Yoylarsiz elektron velosiped

Shu yil Malayziyada Beno Reevo elektr velosipedi paydo bo‘ladi. 2016 yilda asos solingan Reevo kompaniyasi Beno yoki Be Innovative kompaniyasining mahsuli bo‘lib, Bayan-Lepas (Penang)da ishlab chiqarish markaziga, Sietlda (Vashington shtati, AQSh) esa ilmiy-tadqiqot ofisiga ega, bosh ijrochi direktori – Alek Lim.

Reevo dizaynidagi farqli jihat 650 B (27,5 dyuym) g‘ildiragi konstruksiyasi sanaladi, u ko‘pi bilan 120 kg vaznli insonga mo‘ljallangan. G‘ildiraklarda velosiped disklari va yoylar mavjud emas. Ular o‘rniga orqa g‘ildirak quvvati 750 Vt.li Reevo e-drive dvigateli bilan harakatga keltiriladi, u ruldagi drossel klapani bilan boshqariladi va litiy-ion batareyalaridan oziqlanadi. Velosipedning tezligi 40 km/s bilan chegaralangan, elektr dvigateldan muxtor ishlash maksimal vaqti 3 soat yoki 60 km.ni tashkil qiladi.

 

Ishlab chiqaruvchilar narxi 2200 AQSh dollari turadigan velosipedni shahar ko‘chalarida qoldirish unchalik ham xavfsiz bo‘lmasligini hisobga oldilar, shu sababli o‘g‘irlashdan uch karra himoya tizimini ko‘zda tutdilar. U kalitsiz foydalanish – barmoq izlarini tanish, g‘ildiraklar elektr bloklanuvi va GPS kuzatuvini, shuningdek harakatlanish datchigi va yurishning uchta rejimini o‘z ichiga oladi. Haydovchiga qulay bo‘lishi uchun velosiped masofadan zaryad oluvchi yechiluvchan akkumulyator, xizmat ko‘rsatilmaydigan uzatma va smartfonni mahkamlash uchun uskunalar panelidagi tagqurma bilan jihozlangan. Shovqinsiz Reevo konstruksiyasining noyob xususiyati shundaki, poygachi g‘ildirak ichiga ko‘zda tutilgan mahkamlash nuqtalaridan foydalanib kichikroq sumkani qo‘yib olishi mumkin.

 

Reevoning yana bir dizaynerlik belgisi – 800 lyumen quvvatiga ega muxtor svetodiod yoritish, u yorug‘lik kam bo‘lganda avtomatik ishga tushadi. Yon chiroqlar va orqadagi o‘chib-yonuvchi stop-signallar ham standartga muvofiq bo‘lib, shahar ko‘chalarida yurishda xafsizlik koeffitsiyentini oshiradi.

Havosiz shinalar

Pnevmatik shinaning o‘zidan ko‘ra yoshi katta bo‘lgan bir nechta futurustik shina texnologiyalari mavjud, ulardan biri – havosiz shina. Agar bu g‘oya ro‘yobga chiqsa va ommaviy ishlab chiqarishga joriy qilinsa, ehtimol bir necha yildan keyin, ba’zilarimiz “havo”da yurishni tark etishi mumkin.

 

Bugungi kunda shina ishlab chiqaruvchilar bu g‘oya ustida jiddiy o‘ylanmoqdalar. 2020 yil shina texnologiyalari konferensiyasida batafsil tavsiflanishiga ko‘ra, Michelin kompaniyasi General Motors bilan sheriklikda Uptis havosiz shinalarini ishlab chiqmoqda, ular bunday shinalarni bo‘lajak Bolt AVga o‘rnatishni ko‘zlaganlar. Consumer Electronics Show (CES) ko‘rgazmasida Bridgestone kompaniyasi qayta ishlangan termoplastik material asosida ishlab chiqarilgan, yuk mashinalari uchun mo‘ljallangan tijorat havosiz shinalarini taqdim etdi. Boshqa ishlab chiqaruvchilar, jumladan Goodyear va Hankook ham bu konsepsiyani o‘rganib chiqmoqda

Havosiz shinalarning ommaviy ishlab chiqarilishiga hali ancha bor bo‘lsa ham, xavfsizlik va ularga texnik xizmat ko‘rsatishga xarajatlarning pasayishi havosiz shinalar bugungi kunda har qachongidan ham ko‘ra ko‘proq ishonch qozonayotganligining sabablaridan eng asosiysidir.

Michelin Uptis. Prototip 2019 yil 29 maydan Milford (Michigan shtati)dagi General Motors Milford sinov poligonida Chevrolet Bolt EVda sinovdan o‘tkazilmoqda. GM ushbu havosiz g‘ildirakni Michelin bilan birgalikda ishlab chiqishni va 2024 yildayoq yengil avtomobillarga o‘rnatishni rejalashtirgan.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *