Neyrotarmoq jozibadorligingizni aniqlaydi
Photofeeler kompaniyasi insonning fotosurati yoki videosidan u qanchalik jozibador ekanligini aniqlay oladigan neyrotarmoqni yaratdi. Ishlanma yuz million inson fikridan kelib chiqib tayyorlandi va o‘z vazifasini o‘xshash dasturlardan yaxshiroq uddalaydi. Dastur insonning tashqi ko‘rinishini uchta mezonga ko‘ra baholaydi: joziba, ishonch va aql. Qizig‘i shundaki, neyrotarmoq jonli rejimda – odam bosh kiyimini almashtirsa, ko‘zoynak yoki taqinchoq taqsa, “fikrini o‘zgartiradi”.
Bunday algoritmni yaxshiroq surat yoki yarashadigan aksessuarlarni tanlash uchun ishlatish mumkin.
Hozirda neyrotarmoq suratlarni baholash saytida kurator sifatida sinovdan o‘tayapti, suratlarni hozircha odamlarning o‘zlari ko‘rib chiqmoqdalar.
Neyrotarmoq ovozga qarab odamlar suratini chizadi
Speech2Face algoritmini esa, ovozga qarab insonning jinsi, yoshi va etnik mansubligini aniqlashga o‘rgatdilar. Neyrotarmoq nutqdan kelib chiqib shaxsning taxminiy tasvirini shakllantirib bera oladi.
Tadqiqot Massachusets texnologik instituti olimlari tomonidan, 100 000 dan ziyod kishi suhbati yozilgan millionta qisqa videorolik asosida o‘tkazildi.
Neyrotarmoq jinsni aniq topadi, lekin yoshni 10 yil uyoq-buyog‘i bilan bilan belgilaydi. Shuningdek, algoritm yevropaliklar va osiyoliklarni yaxshiroq chiza olishi aniqlandi – bu saralamada irqlar bir tekisda taqsimlanmaganligidan bo‘lishi mumkin.
Aqlli insonlar qanday musiqani tinglaydilar?
Oksford universitetida inson intellekti darajasi bilan uning qanday musiqani yaxshi ko‘rishi o‘rtasida aloqa bormi, degan mavzuda tadqiqot o‘tkazildi.
467 nafar xorvatiyalik yuqori sinf o‘quvchilarining musiqaviy didlari o‘rganildi va IQ-testdan o‘tishlari so‘raldi. Aniqlanishicha, instrumental musiqa – embient-elektronika, jaz va mumtoz musiqa ishqibozlari eng yuqori intellekt ko‘rsatkichiga ega bo‘ldilar. Sinalayotganlar kompozitsiyalarni tahlil qilishni yoqtirishlarini va ijro texnikasini qadrlashlarini qayd etdilar.
Tadqiqot natijalari Evolutionary Behavioral Sciences jurnalida e’lon qilindi.
O‘yinga bog‘lanib qolish – bu kasallik
JSST o‘yindan kayfiyat buzilishini va hissiy ich-ichini yeyishni alohida kasalliklar deb e’tirof etdi. Bu holatlarga Xalqaro kasalliklar tasnifining 11- talqinida alohida sinflar ajratildi. Talqin 2022 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.
Tez-tez va uzoq davom etuvchi o‘yin sessiyalari bu kasalliklarning simptomi hisoblanadi. O‘yin inson uchun hayotiy ustuvorlikka aylanadi va u shaxsiy, ijtimoiy, oilaviy hamda kasbiy hayotini o‘yin uchun qurbon qilishga tayyor bo‘ladi. Agar bu simptomlar bir yildan uzoq vaqt kuzatilsa, geymer nosog‘lom sanaladi. Adolat uchun aytish kerak: aksariyat insonlar uchun o‘yin – har holda, kasallik emas, xobbidir.
Facebook kriptovalyuta bozoriga chiqadi
BBC ma’lumotlariga ko‘ra, Facebook o‘zining GlobalCoin kriptovalyutasini 2020 yil boshlarida joriy etadi.
Kompaniya Visa, Mastercard hamda First Data yirik to‘lovlar operatori bilan tokenlarni qo‘llash uchun milliard dollar jalb qilish borasida muzokaralar o‘tkazdi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarga reklama ko‘rganlik uchun pul to‘lashni rejalashtirmoqda, bu riteylerlardagi sadoqatlilik tamoyiliga o‘xshaydi.
Kriptovalyuta 2019 yil oxiriga borib faqat bir necha mamlakatlarda sinab ko‘riladi. Foydalanuvchilar bankdagi hisobraqamsiz to‘lovlar va o‘tkazmalarni amalga oshirishlari mumkin.
Facebook shu yilning o‘zida tafsilotlar bilan o‘rtoqlashishi kutilmoqda.
NASA ismingizni Marsga yo‘llaydi
NASA internetdan foydalanuvchilar ismlarini Marsga yo‘llash bo‘yicha aksiyani joriy etdi. Shu yil 30 sentyabrga qadar agentlik saytidagi anketani to‘ldiring: ism, familiya, mamlakat va pochtani ko‘rsating. Ma’lumotlar “Mars-2020” roverining maxsus taxtachasiga chop etiladi. U Marsga bir yildan keyin yuboriladi.
Taxtachada har bir matn qatori inson soch tolasining mingdan bir enidan kichikroq bo‘ladi, ya’ni ismlarni mikroskopsiz o‘qib bo‘lmaydi.
NASA barcha ishtirokchilarga parvoz talonlari ko‘rinishida suvenirlar beradi. Ularni yuklab olib, xotira uchun saqlab qo‘yish mumkin.
Bristol universiteti baxtli bo‘lishni o‘rgatadi
Buyuk Britaniyadagi Bristol universiteti baxt kursini ochdi. Kurs keyingi o‘quv yilida boshlanadi, 12 hafta davom etadi va tanlovga ko‘ra fan predmeti sanaladi. Barcha fakultetlar talabalari o‘qishlari mumkin.
Kursni dahshatli statistika sababli joriy qildilar – keyingi yillarda universitetning 12 nafar talabasi o‘z joniga qasd qilgan.
Yangi fanni psixologiya professori Bryus Xud o‘tadi, u o‘tgan yil sinov kursi ochgan bo‘lib, unga 400 nafar talaba qatnashgandi.
Baxt kursi keyingi o‘quv yilida ochiladi, unga barcha fakultetlar talabalari yozilishlari mumkin – bu ularga bir yilda to‘plash kerak bo‘lgan 120 o‘quv ballidan 20 balni beradi.
Uy vazifalari orasida – ko‘proq uxlash va meditatsiya qilish mavjud.
Kelajakda biz nimalar iste’mol qilamiz
Futurologlar va britaniyalik tahlilchilar tadqiqotlari 2025, 2050 va 2169 yilda insoniyat ratsioni qanday o‘zgarishini ko‘rsatadi. Sun’iy intellekt rivojlanishi individual parhyez tuzish va plastir hamda tabletka shaklida ozuqa moddalari olish imkonini beradi.
Oqsilga bo‘lgan ehtiyoj asosan hasharotlardan olingan oqsil bilan qondiriladi. Odatiy ratsionga qora chigirtka uni, chigirtkadan qilingan makaron kiradi. Bug‘doy, guruch, makkajo‘xori va soya o‘rniga insoniyat moringu va Bambar yer yong‘oqlarini iste’mol qiladi. Suv o‘tlaridan olingan sut sotuvlar yetakchisiga aylanadi.
30 yildan keyinoq biz treska, losos, tunets va krevetkalardan voz kechib, muqobil variant sifatida meduzalarga o‘tishimizga to‘g‘ri keladi – yirtqich hayvonlar bo‘lmasa, ular iliq suvlarda juda yaxshi ko‘payadi.
2169 yilda ozuqaviy ehtiyojlar to‘g‘risidagi axborotni organizmga kiritilgan mikrochiplarda saqlash mumkin bo‘ladi. Chip supermarketga signal yo‘llaydi, dronlar va robotlar oiziq-ovqatni yetkazib beradi.
Tadqiqotchilar aytishlaricha, sayyorada odamlar tobora ko‘payib boradi va ular o‘z salomatliklari va tarof-muhit himoyasi haqida ko‘proq o‘ylaydigan bo‘ladilar. Oziq-ovqat sanoati, hozirgi ko‘rinishda ko‘payib borayotgan aholining ehtiyojlarini qondira olmay qoladi.
Shamollashga qarshi terapiya depressiyani ham davolaydi
Natijalari Acta Psychiatrica Scandinavicada e’lon qilingan metatadqiqotlarga ko‘ra, shamollashga qarshi terapiya depressiyada samarali bo‘lishi mumkin.
Keng depressiv buzilishlar va alohida depressiya simptomlariga ega katta yoshli bemorlar orasida shamollashga qarshi preparatlarning sinovdan o‘tkazilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar platseboga qaraganda shamollashga qarshi preparatlar depressiya simptomlarini davolashda samarali bo‘ldi. Saralamaga qariyb 10 000 nafar bemor qatnashgan 36 ta tadqiqot kirdi.
Keng depressiv buzilishlarga ega bemorlarning aksariyatiga antidepressantlar yetarli darajada ta’sir qilmaydi, shu sababli shamollashga qarshi terapiya individual variantlarni hisobga olgan holda qo‘llanilishi mumkin.
Sun’iy intellekt viski retseptini yaratdi
Neyrotarmoq retsepti bo‘yicha tayyorlangan dunyodagi ilk viskini Shvetsiyaning Mackmyra va Finlyandiyaning Fourkind kompaniyalari chiqardi.
Sun’iy intellekt barcha Mackmyra viskilarini tahlil qilib, 70 milliondan ortiq yangi turlarni uyg‘unlashtirdi. Dastur eng muvaffaqiyatli va ko‘p sotiladigan turlar komponentlarini xaridorlar didlarini inobatga olgan holda birlashtirdi va natijada “ideal” retseptni tuzdi.
Arpabodiyon, zanjabil, oq qalampir va sitrus po‘stlog‘ining nozik ta’mlariga ega tillarang-sarg‘imtir bir solodli viski hosil bo‘ldi.
Kompaniyada aytishlaricha, bu tajriba robotlar inson kasbini tortib olishini anglatmaydi.
Sun’iy intellekt viski retseptini yarata oldi, lekin bu masalada inson tajribasi va bilimi katta ahamiyatga ega. Algoritmlarni inson qo‘lidagi vosita o‘laroq qabul qilish kerak, boz ustiga, robotlar va dasturlarda alkogolni baholash uchun ta’m retseptorlari mavjud emas.
Noyob viski namunasini degustatsiyaga yo‘llaydilar, so‘ng ishlab chiqarishga joriy qiladilar. Mahsulotning ilk partiyasini shu yil kuzdayoq chiqarish rejalashtirilgan.
Kolibri-robot yaratildi
Kanadada o‘tgan IEEE xalqaro ilmiy-texnik konferensiyasidarobot-kolibri taqdim etildi. Indiana shtatidagi Perdyu universiteti tadqiqotchilari kolibri parvozini modellashtirdilar, keyin esa mashina ta’limini ishga solib, robotni shu harakatlarni takrorlashga “o‘rgatdilar”.
Sun’iy kolibri 12 gramm tosh bosadi: korpusi 3D-printerda chop etilgan, qanotlari esa uglerod toladan yig‘ilgan. yengil konstruksiya va kuchli mexanizm robotga uchish va o‘zinikidan ikki barobar og‘ir – 27 gramm yuk tashish imkonini beradi, bular GPS, batareya va boshqa sensorlar bo‘lishi mumkin.
Qurilma “shaxsiy qutqaruvchi” sifatida taqdim etilmoqda va tabiiy ofatlarda zarar ko‘rganlarni izlashda ishlatilishi mumkin. Kolibrida kamera yo‘q va robot makonda atrofdagi ashyolarga teginib mo‘ljal oladi – bu texnologiya odamlarni qorong‘ida qidirishda foyda berishi mumkin.
Bazaviy daromad qashshoqlik muammosini hal qilmaydi
Britaniyaning New Economics Foundation tahliliy markazi tadqiqotchilari qashshoq (Hindiston va Keniya) hamda boy (AQSh va Kanada) mamlakatlardagi 16 ta bazaviy daromad loyihasini tahlil qildilar. Olimlar xulosalariga ko‘ra, jamiyatning barcha a’zolariga beg‘araz pul tarqatish g‘oyasi, uzoq muddatli istiqbolda, o‘zini oqlamas ekan.
Bazaviy daromad tarafdorlari, mehnat avtomatizatsiyasi ayrim kasblar va ish o‘rinlarini yo‘qqa chiqarayotgan bir paytda, bu loyiha qashshoqlik va notenglik muammosini hal qiladi, deb hisoblaydilar.
Ammo New Economics Foundation tahlilchilari kafolatlangan to‘lovlar mavjudligi infratuzilma, xizmatlar va texnologiyalar sohalari rivojiga tahdid solishini aytadilar. Odamlarning aksariyatlari ishlamay qo‘ya qoladilar va, pirovardida, jamiyatda tafovut hozirgidan ham ko‘ra sezilarliroq bo‘lib qoladi.
Bazaviy daromad tajribasi Finlyandiyada ikki yil davomida o‘tkazildi va bu yil boshida yakunlandi. Mamlakat rahbariyati uni davom ettirmaslikka qaror qildi. Tajriba ishtirokchilari har oy kafolatlangan 560 yevro olardilar va… norozi bo‘lib qolaverdilar: kimdir ish qidirishga motivatsiyani yo‘qotdi, kimdir esa o‘zini omadsiz deb his qila boshladi.
Tadqiqotchilar bazaviy daromadlarga mo‘ljallangan mablag‘ni ijtimoiy himoya tizimlarini isloh qilish va ijtimoiy xizmatlarni yaxshilashga yo‘naltirishni tavsiya etadilar.
Yangi videoo‘yin qanddan voz kechishga yordam beradi
” Diet DASH ” videoo‘yini miyani qanddan voz kechishga o‘rgatadi. O‘yinni Drekse universitetida yaratdilar va ortiqcha vaznga ega ko‘ngillilarda sinovdan o‘tkazdilar.
O‘yinning mohiyati virtual do‘kondagi qandsiz mahsulotlarni tezda to‘plash uchun ochkolar olishdan iborat. Shu tariqa o‘yinchilarda qandga intilishga jaovb beruvchi miya impulslari so‘ndiriladi.
Tajriba rahbari professor Evan Forman aytishicha, kognitiv yoki miya tayyorgarligi bilan bog‘liq o‘yinlar anchadan buyon zararli odatlarga ega odamlarga yordam maqsadlarida muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda.
Tajribada ortiqcha vaznga ega 109 nafar kishi qatnashdi. Avval ular sog‘lom ovqatlanish to‘g‘risida seminarda qatnashdilar, keyin ikki oy o‘yinni sinovdan o‘tkazdilar. Bu davr davomida ko‘ngillilarning yarmidan ko‘pi o‘z vaznini 3,1 foizga tashladilar. Ularning ko‘pchiligi tajriba yakunlanganidan keyin ham o‘yinni davom ettirmoqdalar.
Qvant tahririyati tahlil guruhi