Sun’iy eritrotsitlar tabiiylarini imitatsiyalaydi va yangi xususiyatlar kasb etadi

https://www.sciencedaily.com/releases/2020/06/200603122955.htm

Shu paytga qadar aksariyat sun’iy qizil qon tanachalari tabiiy hujayralarga xos bir-ikkita asosiy xususiyatlargagina ega bo‘lardi. ACS Nanoga ko‘ra, AQShning Nyu-Meksiko universiteti olimlari tabiiylariga o‘xshash xususiyatlarga ega bo‘libgina qolmay, dorilarning davolash uchun yetkazish, magnit mo‘ljalga olish va toksinlarni aniqlash kabi yangi vazifalarni ham bajara oluvchi sun’iy eritrotsitlar yaratish ustida ish olib bordilar.

Sun’iy hujayralar o‘lchami, shakli, zaryadi va yuza oqsillariga ko‘ra tabiiy hujayralarga o‘xshaydi, ular ham o‘z shaklini yo‘qotmay model kapillyarlaridan o‘ta oladilar. Tadqiqotchilar sun’iy hujayralarga gemoglobin yuklab ko‘rdilar, o‘simtaga qarshi preparat, toksinlar datchiklari yoki magnit nanozarralar yukladilar – bu bilan ularning moddalarni tashiy olishini namoyish etdilar. Shuningdek, olimlar guruhi yangi eritrotsitlar bakterial toksin uchun xo‘rak sifatida xizmat qilishini ham ko‘rsatdilar. Bo‘lajak tadqiqotlar sun’iy hujayralarning tibbiyotdagi salohiyatiga, aynan – ularni onkologik kasalliklarni davolashda qo‘llanilishiga bag‘ishlanadi.

Sakkizoyoq hujayralari insonni ko‘rinmas qiladimi?

https://www.sciencedaily.com/releases/2020/06/200602183419.htm

Sakkizoyoqlar, kalmar va boshqa dengiz jonzotlari, tanalaridagi maxsus to‘qimalardan nur uzatish va qaytarishni boshqarishda foydalanib, qisqa muddatga ko‘zga ko‘rinmas bo‘lish qobiliyatiga egalar. Irvindagi Kaliforniya universiteti tadqiqotchilari bu qobiliyatni inson hujayralari uchun moslashtirishga qaror qildilar.

Olimlar uzoq vaqt davomida urg‘ochi kalmarlar, tanasidagi deyarli shaffof yo‘lni noshaffof oq yo‘lga jo‘shqin almashtirish orqali, yirtqichlardan yashirinishlarini kuzatdilar. Kalmarlarning bu turi leykofor deb ataluvchi maxsus nur qaytaruvchi hujayralarga ega bo‘lib, ular nur tarqatishni o‘zgartira oladi. Bu hujayralar ichida leykosomlar, reflektin nomi bilan mashhur, oqsillardan iborat membranani bog‘lovchi zarralar mavjud, ular kamalaksimon kamuflyae yaratishi mumkin. Tadqiqotchilar o‘z sinovlarida inson buyragi embirional hujayralarini parvarish qildilar va ularning genini reflektin ekspressiyasi uchun moslashtirdilar. Shunda ular reflektin asosidagi kiritilgan tuzilmalar hujayralarni  nurni o‘zgacha tarqatishga majbur qilishini aniqladilar.

Insonlarni ko‘rinmaydigan qilish hali-hanuz ilmiy fantastika doirasida bo‘lsa ham,  bu tadqiqot ta’sir ko‘rsatuvchiga munosabat bildiradigan optik xususiyatga ega inson hujayralarini ishlab chiqish mumkinligini namoyish etdi. Bundan tashqari, yangi bilimlar reylektinlardan tibbiy va biologik mikroskopiya uchun yangi turdagi biomolekulyar marker sifatida foydalanish imkoniyatini ham ochib berishi mumkin.

Yangi qurilma ko‘lankadan elektr ishlab chiqarishi mumkin

https://www.sciencenews.org/article/new-device-can-produce-electricity-using-shadows

Yangi qurilma nurning yorqin dog‘lari va soya o‘rtasidagi kontrastdan tok yaratishda foydalanadi, bu tok kichikroq elektronika uchun elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi. Singapur Milliy universiteti materialshunos-olimi Svi Ching Tan: «Biz faqat ochiq makonlarda emas, balki yerdagi istalgan nutqada energiya yig‘a olamiz»,- deya e’lon qildi.

Tan va uning jamoasi soya effekti energiyasining generatori deb nom olgan qurilma yaratdi, buning uchun kremniy – quyosh elementlarining odatiy materiali ustiga oltindan o‘pa yupqa qatlam qopladi. Quyosh elementida bo‘lgani kabi, kremniyga tushadigan nur uni elektron energiya bilan zaryadlaydi. Oltin qatlami yordamida soya effekti energiyasi generatori, qurilmaning bir qismi soyada turgan holida, elektr toki ishlab chiqaradi.

Zaryadlangan elektronlar kremniydan oltinga qarab harakatlanadi. Moslamaning bir qismi soyada bo‘lganda yorug‘lik tushgan metallning kuchlanishi qorong‘udagi qismga qaraganda ortadi va generatordagi elektronlar yuqori kuchlanishdan past kuchlanish sari oqadi. Ularni tashqi zanjir orqali yuborish tok hosil qiladi va u o‘rtacha gajetni oziqlantirishga yetarli bo‘ladi.

Yorug‘lik va qorong‘ulik o‘rtasidagi kontrast qanchalik yuqori bo‘lsa, generator shunchalik katta energiya beradi. Shu tariqa, jamoa quyoshli batareyalarning yorug‘lik yig‘ish borasidagi strategiyasini o‘zlashtirish orqali, qurilmaning unumdorligini oshirish ustida ish olib bormoqda. Ushbu generatorlar yutadigan yorug‘likning ortishi ularning soyadan unumliroq foydalanishiga imkon beradi.

Oshpaz-robot sizga quymoq pishirib beradi

https://www.sciencedaily.com/releases/2020/06/200601113315.htm

Kembrij universiteti muhandislari jamoasi, Beko maishiy texnika kompaniyasi bilan hamkorlikda, robotga quymoq pishirishni – tuxum chaqishdan to tayyor taomgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni mashinali ta’limdan foydalanib o‘rgatdilar. Shuningdek, jamoa mazali ta’mli, yaxshi taom tayyorlash uchun robotning pazandalik malakasini takomillashtirdi.

Robotni taom tayyorlashga o‘rgatish oson ish emas – u robotni boshqarish, kompyuter nigohi, taktillik, inson bilan o‘zaro aloqa, shuningdek yakuniy mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq murakkab muammolarni hal qilishni talab etadi. Bundan tashqari, har bir insonning ta’m afzalliklari o‘ziga xos, bu ovqat tayyorlash jarayonini miqdoriy emas (odatda robotlarga shunday topshiriqlar beriladi), balki sifat vazifasiga aylantiradi.

Biroq, olimlar ta’kidlashlaricha, ularning bosh oshpaz-robotlari vazifani ular kutganidan ham a’loroq darajada uddalagan. Natijalar ko‘rsatishicha, mashinali ta’lim oziq-ovqatlarni optimizatsiyalashda miqdoriy yaxshilash uchun ishlatilishi mumkin. Bundan tashqari, bunday yondashuv bir necha robotlashtirilgan oshpazlarga osonlik bilan tarqatilishi mumkin.

Asalarilar 4 dan 6 katta ekanligini tushunadilar

https://www.sciencedaily.com/releases/2020/03/200302103745.htm

Kyoln universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqot hasharotlar sanoq uchun yetarli aqliy qobiliyatga ega ekanliklarini va bu ularga sodda matematik vazifalarni yechish imkonini berishini ko‘rsatdi. Ularning neyron tarmoqlari, shuningdek, muvaffaqiyatli mashinali ta’lim uham ishlatilishi mumkin.

Sinovlarda namoyon bo‘ldiki, asalari kabi hasharotlar muayyan songacha ob’ektlarni sanay oladilar. Shuningdek, asalarilar ob’ektlar to‘plamini solishtirib, ularning o‘lchami bir xil ekanmi-yo‘qligini baholashga qodirlar. Chunonchi, asalari oltita olmos to‘rtta doiradan ko‘proq ekanligini bila olgan.

Bunday kognitiv qobiliyat uchun neyron tarmog‘i qanday qurilgani hozirgacha aniq emas. Avvalroq ilgari surilgan nazariy modellar to‘rtta arifmetik amal uchun ishlatiluvchi to‘rtta neyronga ega qat’iy tartibli doira chizmasini ko‘zda tutardi. Biroq, bu tadqiqotning kompyuter modeli to‘rt emas, bitta neyronning o‘zi yetarli ekanligini ko‘rsatdi. Natijada, tadqiqotchilar neyron tarmog‘iga sanoqni bilishga oid vazifalarni yechishda yordam beruvchi nisbatan sodda modelni aniqladilar.

Kofein muammolarni hal qilish qobiliyatini oshiradi, lekin ijodiy salohiyatni emas

https://www.sciencedaily.com/releases/2020/03/200305135050.htm

G‘arb madaniyatida kofeinni ko‘pincha ijodiy kasblar bilan bog‘lashadi – bir finjon qahva ushlagan yozuvchilardan tortib, to kofeinli ichimlik ichuvchi dasturchilargacha. Kofeinning kognitiv afzalliklari – sergaklikning yuqoriligi, e’tibor jamlashning yaxshilanishi va harakatlar faolligi yaxshi ma’lum bo‘lsa-da, kofeinning ijodkorlikka ta’siri yaxshi ma’lum emas.

Arkanzas universitetining bir guruh olimlari tadqiqot o‘tkazdilar, unda 80 nafar ko‘ngilli qatnashdi. Tasodifiy ravishda ishtirokchi yo bir finjon qahva kuchiga teng kofein tabletkasini yoki platsebo olardi. Keyin barcha ishtirokchilar konvergent va tarqoq tafakkur, ishchi xotira va kayfiyatning standart chora-tadbirlariga tekshiruvdan o‘tdilar. Kofein ijodiy tafakkurga mutlaqo ta’sir ko‘rsatmadi, ammo muammolarni hal qilish qobiliyatini sezilarli yaxshiladi. Ijodiylik bo‘yicha natijalarga qo‘shimcha o‘laroq, kofein ishchi xotiraga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmadi. Ammo kofein ichgan ishtirokchilar, haqiqatan, o‘zlarini kamroq mahzun his qildilar.

Kompyuter dasturi miya signallarini sintetik ovozga aylantiradi

https://www.the-scientist.com/news-opinion/computer-program-converts-brain-signals-to-a-synthetic-voice-65786

Kaliforniya uinversiteti olimlari miya faolligini nutqqa aylantira oluvchi texnologiya yaratish ustida ish olib bordilar. Tadqiqotlarining natijalari bu mumkin ekanligining isbotini namoyon etmoqda va bu bilan, texnologiyalar falajlanganlar va soqovlar ovozga ega bo‘lish imkonini taqdim etishiga umidni mustahkamlmoqda.

Texnika o‘ta invaziv bo‘lib, miya ichida chuqur joylashgan elektrodlarga tayanadi. Texnologiya og‘iz va uning atrofidagi mushaklarga yuboriladigan elektr xabarlarni kuzatib boradi va miya nimani aytmoqchi bo‘lganini tushunishga intiladi. Olimlar epilepsiyali besh nafargina odamda testlar o‘tkazdilar – elektrodlar ularga davolashning bir qismi sifatida o‘rnatilgandi. To‘g‘ri, bu odamlar so‘zlashga layoqatli bo‘lib, test davomida gapirardilar ham, bu kompyuterga miyaning tegishli signallarini qayta ishlash imkonini berdi. Endi olimlar bu jarayon gapira olmaydigan odamlarda ham ish bera olishini tekshirishlari kerak.

Biroq, nutqni boshqaruvchi miya signallari, qo‘l-oyoq harakatida ishlatiladigan signallarga qaraganda, koddan chiqarish uchun anchayin murakkab sanaladi. Bu hol, pirovardida, falajlangan bemorlarga nisbatan qo‘llaniladigan sintetik nutq tizimi, ehtimol, cheklangan so‘zlar to‘plami bilan kifoyalanishini anglatadi.

Robotlar hamshiralarni ortda qoldiradimi?

https://www.sciencedaily.com/releases/2020/03/200304141540.htm

Ratger universiteti injenerlari ajoyib stolusti qurilmasini yaratdilar – u, qon olish yoki suyuqliklar va dorilarni yetkazish uchun kateterlar kiritish uchun robot, sun’iy intellekt, infraqizil va ultratovushli tomografiyani o‘z ichiga oladi. Ularning tadqiqotlari natijalari ko‘rsatadiki, vizual boshqaruvli robotlashtirilgan qurilma kabi avtonom tizimlar ayrim murakkab tibbiy vazifalarda insonlarni ortda qoldirishi mumkin.

Tadqiqotchilar so‘zlariga ko‘ra, tashxis va terapiya taomillarining taxminan 20 foizida qiyinchiliklar kuzatiladi, bu qiyinchiliklar ingichka, buralgan, qiyshaygan yoki o‘ralib qolgan qon tomirlariga ega odamlarda (asosan bolalarda, keksalarda, surunkali kasallar va travma olgan bemorlarda) kuzatiladi. Shunday holatlarda ham robotlashtirilgan qurilma igna va kateterlarni minimal kuzatuv ostida mayda qon tomirlariga aniq yubora oladi. U, murakkab vizual vazifalar, jumladan atrofdagi to‘qimalardan qon tomirlarni ajratib olish, ularni tasniflash va chuqurligini baholash, keyin harakatni kuzatib borish uchun, o‘zida sun’iy intellekt va yaqinga ishlovchi infraqizil va ultratovush vizualizatsiyasini uyg‘unlashtiradi.

Chaqaloqlarga ularga taqlid qilganlari yoqadi

https://www.sciencedaily.com/releases/2020/05/200526111251.htm

Shvetsiyadagi Lund universitetining PLOS One jurnalida nashr etilgan oxirgi tadqiqotiga ko‘ra, olti oylik chaqaloqlar kattalar ularning qiliqlariga taqlid qilayotganlarini juda yaxshi tushunadilar va bu taqlidni do‘stona munosabat o‘laroq qabul qiladilar. Chaqaloqlar ularga taqlid qilayotgan kattalarga, o‘zini boshqacha tutgan kattalarga qaraganda, uzoqroq qaraganlar va tabassum qilganlar. Katta inson chaqaloq xatti-harakatini qanchalik aniq qaytarsa, bolaning qiziqishi va muloqotni davom ettirish istagi shunchalik kuchli bo‘lgan. Ilmiy doiralarda ancha davrdan beri bolaning rivojlanishi ko‘p jihatdan kattalarga taqlid asosida qurilishi nazariyasi mavjud. Biroq, olimlar ushbu gipotezalarni tasdiqlay oluvchi yetarlicha empirik ma’lumotlarga ega emasdilar. Sinov natijalari olimlar oldida bolaning ijtimoiy ko‘nikmasini uning hayotining birinchi oylarida shakllantirishni o‘rganish uchun keng imkoniyatlar ochdi. Boshqa tomondan, bu kattalarga ham bolalar bilan, ular hayotining ilk yillarida, munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda yordam beradi.

Kapalaklar saratonni davolashda qanday yordam bera oladi?

https://www.popsci.com/story/animals/butterflybiomimicryengineering/

130 million yildan buyon kapalaklar sayyoramizni bezab keladilar. Biroq uzoq vaqt davomida odamlar bu organizmlar qanday qurilgan va qanday qobiliyatlarga ega ekani haqida o‘ylab ko‘rishmagan. Yuksak texnologik vositalardan foydalanib, ilm-fan ushbu «uchar gullar» haqidagi, ularning minglab kilometr masofani bosib o‘ta olishlaridan qanotlarining g‘aroyib suratlarigacha bo‘lgan, shu paytgacha tasavvur ham qilinmagan faktlarni aniqladi. Bu kashfiyotlarning ba’zilari tibbiyotdagi fundamental sinovlar uchun asos bo‘ladi. Klemson universiteti olimlari kapalaklarning diametri bir necha mikron bo‘lgan xartumchalari orqali suyuqlik o‘tkazish qobiliyatlarini aniqladilar. Buni har bir tur o‘zgacha tarzda amalga oshiradi. Ayrim turlar, turli yopishqoqlikka ega suyuqliklarni o‘tkazish uchun, ichki quvur diametrini oshirish yoki qisqartirishning uddasidan chiqadi. Masalan, kapalaklar xartumchalari shaklida, ularga o‘xshatib ishlangan zondlar saratonga qarshi zaharli preparatlarni bevosita saraton hujayralari ichiga olib kira oladilar. Bu inqilobiy yangilik vrachlarga tez tarqaluvchi saraton hujayralarini yo‘qotish va sog‘lom to‘qimalar uchun xatarni minimallashtirish imkonini beradi. Bunday texnologiyalar, shuningdek, xirurglarga insonning eng kichik qon tomirlariga nanolitr miqdorida qon yetkazish va bu bilan kislorod yetishmasligining oldini olishda ham yordam beradi.

Qvant tahririyati tahlil guruhi

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *