Esda qolarli 2020-yil poyoniga yetmoqda, yuqori volatillik davri boshlanyapti. Ushbu maqolada qanday savdo qilish, nimaga pul tikish va bozorda qanday yo‘l tutish kerakligi haqida so‘zlaymiz.
NASDAQ bir necha oydan beri bozorni texnologik kompaniyalar tufayli ushlab turdi, ular masofaviy ish va yalpi o‘zini o‘zi ihotalash oqibatida gullab-yashnadi. Ammo yaqinda, cheklovlar bekor qilingani tufayli, iqtisodiyot keskin burilish yasadi va bu yirik hamda kichik kapitalizatsiya indekslari o‘sishiga sabab bo‘ldi.
Russell 2000 kichik kapitalizatsiya indeksi uchun bu katta sakrash – u noyabrning o‘zida 20,5%ga o‘sdi, yana ham o‘sishiga esa, hech narsa to‘sqinlik qilmydi. Reytingning qolgan o‘rinlarida noyabrda 13,4%ga o‘sgan Dow Jones Industrial Average, 11,2%lik o‘sish bilan S&P-500 va 10.3%ga o‘sgan NASDAQ bormoqda.
Bu noyabr muvaffaqiyatli bo‘lishi oldindan ma’lum edi – u zaif oktabr va sentabr ketidan keladi. Aynan shunday manzarani biz S&P-500ning yangilangan grafigida ko‘rishimiz mumkin. U yerda vaziyat 50- va 80- yillar bilan solishtiriladi. Oktabr oyidagi sustlashish sentabrnikiga qaraganda kamroq bo‘ldi, lekin u o‘sib borish trendi uchun qo‘llab-quvvatlash chizig‘ini hosil qiladi.
Bu yerda biz dilemmaga duch kelamiz: odatda dekabrning ikkinchi yarmi birinchisiga qaraganda muvaffaqiyatliroq bo‘ladi. Bu davrda kichik kapitalizatsiya aksiyalari yirik kapitalizatsiya aksiyalaridan ustun bo‘la boshlaydi, ammo Russell 2000 o‘zining noyabrdagi rekordini yangilay oladimi, yo‘qmi – noma’lum.
Shubhasiz, yil buqa mavsumi bilan yakun topadi: vaksina, prezidentlikning Baydenga tinch yo‘l bilan o‘tishi, shuningdek uning yangi ma’muriyati kabi xushxabarlar bozordagi holatni yaxshilaydi. Shuningdek, hamma iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash choralarini kutmoqda.
Ayrim mamlakatlarda kasallanishning ikkinchi to‘lqini boshlangan bo‘lsa ham, bozor barqaror qolmoqda – virusga qarshi kurashishda va lokdaunlar hamda iqtisodiy qiyinchiliklarni yengib o‘tishda dadillik kuchaymoqda.
Keskin tushishni kutmaslik kerak – u kamdan-kam ro‘y beradi, lekin kuzdagi yaxshi raqamlar tufayli dekabrda susayish kuzatilishi mumkin. Biroq, bu o‘rinda saylov bilan bog‘liq vaziyat ishga tushadi. Saylov o‘tadigan yillar statistikada alohida hisoblanadi va bu borada biz shunday manzaraga ega bo‘lamiz:
Barcha indekslar uchun dekabr muvaffaqiyatlilik bo‘yicha top-5ga kiradi. Russell 2000 uchun bu eng muvaffaqiyatli oylardan biri: 3%lik o‘rtacha o‘sish 1950 yildan buyon 9 marta kuzatildi, bir marta 1980 yilda bazaviy stavka 21,5%ni tashkil qildi.
Yilning oxirgi oyi muhim ahamiyatga ega, chunki bu yuqori bozor mavsumiyligi hamda portfellar islohoti davridir: soliq-zararli aktivlar sotiladi, treyderlar “Santa rallisi”ga tayyorlanadilar.
Treyderlar Milod arafasida 52 haftalik minimumga yetgan aksiyalardan portfel tuzadilar, ralli yangi yilning ikkinchi savdo kunigacha davom etadi. Bu strategiyani Free Lunch deb ataydilar, uning daromadliligi, masalan, S&P-500 uchun, 1969- yildan buyon 1,3%ni tashkil qiladi, bu yomon ko‘rsatkich emas.
Agar Santa-Klaus rallisi ish bermasa, yil silliq va omadsiz bo‘ladi. Shunday hol ro‘y bergan keyingi 6 gal bozor haqiqatan ayiq taraf yoki silliq bo‘lgandi, bu borada Yel Xirshning mashhur iborasi bor: “Agar Santa qo‘ng‘iroq qilmasa, Uoll-Stritga ayiqlar kirib kelishi mumkin”.
Ralligacha “Uch jodu haftaligi” o‘tadi, u S&P-500 uchun yaxshidir: keyingi 38 yil ichida indeks 26 marta plyusga chiqqan. DJIA, aksincha, “uch jodu haftaligi”dan keyin o‘zini yaxshi his qiladi: keyingi hafta oxirgi 38 yilning 28 yilida yaqqol buqa taraf va ajoyib o‘tgandi. Russell 2000 uchun eng yaxshi mavsum esa, 18–24 dekabr sanaladi.
Milod arafasidagi savdo kunlari odatda barcha yo‘nalishlar bo‘yicha buqa taraf bo‘ladi, yilning oxirgi kunlari esa, tilga olingan indekslar murakkabliklarni boshdan kechiradilar. Masalan, NASDAQ keyingi 20 yil davomida 15 yilda aynan 31 dekabr kuni keskin tushib ketgan. Qolgan indekslar keyingi 21 yil davomida ayiq tarafga nishablikni namoyish etganlar.
Xulosa qilib, barcha strategiyalarni bir suratga yig‘ish va unga rioya etish mumkin: