Germanya hukumatining koronavirus pandemiyasi davrida mamlakat iqtisodiyotini qo’llab-quvvatlash choralari.
*ma’lumotlar 2021 yil iyuniga qadar olingan
Annotatsiya – Maqolada koronavirus pandemiyasi davrida Germanya iqtisodiyotiga yetgan zararlar ko’rib chiqiladi. Hukumatning unga qarshi iqtisodiyotni qo’llab-quvvatlash uchun ko’rgan choralari hamda federal shtatlar bilan, shuningdek, Yevropa va xalqaro sheriklari bilan hamkorlik qilgan holda, shu maqsadda olib borilayotgan choralari tahlil qilinadi. Hamda koronavirus pandemiyasining O’zbekiston iqtisodiyotiga yetkazgan zararlari va unga qarshi qo’llanilayotgan choralar ham tahlil qilinib, xulosa va takliflar beriladi.
Tayanch so’zlar – Germanya, O’zbekiston, koronavirus pandemiyasi, federal shtatlar, Yevropa, xalqaro sheriklar, iqtisodiy barqarorlik, YaIM, export, import, ishsizlik, davlat xarajatlari, likvidlik, o’rta va kichik korxonalar, yakka tartibdagi tadbirkorlik, frilanserlar, munitsipalitetlar, grantlar, kredit kafolatlari, KFW dasturlari, soliq choralari, Qisqa muddatli ish (Kurzarbeit), Tez Yordam daturi (Soforthilfe), davlat budjeti, Iqtisodiy Barqarorlashtirish Jamg’armasi (WSF), Yevropa Barqarorlik Mexanizmi (ESM), Yevropa Investitsiya Banki (EIB), Yevropa Ittifoqi Komissiyasining Favqulodda vaziyatlarda ishsizlik xavfini kamaytirishni qo’llab-quvvatlash dasturi (SURE).
Abstract – This article will examine the damage to the German economy during the coronavirus pandemic. It analyses the measures taken by the government to support the economy, as well as the measures taken in cooperation with the federal states and with European and international partners to this end. After analysing the harm caused by the coronavirus pandemic to the economy of Uzbekistan and the measures in place to prevent it, conclusions and suggestions will also be made.
Key words – Keywords – Germany, Uzbekistan, coronavirus pandemic, federal states, Europe, international partners, economic stability, GDP, exports, imports, unemployment, government spending, liquidity, SMEs, self-employment, freelancers, municipalities, grants, loan guarantees, KFW programmes, tax measures, short-term work (Kurzarbeit), emergency relief programme (Soforthilfe), state budget, Economic Stabilisation Fund (WSF), European Stability Mechanism (ESM), European Investment Bank (EIB), European Union Commission Unemployment Risk Reduction Programme (SURE).
Аннотация – В статье рассмотрен ущерб, нанесенный экономике Германии в результате пандемии коронавируса. Анализируются меры, принимаемые правительством для поддержки экономики, в частности, в рамках сотрудничества с федеральными землями, а также с европейскими и международными партнерами. Также исследована проблема негативного воздействия пандемии коронавируса на экономику Узбекистана и политика государства, направленная на предотвращение, кризисной ситуации в стране, сделаны предложения и выводы.
Ключевые слова – Германия, Узбекистан, пандемия коронавируса, федеральные земли, Европа, международные партнеры, экономическая стабильность, ВВП, экспорт, импорт, безработица, государственные расходы, ликвидность, малые и средние предприятия, индивидуальное предпринимательство, фрилансеры, муниципалитеты, гранты, кредитные гарантии, программы KFW , налоговые меры, краткосрочная работа (Kurzarbeit), Программа скорой помощи (Soforthilfe), государственный бюджет, Фонд экономической стабилизации (WSF), Европейский механизм стабильности (ESM), Европейский инвестиционный банк (EIB), Программа снижения риска безработицы Комиссии Европейского союза (SURE).
Ключевые слова – Германия, Узбекистан, пандемия коронавируса, федеральные земли, Европа, международные партнеры, экономическая стабильность, ВВП, экспорт, импорт, безработица, государственные расходы, ликвидность, малые и средние предприятия, индивидуальное предпринимательство, фрилансеры, муниципалитеты, гранты, кредитные гарантии, программы KFW , налоговые меры, краткосрочная работа (Kurzarbeit), Программа скорой помощи (Soforthilfe), государственный бюджет, Фонд экономической стабилизации (WSF), Европейский механизм стабильности (ESM), Европейский инвестиционный банк (EIB), Программа снижения риска безработицы Комиссии Европейского союза (SURE).
«Bunday global falokat sayyoramizda so‘nggi yuz yilda kuzatilmagan edi. Bu ofat butun insoniyatning zaif jihatlarini yaqqol ko‘rsatdi. Hozirgi tahlikali va murakkab vaziyat yer yuzidagi barcha davlatlar va xalqlar o‘zaro bog‘liq ekanini, o‘rtamizda muntazam muloqot, ishonch va yaqin hamkorlik o‘ta muhimligini isbotladi»
Prezident Shavkat Mirziyoyev, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida o‘zbek tilidan nutq so‘zi
Koronavirus pandemiyasi va uni oldini olish bo’yicha qat’iy karantin choralari global iqtisodiyotni keskin tanazzulga yuz tutib, mamlakatlarning iqtisodiy barqarorligini jiddiy sinovlar ostiga qo‘ymoqda. Bundan, ayniqsa, iqtisodiy bog’liqligi Jahon savdosiga, turizmga, tovarlar eksportiga va tashqi moliyalashtirishga yuqori bo’lgan mamlakatlar eng ko’p zarar ko’rmoqda. Xususan, Germanya iqtisodiyotining yaqin xalqaro integratsiyasi tufayli, dunyoning boshqa mamlakatlarida yuz berayotgan pandemiya choralari uning iqtisodiyotiga ham ta’sir ko’rsatmoqda. Savdo yarmarkalarning va yirik tadbirlarning bekor qilinishi va sayohatlarning kamayishi Germanyada xizmat ko’rsatish sohasiga, ayniqsa logistika, savdo, restoran va turizmga ta’sir ko’rsatmoqda. Shu bilan birga, xorijiy talab kamayib bormoqda va xalqaro ta’minot zanjirlari uzilib, mahalliy ishlab chiqarishga ta’sir ko’rsatmoqda. Bu esa, Germanya iqtisodiyotining asosini tashkil etuvchi o’rta, kichik va mikrofirmalarga katta zarar yetkazmoqda. Germanya koronavirus pandemiyasining birinchi to’lqining iqtisodiy oqibatlaridan qutilmasdan, uning 2-to’lqiniga duch keldi va Germaniya kansleri Angela Merkel 28-oktabr kuni mamlakat 2-noyabrdan boshlab yangilangan qisman karantinga o’tishi kerakligini e’lon qildi. Natijada, ko’plab kompanyalar ish faoliyatlarini qaytadan to’xtaib turishlariga to’g’ri keldi. Shuningdek, Germanyada koronavirusning 3-to’lqini 12-mart 2021-yilda boshlandi va aprel oyining oxirigacha davom etilishi kutilmoqda. Natijada, karantin choralari sababli 2020-yili tovarlar va xizmatlarning eksporti va importi mos ravishda 9,9% va 8,6% ga kamaydi va YaIM[1] hajmi o’n yillik uzluksiz o’sishdan so’ng, 5% tushdi. Germaniyada COVID-19 pandemiyasi natijasida, 2013 yildan buyon birinchi marotaba ishsizlik darajasi o’sdi va mehnat bozoriga sezilarli zarba berdi. Federal Mehnat Agentligi 2020-yili Germaniyada ishsizlar soni 2,7 million kishini tashkil etganligini va bu ko’rsatkich 2019-yil bilan taqqoslaganda 480 ming kishiga ko’payganligini, shu bilan birgalikda, ish vaqti to’lliq bo’lmagan ishchilar soni 363 mingga oshganligini ma’lum qildi[2].
Germanya hukumati koronavirus pandemiyasi oqibatida yuzaga kelayotgan iqtisodiy inqirozni tezda barqarorlashtirish uchun iqtisodiy va moliyaviy siyosat bilan zarur bo’lgan barcha choralarni ko’rmoqda. Pandemiya davrida iqtisodiy o’sish va bandlikni ta’minlash maqsadida, Federal Vazirlar Scholz va Altmaier firmalar va korxonalarni likvidligini oshirish choralarini ko’rib chiqdi. Germanya hukumati iqtisodiyotini o’sish yo’liga qaytarish uchun koronavirus keltirib chiqargan muommolarga javoban aniq va tezkor favqulodda choralar ko’rmoqda. Bu federal shtatlar bilan, shuningdek Germanyaning Yevropa va xalqaro sheriklari bilan yaqindan kelishilgan holda amalga oshirilmoqda.
Germaniya hukumati koronavirus inqirozining barcha iqtisodiy oqibatlariga tayyor bo’lish maqsadida, tez va qat’iy ravishda zarar ko’rgan ishchilar va kompaniyalar uchun barcha zarur choralarni amalga oshirib kelmoqda.
Qisqartirilgan ish uchun kompensatsiya puli (Kurzarbeit)[3]
Germaniya hukumati qisqa muddatli ish sxemasini (Kurzarbeit) kengaytirmoqda. Qisqa muddatli ish uchun kompensatsiya rasmiy ish bilan ta’minlash agentliklari tomonidan pandemiya davrida ish tanqisligi sababli yo’qotiladigan ish haqining qisman o’rnini bosish sifatida ishchilarga to’lanadi. Natijada, bu ish beruvchilarning ish haqi xarajatlarini kamaytiradi hamda ish tanqisligi paytda ham ishchilarini ish bilan ta’minlashga imkon beradi.
Qisqa muddatli ish uchun ishchilarga 1-3 oygacha sof daromadlarining 60% (farzandli ishchilar uchun 67%), 4-oydan boshlab 70% (farzandli ishchilar uchun 77%), 7-oydan boshlab esa 80% gacha (farzandli ishchilar uchun 87%) kompensatsiya to’lanadi. Shu tarzda, Germaniyaning qisqa muddatli ish sxemasi ishchilarni pandemiya davrida ish tanqisligi sababli ishdan bo’shab ketmasliklari uchun imkoniyat yaratadi. Ushbu imkoniyat, ayniqsa, Germaniya iqtisodiyotiga juda xos bo’lgan o’rta va kichik mashinasozlik kompaniyalari uchun muhimdir. Qisqa muddatli ish sxemasi uchun arizalar ularning ishchilari tomonidan emas, balki kompaniyalar tomonidan beriladi. Ushbu imtiyozdan foydalanish 2020 yil 1 martdan amalga oshirildi. Shu nuqtai nazardan, qisqa muddatli ish uchun kompensatsiya puli imtiyozidan foydalanish uchun quyidagi soddalashtirilgan shartlar joriy etildi:
- Ishchilar qisqa muddatli ishi uchun kompensatsiya puli talab qilishlari uchun, kompaniyada ish tanqisligi ishchilarining 10 foiziga ta’sir qilishi kerak (odatdagi 33 foiz o’rniga).
- Bu imtiyoz eng ko’pi bilan 24 oy davom etadi.
- Qisqa muddatli ish sxemasidan foydalanganda, Federal Ish bilan ta’minlash agentligi tomonidan ish beruvchilar to’lashi kerak bo’lgan ijtimoiy sug’urta badallari to’liq qoplanadi.
- Bu imkoniyat vaqtinchalik agentlik ishchilari uchun ham beriladi. Vaqtinchalik ish agentliklari ish tanqisligi to’g’risida darhol hukumatga xabar berishlari kerak.
Germanyada COVID-19 nining 2-to’lqini oktyabr oyining oxirida boshlandi va bunday vaziyatda korxonalarni qo’llab quvvatlash maqsadida, qisqa muddatli ish dasturining amal qilinishi 2021-yil 31-dekabrga qadar uzaytirildi.
[1] DESTATIS. Bruttoinlandsprodukt im Jahr 2020 um 5,0 % gesunken.
URL: https://www.destatis.de/DE/Presse/Pressemitteilungen/2021/01/PD21_020_811.html
[2] https://www.tagesschau.de/wirtschaft/deutschland-corona-arbeitslose-101.html
[3] Corona und Kurzarbeit: Was ArbeitnehmerInnen und Betriebsräte wissen müssen.
URL: https://www.dgb.de/themen/++co++a94a239e-6a99-11ea-bab2-52540088cada
Germanyada 2020-yil mart oyidan 2021-yil yanvargacha bo’lgan davrda qisqa muddatli ish dasturi asosida ishlagan ishchilar soni[1]
Shuningdek, koronavirus pandemiyasining 2-to’lqinida, Merkel yangi karantin choralaridan zarar ko’rgan kompaniyalarni iqtisodiy qo’llab-quvvatlashga va’da berdi. Ishchilari 50 kishigacha bo’lgan kompaniyalar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning daromadlarining 75 foizi davlat tomonidan qo’llab-quvvatlandi[1]. Shuningdek, yirik kompaniyalar Evropa Ittifoqi darajasidagi moliyaviy yordam mexanizmiga tayanishdi.
Xalqaro hamkorlikda pandemiya bilan kurashish.
Koronavirus Pandemiyasi nafaqat Germanyaga, balki Yevropa Ittifoqidagi va butun dunyodagi ko’plab sheriklariga juda katta zarba berdi. Unga va uning oqibatlariga qarshi kurashish maqsadida, davlatlar o’rtasida xalqaro hamkorliklar kuchayib bormoqda. Xususan, Germanya hukumati iqtisodiy barqarorlikni qo’llab quvvatlash uchun yaqin xalqaro hamkorlikni amalga oshirib kelmoqda.
Yevropa Inqirozni birgalikda boshqarish. Ko’pgina Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning pandemiya davrida milliy himoya choralari ba’zi cheklovlarga olib keldi va iqtisodiy zarar yetkazdi. Germanya hukumati Yevropa Ittifoqi doirasida ichki bozorini, Shengen zonasidagi erkin harakatini, shuningdek, transport va logistika infratuzilmasini imkon qadar ushlab turishni ta’minlash maqsadida, Yevropa darajasidagi ko’p tomonlama hamkorlikni qo’llab-quvvatlamoqda. Bunday hamkorlik pandemiya davrida Yevropa ittifoqidagi barcha mamlakatlarga yengillik yaratmoqda.
Yevropa iqtisodiyotini birgalikda himoya qilish maqsadi ostida, Yevropa Moliya Vazirlari koronavirus pandemiyasi davrida ko’proq iqtisodiy zarar ko’rgan a’zo davlatlarni qo’llab quvvatlash uchun qiymati 540 milliard yevroni tashkil qiluvchi “Birdamlik yordam tarifi”[2] ni ishlab chiqishdi. Shartnoma birdamlikka asoslangan koronavirus pandemiyasiga qarshi Yevropaning umumiy javobiga muhim hissa qo’shadi.
Germanya hukumati pandemiya davrida nafaqat o’z iqtisodiyotini tiklashga, balki Yevropa iqtisodiyoti chuqur iqtisodiy inqirozdan kuchli chiqishi uchun Fransiya bilan qiymati 750 milliard yevroni tashkil qiluvchi “Keyingi avlod YeI”[1] dasturiga tashabbus ko’rsatdi va a’zo davlatlar bu dastur to’g’risida iyun oyida kelishib olishdi.
Xalqaro hamkorlikni mustahkamlash[2].
Federal hukumat G7 va G20 doirasidagi hamkor mamlakatlar bilan yaqin hamkorlik qilib kelmoqda. 2020-yili 26-mart kuni G20 rahbarlari pandemiyadan kelib chiqayotgan iqtisodiy va ijtimoiy zararlarni minimallashtirish, global o’sishni tiklash, bozor barqarorligini saqlab qolish va barqarorlikni mustahkamlash uchun barcha zarur choralarni ko’rishlarini va barcha mavjud siyosiy vositalardan foydalanishlarini aytishgan edi. Pandemiyaning ijtimoiy, iqtisodiy va moliyaviy oqibatlarini bartaraf etish uchun maqsadli fiskal va iqtisodiy choralar va kafolatlar orqali global iqtisodiyotga 5 trillion dollardan[3] ko’proq mablag’ sarflanishi rejalashtirildi.
Koronavirus kasalliklari aniqlangandan so’ng, O’zbekistonda darhol Inqirozga qarshi jamg’arma tashkil etildi va uning qiymati 10 trillion so’mni tashkil etdi. Ushbu jamg’arma orqali sog’liqni saqlash tizimiga, ijtimoiy infratuzilmaga, aholi va korxonalarga moliyaviy ko’mak ko’rsatildi. Ushbu va boshqa jalb qilingan mablag’lar hisobidan yil davomida 500 mingdan ortiq tadbirkorlarga va 8 milliondan ortiq fuqarolarga 34 trillion so’m miqdorida imtiyozlar berildi hamda ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordam hajmini va bandlikni oshirishga qo’shimcha 2,6 trillion mablag’ ajratildi.
Kam ta’minlangan oilalarga alohida e’tibor berildi. 590 mingdan ortiq oilalarni qo’llab-quvvatlash uchun 840 milliard so’m ajratildi hamda 300 mingga yaqin oilaning mehnatga layoqatli a’zolari ish bilan ta’minlandi. Qiyin hayot sharoitida bo’lgan mingdan ziyod ayol uchun uy-joy uchun boshlang’ich to’lov amalga oshirildi. Aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash davlat dasturi doirasida 13 mingdan ortiq fuqaro yangi kvartiralarga ega bo’ldi. Umuman biznes va iqtisodiyotni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashi ishchilar va ishchilarning ish haqini saqlab qolish imkonini berdi.
Iqtisodiyotga (birinchi navbatda kichik va o’rta biznesga) yetkazilgan zararni minimallashtirish uchun davlat pandemiya paytida iqtisodiy va moliyaviy xarajatlarning katta qismini o’z zimmasiga oldi. Iqtisodiyot tarmoqlariga 2,3 trillion so’m soliq imtiyozlari berildi va ularni qo’llab-quvvatlash uchun Inqirozga qarshi fonddan 3,6 trillion so’m ajratildi. Shu sababli, O’zbekiston iqtisodiyoti boshqa ko’pgina mamlakatlarning iqtisodiyotiga qaraganda ancha kam zarar ko’rdi. 2020 yil oxiriga kelib O’zbekiston ishlab chiqarish, ish bilan ta’minlash va aholi daromadlarini barqarorlashtirishga muvaffaq bo’ldi.
Jahon banki 2020 yil oxirida O’zbekiston iqtisodiyotining o’sishini 1,6 foizga baholagan va XVFning 2021 yilgi prognozlariga ko’ra, O’zbekiston iqtisodiyotining o’sishi 5,5 foizni tashkil etadi.
Shunday qilib, hukumatning xalq farovonligini oshirish uchun pandemiyaning salbiy oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan siyosati o’zini to’liq oqladi va samarali bo’ldi.
Xulosa. Germanya hukumatining koronavirus pandemiyasi davrida iqtisodiyotini qo’llab-quvvatlash choralarini tahlil qilish asosida quyidagi xulosalar chiqarish mumkin:
- qisqa muddatli ish (Kurzarbeit) dasturidan Germanya 2008-09 yilda jahonda yuz bergan moliyaviy inqiroz davrida ham foydalangan. Bu dastur yordamida G9 mamlakatlari orasida faqat Germanyada 2009-yil ishsizlik darajasi oshmagan va inqirozdan keyin tez iqtisodiy tiklanishining sabablaridan biri bo’lgan. Bu dasturdan koronavirus pandemiyasi davrida ham keng foydalanilmoqda va mamlakatda ishsizlikning oshib ketishini oldini olmoqda va kompanyalarga pul sarflab o’qitgan malakali ishchilarini saqlab qolishiga yordam berib, qayta ishga qabul qilish va o’qitishning qimmat va vaqt sarflaydigan jarayonidan xalos qilmoqda. Xususan, Lufthansa, BMW, Volkswagen va Daimler kabi yirik kompanyalar ushbu dasturdan malakali xodimlarini saqlab qolish uchun foydalanib kelishmoqda. Hatto, Germanyada ishsizlar soni eng ko’pi bilan iyul (2020) va dekabr (2021) oylarida 2,9 mlndan[4] oshgan bo’lsa ham, bu Bandlik tadqiqotlari instituti (IAB) tomonidan 2020-yil uchun qilingan bashoratdan yaxshiroq natija[5] va YeI mamlakatlari orasida eng yaxshi ko’rsatkichni qayd etdi;
- koronavirus pandemiyasi ta’sirida qolgan barcha yakka tartibdagi tadbirkorlar va kompanyalar soliq imtioyozlariga ega bo’ldi. 2020 va 2021 yillarda soliqlar bo’yicha amaldagi zararni qoplash hajmi ikki baravarga ko’paytirilib, eng ko’pi bilan 10 million yevroni (yoki birgalikda baholashda 20 million yevroni) tashkil qildi. Ayniqsa, restoran, kafe va boshqa umumiy ovqatlanish korxonalariga tez yordam berish maqsadida oziq-ovqat uchun QQS stavkasi 19% dan 7% gacha kamaytirildi[6] va amal qilish muddati 31-dekabr 2022-yilgacha uzytirildi;
- tezkor ko’mak dasturi (Soforthilfe) 2020-yili 30-iyun kuni kichik biznes, yakka tartibdagi tadbirkorlar va frilanserlarga tomonida tushgan arizalarning 1,737,549 tasini qabul qildi va ular uchun ajratilgan mablag’ 13,5 milliard yevroni tashkil eti[7];
- Yevropa Ittifoqining Birdamlik yordam tarifi Germanyadagi o’rta va kichik korxonalarni pandemiya sharoitida omon qolishiga yordam berib kelmoqda. Germanya Komissiya va Yevropa Investitsiya Banki (EIB) guruhining Yevropa Ittifoqi byudjeti tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan 100000 Yevropa firmalariga 8 milliard yevrogacha aylanma mablag’larni kreditlash uchun safarbar qilish tashabbusini mamnuniyat bilan qabul qildi. Shuningdek, Germanya ularning ushbu summani 20 milliard yevrogacha oshirish bo’yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlarini qo’llab-quvvatladi, bu esa 150 000 firmani o’z ichiga oladi[8];
- Germanya hukumati pandemiyaga qarshi YeI bilan hamkorlikda kurashish asosida Komissiyaning sog’liqni saqlash tizimlari, kichik va o’rta korxonalar, mehnat bozorlari va mamlakat iqtisodiyotining boshqa zaif qismlariga yo’naltirilgan 37 milliard yevrolik “Corona Response” Investitsiya tashabbusi taklifini mamnuniyat bilan qabul qildi va ushbu xarajatlarni qoplash uchun loyiha orqali yana 28 milliard yevrolik tarkibiy fondlarni ajratildi[9].
Tahlil natijasida quyidagi tavsiyalar berildi:
- O’zbekiston pandemiya davrida kichik va o’rta biznesni yanada qo’llab quvvatlash uchun hamda ishsizlikning oshib ketishini oldini olish uchun Germanya tajribasini qo’llash, samarali natijalarga olib kelishi mumkin. Masalan, mamlakatimizdagi korxonlarning ishchilari soniga qarab, ularga bir martalik grandlar va kreditlar ajratish hamda qisqartirilgan ish uchun kompensatsiya to’lovlarini ishchining oilaviy sharoitidan kelib chiqqan holda amalga oshirish;
- mehnat bozori inqirozga eng ko’p ta’sir qiladigan sohadir, bu yerda hukumatning sa’y-harakatlari ish joylarini tashkil etishga, shuningdek, fuqarolarning ishbilarmonlik faolligini rag’batlantirishga yo’naltirilishi lozim. Kam daromadli aholi uchun sharoit va imkoniyatlarni yaratish hamda iqtisodiy faollikni oshirish qashshoqlik muammosini hal qilish nuqtai nazaridan oqilona yondashuvdir;
- norasmiy sohadagi ishchilarni, shu jumladan mehnat muhojirlarini qo’llab-quvvatlash va ularni ijtimoiy himoya tizimiga kiritish, O’zbekistonning ijtimoiy siyosatining ustuvor uzoq muddatli vazifasidir.
- mamlakatimizda iqtisodiyotni yanada raqamlashtirishni rivojlantirishga e’tibor qaratish, nafaqat pandemiya davriga moslashishga balki pandemiyadan so’ng ham yangi bizneslarni shakillantirishga imkon yaratdi.
- pandemiyaga qarshi birga kurashish hamda pandemiyadan so’ng iqtisodiy inqirozdan tez va samarali chiqish va iqtisodiy barqarorlik ta’minlash maqsadida xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga e’tibor qaratish mamlakatimiz uchun juda muhumdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
- Bruttoinlandsprodukt im Jahr 2020 um 5,0 % gesunken. URL:https://www.destatis.de/DE/Presse/Pressemitteilungen/2021/01/PD21_020_811.html
- URL:https://www.tagesschau.de/wirtschaft/deutschland-corona-arbeitslose-101.html
- Bundesfinanzministerium der Finanzen. Corona Schutzschild für Deutschland.URL:https://www.bundesfinanzministerium.de/Content/DE/Standardartikel/Themen/Schlaglichter/Corona-Schutzschild/2020-03-13-Milliarden-Schutzschild-fuer-Deutschland.htm
- URL:https://www.dw.com/en/why-germanys-reduced-hours-scheme-wont-work-long-term/a-53377212
- URL:https://de.statista.com/statistik/daten/studie/2603/umfrage/entwicklung-des-bestands-an-kurzarbeitern/
- Bundesfinanzministerium der Finanzen. Steuerliche Hilfen für Unternehmen und Beschäftigte. 19.03.2021.
- Kampf gegen Corona: Größtes Hilfspaket des Bundes in der Geschichte Deutschlands. 30.11.2020. URL: https://publicus.boorberg.de/kampf-gegen-corona-groesstes-hilfspaket-des-bundes-in-der-geschichte-deutschlands/
- Soforthilfen für kleine Betriebe und Selbstständige–50 Milliarden Euro auf den Weg gebracht. März 2020. URL: https://www.e-commerce-magazin.de/soforthilfen-fuer-kleine-unternehmen-und-selbststaendige-50-milliarden-euro-auf-den-weg-gebracht/
- URL:https://www.techfounders.com/wpcontent/uploads/State_measures_Financial_Aid.pdf
- «Социальная политика в зарубежных странах в условиях пандемии» В.Трубин, Н.Николаева, Т.Санишвили, В.Тарасова. 2020г. Aналитический центр при правительстве Pоссийской Федерации.
- Bundesministerium für Wirtschaft und Energie. Wirtschaftsstabilisierungsfonds.URL:https://www.bmwi.de/Redaktion/DE/Artikel/Wirtschaft/Corona-Virus/unterstuetzungsmassnahmen-faq-08.html
- «Вторая волна будет тяжелее первой»: Франция и Германия URL:https://www.gazeta.ru/politics/2020/10/29_a_13338499.shtml?updated
- 540 Milliarden Euro gegen Corona – EU beschließt erste Nothilfe. URL: https://www.handelsblatt.com/folgen-der-pandemie-540-milliarden-euro-gegen-corona-eu-beschliesst-erste-nothilfe/25736758.html
- Europäische Komission. NextGenerationEU. URL: https://ec.europa.eu/info/strategy/recovery-plan-europe_de
- Maßnahmen der Bundesregierung zur Eindämmung der COVID-19-Pandemie und zur Bewältigung ihrer Folgen. https://www.bundesregierung.de/resource/blob/975226/1747726/0bbb9147be95465e9e845e9418634b93/2020-04-27-zwbilanz-corona-data.pdf
- G-20 investieren fünf Billionen Dollar in Weltwirtschaft. URL: https://www.sn.at/politik/weltpolitik/g-20-investieren-fuenf-billionen-dollar-in-weltwirtschaft-85412650
- URL:https://de.statista.com/statistik/daten/studie/1239/umfrage/aktuelle-arbeitslosenquote-in-deutschland-monatsdurchschnittswerte/
- IAB-Prognose für 2020 und 2021: Arbeitsmarkt auf schwierigem ErholungskursURL:https://www.iab.de/de/informationsservice/presse/presseinformationen/kb1920.aspx
- URL: https://www.ihk-muenchen.de/de/Service/Recht-und-Steuern/Steuerrecht/Corona-und-Steuern/
- URL:https://www.bundesfinanzministerium.de/Monatsberichte/2020/07/Inhalte/Kapitel-3-Analysen/3-1-ueberbrueckungshilfe.html
- URL:https://ec.europa.eu/commission/presscorner/detail/en/ip_20_5
- URL:https://www.consilium.europa.eu/en/press/press-releases/2020/03/16/statement-on-covid-19-economic-policy-response/
[1] Europäische Komission. NextGenerationEU. URL: https://ec.europa.eu/info/strategy/recovery-plan-europe_de
[2] Maßnahmen der Bundesregierung zur Eindämmung der COVID-19-Pandemie und zur Bewältigung ihrer Folgen. https://www.bundesregierung.de/resource/blob/975226/1747726/0bbb9147be95465e9e845e9418634b93/2020-04-27-zwbilanz-corona-data.pdf
[3] G-20 investieren fünf Billionen Dollar in Weltwirtschaft. URL: https://www.sn.at/politik/weltpolitik/g-20-investieren-fuenf-billionen-dollar-in-weltwirtschaft-85412650
[4]URL: https://de.statista.com/statistik/daten/studie/1239/umfrage/aktuelle-arbeitslosenquote-in-deutschland-monatsdurchschnittswerte/
[5]IAB-Prognose für 2020 und 2021: Arbeitsmarkt auf schwierigem Erholungskurs
URL: https://www.iab.de/de/informationsservice/presse/presseinformationen/kb1920.aspx
[6]URL: https://www.ihk-muenchen.de/de/Service/Recht-und-Steuern/Steuerrecht/Corona-und-Steuern/
[7] URL: https://www.bundesfinanzministerium.de/Monatsberichte/2020/07/Inhalte/Kapitel-3-Analysen/3-1-ueberbrueckungshilfe.html
[8] URL: https://ec.europa.eu/commission/presscorner/detail/en/ip_20_569
[9] URL: https://www.consilium.europa.eu/en/press/press-releases/2020/03/16/statement-on-covid-19-economic-policy-response/
[1] «Вторая волна будет тяжелее первой»: Франция и Германия уходят на карантин
URL: https://www.gazeta.ru/politics/2020/10/29_a_13338499.shtml?updated
[2] 540 Milliarden Euro gegen Corona – EU beschließt erste Nothilfe. URL: https://www.handelsblatt.com/folgen-der-pandemie-540-milliarden-euro-gegen-corona-eu-beschliesst-erste-nothilfe/25736758.html
[1] https://de.statista.com/statistik/daten/studie/2603/umfrage/entwicklung-des-bestands-an-kurzarbeitern/
Khamdamova Gulmira Abdulla qizi, XIM fakultetining 3-bosqich talabasi (Bakalavr) Rano Abdullayevna Jurayeva, Iqtisodiyot nazaryasi kafedrasi dotsenti, ilmiy rahbar Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti, (Toshkent sh., O’zbekiston)