Komplaens, tashkilotning huquq va obro‘ masalalari borasidagi xatarlarni samarali boshqarish tizimi sifatida, aksariyat hollarda tashkilotning ixtiyoriy tanlovi bo‘ladi. Kompaniya o‘z ixtiyoriga ko‘ra bunday tizimni tuzishi mumkin. Shunga qaramay, samarali komplaens tizimini joriy etish uchun, shunday tizim tarkibiy qismlari yuzasidan bir xil qoidalarni o‘z ichiga olgan tavsiyalar va yo‘llanmalar ishlab chiqilgan, deydi sotsiologiya fanlari nomzodi, Int. Dip. (Comp.), Russian Business Ethics Networkning telekom-axloq bo‘yicha direktori Svetlana Snejko.

 

Kompaniyalar rioya etishi kerak bo‘lgan muayyan talablar mavjud, aniqrog‘i, qonunchilik me’yorlarini buzmaslik kerak. Aynan qonunchilik talablariga rioya etish uchun ham komplaens joriy etiladi. Biroq, tashkilotda komplaensning mavjudligi borasidagi majburiyatlar faqat ayrim sohalarda belgilangan bo‘lib, bu talablar o‘ziga xosdir. Gap, masalan, moliya yoki bank tarmog‘iga oid komplaensni tartibga solish haqida bormoqda.

242-N nizomi kredit tashkilotlari va bank guruhlarida ichki nazorat xizmati mavjudligini, shuningdek u bajarishi lozim bo‘lgan, komplaens-xatarni aniqlash va boshqa aniq fuknsiyalarni nazarda tutadi. Bu yerda NFT/TM/OQQTF bo‘yicha komplaens-yo‘nalishlarni ham tilga olish o‘rinli, ular ham 115-FQ bilan tartibga solinadi. Shu bilan birga, hatto 242-Nda ham funksiyalar ro‘yxati ochiq qolgan. Boz ustiga, komplaensning klassik tizimi alohida ajratilgan funksiyalar mavjudligini ko‘zda tutibgina qolmay, misol uchun, yuqoridan qo‘llab-quvvatlash va komplaens madaniyatini shakllantirishda rahbariyatning rolini ham nazarda tutadi.

Korrupsiyaga qarshi kurash va monopoliyaga qarshi komplaens kabi an’anaviy komplaens-dasturlar haqida aytish kerakki, qonun jihatdan tashkilot aynan nimalarni tatbiq etishi kerakligi belgilab qo‘yilmagan. 273-FQ har qanday tashkilotlarni korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha choralar ko‘rish majburiyatini ko‘zda tutsa-da, choralarning o‘zlari tashkilot ixtiyorida qoladi. Xuddi shuningdek, “Raqobatni himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar uni “monopoliyaga qarshi kurashish qonunchiligi talablariga muvofiq kelishni ta’minlash ichki tizimini tashkil etish” bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar majburiyatlari emas, balki huquqlari bilan to‘ldirdi, unda anchayin keng ko‘lamli choralar ro‘yxati berilgan.

Qonunchilik doirasidagi alohida talablarga qaramay, har qanday to‘laqonli komplaens-dastur muayyan qurilish tamoyilariga muvofiq kelishi va komplaens tizimining uzviy tarkibiy qismlari hisoblanuvchi unsurlarni o‘z ichiga olishi kerak.

Xalqaro tartibga soluvchilar, ekspertlar va konsultantlar tomonidan samarali deb hisoblanuvchi komplaens tizimini qurishga yondashuv turli tavsiyalar va qo‘llanmalarda bayon etilgan. Bu hujjatlarning barchalarida komplaens tizimining ko‘p takrorlanuvchi, bir xil asosiy unsurlari keltiriladi, ularga quyidagilar kiradi:

yuqoridan qo‘llab-quvvatlash,
xodimlarni o‘qitish,
siyosatlar va taomillar,
xatarlarni baholash,
xatarlarni baholash,
uchinchi shaxslar bilan o‘zaro munosabatlar,
komplaens-monitoring,
komplaens-auditlar,
qoidabuzarliklar to‘g‘risida xabarlar kanali mavjudligi (“Tezkor liniya”),
tekshiruv.

Qaysidir manbalarda ular umumlashtirilgan, qaerdadir batafsilroq berilgan. Kompaniyalar komplaens-tizimlarni joriy etishda ularga tayanishi mumkin. Ammo ular, to‘laqonli komplaens tizimi joriy etilganiga o‘zlari amin bo‘lishlari va doirasi tobora kengayib borayotgan manfaatdor shaxslarni ishontirishlari uchun komplaens tizimini qurishdagi umume’tirof etilgan va vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan me’yor va amaliyotni mustahkamlovchi etalon zarur. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti ishlab chiqqan ISO19600:2014 yoki ISO37001:2016 standartlari mana shunday tayanch bo‘la oladi.

ISO19600 standarti istalgan yo‘nalishda komplaens-tizimlar qurishga mo‘ljallangan. ISO37001 standarti korrupsiyaga qarshi dastur qismidagi talablarni hisobga olgan holda komplaens tizimini qurishga qaratilgan o‘sha umumiy yondashuvni mustahkamlaydi. Korrupsiyaga qarshi kurashish standarti Xalqaro savdo palatasi (ICC), Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Transparency International va boshqa xalqaro tashkilotlar kodekslari asosida ishlab chiqilgan. Ikkala standart, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini, jumladan, xorijiy korrupsiyaga qarshi qonunlar (UK BA, FCPA) talablari va AQSh Adliya vazirligi hamda Buyuk Britaniya Adliya vazirligi kabi yetakchi milliy tartibga soluvchilar tavsiyalarini ham o‘z ichiga oladi.

Komplaens-standart bo‘yicha sertifikatlashdan kim o‘tgan

Rossiyada hozircha ISO19600 standarti bo‘yicha sertifikatlashdan o‘tgan kompaniyalar ko‘p emas. Ularga yirik biznes kompaniyalari, masalan, MTS, Sberbank, Sibur, Aton, SUEK kiradi. ISO37001 standarti bo‘yicha esa, Rossiya biznesidagi sertifikatlash amaliyoti yanada siyrak. ISO standartlariga muvofiq korrupsiyaga qarshi komplaens-dasturlarini tasdiqlagan kompaniyalar buni ISO19600ga muvofiqlikni baholash bilan birga amalga oshirganlar. Poraxo‘rlikka qarshi kurashish menejmenti tizimlari sohasidagi standart bo‘yicha alohida sertifikatsiyadan o‘tgan kompaniyalar amalda sanoqlidir. Jumladan, bu Softline kompaniyasi sanaladi. Shuningdek, hozirda “VimpelKom” kompaniyasi sertifikatsiyaga tayyorlanmoqda.

Komplaens-standarti bo‘yicha sertifikatsiya tobora talabgir bo‘lib bormoqda, qator kompaniyalar muvofiqlikka tayyorgarlik jarayonida yoki baholash bosqichida. Ularga TMK (Quvur metallurgiya kompaniyasi) va “Severstal” kiradi.

Bu yil RSTI Rossiya biznesidagi birinchi, kompaniyalar korrupsiyaga qarshi siyosatlarining samaradorligini baholovchi Korrupsiyaga qarshi kurash reytingi tuzilishi haqida e’lon qidli. Yaqinda Rossiya biznesi korrupsiyaga qarshi kurash xartiyasi mezonlari va ISO37001 xalqaro standartiga asoslangan mustaqil ekspertiza natijalari e’lon qilindi. RSTI rossiyalik kompaniyalar korrupsiyaga qarshi kurash tizimlarini baholashda standartga rioya etgan bo‘lishiga qaramay, reyting sertifikatsiya va standartga muvofiqlikning tasdig‘i sanalmaydi. Shuningdek, ayrim kompaniyalarni baholash sirtqi, ya’ni tashqi manbalar, asosan ushbu kompaniyalar saytlarida bo‘lgan axborot asosidagina o‘tkazilgan.

Standart 2016 yilda chiqarilgan bo‘lishiga qaramay, dunyoda 37001 bo‘yicha sertifikatlash amaliyoti unchalik keng tarqalmagan (1- rasmga qarang). Bizda mavjud axborotga ko‘ra, yirik yevropa kompaniyalaridan o‘z korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlarining muvofiqligini Italiyaning Vodafon (Vodafon Italia S.p.a.) kompaniyasi, Telekom Albania Sh.A., Volvo Car Germany GMBH, shuningdek jahon bozorida unchalik mashhur bo‘lmagan mahalliy italyan kompaniyalari, jumladan yirik fransuz kabel-sim mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi xoldingiga kiruvchi Nexans Italia SPA tasdiqlagan. Koreyaning Daewoo Engineering&Construction kompaniyasi, Ekvadorning eng yirik Bancodel Pacifico S.A. banki, ayrim Xitoy kompaniyalari, Singapurdagi logistika kompaniyasi ham o‘z korrupsiyaga qarshi kurash menejment tizimlarining ISO standartiga muvofiqligini tasdiqladilar.

Sertifikatlashni kim o‘tkaza oladi?

Kompaniyalar orasida va professional doiralarda ISO19600:2014 va ISO37001:2016 standartlari bo‘yicha sertifikatlashni o‘tkazish vakolati kimda mavjudligi to‘g‘risida muhokamalar yuzaga keladi. Sertifikatsiya organi qanday akkreditatsiyadan o‘tgan bo‘lishi kerak? Federal vakolatli organ akkreditatsiyasi mavjudligi talab qilinadimi? Rossiyada muvofiqlikni baholash bo‘yicha milliy standart mavjud (GOST R ISO/MEK 17021-1-2017), u menejment tizimlari auditi va sertifikatsiyasini o‘tkazuvchi organlarga talablarni belgilaydi.

Unda menejmentning quyidagi tizimlari ko‘rsatilgan: ekologik menejment tizimlari (GOST R ISO 14001-2016), sifat menejmenti tizimlari (GOST R ISO 9001-2015) va axborot xavfsizligi menejmenti tizimlari (GOST R ISO/MEK 27001-2006) ya’ni, ular GOST taqdim etilganlardir. ISO19600, shuningdek ISO37001ga ham, hozircha GOST maqomi berilmagan. Sertifikatsiya ixtiyoriy bo‘lgani sababli, kompaniya sertifikatlashtiruvchi organni uning obro‘si va akkreditatsiyasiga qarab, o‘zi kimga ko‘proq ishonishidan kelib chiqib tanlashi mumkin.

Akkreditatsiya sertfikatsiyalash organi tegishli salohiyatga va xolislikka ega ekanligining kafolati bo‘ladi. Sertifikatlashning bir necha darajalari mavjud: xalqaro, milliy, mintaqaviy, tarmoq. Eng yuqori ishonchlilik darajasi xalqaro akkreditatsiyada bo‘lib, u akkreditatsiya natijalarining turli mamlakatlar milliy tizimlarida e’tirof etilishini anglatadi. Akkreditatsiya bo‘yicha xalqaro darajaga ega eng mashhur tashkilot Akkreditatsiya xalqaro forumi sanaladi: (IAF – International Accreditation Forum), u akkreditatsiya organlari, sertifikatlash organlari va turli sohalar, jumladan menejment, mahsulot va xodimlar tizimlarida muvofiqlikni baholash bilan shug‘ullanuvchi boshqa tashkilotlarning global assotsiatsiyasi sanaladi. Agar kompaniya xalqaro bozorlarda ishlaydigan bo‘lsa, IAFga kiruvchi sertifikatlash organi ham xorijiy sheriklar uchun yuqori ishonchlilik darajasiga ega bo‘ladi.

 

ISO37001:2016 bo‘yicha sertifikatlash geografiyasi

Komplaens-standart bo‘yicha sertifikatlash kompaniyalarga qanday afzallik beradi?

Bugungi kunda nafaqat xalqaro, balki rossiyalik kompaniyalarning ham o‘z amaliy hamkorlariga talablari qat’iylashmoqda. Kontragentlar ishonchli ekaniga va ularning vijdoniyligiga alohida e’tibor berilmoqda. Bunda yirik biznes kompaniyalarni qoidabuzarlik va javobgarlikka tortilish faktlari yuzasidan baholabgina qolmay, ular bunday holatlarning oldini olish uchun nima qilayotganliklariga ham qaramoqda. Xalqaro bozorda ishlaydigan yoki unga chiqishni istaydigan kompaniyalar uchun jumladan korupsiyaga qarshi qo‘llaniluvchi qonunchilikka rioya etishning ochiq bayonotigina emas, balki, rasmiy, ishonchli tasdiq ham talab etiladi. Eslatib o‘tamiz, korrupsiyaga qarshi kurashish barqaror yetkazib berishlar zanjirini qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘plab xalqaro kompaniyalar rioya etadigan BMT Global shartnomasining 10 ta tamoyilidan biri sanaladi.

Shu tariqa, standartga va sertifikatsiyaga tayanish kompaniyalarga: sifatli va samarali komplaens tizimining isbotini, axloq borasidagi yetakchi rolni, kontragentlar va manfaatli shaxslar kutilmalariga muvofiq keluvchi ishonchli amaliy hamkor obro‘sini ta’minlaydi.

Korrupsiyaga qarshi qonunchilikning izchil rivojlanishi, shuningdek boshqa, masalan, sanksiyaviy talablar va cheklovlar bilan bog‘liq sohalardagi o‘zgarishlar inobatidan, global miqyosda komplaens-tizimlar standartizatsiyasi va sertifikatsiyasi kompaniyalar uchun yanada dolzarb bo‘lishi va nafaqat yirik biznesni, balki o‘rta va kichik biznesni ham qamrab olishini prognozlash mumkin.

 

Svetlana Snejko, sotsiologiya fanlari nomzodi, Int. Dip. (Comp.), Russian Business Ethics Networkning telekom-axloq bo‘yicha direktori

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *