Erasmus+ Yevropa Ittifoqi dasturi O‘zbekistonning oliy ta’lim sohasidagi asosiy islohotlariga muhim hissa qo‘shdi

Respublikaning oliy ta’lim tizimiga Erasmus+ (2015-2020) loyihalarining ta’siri to‘g‘risida olib borilgan tadqiqotlar  xulosalaridan biri shunday[1]. Bundan tashqari, tadqiqotda ishtirok etgan ekspertlar va respondentlarning aksariyati  tomonidan Tempus va Erasmus+  loyihalarining ta’sirisiz O‘zbekistonda 2017-2020 yillarda oliy ta’limni  va ayniqsa, ta’limda yangi va asosan innovatsion yo‘nalishlarni joriy etishni, baynalminallashtirish jarayonini, shuningdek, kredit-modul tizimiga hamkorlikda o‘tishni kuchaytirish sohalarida bunday katta sur’atlar bilan zamonaviylashtirishga erishishning imkonsizligi ta’kidlandi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining oxirgi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020/2021  o‘quv yilining oxiriga kelib,  46 ta oliy o‘quv yurti Bolon’ya jarayoni doirasida Yevropaning 50 dan ortiq mamlakati, shuningdek, mazkur jarayonga kirishdan manfaatdor barcha mamlakatlar foydalanayotgan ECTS[2] asosida kredit-modul tizimiga to‘liq o‘tdi.  Shuni ta’kidlash muhimki, kredt-modul tizimi xorijda ta’lim davrlarini  va olingan diplomlarni tan olishga ko‘maklashgancha talabalarning harakatchanligini engillashtiradi.

O‘tkazilgan tadqiqot natijasida kelajakda Erasmus+ dasturlarini rivojlantirish kabi Tempus va Erasmus+ loyhalarining  O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’limini rivojlantirish va zamonaviylashtirishga ta’sirini baholash bo‘yicha bir qator xulosalar va tavsiyalar shakllantirildi.  Tadqiqot yakuni bo‘yicha qilingan xulosalar, dasturlar va loyihalarning: milliy, institutsional va individual ta’sir darajasini o‘rganishga taalluqli hisobotda taqdim etilgan bayon qilingan takliflar va ishlab chiqilgan tavsiyalar oliy ta’lim sohasida ishlayotgan va uning rivojlanishidan manfaatdor bo‘lgan barcha uchun foydali bo‘ladi.

Siyosat va iqtisodiyot, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar, qishloq xo‘jaligi va sog‘liqni saqlashni 2017-2020 yillarda  isloh qilishning bayoni bo‘lgan tadqiqotning yakuniy qismi, shuningdek,  ularga muvofiq ishlab chiqilgan, 2021 yil kuzida o‘tkaziladigan arizalar tanlovi doirasida bo‘lg‘usi loyihalar uchun birmuncha dolzarb mavzular  o‘quvchilarda alohida qiziqish uyg‘otadi.

Jadal zamonaviylashayotgan  oliy ta’lim tizimi xalqaro hamkorlikning dolzarbligi va ahamiyatli rolini bir necha bor oshirdi. 

2017-2020 yillar O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi uchun tub islohotlar va oliy ta’lim sifatini yaxshilash bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilish davri bo‘ldi, bu, umuman olganda, baynalmnallashtirish jarayonining rolini kuchaytirdi.  Respublika oliy o‘quv yurtlarining xalqaro hamkorligini bitta muhim tarmoqlaridan birini bugungi kunda umumiy hisobda respublika mintaqalaridagi 65 ta oliy o‘quv yurtida amal qiladigan  Erasmus+   dasturi tashkil etadi. Erasmus+ dasturi nafaqat Yevropa universitetlari, balki Markaziy Osiyo davlatlarini kiritgan holda MDH davlatlari va dunyoning  boshqa mintaqalaridagi  oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Tempus (1994–2014)  va Erasmus+ (2014–2020)  doirasida hamkorlik sharofati bilan O‘zbekistonning oliy o‘quv yurtlari Yevropa universitetlari va oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikning boy tajribasini ko‘paytira oldilar, hamkorlikdagi fakultetlar va noyob ilmiy laboratoriyalarni yaratdilar, bu ularning xalqaro miqyosda tan olinishlari va reytingining oshishida sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.

Erasmus+ dasturlarining dolzarbligi, uning turli-tuman faoliyati va  uzoq muddatli hamkorlik uchun imkoniyatlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasida, shuningdek, Ta’lim to‘g‘risidagi Qonunda va Ilm-fan to‘g‘risidagi Qonunda belgilangan maqsadlar bilan hamohang va ularni amalga oshirishga xizmat qiladi.   Hamkorlikdagi loyihalar doirasida o‘qitishga joriy etilgan ilg‘or texnologiyalar, yaratilgan ta’limiy platformalar, Yevropa universitetlarining ta’lim resurslaridan foydalanish huquqi 2020 yilda boshlangan pandemiya bilan bog‘liq ravishda butun ta’lim tizimining onlayn-formatga o‘tishida  salmoqli madad bo‘ldi.   Virtual va kombinatsiya qilingan safarbarlik mamlakat universitetlarida o‘qituvchilarga malaka oshirishni, tadqiqotchlarga esa hamkorlikdagi nashrlar va ilmiy izlanishlarda ishtirok etish imkonini berdi.

Respublikaning oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari, Erasmus+ dasturining imkoniyatlaridan kelib chiqib, kreativ va tizimli fikrlovchi yuqori malakali kadrlar sifatini oshirishda, oliy ta’lim tizimining investitsion maftunkorligini kuchaytirishda foydalanildi.

Yevropa Ittifoqi dasturlari doirasida o‘rnatilgan barqaror sherikchilik va aloqalar mamlakatda nufuzli xorijiy universitetlarni ochish, O‘zbekistonda hamkorlikda xalqaro fakultetlarni va magistrlik dasturlarini yaratish, predmetlarni ingliz tilida o‘qitish yuzasidan vazifalarni hal qilishda salmoqli ko‘mak bo‘ldi. Ta’limning baynalminallashuvi qator mintaqalarda boshqaruv komandasi  Tempus va Erasmus+  loyihalar doirasida yevropalik sheriklar bilan hamkorlik tajribasiga ega bo‘lgan odamlardan tashkil topgan yangi oliy o‘quv yurtlari va xalqaro universitetlar filiallarining paydo bo‘lishiga olib keldi.

Oliy ta’limni zamonaviylashtirish va O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarining ilmiy va innovatsion potensialini kuchaytirish uchun bir qator noyob laboratoriya jihozlarini xarid qilish va uning negizida o‘quv laboratoriyalarini yaratish katta ahamiyat kasb etadi, bu ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatini faollashtirishga olib keladi.

2020 yil dekabrida  O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida startaplar inkubatsiyasi va akseleratsiyasi markazlari hamda innovatsiya korxonalarini yaratish bo‘yicha milliy tashabbuslar boshlandi.  Demak,  Buxoro davlat  universiteti  va Toshkent davlat iqtisodiyot   universitetida   UNIWORK va MIND loyihalarining axborot-uslubiy materiallari shunday markazlarning yaratilishi uchun asos bo‘ldi. Ba’zi ishtirokchilarning ta’kidlashlaricha,  bu loyihalar ish beruvchi bilan aloqalarning  sezilarli ortganligi va talabalar startaplari madaniyatini joriy etilganligi hisobiga ishtirokchi oliy o‘quv yurtlarining innovatsion va ilmiy potensiali ahamiyatli  tarzda kuchaygan, bu esa, o‘z navbatida, multiplikatsiya effektini yuzaga keltirdi, endi O‘zbekistonning barcha oliy o‘quv yurtlarida virtual fakultetlar, startaplar hamda inkubatsiya va akseleratsiya markazlari yaratiladi.

Innovatsiyallik g‘oyasini ilgari surishda Erasmus+ loyihalarining ta’siri, shu jumladan, mintaqaviy innovatsion klasterlarni yaratish jarayonida oliy o‘quv yurtlarining o‘rni, tadbirkorlik hamda sanoatning innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etishning faol ishtirokchilari oliy o‘quv yurtlari, ilm-fan, ishlab chiqarish va mahalliy hamjamiyat  bo‘lgan “innovatsion uchburchak” da teng huquqli sheriklar sifatida ishtirok etishining  muhimligi alohida ta’kidlandi. Yevropa universitetlariga o‘quv safarlari va ularning texnoparklari, klasterlari, biznes-inkubatorlari hamda startaplarning akseleratsiya markazlari bilan tanishish, ba’zi holatlarda bu muassasalarda amaliyot o‘tash, shubhasiz, respublika oliy o‘quv yurtlarining innovatsion potensialini kuchaytirdi.

2021–2027 yllarga  yangi Erasmus+ dasturi

2021 yil 25 martda  Yevropa komissiyasi 2021-2027 yy. ga  Erasmus+ ning  dastlabki yillik ishchi dasturini qabul qildi. Dasturning byudjeti 26,2 milliard evro (solishtirish uchun:  2014-2020 yy. – 14,7 milliard evro) ni tashkil etadi  va taxminan 2,2 milliard evro  YI ning tashqi vositalaridan to‘ldirilgan.  Dastur yanada inklyuziv bo‘ladi va “yashil” hamda raqamli texnologiyalarga o‘tishni ta’minlaydi. Erasmus+ pandemiya vaqtida ta’lim va o‘qitish tizimining barqarorligini ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Yangi Erasmus+ (2021–2027) dasturi xorijda ta’lim olish, stajirovka, ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash va ta’limning barcha sohalarida akademik xodimlar almashinuvi, yoshlarni o‘qitish va qo‘llab-quvvatlash uchun imkoniyatlarni birmuncha kengaytiradi.

 

[1] http://www.erasmusplus.uz/images/shared/file/NIS_RU_%20for%20printing.pdf

[2] European Credit Transfer and Accumulation System (ECTS) https://ec.europa.eu/education/resources-and-tools/european-credit-transfer-and-accumulation-system-ects_en

Nargiza Aliqulova

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *