Insoniyat o‘zi qayon borayotgani haqida yildan-yilga tobora ko‘proq o‘ylashiga to‘g‘ri kelyapti. Global moliyaviy, energetik va ekologik inqirozlar sabablarining tub ildizlari o‘nlab yillar davomida tabiat resurslarini intensiv, g‘ayrioqilona o‘zlashtirish va foydalanish, bu jarayonni noto‘g‘ri boshqarishga borib taqaladi. Natijada sayyora va kelgusi avlod oldidagi ulkan lekin ko‘pincha yashirin bo‘lib kelgan ekologik qarzdorlik tinimsiz o‘sib bormoqda.

2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi Parij kelishuvini (Parij, 2015 yil 12 dekabr) ratifikasiya qildi va uni amalga oshirish bo‘yicha milliy miqyosdagi ulush miqdoriy majburiyatini – 2030 yilga borib yalpi ichki mahsulot birligiga issiqxona gazlarini chiqarish solishtirma hajmini 2010 yil darajasiga nisbatan 10 foizga qisqartirishni zimmasiga oldi.

Mamlakatda Parij kelishuvi majburiyatlarini bajarish doirasida issiqxona gazlari tashlamasini qisqartirish bo‘yicha o‘rta muddatli ustuvorliklar iqtisodiyotning energiyatalabligi va resurstalabligini qisqartirish, ishlab chiqarishga energiyatejamkor texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, Orolbo‘yidagi ekologik inqiroz oqibatlarini engishni ko‘zda tutuvchi qator strategik va tarmoq rejalari, dasturlari, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlar orqali amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasida tuzilmaviy o‘zgarishlarni chuqurlashtirishga, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini modernizasiyalash va diversifikasiyalash hamda hududlarni muvozanatlangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan kompleks choralar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, o‘tkazilgan tahlil iqlim o‘zgarishi sharoitlarida samarali, resursni tejovchi va ekologik xavfsiz iqtisodiyotni ta’minlashda o‘zaro bog‘liq muammolar va ehtiyojlar mavjudligini ko‘rsatdi. Jumladan, jadallashtirilgan industrializasiya va aholi sonining o‘sishi iqtisodiyotning resurslarga ehtiyojini sezilarli oshiradi, shuningdek atrof-muhitga va issiqxona gazlarining tashlanishi o‘sishiga salbiy antropogen ta’sirni kuchaytiradi.

Iqtisodiyot energiya samaradorligining past darajasi, tabiiy resurslarning g‘ayrioqilona iste’moli, texnologiyalarning sekin yangilanishi, kichik biznesning «yashil» iqtisodiyotni rivojlantirish uchun innovasion echimlarni joriy etishda sust qatnashishi mamlakat barqaror rivojlanishi sohasidagi birlamchi milliy maqsadlar va vazifalarga erishishga to‘sqinlik qiladi. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Beshta ustuvor taraqqiyot yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasi bilan belgilangan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish, shuningdek Parij kelishuvi (Parij,  2015 yil 12 dekabr) majburiyatlarini bajarishni va O‘zbekiston Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga o‘tishini ta’minlash maqsadlarida 2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2019-2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga o‘tishiga oid strategiyani tasdiqlash to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilindi.

Barqaror taraqqiyot vazifalarining ko‘lamini anglash, shuningdek kengayib borayotgan milliy va xalqaro tartibga solish tozaroq, birinchi navbatda uglerod kamroq talab qiluvchi texnologiyalarning ko‘plab tarmoqlarda jo‘shqin rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Hozirda atrofdagi tabiiy muhit degradasiyasining, iqlim o‘zgarishlarining salbiy oqibatlarining oldini olish muammolarini hal qilish jahon energetika tizimi qayta tashkil etishi bilan chambarchas bog‘liqdir.

Dunyoda yashil iqtisodiyotga investisiyalar o‘smoqda va, shunga muvofiq, ekologik xatarlarni inobatga olgan kompaniyalar aksiyalari mustahkamroq o‘sish va barqarorlik ko‘rsatmoqda. «Yashil» o‘sish fundamenti sifatida iqtisodiyot energetik bazisining modernizasiyasi o‘rtaga chiqmoqda.

O‘zbekiston energetika tarmog‘ida uglerod neytralligini rivojlantirish rejasi

Rivojlanish rejasi O‘zbekiston hukumatiga TEMni, kam uglerodli texnologiyalarni rivojlantirishni ustuvorlashda, shuningdek Parij kelishuvi qoidalariga muvofiqlikni amalga oshirishda ko‘mak berishga qaratilgan. Rivojlanish rejasi O‘zbekistonda tashlamalarni qisqartirish texnik va iqtisodiy jihatdan amalga oshirsa bo‘ladigan ish ekanligini va energetika tarmog‘i uglerod neytralligiga 2050 yilga borib erishishi mumkinligini namoyish etadi.

 


Rivojlanish rejasi 2050 yilga borib O‘zbekiston energetika sektoridan tashlamalarning nolga tushishiga erishish uchun quyidagi asosiy maqsadlarni o‘z ichiga oladi: (a) TEMdan elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmlarini oshirish (b) qisqa muddatli istiqbolda gazga asoslangan yangi, yuqori samarali generasiya quvvatlarini qurish (c) parallel ravishda mavjud samarasiz quvvatlarni foydalanishdan chiqarish.

Uglerod neytralligi ssenariysiga muvofiq elektr energiyasi ishlab chiqarish va CO2 mutanosibligining rivojlanishi

Manba: http://minenergy.uz/en/lists/view/131

Gidroenergetika – «yashil» iqtisodiyot rivojlanishi poydevori

Elektr energetika sohasida barqaror rivojlanish mezonlariga muvofiqlikning asosiy jihati zamonaviy iqtisodiyot va jamiyatning energiyaga ehtiyojini qondirgan holda energiyaning birlamchi qayta tiklanmaydigan manbalarini maksimal tejash, shuningdek elektr energiyasini ishlab chiqarishning texnologik siklining butun zanjiri bo‘ylab atrof-muhitga ta’sirni minimallashtirish sanaladi. Global iqtisodiy muammolar o‘sib borishi, atmosferaning ifloslanishi, isish va iqlim o‘zgarishi sharoitida qayta tiklanuvchi manbalardan foydalangan holda elektr energiyasini ishlab chiqarish sanab o‘tilgan talablarga maksimal muvofiq keladi, deb sanaladi. Iqlim o‘zgarishlarini ushlab turishning eng salmoqli omillaridan biri yirik gidrostansiyalar hisoblanadi. Chunonchi, Xalqaro energetika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, amaldagi gidrostansiyalarsiz issiqxona gazlari tashlamasi miqdori 11%ga ko‘proq bo‘lgan bo‘lardi, bu sayyoradagi barcha avtomobil transport tashlamasiga tengdir.


BARQAROR GIDROENeRGeTIKA
Kommunikasiya va maslahatlar
Boshqaruv
Qo‘yilgan talablar va strategik to‘ldirish
Joylash va dizayn
Atrof-muhit va jamiyat muammolarini boshqarish
Integrasiyalangan loyiha boshqaruvi
Gidrologik resurslar
Aktivlar ishonchliligi va samaradorligi
Infratuzilma xavfsizligi
Moliyaviy asoslanganlik
Loyiha afzalligi
Iqtisodiy asoslanganlik
Xaridlar
Vnutrenniy krug:
Jamiyat va yashash xarajatlari ta’siri ostidagi loyiha
Ko‘chish
Mahalliy aholi
Ishchi kuchi va sharoitlari
Madaniy meros
Jamoatchilik salomatligi
Bioxilma-xillik va invaziv turlar
Eroziya va tuproq o‘tirishi
Suv ob’ektlari boshqaruvi
Suv sifati
Shovqin va chiqindilar bilan ifloslanish darajasi va havo sifati
Oqim bo‘yicha quyidagi suv oqimlari rejimi
Iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurash va barqarorlik

Gidroenergoresurslar – energiyaning qayta tiklanuvchi va ekologik tozaroq manbasi bo‘lib, undan foydalanish atmosferaga tashlamalarni kamaytirish va uglevodorod yoqilg‘i zaxiralarini saqlab qolish imkonini beradi. Aynan GES – bu manyovrga qobilroq stansiyalar bo‘lib, zarur bo‘lganda ishlab chiqarish hajmlarini sanoqli daiqalarda sezilarli oshira oladilar va yuklamalar cho‘qqisini qoplash imkoniga egalar. Issiqlik stansiyalari uchun bu ko‘rsatkich soatlarda o‘lchansa, atom stansiyalarda – sutkalarda sanaladi.

Jahon elektr energiyasining beshdan bir qismi qayta tiklanuvchan manbalardan olinadi. Bu energiyaning taqriban 85 foizi gidroenergetik resurslar, shubhasiz, tiklanuvchan energiyaning eng muhim manbai hisobiga generasiyalanadi. Ekspertlar baholashiga ko‘ra, dunyoda gidromanbalardan olinishi mumkin bo‘lgan energiyaning uchdan birigina ishlatiladi. Hozirgi vaqtda ko‘plab gidroelektrstansiyalar qurilayotgan yoki qurilishi loyihalashtirilayotgan bo‘lsa ham, tarmoq salohiyati bu bilan kifoyalanmaydi. Shu vaqtning o‘zida mavjud elektrstansiyalarni modernizasiyalash, qayta tiklash va quvvatini oshirish uchun qo‘shimcha kapital kiritish talab etiladi. Dunyodagi gidroelektrstansiyalar jihozlarining qariyb yarmi o‘ttiz yildan ziyod vaqtdan buyon xizmat qilib keladi.

Jahon energetika kengashining 2015 yil dekabr oyidagi ma’ruzasida qayd etilishicha, GESda elektr energiyasini ishlab chiqish umumjahon hajmi amaldagi yirik stansiyalar va yangi mikro-GES hisobiga o‘sib bormoqda. Bu strategiya yangi megaloyihalar yaratilishini chetlab o‘tish imkonini beradi va gidroenergetikaga nisabatan jamoatchilik qarshiligi darajasini qisqartiradi.


Hozirda eng yirik gidroenergiya ishlab chiqaruvchilar (gidroakkumulizasiya stansiyalari ham shunga kiradi), mutlaq qiymatlarda olganda, Xitoy, Kanada, Braziliya va AQSh sanaladi va etakchi beshtalikni Rossiya yakunlaydi. Ammo, aholi jon boshiga gidroenergiya ishlab chiqarish bo‘yicha mutlaq etakchi – bu Islandiya. Undan tashqari, bu ko‘rsatkich Norvegiyada (yalpi ishlab chiqarishni olganda, GESning ulushi – 98 foiz), Kanada va Shvesiyada eng yuqori. Energiya bilan ta’minlashda GES ustunlikka ega bo‘lgan mamlakatlar mavjud. Masalan, Paragvayda energiyaning 100 foizi gidroelektrstansiyalarda ishlab chiqariladi.


Markaziy Osiyo – gidroenergetika rivojlanishi uchun istiqbolli mintaqa

Kaspiybo‘yi mintaqasi va Markaziy Osiyo mamlakatlari 75 GVt.dan ziyod belgilangan gidroenergetik quvvatga egalar, bu salohiyatning aksar qismi hali ishlatilmagan. Chunonchi, Gruziyaning o‘zlashtirilmagan gidrosalohiyati 75%ni, Tojikistonniki – 91%ni, Qirg‘izistonniki – 90%, O‘zbekistonniki – taqriban 70%ni tashkil qiladi. Shu bilan birga, mintaqada mavjud gidroenergetik ishlab chiqarish aktivlari asosan sovet davrida foydalanishga topshirilgan va modernizasiyaga muhtoj. Gidroresurslarni kelgusida o‘zlashtirish, yangi GESlar qurish va mavjudlarini modernizasiyalash mintaqa mamlakatlari uchun ustuvor masalalar sirasiga kiradi. Bu masalalarni muvaffaqiyatli hal qilish Kaspiybo‘yi mintaqasi va Markaziy Osiyo mamlakatlarining energetik, demakki, iqtisodiy xavfsizligi va mustaqilligini ta’minlaydi.


Resurslar turlari bo‘yicha energiya ishlab chiqarish, 2015

Suv-energetika salohiyati Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlarining milliy iqtisodiyotlari rivojlanishida muhim va uzviy rol o‘ynaydi. Bu holat resurs bilan ta’minlangan respublikalarda energetika iqtisodiyot «lokomotivi» va barqaror hamda samarali iqtisodiyotni qurish uchun poydevor vazifasini o‘tashi bilan izohlanadi.

Toshkentda 17-18 fevralda «Gidroenergetika. Markaziy Osiyo va Kaspiy 2021» V har yilgi xalqaro kongressi va ko‘rgazmasi o‘tkazildi. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiyadan 150 dan ziyod ishtirokchilar tarmoqni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro hamkorlik va rejalarni muhokama qildilar.
Har yilgi “Gidroenergetika. Markaziy Osiyo va Kaspiy” xalqaro kongressi va ko‘rgazmasi – bu mintaqa (Qirg‘iziston, Gruziya, O‘zbekiston, Ozarboyjon, Eron, Armaniston, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkiya) gidroelektrstansiyalarini qurish va qayta tiklash/modernizasiyalash bo‘yicha qator loyihalarni samarali amalga oshirish uchun muloqot, tajriba almashinuvi, echimlar izlash hamda hokimiyat va biznes vakillari sa’y-harakatlarini uyg‘unlashtirishning professional maydonchasidir. Bu yil kongress 150 nafar oliy bo‘g‘in rahbarlari, mahalliy hokimiyat organlari vakillari, konsultantlar, ekspertlar, shuningdek etakchi texnologiya va jihozlar ishlab chiqaruvchilarni jamladi. Tadbir e’tibor markazidan “O‘zbekiston gidroenergetikasi” mavzusi joy oldi. Kongress ishtirokchilari investisiya loyihalari va ularni amalga oshirish dasturlarining taqdimotlari, tarmoq rivojlanishi strategiyalari va mamlakatda biznesni muvaffaqiyatli yuritish usullari bilan tanishdilar.

O‘zbekiston gidroenergetikasi rivojlanish asoslari

Hozirda 46 ta GES ishlab turibdi, ularning belgilangan quvvati 2 000 MVtdan ziyod, o‘rtacha yillik elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 6,5 mlrd KVt/s.ga teng. Mamlakatda ishlayotgan GES O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 10 foizidan ziyodini ta’minlaydi.

O‘zbekiston mintaqalari kesimida elektr energiyasini ishlab chiqarish

№ p/p Mintaqa nomi GES soni O‘rtacha ko‘pyillik ishlab chiqarish, mln.kVt.s
1 Andijon viloyati 6 682,7
2 Qashqadaryo viloyati 1 80,9
3 Samarqand viloyati 8 78,8
4 Surxondaryo viloyati 2 139,4
5 Sirdaryo viloyati 1 358,1
6 Jizzax viloyati 1 1,0
7 Toshkent viloyati 18 4 531,7
8 Farg‘ona viloyati 1 2,4
9 Namangan viloyati 3 72,8
10 Xorazm viloyati 1 393,8
11 Toshkent sh. 4 100,1
Jami 46 6 500,0

O‘zbekistonning texnik jihatdan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan gidroenergetik salohiyati yiliga 27,4 mlrd kVt.s deb baholanadi. Hozirda bu salohiyatning faqat 24 foizi ishlatilmoqda. Qayd etish o‘rinliki, yuqorida keltirilgan gidroenergetik salohiyat taqriban 30 yil oldin hisoblab chiqilgan, uni yangilash, shuningdek keyingi yillarda o‘rganib chiqilgan yangi potensial uchastkalarni ko‘rib chiqish kerak bo‘ladi. Gidroenergetikani rivojlantirish dasturiga muvofiq, 2030 yilga qadar GESning generasiya quvvatlarini ikki martaga oshirish rejalashtirilgan.

 

Murod Nosirov

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *