Koreyada 99,99 foiz samarali dengiz suvini chuchuklashtirish texnologiyasi ishlab chiqildi
Koreya fuqarolik qurilishi va qurilish texnologiyalari instituti (KICT) tadqiqotchilari jamoasi membranani elektr spinning jarayoni yordamida takomillashtirdilar. Unda zaryadlangan nanotolalar 3D-printerlar ekstruderlari tirqishlaridan elektr kuchi hisobiga tortiladi. Olimlar “koaksial elektr spinning”dan foydalandilar, unda ikkita turli material – polimer PVDF-HFP va kremniyli aerogel’ uch o‘lchamli bosma jarayonida aralashtiriladi.
G‘adir-budur yuza suvni qochiradi, bunda aerogel’, issiqlik izolyator funksiyasini bajarib, issiq suvni ushlab qoladi va sovuq suvning qizishiga to‘sqinlik qiladi. Bug‘ bosimida ro‘y bergan farq membranani samaraliroq ishlashga majbur qiladi.
30 kunlik test sinovlari davomida yangi membrana 99,99% tuzni fil’trladi, bu tinimsiz 50 soat ishlagandan keyin ishdan chiquvchi an’anaviy nanotolali membranalardan samaraliroqdir.
