Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti 1992 yil 23 sentyabrda tashkil etilgan va O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi tizimiga kiradi.

Quyidagi yo‘nalishlarda mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni, fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlarni yuqori saviyada amalga oshirishni ta’minlovchi oliy ta’lim muassasasi sanaladi:

  • xalqaro iqtisodiyot va menejment;
  • xalqaro munosabatlar va siyosiy ilmlar;
  • xalqaro ommaviy va xususiy huquq;
  • gidlik ko‘magi va tarjima faoliyati.

Hozirda JIDUda 3 ta fakul’tet mavjud:

  • Xalqaro aloqalar;
  • Xalqaro iqtisodiyot va menejment;
  • Xalqaro huquq.

 

15ta kafedra:

  • ingliz tili kafedrasi;
  • roman-german tillari kafedrasi;
  • sharq tillari kafedrasi;
  • o‘zbek va rus tillari kafedrasi;
  • xalqaro munosabatlar kafedrasi;
  • ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi;
  • jahon iqtisodiyoti kafedrasi;
  • jahon moliyasi va investisiyalar kafedrasi;
  • iqtisodiy nazariya kafedrasi;
  • matematik modellashtirish va axborot texnologiyalari kafedrasi;
  • xalqaro xususiy huquq va fuqarolik-huquqiy fanlar kafedrasi;
  • xalqaro ommaviy huquq va davlat-huquq fanlari kafedrasi;
  • xalqaro muammolarning amaliy tahlili kafedrasi;
  • tizimli tahlil va menejment kafedrasi;
  • siyosatshunoslik kafedrasi.

Universitet tuzilmasida quyidagilar faoliyat yuritadi:

  • Oliy diplomatiya maktabi;
  • Xalqaro iqtisodiy va siyosiy tadqiqotlar markazi;
  • Xalqaro huquqiy tadqiqotlar va qiyosiy ommaviy huquq markazi;
  • JIDU akademik liseyi;
  • Mirzo Ulug‘bek nomidagi Toshkent xalqaro maktabi;
  • “Dipnihol” maktabgacha ta’lim muassasasi.

 

Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari:

Ilg‘or chet el tajribasi, jumladan zamonaviy innovasion, pedagogik texnologiyalar va ilmiy ishlanmalardan foydalanish asosida respublika tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyati sohasida xalqaro ahvol bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashning yuqori sifatini, ushbu yo‘nalishda mamlakatdagi ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini samarali muvofiqlashtirishni ta’minlash;

Talabalarning mustaqil tayyorlanishini chuqurlashtirishni ta’minlashga qaratilgan o‘quv rejalari va dasturlarining amaliy mazmunini, ta’lim jarayonining amaliy yo‘nalganligini kuchaytirish, ularda analitik tafakkur, barqaror professional ko‘nikmalar, yuksak ma’naviy-ma’rifiy va vatanparvarlik sifatlarini shakllantirish va rivojlantirish;

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va boshqa soha vazirlariklari hamda idoralarining muntazam yangilanuvchi istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadlarida xalqaro ahvol bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ta’sirchan tizimini yaratish;

Xalqaro munosabatlarni rivojlantirishning prognoz baholari va istiqbollarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlarning, chet ellik hamkorlar bilan hamkorlikning, mamlakat tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyati samaradorligini tubdan oshirish;

xalqaro munosabatlarning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash;

zamonaviy uslublar va vositalardan foydalangan holda oliy va yuqori miqyosdagi rasmiy tadbirlar va chet el delegasiyalariga xizmat ko‘rsatishni ta’minlashga yo‘naltirilgan yuqori malakali professional tarjimonlar va gidlarni o‘qitishni tashkil qilish.

Ta’lim.

Universitetda taqriban 1400 nafar talaba tahsil oladi (magistratura va bakalavriat), ulardan 27 nafari Kanada, Yaponiya, Xitoy. Koreya, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston, afg‘onistonlik talabalardir.

Universitetning prfoessor-o‘qituvchilar tarkibi 160 nafarni tashkil qilib, ulardan 17 nafari professor, 18 nafari fan doktori va 52 nafari fan nomzodidir.

O‘quv jarayoniga doimiy asosda Buyuk Britaniya, Yaponiya, Koreya, Pol’sha yetakchi o‘quv muassasalaridan chet ellik professorlar taklif etilgan. Visiting professor sifatida Germaniya, AQSh, Ispaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Slovakiya va boshqa mamlakatlar yirik OTMlari vakillari ma’ruzalar qiladilar.

Universitet bakalavriati yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qish muddati 4 yilni tashkil qiladi.

Universitet bakalavriati barcha yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qishga qabul chet tili, matematika/tarix, ona tili va adabiyot bo‘yicha davlat test sinovlari yakunlariga ko‘ra amalga oshiriladi.

Universitet magistraturasi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qish davomiyligi ishdan ajralgan holda o‘quvchilar uchun bir yilni va ishdan ajralmagan holda o‘quvchilar uchun ikki yilni tashkil qiladi.

Magistraturaga qabul belgilangan tartibda ixtisoslik bo‘yicha yozma imtihonlar va chet tili bo‘yicha imtihon topshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Doktorantura

Universitetda doktorantura tarzida va mustaqil tadqiqotchi tarzida quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash amalga oshirilmoqda:

  • 07.00.05 – Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat;
  • 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, global va mintaqaviy rivojlanishning siyosiy muammolari;
  • 08.00.09 – Jahon iqtisodiyoti;
  • 08.00.13 – Menejment;
  • 12.00.10 – Xalqaro huquq;
  • 12.00.03 – Fuqarolik huquqi; tadbirkorlik huquqi; oilaviy huquq; xalqaro xususiy huquq.

Universitetda mamlakatda xalqaro munosabatlar, xalqaro huquq va jahon iqtisodiyoti kabi tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilgan 4 ta xalqaro va 6 ta davlat granti ishlab turibdi.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti hamkor-universitetlar bilan 24 ta memorandum, 22 ta kelishuv, 12 ta shartnoma va 2 ta bayonnoma imzolab, 60 dan ziyod chet el universitetlari bilan hamkorlik munosabatlarini o‘rnatgan.

JIDU hamkorlari sirasida:

  • Aju universiteti, Xanguk chet tillar universiteti, KOICA Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (Koreya);
  • Sukuba universiteti, Nagoya universiteti, JICA Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (Yaponiya);
  • Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO), N.A. Dobrolyubov nomidagi Nijegorod davlat lingvistika universiteti (Rossiya);
  • Sharq tillari va sivilizasiyalari milliy instituti (INALCO), Oliy tarjimonlar maktabi (Fransiya);
  • Janubiy Al’berta texnologiya instituti, Condor Petroleum Inc (Kanada);
  • Javoharla’l Neru universiteti (Hindiston);
  • Kastil’ya-La-Mancha universiteti, San Pablo universiteti (Ispaniya);
  • Lund universiteti (Shvesiya);
  • USAID, Tetra Tech DPK kompaniyasi, Sirakuza universiteti (AQSh);
  • Fridrix Ebert fondi, Gyote Instituti (Germaniya);
  • Britaniya Kengashi, Lester universiteti (Buyuk Britaniya);
  • Elsevier kompaniyasi (Niderlandiya);
  • Shanghai Sister High-level Universities, Xalqaro biznes va iqtisodiyot universiteti (Xitoy);
  • va ko‘plab boshqa muassasalar.

Yevropadagi to‘rtta OTM: Kastiliya-La Manch universiteti (Ispaniya); Lund universiteti (Shvesiya); Padova universiteti (Italiya); I.Kuza nomidagi Yass universiteti (Ruminiya) bilan akademik almashinuvni kengaytirishga qaratilgan “Erasmus+” ta’lim loyihalari yo‘nalishi bo‘yicha faol hamkorlik olib borilmoqda. Shuning asosida ko‘plab JIDU talabalari hamkor OTMlarda o‘qish imkoniga ega bo‘ldilar, chet el OTMlari talabalari JIDUda o‘qib, almashinuv dasturlarida qatnasha oldilar.

JIDU talabalari har yili O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) kabi nufuzli davlat idoralarida, shuningdek mamlakatning xorijdagi elchixonalarida stajirovka o‘taydilar.

Bugungi kunda universitet bitiruvchilari ko‘plab vazirliklar, elchixonalar va xalqaro tashkilotlarda ishlaydilar. Ular elchi, konsul, vazir o‘rinbosari, deputat, hokim, siyosatshunoslik, iqtisodiyot va huquq sohasidagi ko‘zga ko‘ringan olim, turli tashkilotlar va tuzilmalar rahbarlari, shuningdek yirik xorijiy kompaniyalar va agentliklar xodimlari bo‘lib faoliyat yuritmoqdalar.

2015 yilda JIDU bitiruvchilari uyushmasi tashkil etilgan, u JIDU, uning hozirgi va bo‘lajak bitiruvchilari manfaatlari uchun doimiy aloqa, hamkorlik va sheriklikni tashkil etish, muvofiqlashtirish va qo‘llab-quvvatlashda bitiruvchilar hamda universitetni bog‘lovchi ko‘prik bo‘ldi.

Uyushmaning asosiy maqsadlari: bitiruvchilar va JIDU o‘rtasida muntazam aloqani ushlab turish; ta’lim muhitini yaxshilash uchun uchun moliyaviy, maslahat, texnik va boshqa ko‘rinishdagi qo‘llab-quvvatlashni tashkil qilish; bo‘lajak universitet bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish; turli avlodga mansub bitiruvchilarning JIDUga tashrif buyurishlariga, yig‘ilishlari va har yilgi bitiruvchilar uchrashuvlari va boshqa tadbirlarni tashkil etish orqali o‘zaro aloqani ushlab turishlari imkoniyatini taqdim etish.

 

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *