C.A.T. Science Accelerator — ilm-fan va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish sohasidagi loyihalar uchun O‘zbekistondagi birinchi akselerator
Startapchilar uchun
1. Loyiha g‘oyasini bir tartibga keltirish va konstruktiv tanqid.
2. Sinovlar o‘tkazish uchun maydon: Ilg‘or texnologiyalar markazining laboratoriyalari, reaktivlari, asbob-uskunalari va materiallari.
3. Ilm-fan, biznes, loyihalarni ishga tushirish sohasida ekspertlar va mentorlar.
4. Loyihaning minimal ishchi talqinini ishga tushirishda yordam (MVP).
5. O‘zbekiston Innovatsiyalar vazirligidan investitsiyalar: uchta finalchining har biriga biznesini rivojlantirish uchun 100 mln so‘mdan olishi ko‘zda tutilgan.
6. Ta’lim dasturi.
7. Konsalting qo‘llab-quvvatlash.
8. Tarmoqdagi korporatsiyalar va kompaniyalar bilan aloqalar.
9. Loyihaga PR-ko‘mak.
Faqat akselerator ishtirokchilari uchun:
Global Innovation through Science & Technology (GIST) On Demand Bootcamp and Innovation Hub (iHub) xalqaro vorkshopida qatnashishning noyob imkoniyati.
GIST – AQShning innovatsiya va tadbirkorlik bo‘yicha hukumat dasturi. Dastur tadbirkorlarga startaplar yaratishda yordam beradi. 135 ta mamlakatdagi GIST ishtirokchilari ko‘nikmalarini rivojlantirishlari, tanishlar ko‘lamini kengaytirishlari, ustozlar topishlari va mamlakat ichida tahsil olish, asosiy tanlov, interaktiv onlayn-dasturlash va AQSh ekspertlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni uyg‘unlashtirish vositasida moliyalashtirishdan foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar.
Agar ilmiy g‘oyangiz bo‘lsa va ilmiy startap rivojlanishida qatnashishni istasangiz – bizga keling!
Agar olim bo‘lmasangiz ham – bizga keling! Biz olimlar, marketologlar, huquqshunoslar, iqtisodchilarni bir jamoaga yig‘amiz va birgalikda o‘z loyihangiz ustida ishlaysiz!
Biz ilmiy ishlanmalar bilan ishlayotgan loyihalar, korporatsiyalar va biznes o‘rtasida aloqa o‘rnatamiz.
Akselaratorda qatnashish bepul!
Kontaktlar:
Tel: +99871 227 43 21, +99890 214 73 37, http://cat-sa.uz/
Loyiha tashkilotchisi: Ilg‘or texnologiyalar markazi, StartupFactory.uz va Green Business Innovation kompaniyalari bilan hamkorlikda. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlantirish vazirligi, “O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ, “O‘zcharmsanoat” AJ, “O‘zsharobsanoat” AJ.
Ilg‘or texnologiyalar markazi to‘g‘risida
2018 yil aprel oyidan boshlab Ilg‘or texnologiyalar markazi ilmiy-tadqiqot muassasasi maqomida Innovatsion rivojlantirish vazirligi tuzilmasi tarkibiga kiradi.
Markaz – bu Vazirlikning texnologik maydonchasi bo‘lib, olimlar, innovatorlar va tadbirkorlarga barcha ishtirokchilar va umuman mamlakat uchun iqtisodiy foyda keltiruvchi birgalikdagi yechimlar yaratish imkonini beradi.
Markaz 2011 yilda tashkil etilgan. 2012 yilda u joylashgan binoni ta’mirlash ishlari boshlandi va uch yil davom etdi, shu sababli markaz 2016 yilga kelibgina faol ishlay boshladi. Markazda ilmiy va laboratoriya jihozlarining noyob bazasi to‘plangan.
2018 yil sentyabrda Markaz bazasida C.A.T. science accelerator innovatsion startap-akseleratori – ilm-fan sohalari: kimyo, fizika, biologiya, geoloogiya, tibbiyot va boshqa yo‘nalishlarda startap-loyihalarni amalga oshirishga yordam beruvchi platforma yaratildi.
Akselerator dasturi ishtirokchilarga, treninglar, seminarlar, vorkshoplarda qatnashish orqali, real muammoni, bozor ehtiyojlarini aniqlash, multiyo‘nalishli jamoalarda ishlashni o‘rganish, marketing, sotuvlar, qonunchilik, biznes-rejalashtirish va boshqa sohalarda zaruriy nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishda ko‘mak beradi.
Dastur yarim yilga mo‘ljallangan, uning davomida ishtirokchilar Markazning butun infratuzilmasidan, jumladan loyihani amalga oshirish uchun zarur jihozlar, reaktivlar, sarflanuvchi materiallardan foydalanadilar.
Vladimir Soy