Doktor Karan Xuranа – moda biznesi sohasidagi pedagog bo‘lib, Hindiston, Efiopiya, Belgiya, O‘zbekiston va AQShda o‘n yildan ziyod mehnat tajribasiga ega. U menejment (Hindistonda brend muvaffaqiyatsizligida iste’molchilar o‘zlarini qanday tutishlari) bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi va Italiyada moda marketingi hamda chakana menejment sohasida magistr darajasini egalladi. Doktor Karan to‘qimachilik va tikuvchilik tarmoqlarida qiymat hosil qilish zanjirida barqaror rivojlanish, kichik va o‘rta korxonalar (KO‘K) uchun biznesni rivojlantirish strategiyalari va madaniy boshqaruv, ijtimoiy tadbirkorlik, o‘qitish uslublari va ta’limni boshqarish sohasida tadqiqotlar bilan shug‘ullanadi. U butun dunyo bo‘ylab ko‘p sonli magistrlar va balakavr-talabalarga ustozlik qildi.
Ilmiy jurnallarda uning biznes va menejment sohasiga bag‘ishlangan qator maqolalari chop etilgan, shuningdek u turli moda va to‘qimachilikka oid jurnallar taqrizchisi sanaladi. Ta’lim sohasidagi tajribasi qatorida, u dizayn yaratish hamda moda va to‘qimachilik tarmog‘idagi ilg‘or amaliyotni o‘rgatish orqali industriyaga o‘z hissasini qo‘shib keladi.

 

Maqolalar: “Mahalliy moda industriyasi: O‘zbekiston kichik va o‘rta biznes tarmog‘idagi ochilmagan qo‘riq”

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *