Kompleks sonlar kompleks yuzada turli naqshlarni yuzaga keltirishi anchadan beri ma’lum, ammo bir kun matematik Kliff Pikouver ayrim naqshlar organizmlarga o‘xshashini payqab qoldi va “biomorflar” ni yasash va o‘rganish muxlislari uchun yangi qiziqish sohasiga asos soldi.
Murakkab bo‘lmagan formulalar yordamida organizmni ekranga chiqarish mumkin – shunda abadiy tajribalar to‘foni boshlanadi. Agar formulalar parametrlari o‘zgartirilsa, har gal yangidan-yangi organizmlar yuzaga keladi va hayratdan hayqirishga sabab bo‘ladi.
Eng qizig‘i – organizmlarni o‘zlashtirib olgach, ularni qo‘lga o‘rgatish va o‘zidan ko‘payadigan qilish mumkin! Xuddi hujayralar darajasida – yadro, mitoxondriyalar va vakuolalarning bo‘linishini kuzatgan holda hujayraning parchalanishga majburlagandek.
Organizmlar darajasida ham shunday. Ularning muayyan xususiyatlarini chatishtirish va, ularning avlodlarini kuzatib, belgilarni meros qilib olish jarayonini o‘rganish mumkin bo‘ladi.
Ekranli organizmlar yordamida ota-onalarning belgilari 3:1 nisbatda meros qilib olinishi to‘g‘risidagi Mendel’ qonunini tasdiqlashga muvaffaq bo‘lindi. Boz ustiga, agar Mendel’ ko‘p yillar davomida no‘xot navini chatishtirish orqali ushbu nisbatni aniqlagan bo‘lsa, biz natijaga 2-3 daqiqada erishamiz.
Jarayonlarni boshqarish orqali xalaqitlar kiritish (bamisoli noxush tashqi muhitdan, dorilardan yoki asoratlar sababidan) va organizmlar qanday qilib foydali (bizning holatimizda – chiroyli) belgilarni yo‘qotib, qaytadan dunyoga kelishini payqash mumkin.
Yana ularni fikrlashga va gapirishga o‘rgatilsa bormi… bunga yaqin orada erishiladi, deb umid qilaman.
Yevgeniy Sklyarevskiy