2020 yil kashfiyotlari, shubhasiz, qiziqarli va, ayniqsa so‘nggi innovatsiyalarni unchalik kuzatib bormaydiganlar uchun, aqlni lol qoldiradi. Bu voqyealarning ayrimlari noakademik doiralar uchun katta ahamiyat kasb etmasa ham, qolganlari barchamiz uchun hayratlanarli oqibatlarga ega bo‘ldi.

Chunonchi, ularning asosiylari astronomiya, biologiya, kimyo va boshqa sohalardagi kashfiyotlardir. 2020 yil boshlanishi onkologiyadagi katta yutuq bilan esda qoladi. Tadqiqotchilar Google DeepMind algoritmi tomonidan yaratilgan texnologiyalardan foydalandilar. Uning texnologik imkoniyatlarini ishga solib, tibbiy ekspertlar inson-ekspertlardan 2020 yildayoq o‘zib ketadigan qilib sun’iy intellektni joriy etish usulini kashf etdilar. Jumladan, bu texnologik taraqqiyot 2020 yilda ko‘krak bezi saratonini aniqlash bilan yaqinndan hamkorlik qilish imkonini berdi. yetakchi ekspertlar tashabbusi bilan yuzaga kelgan yutuqlar va tadqiqot loyihalarining hayratlanarli darajada ko‘pligiga qaramay, Google DeepMind algoritmi juda samarali bo‘ldi.

Onkologiya bilan bog‘liq barcha muammolarni hal qilish uchun yanada ko‘proq ishlarni amalga oshirish kerak bo‘lsa-da, Google texnologiyalari bu tadqiqotni 2020 yilda yanada hammabop qiladi. Shu ma’noda, hatto shubhalanuvchilar ham, 2020 yilda e’lon qilingan DeepMind algoritmidan foydalanishni kelajagi porloq yo‘nalish deb hisoblamoqdalar.

NASA, tashkilot sifatida, 2020 yilda o‘nlab kashfiyotlarni amalga oshirdi, ular astronomiya rivojini tushunish borasidagi umumiy holatni yaxshiladi. Barcha e’lon qilingan hisobotlar va yutuqlarning eng qiziqarli funksiyalaridan biri matemetik modellashtirishni qo‘llash bo‘ldi. 2020 yilda NASA xodimlari aniqlashlaricha, okeanga ega barcha ekzosayyoralar butun Somonli Yo‘l galaktikasi bo‘ylab umumiy bo‘lishlari mumkin.

Bu xulosa 2020 yilda kashf etilgan matematik modellashtirish natijasida olingan qat’iy dalillar bilan mustahkamlandi va keyingi bir necha yil ichidagi eng ta’sirchan yutuqlardan biri bo‘ldi. Hatto, NASA xodimlari mazkur vositalar qo‘llana boshlashidan yarim yil oldin ham ekzosayyoralar borligini tasavvur qila olmaganliklari aytildi.  Bu yutuq 2020 yildagi hayotimiz uchun katta ahamiyatga ega bo‘lmasligi mumkin. Shunga qaramay, bo‘lajak taraqqiyot galaktikamizda boshqa ob’ektlar mavjudligini tushunish uchun yanada katta imkoniyatlar ochishi tayin.

Boshqa muhim kashfiyotlarga neytron yulduzlarning kvark yadrolari mavjudligini kiritish mumkin, deb ta’kidlaydilar finn tadqiqotchilari. Finlandiyalik tadqiqotchilar guruhi mavjud eng yirik neytron yulduzlar yadrosida ekzotik kvark moddalar borligining ishonchli dalillarini topdi. Bunday xulosaga nazariy zarralar fizikasi va yadro fizikasining so‘nggi natijalarini neytron yulduzlar to‘qnashuvidan chiqqan gravitatsiya to‘lqinlarini o‘lchash bilan birlashtirish yo‘li orqali kelindi.

 

Olimlar va ekspertlar keyingi bir necha yilda mashhur va dolzarb bo‘ladigan bir qancha ilg‘or ilm-fan yo‘nalishlarini qayd etadilar.

