Dunyoda qiziqarli bo‘lmagan sonning o‘zi yo‘qligi, har bir son nimasidir bilan jozibali bo‘lishini bilasizmi? Masalan, “mukammal” sonlar mavjud. O‘z bo‘luvchilarining yig‘indisiga teng sonlar shunday ataladi. Misol uchun, 28=1+2+4+7+14. Bu ikkinchi mukammal son, birinchisi – olti, buni o‘zingiz sinab ko‘ring. Uchinchisi – 496, to‘rtinchisi – 8128.
Muammo shundaki, matematiklar haligacha toq mukammal son bo‘ladimi-yo‘qmi, bilishmaydi. Taklifim: shunday sonni toping va dunyoga mashhur bo‘ling.
Buning uchun komp’yuteringizda mavjud har qanday dasturlash tilida dastur tuzish kerak bo‘ladi. Agar buning imkoni bo‘lmasa, xuddi dastur tuzgandek fikr yuriting. Deylik, milliongacha bo‘lgan sonlarni olamiz. Har bir sonni tekshirib chiqamiz – sonning barcha bo‘luvchilarini topamiz, ularning yig‘indisini ko‘ramiz, sonning o‘zi bilan solishtiramiz, agar teng bo‘lsa – ana omad, mukammal son topildi!
Bilag‘onlar uchun savol. Bir son boshqasining bo‘luvchisi ekanligini qanday bilsa bo‘ladi? Bo‘luvchilarni izlashda sonlarni qaysi qiymatgacha saralab borish kerak?
Toq mukammal sonni topganingizda va shuhrat qozonganingizda, jurnalimizni esga olishni unutmang.
Yevgeniy Sklyarevskiy