Lavozimi: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlantirish vazirligi Ilg‘or texnologiyalar markazi, yangi axborot texnologiyalarining tadqiqi va ilmiy-texnik axborot tahlili bo‘limi boshlig‘i.

 

Ilmiy darajasi:  Falsafa fanlari doktori

 

Kasbi, karerasi: O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar davlat qo‘mitasi qoshidagi ilmiy-tadqiqot axboroti davlat fondi – 1- toifa texnik, 2- toifa muhandis;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Yirik ilmiy va investitsion loyihalar ekspertizasi kengashi – birinchi toifa muhandis, yetakchi muhandis;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Oliy attestatsiya komissiyasi, ijtimoiy va gumanitar fanlar departamenti – yetakchi mutaxassis;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Fan va texnikani muvofiqlashtirish va rivojlantirish qo‘mitasi, fundamental va amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnik dasturlarini shakllantirishni muvofiqlashtirish va tahlil qilish departamenti – bosh mutaxassis;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Fan va texnikani rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi qoshidagi Ilmiy-texnik axborot markazi – ilmiy xodim, ilmiy-texnik va axborot resurslarini shakllantirish bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Ijtimoiy tadqiqotlar instituti, Axborot va dasturiy ta’minot bo‘limi – bosh mutaxassis;

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti – katta ilmiy xodim, doktorant;

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlantirish vazirligi qoshidagi Ilg‘or texnologiyalar markazi, Texnologiyalarni tijoratlash va transferlash bo‘limi – mutaxassis, ilmiy xodim, yangi axborot texnoloiyalari tadqiqotlari va ilmiy-texnik axborot tahlili bo‘limi boshlig‘i.

Jamoatchilik faoliyati va fuqarolik pozitsiyasi, shuningdek yetakchilik xislatlari uchun jamoa tomonidan Yirik ilmiy va investitsion loyihalar ekspertizasi kengashida Kasaba uyushmasi raisining o‘rinbosari lavozimiga, Fan va texnologiyalarni muvofiqlashtirish qo‘mitasida esa, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi etib saylangan. Ilg‘or texnologiyalar markazida kasaba uyushmasi qo‘mitasining raisi sanaladi.

 

Publikatsiyalar: Intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan 4 ta mualliflik guvohnomasiga, o‘quv qo‘llanmasi va monografiyaga mualliflik ishlarini saqlash bo‘yicha ikkita xalqaro namunadagi mualliflik guvohnomasiga ega, ikkita monografiya, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar hammuallifi sanaladi. Hozirga qadar 80 dan ziyod ilmiy maqolalarni chop etgan.

 

Ilmiy qiziqishlari: Ilmiy-texnik axborot, ilmmetriya, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar, innovatsiyalar, startap-loyihalar, startap-harakat ekotizimi va madaniyatining rivojlanishi, loyihalar ekspertizasi, AKTda yangi texnologiyalar, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-gumanitar fanlar – jumladan, lingvomadaniyatshunoslik, lingvistika, madaniyatshunoslik, uslubshunoslik, o‘lkashunoslik, ta’lim texnologiyalari.

Xalqaro va respublika ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy konferensiyalarida qatnashgan va ma’ruzalar bilan chiqish qilgan, O‘zbekiston Respublikasi ilmiy loyihalarida ishtirok etadi.

 

Qiziqishlari/xobbi: Konfutsiy aytgandi: “…ko‘nglingga yoquvchi mashg‘ulot topgin, shunda kunlaring bir xil o‘tmagay…”;

Yaxshi g‘oyalarni to‘plash, yumor hissini mashq qildirish, ilmiy va yuksak natijalarga sport tayyorgarligi.

Bilyard, turizm, sayohat va kolleksiya to‘plashni yoqtiraman.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *