Mixail Shamshidov, sayohatchi va o‘taketgan oilaparvar. Toza havo, suv, tog‘larni sevadi. Eksperimentator va kashshof – yangilik kashf etadi va uni tizimli yo‘lga soladi. Shu sababli, TQXIMIda muhandislikka o‘qigan va bir nechta xalqaro kompaniyalarda barvaqt karera boshlagan bo‘lsa-da, pirovardida Mixail turizm sohasida o‘zini topdi. Va 20 yildan buyon shu sohaga sodiq qolmoqda.

Turizm – bu biznesgina emas, balki hayot tarzi hamdir. Bunda ish va dam olish, reja va tafakkur o‘rtasida aniq chegara o‘tkazib bo‘lmaydi. Aniqroq aytganda, Mixailning eng sevimli yo‘nalishi – bu turizmda marketing. Bunda “hammasi qorishib ketadi” va sening mahsuloting – bu mamlakat, iste’molching mehmon bo‘ladi. Iqtisodiyot esa taassurotlarga asoslanadi.

Amaliy nazariyotchi – uni shu ibora juda yaxshi xarakterlaydi. O‘z salohiyatini maksimal darajada ishga solish imkoniyati. 2018 yilda dunyoga kelgan UzbekStan.fun va GetGuide.uz servislari O‘zbekiston sayyohlik bozori uchun yangi servislar haqidagi gipotezalarni aprobatsiyadan o‘tkazish bosqichidan o‘tmoqda. Kirish va chiqish turizmida taniqli OrexCA.com (2003) va OTPUSK.UZ (2007) brendlarining yaratilishi uning turkompaniya faoliyatining to‘liq sikli bilimdoni ekanligiga dalolat qiladi. Hozirga kelib avvalgi va joriy biznes-tajribasining hammasi sintezlanmoqda va trenerlik hamda konlsating faoliyatiga ko‘chmoqda.

2018 yilda blogging qo‘shildi. Mixail “MiSha Turizmolog” mualliflik brendi ostida Telegram va YouTube turizmdagi tadbirkorlik va marketingga bag‘ishlangan bir nomdagi kanallarni yuritadi.

Boz ustiga, u jamoatchi va netvorker ham. 10 yil bo‘ldi, mashhur xayriya tashabbusi – “Vremya Chudes” yarmarkasi bilan u ochilgandan (2002) buyon shug‘ullanadi. Bu orqali tadbirkorlik rivojlanishiga ko‘maklashish orqali O‘zbekiston ahliga ko‘proq foydasi tegishini tushundi va faol jamoatchi, qator biznes-netvorklar – Aclub, Alternative Energy Club, Book-Cafe Business Club, GSN hamtashkilotchisiga aylandi.

Toshkent sh. hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Turizmni rivojlantirish ekspertlar guruhi a’zosi.

 

Maqolalar: “Turizmdagi innovatsiyalar”

 

QVANT tahririyati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *