Global innovatsion indeks Xitoyni jahon maydonidagi siyosiy salobati kuchayishi va iqtisodiyoti yuksalishi barobarida innovatsion faolligining yuksak o‘sishi bilan xarakterlanuvchi yetakchi mamlakatlar safiga kiritadi. Xitoy “dunyo fabrikasi”dan G‘arbni orqada qoldirib ketgan texnologik innovatsiyalar, yechimlar va g‘oyalar iniga aylandi.

Innovatsiyalar va iqtisodiy o‘sish o‘rtasida aniq o‘zaro aloqa mavjud, shu sababli dunyoda qator ko‘rsatkichlar borki, ular mamlakatlar bo‘ylab innovatsion faollikni baholash va o‘lchashga qaratilgan.

Innovatsiyalarni o‘lchash uchun uchta asosiy ko‘rsatkich olinadi:

1. Har yili INSEAD va Jahon intellektual mulk tashkiloti tomonidan chiqariladigan Global innovatsion indeks;
2. Boston konsalting guruhi, Milliy ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi va Ishlab chiqarish instituti tomonidan birgalikda tayyorlanadigan Xalqaro innovatsiyalar indeksi;
3. Bloomberg innovatsion indeksi va Jahon iqtisodiy forumining global raqobatbardoshlik ma’ruzasi.

Foto: Global innovatsion indeks

Aholi jon boshiga YaIM, AQSh dollarida, XQP bo‘yicha
Shveytsariya, Singapur, Irlandiya, Lyuksemburg, Xitoy, BAA, Bolgariya, Litva, Ukraina, Qatar, Bruney, Bahrayn, Trinidad va Tobago, Yaman

Global innovatsion indeksga ko‘ra, 2018 yilda yetakchi o‘ntalikka keyingi o‘n yil davomida ITKKega eng yuqori xarajatlar bilan xarakterlangan mamlakatlar kirdi. Ushbu mmlakatlarda ITKKega xarajatlar, o‘rtacha, YaIMning 2 foizini tashkil qildi.

 

FOTO: IHTT, Sharqiy Osiyo va Tinch Okeani, O‘rtacha jahon darajasi, Ie, Markaziy yevropa va Boltiqbo‘yi, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika, Lotin Amerikasi va Karib, Janubiy Osiyo, Markaziy Osiyo

ITKKega xarajatlar, 2010-2017

Manba – Jahon Banki

 

Rivojlanayotgan mamlakatlar orasida fenomenal ko‘rsatkichlarni Xitoy saqlab qolgan, u GIIning 2007 yildagi birinchi hisobotida 29- o‘rinda turgan bo‘lsa, 10 yil o‘tgach, innovatsion rivojlanish sohasidagi jahon yetakchilari safiga yorib kirdi va 17- o‘rinni egalladi.

“Xitoyning jo‘shqin yuksalishi ushbu mamlakat oliy rahbariyatining dunyo ahamiyatiga ega innovatsion salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan strategik kursining, shuningdek, raqobat afzalligini saqlab qolish maqsadlarida milliy iqtisodiyot tuzilmaviy bazasining ilmtalabgirligi yuqoriroq, innovatsiyalarga asoslangan tarmoqlarga o‘tkazilishining ifodasidir,- deb ta’kidlaydi JIMT Bosh direktori Frensis Garri. – Bu ko‘pqutbli innovatsiyalar yuzaga kelishini anglatadi”. Chunonchi, Xitoy keyingi 20 yil ichida tadqiqotlarga xarajatlarni 3,5 baravarga – YaIMning 0,6 foizidan 2,1 foizigacha oshirdi.

 

FOTO: ITKKe ga xarajatlar, YaIMga foizlarda

Xitoy   O‘rtacha dunyo ko‘rsatkichi

Tanlangan siyosiy va iqtisodiy kurs natijasida, Xitoy, AQSh bilan birga, jahon innovatsion bozorida hukmronlik qila boshladi.

 

FOTO: Yuqori texnologik eksport

Xitoy, yeI, Germaniya, AQSh, Singapur, Gonkong, Fransiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Buyuk Britaniya

mlrd AQSh dollarida, 2016-2018 yillarda

 

Tadqiqotchilar, 2015 yoki ma’lumotga ega oxirgi yil

Tadqiqotchilar soni, mln

Xitoy, AQSh, Buyuk Britaniya, Isroil, Singapur, Shveytsariya

ITKKega xarajatlar, 2016 yoki ma’lumotlarga ega oxirgi yil

XQP $ (2005 yildagi qat’iy belgilangan narxlarda), mln

AQSh, Xitoy, Buyuk Britaniya, Shveytsariya, Isroil, Singapur

 

Patentlar soni, olingan mamlakatiga ko‘ra

Arizalar soni, mln

Xitoy, AQSh, Buyuk Britaniya, Shveytsariya, Singapur, Isroil

Ilmiy va texnik maqolalar, 2017

Arizalar soni, ming.

Xitoy, AQSh. Buyuk Britaniya, Shveytsariya, Singapur, Isroil

Xitoy “dunyo fabrikasi”dan yechimlari va g‘oyalari G‘arbni orqada qoldiradigan texnologik innovatsiyalar iniga aylandi. Bu sun’iy intellekt tomonidan boshqariladigan yangiliklar olib boruvchilaridan tortib mobil to‘lovlargacha (hatto ko‘chadagi gadoylar ham telefon va QR-kod orqali to‘lov qabul qilmoqdalar) kuzatiladi.  Xitoydagi 730 million nafardan ziyod Internet foydalanuvchilari boshni aylantirib yuboradigan tezlikdagi o‘zgarishlarni his qilmoqdalar. Shu bilan birga, hukumatning “Xitoyda ishlab chiqarilgan 2025” kabi tashabbuslari mamlakat texnologiyalarini rivojlantirishga va g‘oyalarga asoslangan innovatsiyalarni rag‘batlantirishga qaratilgan.

Global Group raisi, xitoylik angel-investor doktor Jonni Xon so‘zlariga ko‘ra, mamlakat elektron tijorat, moliyaviy texnologiyalar va transport kabi tarmoqlarda allaqachon ilgari rivojlangan. “Xitoy texnologiyalar sohasida jahon yetakchisiga aylanmoqda”,- deydi doktor Xon.

“G‘arbda Xitoy mahsulotlari – bu arzon, sifati past, G‘arb mahsulotlariga taqlidan chiqarilgan tovarlar degan tasavvur mavjud. Bu endi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Eng yangi Xitoy texnologiyalari Xitoyda ishlab chiqarilibgina qolmay, Xitoyning o‘zida kashf etiladi va ishlab chiqiladi”.

Mobil to‘lovlar yetakchisi

Xitoy iste’molchilari nafaqat debet kartalariga, balki xaridni amalga oshirishning yangi, naqdsiz usullariga ham egalar, foydalanuvchilar mobil to‘lovlarni (QR-kod va telefon orqali) jadal qo‘llamoqdalar. Xitoy Xalq bankiga ko‘ra, 2018 yilda Xitoy iste’molchilari 60,5 milliarddan ortiq tranzaksiyalarni amalga oshirdilar, bu 2017 yildagi ko‘rsatkichga qaraganda 61,2 foizga ko‘proq bo‘ldi. Natijada tranzaksiyalar hajmi 41,3 trillion dollarni tashkil qildi, bu 2017 yildagiga qaraganda 36,7 foizga ko‘pdir.

Naqdsiz to‘lovlarning sodda tizimi xitoylik iste’molchilarning salmoqli qismi endilikda o‘z mahsulotlarini Internet orqali sotayotganligini ham ko‘rsatmoqda, deb qayd etadi Accenturening to‘lovlar sohasida global yetakchisi Garet Uilson. “Xitoyda mobil to‘lovlarning jo‘shqin rivojlanishi raqamli munosabatlar ta’mini totib ko‘rgan yangi turdagi iste’molchiga asoslandi”,- deydi u.

“Iste’molchilarning taxminan 40 foizi Internetda mahsulot sotib qo‘shimcha daromad ishlab topadi”.

Moliyaviy inqilob

Xitoy moliyaviy texnologiya kompaniyalarida yana bir muhim o‘zgarish ro‘y berdi – ular G‘arb firmalari taklif etmaydigan xizmatlar taqdim etish uchun texnologiyalardan ko‘proq foydalanadilar,- qayd etadi Warwick Business School dotsenti Jimmi Xuang.

“Moliyaviy institutlar shoshmaydilar yoki raqobatga kirishishni istamaydilar,- deydi u. Muvaffaqiyatli namunalardan biri Wecash bo‘ldi – u unutilgan foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish uchun ijtimoiy tarmoqlarga asoslangan kredit reytingining o‘z algoritmini ishlab chiqdi».

G. Uilson hisoblashicha, G‘arb, sekinlik bilan bo‘lsa-da, Xitoy moliyaviy texnologiyalar sohasidagi inqilobga yetib olmoqda va vaqt o‘tishi bilan bu jarayon tezlashadi. “Buyuk Britaniyada qulay, tezkor va shaxsga qaratilgan to‘lovlarga ishtaha o‘sib bormoqda”,- deydi u.

“yevropada ochiq bank xizmatining tartibga solinishi banklarni mijozlar to‘g‘risida axborot almashinuviga majbur qiladi. Bu texnologik firmalar tomonidan uzilishga sabab bo‘ladi”.

Sun’iy intellekt kashshofi

Xitoy kompaniyalari sun’iy intellekt borasida ham dadil sinovlarga qo‘l uradilar. Baidu izlash giganti yaqinda Pekinda dunyodagi ilk sun’iy intellekt parkini taqdim etdi, burnog‘i yil esa, Xitoy hukumati G‘arb mamlakatlaridan sun’iy intellektni joriy etish sohasida o‘zib ketish niyatini ma’lum qilgandi.

“Xitoy hozirda sun’iy intellekt sohasidagi korxonalarga  investitsiyalar hajmi bo‘yicha AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi va 2030 yilga borib yetakchilikni qo‘lga kiritish niyatida”,- deydi Altus Consulting konsalting kompaniyasining moliyaviy masalalar bo‘limi boshlig‘i Saymon Bussi. “Bu endi SIning moliyaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashuvi bo‘yicha yetakchi degani”.

“Alibaba onlayn-riteylerining filiali SI bazasidagi texnologiyani o‘z biznesini kengaytirish, mijozga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, qalloblikni aniqlash va muammolarni belgilash uchun rag‘batga aylantirdi”.

Ijtimoiy tarmoq

Xitoyning ijtimoiy tarmoqlarda ishlovchi WeChat kompaniyasi endilikda shunchalik ko‘p funksiyalarni integratsiyalaydiki, uni “har narsa uchun ilova” deb ataydilar, u orqali foydalanuvchilar shifokor qabuliga yozilishlari, jarima to‘lashlari va trafik uchun hisobni to‘lashlari mumkin bo‘lmoqda.

“WeChat ilovasining asoschisi bo‘lmish Tencent  kompaniyasi Facebookni orqada qoldirib, dunyoda ahamiyatiga ko‘ra beshinchi kompaniyaga aylandi”,- deydi doktor Xon. “Bu Xitoyning xalqaro maydonda hayratlanarli o‘sishiga dalolat qiladi”.

U Xitoy texnologik startaplari muvaffaqiyatini, jumladan, Xitoy kompaniyalarining global sheriklar bilan yaqindan hamkorlik qilish istagi bilan izohlaydi. “Raqamli texnologik sohada muvaffaqiyatga erishish uchun, siz boshqa mamlakatlar bilan hamkorlik qilishga tayyor bo‘lmog‘ingiz kerak”,- qayd etadi u.

“Bu – Xitoy tez-tez qo‘llaydigan yondashuv. Xitoyning ham uyda, ham chet elda texnologiyalarga salmoqli mablag‘lar tikishga qaror qilishi u qo‘shimcha qiymat pillapoyasidan asta-sekin lekin dadil harakatlanayotganini anglatadi va G‘arb, yaxshiroq raqobatlashish uchun, bunday hamkorlikdagi yondashuvdan saboq olishi mumkin».

Qariyb o‘n yillik notekis global taraqqiyotdan keyin dunyoda hozir global iqtisodiy o‘sish impulsi kuzatilmoqda. Hozirda jahon iqtisodiyoti oldida keyingi bir necha yillar davomida ushlab turish mumkin bo‘ladigan barqaror o‘sish sur’atlariga erishish vazifasi turibdi. Ushbu kontekstda siyosatda ustuvorliklarni belgilash zarurati yana yuzaga chiqadi, zero u innovatsion o‘sishning yangi manbalarini rag‘batlantirgan bo‘lardi. Innovatsiyalarga investitsiyalar bu maqsadda markaziy o‘rinni egallaydi.

Ushbu trendlarga tayanib va global innovatsion tafovutni qisqartirish orqali o‘rtacha daromadga ega ko‘pchilik mamlakatlarda innovatsiyalarni jadallashtirish, shuningdek past daromadga ega mamlakatlarda innovatsiyalarning bosqichma-bosqich oshirib borish  uchun salohiyat shakllanadi.

Oldinga nazar tashlab, savol tug‘iladi: keyingi bir necha yil davomida innovatsiyalarga xarajatlar iqtisodiy o‘sishga muvofiq bo‘lsa nima bo‘ladi? Agar Hindiston va Osiyodagi boshqa rivojlanayotgan mamlakatlar, shuningdek dunyoning boshqa mintaqalari – Lotin Amerikasi, Markaziy Osiyo va Afrikadagi, hozirda qiyosda orqada qolayotgan mamlakatlar yaqin bir necha yilda Xitoyning jo‘shqin innovatsion traektoriyasiga rioya etadigan bo‘lsalarchi? Proteksionizm, jumladan ilmtalab tarmoqlarga, barcha yo‘nalishlardagi informatsion tarmoqlar va bilimlar oqimiga ta’sir ko‘rsatuvchi proteksionizm kuchayishi keyingi oylarda tiyilsa nima bo‘ladi?

Bunday dinamika mahsuldor bilimlar hamda hamkorlik uchun, yangi bilimlar va innovatsiyalar uyg‘unlashuvi uchun imkoniyatlar tarqalishiga zamin yaratishi mumkin.

Rauf Salаxo’jayev

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *