Maqolaga bulgan talablar
“QVANT” ilmiy-ommabop amaliy jurnali
“QVANT” jurnali tahririyati Sizlarni jurnal sahifalarida maqolalar chop etishga taklif qiladi.
Muassislar / Noshirlar:
«ООО «USMC CONSULT»
Chiqa boshlagan sanasi: 2019 yil iyul.
Davriylik: 2019 y. – yillik, 2020 y.dan – bir yilda to‘rtta son.
№ 1024 ot 28.05.2019 y.dagi 1024-son OAVning ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida guvohnoma
ISSN 2181-1164.
Maqolalar va tadqiqotlar ochiq tanishish uchun jurnal saytida taqdim etilgan: http://qvant.uz
Maqolalarni qabul qilish shartlari va tartibi.
- Tahririyat chop etish uchun o‘zbek va rus tillarida ilmiy-ommabop maqolalarni qabul qiladi. Chop etiladigan materiallar taqrizga ega bo‘lishi, maqolaga ingliz tilida annotasiya bo‘lishi majburiydir.
- Chop etiladigan ilmiy maqola quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- o‘zbek, ingliz va rus tillarida qisqacha annotasiya mavjud bo‘lishi, kalit so‘zlar va iboralar keltirilishi;
- foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltirilishi;
- ilmiy maqolaning hajmi 0,25 bosma toboqdan kam bo‘lmasligi;
- ilmiy maqolada maqsad aniq belgilanishi; materialning nazariy-uslubiy va uslubiy izchilligi ta’minlanishi; manbalar ishonchli bo‘lishi; muammo, xulosa, taklif va tavsiyalar yetarlicha asoslanishi;
- har bir maqolaga, u qaysi fan yo‘nalishiga oid bo‘lsa, o‘sha soha dosenti, fan doktori tomonidan taqriz berilishi lozim.
Qo‘lyozmalar chop etilishi uchun to‘lov olinmaydi. Taqriz qilinadigan maqolalar mualliflari uchun qalam haqi to‘lanmaydi. Maqolalar chop etilishi muddatini tezlashtirish ko‘zda tutilmagan.
Tadqiqotchilar, mualliflar, muharrirlar, taqrizchilar va noshirlar maqolalarga va ilmiy tadqiqot natijalarini tarqatishga nisbatan axloqiy majburiyatga egadirlar.
Mualliflar bilan o‘zaro hamkorlik adolat, xushmuomalalilik, xolislik, haqqoniylik va shaffoflikka asoslanadi.
Maqolalar quyidagi mezonlar bo‘yicha baholanadi: originallik, ilmiy dolzarblik, tanlangan tadqiqot uslublarining relevantligi, tadqiqot natijalari interpretatsiyasi, bibliografiya.
Jurnalda chop etish uchun o‘z maqolalarini taqdim etayotgan mualliflar maqolalarning original ekanligini (shu ko‘rinishida yoki mazmunan o‘xshash ko‘rinishda avval boshqa nashrlarda chop etilmaganligini), boshqa nashrlar tahririyatlarida ko‘rib chiqilmayotganligini va mualliflik huquqlari va ko‘rilayotgan maqolalarning chop etilishi bilan bog‘liq har qanday ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi hal etilganligini kafolatlaydilar.
Faqat maqolani yozishda, konsepsiyasini ishlab chiqishda, ilmiy dizaynida, material to‘plash, tahlil qilish va interpretatsiyasida salmoqli darajada qatnashgan shaxsgina muallif sanaladi; chop etish uchun barcha mualliflarning roziligi shart. Barcha hammualliflar ushbu mezonlarga muvofiq kelishi kerak.
Muallif nomi ostida maqola chop etilishi mualliflik huquqi yuzaga kelishini anglatadi. Muallif bilan kelishilmagan matnning chop etilishi, shuning barobarida hammuassislar safiga begona shaxslarni kiritish ham, mualliflik huquqining buzilishi hisoblanadi.
Ilmiy muharrirlarning burchi: mualliflar, taqrizchilar yoki ilmiy matnlar ishlab chiqarilishi jarayoniga qo‘shilgan boshqa sub’ektlar o‘zlarini axloqqa zid tutishlarining oldini olish, shuningdek haqqoniylikka zid maqolalarning ilmiy muhitdan chiqarib tashlanishini ta’minlash, axloq bo‘yicha kengash va ilmiy assotsiatsiyalar bilan hamkorlik qilish.
Muharrirlar mualliflarni sanoat va moliya tashkilotlari bilan, manfaatlar to‘qnashuviga olib kelishi mumkin bo‘lgan munosabatlarini oshkor etishga chaqiradilar. Maqola mualliflari barcha moliyalash manbalarini ko‘rsatishlari kerak. Agar maqola biror tashkilot tomonidan moliyalashtirilgan ilmiy tadqiqot doirasida tayyorlangan bo‘lsa, mualliflar tegishli ilovani beradilar va moliyalash manbaini ko‘rsatadilar.
Jurnal tahririyatiga maqola berish muallifning bayon etilgan qoidalarga roziligini va maqolaning to‘lqin talqinini Internet tarmog‘iga, ijtimoiy tarmoqlarda, QVANT tahririyatining rasmiy sayti (http://qvant.uz) da ochiq tanishish uchun joylashtirishga, shuningdek ochiq nashrda shaxsiy ma’lumotlaridan foydalanishga roziligini bildiradi.
Maqolalarni qabul qilish shartlari va tartibi.
Tahririyat chop etish uchun o‘zbek va rus tillarida ilmiy-ommabop materiallarni qabul qiladi.
Ilmiy maqolalar, mustaqil ekspertiza va tahrir ijobiy natija ko‘rsatganda, jurnalning navbatdagi soniga kiritiladi. Jurnal sifatini oshirish maqsadida, tahririyatga kelib tushuvchi barcha maqolalar plagiatga tekshiriladi.
Jurnalda yuqori darajadagi ilmiy yangilik, nazariy va amaliy ahamiyati bilan ajralib turuvchi maqolalar chop etiladi. Maqolada tadqiqotning asosiy ilmiy natijalari bayon etilishi lozim. Ularning mualliflari tadqiqotchi olimlar, doktorantlar, aspirantlar, tadqiqotchilar bo‘lishlari mumkin.
Jurnal tahririyatiga mualliflar tomonidan quyidagi materiallar taqdim etiladi:
– muallifning bosh muharrir nomiga arizasi;
– maqolaning talablarga muvofiq tayyorlangan bosma talqini;
– fotosuratlar, grafikalar, jadvallar va boshqa tadqiqot axborotiga ega kompyuter fayllari komplekti.
Tahririyatga kelib tushgan materiallar ro‘yxatga olinadi va ikki hafta ichida muallifga (mualliflarga) maqola olingani to‘g‘risidagi tasdiqnoma yuboriladi.
3- band shartlariga to‘g‘ri kelmaydigan maqolalar ko‘rib chiqilmaydi.
Maqolalarni tayyorlashga talablar
Maqolaning asosiy elementlari:
Maqolaning nomi: o‘zbek va/yoki rus tilida, maqolaning mazmunini aks ettiradi, markazga tartiblangan, katta harflarda.
Mualliflarning o‘zbek va rus tillarida FIO/taxalluslari.
Tashkilotning to‘liq nomi, shahar, mamlakat, elektron manzil.
Annotatsiya (o‘zbek va ingliz, rus tillarida) – 150-250 so‘z (sahifa eni bo‘yicha tartiblangan). Tadqiqot mavzuining dolzarbligini, muammoning qo‘yilishini, tadqiqot maqsadlarini, tadqiqot uslublari, natijalar va asosiy xulosalarni o‘z ichiga olishi lozim.
Maqola matni – o‘zbek yoki rus tilida.
Foydalanilgan manbalar ro‘yxati.
Asos so‘zlar (ko‘pi bilan 15 ta so‘z va so‘z birikmasi, ular mavzu xususiyatini aks ettirishi kerak).
Qisqartmalarga yo‘l qo‘yilmaydi, transliteratsiya bo‘lmasligi lozim (atoqli otlar – mustasno), bu annotatsiya va asos so‘zlarga ham taalluqli.
Izoh: matnni o‘zbek yoki rus tiliga tarjima qilishda onlayn-tarjimonlardan foydalanish maqsadga muvofiq emas, chunki ular tarjimaning yuqori sifatda bo‘lishini ta’minlay olmaydi.
Maqola tuzilmasi. Maqola IMRAD (Introduction, Methods, Results and Discussion) formatida tuzilishi lozim:
– Kirish (Introduction) – tadqiqot mavzui dolzarbligini, tadqiqot mavzui bo‘yicha adabiyot sharhini, tadqiqot muammosining qo‘yilishini, tadqiqot maqsadlari va vazifalarini ifodalashni o‘z ichiga oladi;
– Uslublar (Materials and Methods) – maqola matni yordamida natijalarini namoyon etish imkonini beruvchi kuzatuvlar uslublari va chizmalarini tavsiflaydi. Materiallar va kuzatuv o‘tkazishning boshqa shartlarini tasvirlaydi (bu – tadqiqot uslubiyatining tavsifi va aynan u tanlanganini asoslash);
– Natijalar (Results) – o‘tkazilgan tadqiqotlar davomida olingan amaliy natijalar (test, grafikalar, diagrammalar, tenglamalar, fotosuratlar, rasmlar)ni taqdim etadi;
– Muhokama (Discussion) – tadqiqotdan olingan natijalar interpretatsiyasi, ularning tahlili va ularga sharhlardan iborat;
– Xulosa (Conclusion) – maqola bo‘limlarining, ularda keltirilgan ifodalarni takrorlamay, qisqa xulosasiga ega bo‘ladi.
Maqola matnining hajmi A4 formatdagi 10-15 sahifadan iborat, rasmlar, jadvallar va grafikalar shuning ichiga kiradi. Matn Windows uchun Word muharririda .rtf yoki .doc formatida tayyorlanadi; shrift – Times New Roman, kegl – 14, satr orasi – bir interval. Rasmlar soni – ko‘pi bilan 4 dona. Rasm ostidagi yozuvlar 12 keglda rus va ingliz tillarida yoziladi. Alohida .jpeg formatida rasmlar taqdim etiladi. Jadvallar matni rus va ingliz tillarida teriladi. Agar rasmlar va jadvallar muallifga tegishli bo‘lmasa. Albatta havola berilishi lozim.
Minnatdorchiliklar: muallif hamkasblariga ko‘maklari uchun; tadqiqotga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatilgani uchun minnatdorchilik bildirishi mumkin.
Mualliflar to‘g‘risidagi ma’lumotlar rus va ingliz tillarida beriladi: to‘liq FIO, ilmiy daraja, unvon, lavozim, ilmiy va boshqa qiziqishlar sohasi, ilmiy maqolalar soni, kontakt axboroti, o‘qish uchun tavsiya etiladigan kitoblar.
Hoshiyalar: yuqori va pastki – 2 sm; chap – 3 sm; o‘ng – 1 sm.
Maqola matni qog‘oz va elektron tashuvchilar (disk, fleshka, elektron pochta)da taqdim etiladi.
Fayllarga talablar:
Fayl nomi sifatida birinchi muallif familiyasining rus tilida yozilishi ishlatiladi (masalan: Usmanova.doc).
Illyustratsiya fayllarining nomlari ularning matndagi raqamlariga mos kelishi kerak (masalan: 1- rasm.jpeg).
Maqola va suratlarning elektron talqinini tahririyat istalgan tashuvchida qabul qiladi.
Maqolaning kam-ko‘stini to‘ldirish uchun muallifga qaytarilishi uning chop etishga qabul qilinganini anglatmaydi. Qayta ishlangan matn olingach, qo‘lyozma tahrir hay’ati tomonidan yana ko‘rib chiqiladi. Qayta ishlangan matnni muallif tahririyatga maqolaning boshlang‘ich talqini, shuningdek barcha mulohazalarga javoblar bilan qaytaradi. Tahririyat tomonidan maqolaning oxirgi varianti olingan kun maqolaning kelib tushgan sanasi deb sanaladi.
Bosh muharrir chop etish uchun maqolalarni saralash huquqiga ega.