Tuychiev Laziz Nadirovich
1993 yil Toshkent davlat tibbiyot institutini bitirgan. 1993-1995 yy. – Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti yuqumli kasalliklar kafedrasi klinik ordinaturasini o‘tgan. 1995-1998 yy. – Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti yuqumli kasalliklar kafedrasi aspiranti bo‘ldi. 1998-2000 yy. –shu kafedrada assistent lavozimida ishlagan. 2003 yilda doktoranturani tugatgach, kafedrada assistent, 2004 yildan boshlab dotsent lavozimida faoliyat ko‘rsatdi. 2006 yildan boshlab professor, 2013 yildan xozirgi vaqtgacha kafedra mudiri lavozimida ishlamoqda. 2010-2012. yy.-Sog‘liqni saqlash vazirligi sanitariya-epidemiologiya nazorati bosh boshqarmasi boshlig‘i, 2012-2014yy-O‘zbekiston Respublikasi epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti direktori, 2014-2016yy-O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, 2016y – x.v.-Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori lavozimida ish olib bormoqda.
1998 yilda nomzodlik, 2006 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Umumiy ish faoliyati 27 yil, kafedra mudiri lavozimidagi ish faoliyati 7 yil.
Tuychiev Laziz Nodirovich tomonidan bir qator ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar chop etilgan, xususan 155 ta ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar, bulapdan 73 ta ilmiy maqola, 63 ta tezis (jumladan nufuzli xorijiy jurnallarda 11 ta, 47 ta tezis), 2 ta elektron dastur, 14 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 3 ta darslik va 2 ta monografiyalardir.
Uning taklifi bilan talabalarni fanlardan kafedra rasmiy sayti orqali on-layn testdan o‘tkazish tatbiq etilgan. YuNISeF taklif etgan dasturiga asosan OIV-infeksiyasi (odam immun tanqislik virusi) bo‘yicha talabalarning mustaqil tayyorgarlik tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Hozirda O‘zbekistonda o‘tkir ichak infeksiyalari tuzilmasida rotavirusning, ya’ni og‘iz orqali yuqadigan ichak infeksiyasi etiologik o‘rnini, ya’ni sababini o‘rganmoqda. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida rotavirusli infeksiyaga qarshi emlash asoslab berildi, hamda O‘zbekistonda 2014 yildan boshlab milliy emlash kalendariga kiritildi.
Pnevmokokk infeksiyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida mazkur infeksiyaga qarshi emlash asoslab berildi, hamda O‘zbekistonda 2015 yilning noyabr oyidan boshlab milliy emlash kalendariga kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi emlash bo‘yicha milliy ekspertlar guruhi a’zosi. “Infeksion patologiyani o‘rganish sohasi bo‘yicha klinik tekshirishlar o‘tkazish” yo‘nalishining JSST koordinatori. TTAni Ilmiy Kengashining (DSc.27.06.2017.Tib.30.02) raisi.
Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan murakkab va sinovli kunlarda hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yib, mavjud xatarlarga qarshi kurashish, infeksiya keng tarqalishining oldini olish, yurtimizda sanitar-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi, o‘zining matonati, bilim va salohiyati, professional mahoratini namoyon etib, aholi salomatligini muhofaza qilish, bemorlar hayotini asrash, ularga yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish borasidagi alohida xizmatlari, shuningdek, o‘z burchi va qasamyodiga sodiq qolib, zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish yo‘lidagi ulkan jasorati va fidoyiligi uchun Tuychiev L.N. «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlandi (2020 y.).
Yaxshi ko‘rgan filmlari: «Влюбленные» (1969), «В бой идут одни старики» (1974)
Kitoblar: Gabriel Garsia Markes «Сто лет одиночества», Yuval Noy Xarari «Sapiens. Краткая история человечества».
QVANT tahririyati