Kvant hisoblashlar

Google kompaniyasi yaqinda an’anaviy superkompyuter 10 000 yildan qisqa muddatda bajara olmaydigan hisoblashni uch daqiqayu 20 sekundda bajarib, «kvant ustunlik»ka erishganligini e’lon qildi.

Bir va nollar asosida qurilgan an’anaviy kompyuterdan voz kechib, bir ham, nol ham, shuningdek bir vaqtda ikkisi ham bo‘la oladigan kubitlarga asoslangan kvant hisoblashning sog‘liqni saqlashga va ilmiy tadqiqotlarga ta’sirini o‘z paytida Internetning paydo bo‘lishi ko‘rsatgan ta’sirga o‘xshatmoqdalar.

Biroq, IBM va boshqalar Googlening bayonotini mahovat deya rad etgan bo‘lsalar ham, bu yilda ushbu yo‘nalishda ko‘plab ilgarilashlar ro‘y berdi va bu holat 2020 yilda «Apollon lahzasi» ro‘y berishini ko‘zda tutadi.

Masalan, iyul oyida Perdyu universiteti va Rochester universiteti tadqiqotchilari axborotni elektronlar holatini uzatish yo‘li bilan uzatish borasidagi o‘z uslublarini namoyish etdilar. Shu bilan birga, Dartmut kolleji va Massachusets texnologik instituti tadqiqotchilari bu kompyuterlarni «tinchroq» qildilar, bu ularning g‘ayritabiiy hisoblash tezliklarining aniqligini oshirishi mumkin.

CRISPR

«Muntazam ketma-ketlikka ega qisqa palindrom takrorlanishlar klasteri» yoki CRISPR-Cas9 siz va men uchun dunyo sahnasida namoyon bo‘lganiga bir necha yil bo‘ldi. U DNKdagi zararli mutatsiyalarni qaychi kabi kesib olish imkonini beradi. Hozirda, hali ham boshlang‘ich holatda turganida, u mutlaqo noto‘g‘ri sabablarga ko‘ra gazetalar sahifalariga chiqib ketdi, chunki bir Xitoy tadqiqotchisi uni inson embrionlarida qo‘llashga urinib ko‘rdi.

Bu esa, tabiiyki, ilmiy hamjamiyatda uning insonlarda potensial qo‘llanilishi borasida xavotir uyg‘otdi, zero uning uzoq muddatli oqibatlari haqida ko‘p narsa ma’lum emas. Lekin hamma narsa o‘zgaruvchan. Yaqindagina xatolar ehtimolini kamaytirish uchun CRISPRni tegishlicha sozlagan tadqiqotchilar guruhi haqida xabar tarqaldi. Shu bilan birga, boshqa jamoa atom darajasida Cas9ning DNK kesilishidan oldin va keyin uch o‘lchamli tasvirini oldi, bu bizga qanday o‘zgarishlar ro‘y berishi haqida yaxshiroq tasavvurga ega bo‘lish imkonini berdi.

Shuningdek, CRISPRdan foydalanishning boshqa variantlari, jumladan, «ECRISPR» nomli o‘z talqinini ishlab chiqqan jamoa tomonidan yuzaga kelmoqda. Bu tibbiy yordam ko‘rsatish nuqtasida biosensorga ega bo‘lgan universal tibbiy qurilma bo‘lib, hozirda mavjud qondagi glyukoza darajasini o‘lchovchi datchiklarga o‘xshaydi –  u inson papilloma virusi yoki parvovirus kabi viruslarni aniq va tez belgilash uchun ishlatiladi.

CRISPR ixtisoslashgan startaplari tobora ko‘p yuzaga kelayotgani odamlarda o‘tkazilayotgan taqrizli axloqiy sinovlar natijalar bera boshlaganini hisobga olsak, 2020 yil genlarni tahrirlar vositalari uchun hal qiluvchi yil bo‘lishi mumkin.

Termoyadro reaksiya

Yadro sintezi yopiq reaktorda quyoshning ulkan energiyasidan foydalanish evaziga erishilsa, katta foydalarga ega bo‘lish imkonini beradi. Bu insoniyatga toza, arzon va xavfsiz energiya taqdim qilardi va u zamonaviy qayta tikanuvchi texnologiyalar erishishi mumkin bo‘lgan barcha natijalardan ko‘ra yuqoriroq bo‘lardi. Biroq bu yangi ilm emas va mana yarim asrdan buyon, unga erishishga «bor-yo‘g‘i 20 yil» qolmoqda.

Ammo bu sohada tadqiqotlar – moliyalash ham – keyingi bir-ikki yilda shunchalik keskin o‘sdiki, jamoalar reaktorlarda tobora davomiyroq va uzoqroq barqaror plazma reaksiyalariga erishmoqdalar. Boshqa jamoalar ularni yanada rentabelli qilish yo‘lini topdilar va oddiy metallni qo‘shish bu rivojlanishda hal qiluvchi rolga ega bo‘lishini aniqladilar.

Qora materiya sohasidagi tadqiqotlar

Ayrim galaktikalarda qora materiyaning mavjud emasligini ko‘tariluvchan parchalanish effekti bilan tushuntirish mumkin: qo‘shni zalvorli galaktikaning gravitatsion kuchlari kichik galaktikani tom ma’noda parchalab tashlaydi.

Tadqiqotchilar xalqaro guruhi NASA / yeKA Xabbl kosmik teleskopi va bir qancha boshqa rasadxonalar yordamida bizning fazoviy hududimizda birinchi marta qora materiyaning katta qismi mavjud bo‘lmagan galaktikani aniqladi. NGC 1052-DF2 galaktikasining kashf etilishi astronomlar uchun kutilmagan hodisa bo‘ldi, chunki qora materiya galaktikalar tashkil topishi va evolyusiyasining zamonaviy modellarida asosiy tarkibiy qism sanaladi. Amalda, qora materiya bo‘lmasa, birlamchi gaz kollaps va yangi galaktikalar tashkil topishini boshlash uchun yetarlicha gravitatsion tortish kuchiga ega bo‘lmagan bo‘lardi. Bir yil o‘tgach, NGC 1052-DF4 – qora materiya mavjud bo‘lmagan yana bir galaktika aniqlandi, bu astronomlar o‘rtasida ushbu ob’ektlar tabiati borasida keskin bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.

Endi Xabbl teleskopining yangi ma’umotlari bizdan 45 million yorug‘lik yili narida joylashgan NGC 1052-DF4dagi qora materiya yo‘qolishi sabablarini tushuntirishga ishlatildi. Avstraliyadagi Yangi Janubiy Uels universitetidan Mireyya Montes chuqur optik tasvirlar yordamida galaktikalarni o‘rganish uchun astronomlar xalqaro guruhiga rahbarlik qildi. Ular qora materiyaning yo‘qolishini ko‘tariluvchan parchalanish effekti bilan izohlash mumkinligini aniqladilar. Qo‘shni NGC 1035 zalvorli galaktikasining gravitatsiya kuchlari NGC 1052-DF4ni bo‘laklarga bo‘lib yuboradi. Bu jarayon davomida, yulduzlarga boshqa galaktika ta’sir ko‘rsatishining keyingi bosqichlarida, qora materiya yo‘qoladi.

O‘zbekiston Respublikasida 2020 yil Ilm-fan, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb e’lon qilindi. Natijada bu yil O‘zbekiston olimlari uchun nihoyatda sermahsul bo‘ldi. Sci-Val  plaftormasinng oxirgi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda 2587 ta ilmiy tadqiqot chop etilgan, bu 2019 yilga qaraganda 73%ga ko‘pdir. Keyingi 5 yil ichida O‘zbekistonda 8741 nafar muallifning 6400 ta ilmiy tadqiqoti chop etilgan. Natijada bu tadqiqotlar 16045 ta iqtibosni yuzaga keltirgan, bu 1 ta maqolaga 2,5 ta iqtibosni tashkil qiladi. Eng ko‘p chop etilgan mavzular adabiyot, suv resurslarini boshqarish, yadro fizikasi, astronomiya va quyosh energetikasi bo‘ldi.

 

 

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *