 2017
Butan 6,7 2018
Тunis 6,6 2015

Shu bilan birga, dunyo mamlakatlarining ta’limga xarajatlari mutlaqo turlichadir. Yuqori daromadga ega mamlakatlar kichik maktab yoshdagi bolalar ta’limiga, past daromadli mamlakatlarga nisbatan, o‘rtacha 43 barobar ko‘p mablag‘ sarflaganlar (Manba: Al-Samarrai va boshq. (2019)). Agar o‘quvchining butun ta’lim yo‘li olinadigan bo‘lsa, xarajatlardagi farq yanada katta bo‘lardi. Past daromadga ega mamlakatda o‘sadigan bola 18 yoshga chiqqanida maktabga faqat 8 yil boradi, yuqori daromadli mamlakatda esa bu 13 yoshni tashkil qiladi. Umuman olganda, daromadi o‘rtadan past bo‘lgan mamlakat hukumati bola ta’limiga 1300 AQSh dollari atrofida investitsiya kiritsa, yuqori daromadga ega o‘rtacha olingan mamlakat taqriban 110 000 AQSh dollari investitsiya kiritadi. Boz ustiga, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar oliy ta’limni moliyalashtirish va qiymatini aniqlash modellari borasida ham bir-birlaridan farq qiladilar.

Nega OTMlarda o‘qish qimmatlashmoqda?

AQSh misolida

1980-yillardan boshlab kollejda o‘qish narxi 2 barobardan ko‘proqqa oshdi. Shuningdek, kollejda ta’lim olish to‘lovi va talabalar kreditlari bo‘yicha qarzdorlik ham har qachongidan ko‘ra yuqoriroq. Student Loan Hero ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda talabalik qarzlari bo‘yicha qarzdorlikka ega 45 million nafar amerikalik bo‘lib, ular umummilliy iqtisodiyotga 1,5 trillion dollardan ziyod ulkan hissa qo‘shadilar. Talabalik qarzini olgan bitta bitiruvchiga to‘g‘ri keluvchi o‘rtacha talabalik qarzi har qachongidan ham ko‘ra kattaroq bo‘lib, 29 800 dollarni tashkil qiladi, bu boshqa rivojlangan mamlakatlardagiga qaraganda ikki barobar yuqoriroqdir. Ushbu tendensiyaga qaramay, mamlakatda oliy ta’limga talab yildan-yilga o‘sib bormoqda. Agar 2000 yillar boshlarida ilmiy daraja beruvchi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilinganlar  soni 15 312 000 nafar talabani tashkil qilgan bo‘lsa, 2019 yilda 22 737 597  nafarga yetdi, bu taxminan 7,4 millionga yoki 148,5%ga ko‘p demakdir.

 

The College Board ma’lumotlariga ko‘ra, katta avlodga kollejda o‘qish arzonroq tushgan: 1980- yillar oxiridan to 2019 yilga qadar 4 yillik ta’lim narxi davlat OTMlarda 297,4%ga, xususiylarda – 206,5%ga (inflyasiyani hisobga olgan holda) o‘sgan.

 

Talabalar sonining ortishi kollej taklif etadigan afzalliklar uning ulkan xarajatlaridan ustun kelishiga ishora qiladi. Nyu-York Federal zaxirasi tadqiqotlariga ko‘ra, oxirgi yillarda kollejdagi ta’lim narxining o‘sishi bakalavr darajasi qiymatini ancha pasaytirdi. Shunga qaramay, kollejda ish haqiga qo‘shimcha rekord daraja yuqori ko‘rsatkichga yaqinligicha qolgan, kollejda ilmiy darajadan samara bugungi kunda 14 foiz atrofida , bu boshqa foydali investitsiyalardan samara ostonasini osongina ortda qoldiradi. Kollejdagi ta’lim narxi xavotir uyg‘otsa-da, u oliy ma’lumot to‘g‘risida diplom olish kerakligi borasidagi bazaviy hisob-kitoblarni o‘zgartirgani yo‘q. Foyda, har holda aksariyat odamlar uchun, avvalgidek xarajatlardan ustunlik qiladi.

 

Germaniya ta’lim to‘lovini qanday yo‘q qiloldi?

Shu bilan birga, rivojlangan mamlakatlar orasida ta’lim qiymati va uni moliyalashtirish modeli Amerikanikidan farqlanuvchi muqobil namunalar ham mavjud. 2014 yilda Germaniyaning 16 ta o‘lkasi barcha Germaniya davlat universitetlarida balakavriat talabalari uchun ta’lim to‘lovini bekor qildi. Bu esa, hozirga kelib Germaniya davlat universitetlarining ham mahalliy, ham xorijiy talabalari, semestr uchun ma’muriy va boshqa xarajatlarni qoplash uchun kichik to‘lovni hisobga olmasa, bepul o‘qishlari mumkinligini anglatadi.

Germaniyadagi oliy ta’limni moliyalashtirish tizimini va mamlakat bunga qanday kelganligini tushunish uchun ikkita jihatni bilish kerak. Birinchidan, Germaniya – har biri ta’lim, oliy ta’lim va madaniyatga o‘zi javob beruvchi 16 ta muxtor o‘lkadan iborat federativ mamlakat. Ikkinchidan, Germaniya oliy ta’lim tizimi qariyb 400 ta OTMdan iborat bo‘lib, unda 2,5 million nafar talaba o‘qiydi va u davlat tomonidan moliyalashtiriladigan markazlashgan tizim sanaladi. Bir qator kichik xususiy o‘quv yurtlari ham bor, lekin ularda o‘qiydiganlar talabalar umumiy sonining 5 foizidan kamroqni tashkil qiladi.

Germaniyaning yana bir o‘ziga xosligi – aholisi tez qarib borishidir. 2015 yilda Germaniya keksayib borayotgan aholi soni bo‘yicha Yaponiyadan keyin ikkinchi o‘rinda turardi: uning aholisining 28 foizi 60 va undan yuqori yoshda.

Mana shu xususiyatlarni inobatga olib, Germaniya hukumati oliy ta’limni baynalmilallashtirishni o‘zining strategik maqsadi etib belgilagani hayratlanarli emas. Baynalmilallashuv turli afzalliklarni beradi: tadqiqotlar va ta’lim sifatiga ijobiy ta’sirdan tortib to akademik institutlarning global nufuzi ortishigacha. U yana qator ijtimoiy-iqtisodiy samaralarga ham ega.

U Germaniyadagi malakali ishchi kuchi yetishmasligini qisqartirishga va immigratsiyani rag‘batlantirishga yordam berishi mumkin. Germaniya akademik almashinuv xizmati (DAAD) buyurtmasiga ko‘ra o‘tkazilgan 2013 yildagi batafsil tadqiqotda ko‘rsatilishicha, xorijiy talabalar Germaniyada jamiyatga salmoqli iqtisodiy sof foyda keltiradilar. Xorijiy talabalarga davlat xarajatlari yuqori bo‘lishi va nemis universitetlari hatto xorijiy talabalardan ham to‘lov olmasligiga qaramay, bu haqiqatga to‘g‘ri keladi.

Germaniyada federativ boshqaruv tizimi mavjud bo‘lib, u 16 ta a’zo-davlatga ta’lim sohasidagi siyosatda keng darajada muxtoriyat beradi. Berlindagi Federal ta’lim vazirligi kasbiy ta’limni moliyalashtirish, moliyaviy yordam ko‘rsatish va tartibga solishda va ayrim ixtisosliklarga o‘qishga kirishda talablarni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Lekin ta’limning aksariyat boshqa jihatlari alohida o‘lkalar hukumati vakolatiga kiradi. Germaniya oliy davlat o‘quv muassasalari o‘lkaning mas’ul vazirligidan har yilgi yoki ikki yilda bir o‘tkaziladigan muzokaralar asosida byudjet oladi. Bu asosiy byudjet OTM va davlat o‘rtasidagi qo‘shimcha talabalar qabul qilish va o‘qitish uchun to‘lov bekor qilinishidan daromad yo‘qotilishini kompensatsiyalash uchun mablag‘lar to‘g‘risidagi kelishuvlar bilan to‘ldiriladi.

Qo‘shimcha moliyalashtirish dasturlari mavjud – ulardan ayrimlari, ilg‘or yutuqlarga erishish yo‘lidagi tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash va ilgarilatish maqsadida, o‘lkalar va federal vazirlik tomonidan birgalikda moliyalashtiriladi.

Albatta, aksariyat ta’lim muassasalari avvalgidek moliyalashtirishda taqchillik sezadilar. Tadqiqotlarni tashqi moliyalashni jalb qilish maqsadida akademik xodimlarga bosim va bunday grantlar uchun raqobat ham kuchaygan. Shunga qaramay, yevropaning boshqa mamlakatlariga solishtirganda, Germaniya oliy ta’lim muassasalari avvalgidek o‘z davlatlari tomonidan saxiylik bilan moliyalashtiriladi – ularning byudjet ehtiyojlarining taqriban 80 foizini davlat qoplaydi. Bundan tashqari, tadqiqotlarni tashqi moliyalashtirish uchun keng imkoniyatlar va salmoqli ish hajmlari ham mavjud.

 

Covid 19dan keyin  dunyoda ta’lim tizimining moliyalanishi

Koronavirus tufayli yuzaga kelgan inqiroz ko‘lami va xarakteri tengsiz bo‘lib, yevropa iqtisodiyoti va jamiyatiga uzoq muddatli ta’sirga ega. Bu yil yeI YaIM qisqarishi 7,5% yo undan ham ko‘proqni tashkil etishi kutilmoqda, bu 2009 yildagi moliyaviy inqiroz davridagidan ancha ko‘pdir. Ushbu murakkab sharoitda ko‘plab yevropa universitet–lari moliyalashning qisqa va uzoq muddat–li qisqarishi muammo–siga duch keladilar. Biroq, yevropadagi oliy ta’lim tizim–lari, moliyalash mo–dellariga qarab, bu holatni turlicha va turli vaqtda boshdan o‘tkazadilar. Ular davlat tomonidan moliyalash, ta’lim uchun to‘lov va quyida tahlil etiladigan boshqa manbalarni uyg‘unlashtirishlari diqqatga sazovor.

Aksariyat yeropa oliy ta’lim tizimlari birinchi navbatda davlat moliyalashiga bog‘liqdirlar. 2008 yilgi inqiroz tajribasi Islandiya, Boltiqbo‘yi mamlakatlari va Gretsiya kabi bir necha tizimlargina inqiroz boshlangandan keyingi dastlabki ikki yilda davlat moliyalashini keskin qisqartirganliklarini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, 15 ta tizimda ushbu davrda hatto universitetlarni moliyalash hajmi oshirildi. Vaziyat asta-sekin o‘zgardi: 2012 yil bu borada eng yomon yil bo‘ldi, o‘shanda EUA davlat moliyalashi observatoriyasi qamrab olgan 24 tizimning 14 tasi 2008 yilga nisbatan moliyalashtirishni qisqartirdi. Bu gal, tizimlar turlicha darajada va turfa xil vaqt doirasida daxldor bo‘lganliklari sababli, o‘xshash ssenariyni kutish mumkin. Davlat moliyalashi mexanizmining tabiati odatda universitetga inqiroz ta’sirining yumashashi yoki, ehtimol, kuchayishiga ta’sir qiladi. Xarajatlarning asosiy ko‘rsatkichlari qiymatidagi har qanday salmoqli o‘zgarishlar, masalan, ishsizlik o‘sishi yoki talabalarga qat’iyroq siyosiy yordam tufayli talabalar soni–dagi sezilarli ilgarilash, qoidaga ko‘ra, univer–sitetlar byudjetlariga uzoq muddatli ta’sir ko‘rsatadi.

Davlatlar tomonidan bu bosqichda ko‘rila–yotgan choralar univer–sitetlarga bir necha yillik ta’sir ko‘rsa–tishi mumkin. Avvalgi tajribadan ma’lumki, 2008 yilgi inqirozga javoban qabul qilingan yechimlar va murakkab iqtisodiy sharoit  uzoq muddatli istiqbolda ko‘p holda saqlanib qolgan yoki, hatto, kengaygan ham. Masalan, Irlandiya, qisqa muddatli chora sifatida, xodimlarni ishga olishga moratoriy va universitetlarning moliyaviy muxtorligini chegaralashga qaratilgan boshqa choralar joriy qildi. Biroq, bu cheklovlardan ayrimlari iqtisodiy o‘sish tiklangandan keyin ham, uzoq yillar saqlanib qoldi. Ta’sir choralari muddatlarga bog‘langan bo‘lishi va moliyalash hamda institut muxtorligi uchun ehtimoliy uzoq muddatli oqibatlari to‘liq anglangan holda amalga oshirilishi muhim. Universitetlarning na institutsional muxtoriyati, na moliyaviy barqarorligi yaqinlashib kelayotgan ehtimoliy iqtisodiy tanazzul tomonidan parchalanmasligi kerak.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *