Eng mashhur indikatorlardan biri – MACD ayrim ETFlarni xarid qilishga signal berdi. Noyabr o‘rtalariga keliboq, bu signalni kuchga kirdi deb hisoblash mumkin bo‘ladi.
ETF – bu biror-bir indeksning mutlaqo barcha aksiyalarini bir xil proporsiyada sotib oluvchi, keyin xususiy investorlarga barcha qimmatli qog‘ozlarning bir qismini bir vaqtda sotib olishni taklif qiluvchi maxsus fondlardir. Shu tariqa bir qimmatli qog‘oz narxi tushadigan bo‘lsa, boshqalarning o‘sishi orqali zararni yopish mumkin bo‘ladi. Ammo, ko‘p hollarda indekslar bir tarmoq kompaniyalaridan iborat bo‘ladi, bu esa butun tarmoq inqirozga uchraydigan bo‘lsa (masalan, pandemiya davrida kruiz yoki aviatsiya sohasi), kapitalni yo‘qotish xatarini yuzaga keltiradi.
MACD – bu trend kuchi va yo‘nalishini ko‘rsatuvchi birja indikatoridir. Uni ham boshlovchi treyderlar, ham professionallar ishlatadilar. U ko‘plab plaftormalarda standart vositalar ro‘yxatiga kiradi va interfeysda alohida darcha ko‘rinishida, gistogramma va ko‘makchi chiziq bilan birga yuzaga keladi.
Bizning holatimizda allaqachon ijobiy signal berayotgan ITF Dow Jones Industrial Average, S&P 500 i NASDAQ uchun qo‘llaniladigan indikatorlarni ko‘rib chiqamiz.
Treyderlar uchun dolzarb tavsiyalar – mavsumiy e’tibor strategiyasiga rioya etish va quyidagi barobar tortilgan aktivlarni sotib olish:
SPDR DJIA (DIA)
SPDR S&P 500 (SPY)
Invesco QQQ (QQQ)
iShares Russell 2000 (IWM)
Bugungi yopilish narxining 101 foizini xarid uchun ostona deb hisoblash mumkin.
ETFdan foydalanish asosida, maqsadlarni qulay rejalashtirish uchun, ularni portfelga 6 noyabrdagi o‘rtacha narxi bo‘yicha qo‘shish lozim. O‘rtacha narx quyi va yuqori narx yig‘indisini ikkiga bo‘lib topiladi.
Aktivlar xaridi bilan bir vaqtda, shuningdek, himoyada eng yomon ko‘rsatkichlar ko‘rsatgan aktivlarni sotish ham kerak bo‘ladi:
iShares Core US Aggregate Bond (AGG)
Vanguard Total Bond Market (BND)
Shuningdek, 9 noyabrda Pfizer kompaniyasi tomonidan koronavirusga qarshi vaksina chiqarilgani inobatidan, oltinni sotish vaqti keldi: vaksina 90%dan yuqori natija ko‘rsatmoqda, sinovlarda 43 mingdan ziyod inson qatnashdi, bu infeksiya ustidan g‘alaba qozonish va pandemiya tugashi borasida ijobiy prognozlarga ishora qilmoqda.