Yangi innovatsion texnologiyalarni tatbiq qilgan va muvaffaqiyatga erishgan / omadsiz chiqqan startaplar
Texnologik startaplar keskin o‘sishi kuzatilgan keyingi 20 yilda dunyo mahalliy yoki global muvaffaqiyatga erishgan yuzlab innovatsion loyihalarning guvohi bo‘ldi. Shu bilan birga, ekspertlar va tahlilchilar muntazam ravishda ularning ayrimlarini eng ilg‘or g‘oyalarni namunaviy amalga oshirilishi sifatida ajratib ko‘rsatadilar.
Tadbirkorlik tarixida eng muvaffaqiyatli chiqqan omadli startaplar sirasiga AirBnBni kiritadilar. Bu biznes-gigantning tarixi kompaniya asoschilari matraslarni ijaraga berishdan to qiymati 10 milliard dollar turadigan kompaniyagacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tganlarini qamrab oladi. 2007 yilda dizaynerlar Brayan Cheski va Jo Gebbia San-Fransiskodagi o‘z xonadonlari uchun ijara haqiga pul topa olmadilar. San-Fransiskoda o‘sha payt dizaynerlar konferensiyasi o‘tayotgandi va shahardagi barcha mehmonxonalar to‘liq bronlangandi, shu sababli ular uylarida, poldagi uchta puflanadigan krovatni ijaraga berish va mehmonlarni nonushta bilan siylashga qaror qildilar. Shunda ular oddiy blog ochdilar, har biri 80 dollardan to‘lashga tayyor uchta ijarachini topdilar. Sinov muvaffaqiyatli chiqqach va mahsulot bozorga mos kelgani ma’lum bo‘lgach, ular sobiq hamxonalari va kompyuter fanlari bilimdoni Natan Blecharchikni veb-sayt ishlab chiqishga va loyihaga bosh qo‘shishga taklif qildilar. Bugungi kunda AirBnB – bu 6 000 dan ziyod kishi ishlaydigan va 4,7 mlrd. AQSh dollarilik aylanmaga ega kompaniyadir.
Oddiy g‘oyadan boshlangan boshqa bir texnologik kompaniya 8 haftada ilova yaratgan ikki yigit tarixidir. Stenford universiteti bitiruvchisi Kevin Sistrom Googleda Gmail va korporativ ishlanmalar ustida ishlab yurgan paytlarida dam olish kunlari suratga olish va joylashuvga qarab qaydlar bilan almashish imkonini beruvchi ilovani yaratdi va uni Burbn deb atadi. Aynan shu tariqa, u Burbnning ilk foydalanuvchilaridan hamda Instagram hammuassisi bo‘lmish Mayk Kriger bilan tanishdi. Keyinroq Berbn fotosuratlargacha qisqardi va Instagram nomini oldi. Natijada bugungi kunga kelib Instagram – bu foydalanuvchilari soni 1 000 000 000 nafardan oshgan, dunyodagi eng katta ijtimoiy tarmoqlardan biri bo‘ldi. 2012 yilda Facebook kompaniyasi Instagramni 1 milliard AQSh dollariga sotib oldi.
Eng yaxshi keyslar safiga kiruvchi navbatdagi muvaffaqiyatli startap – bu LinkedIn texnologik kompaniyasidir. LinkedIn hammuassis Rid Xoffmanning uyida dunyoga keldi va sayt rasman 2003 yilda ishga tushirildi. Muvaffaqiyatning sabablaridan biri Rid avvalda Google, Ebay va PayPal direktorlar kengashlariga kirganida edi, shu sababli unda moliyalashning birinchi raundini qanday o‘tkazish va, pirovardida, o‘z yangi kompaniyasining aksiyalarini Nyu-York fond birjasida qanday joylashtirish bo‘yicha ancha tajriba bor edi. Bugungi kunda kompaniyada 15000 dan ziyod kishi ishlaydi, ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni esa, 6-7 million kishini tashkil qiladi.
Uber tarixi Parijda, 2008 yilda boshlangan. O‘shanda ikki do‘st – Trevis Kalanik va Garret Kemp Economist “inqilobchilar kelajak rejalarini qurish uchun to‘planuvchi maskan” deb ta’riflagan LeWeb har yilgi texnik konferensiyasiga keladilar. 2007 yilda ikkalasi o‘zlari ishlayotgan startaplarni – Kalanik Red Swooshni Akamai Technologiesga 19 million dollarga, Kemp esa, StumbleUpon eBay (EBAY)ni 75 millionga sotgan bo‘ladilar. Mish-mishlarga ko‘ra, Uber g‘oyasi konferensiya kunlari, aniqrog‘i qishning ayozli tunida, bu ikki do‘st taksi topolmay qiynalishganda tug‘ilgan ekan. Dastlab g‘oya ilova orqali buyurtirish mumkin bo‘lgan taymsherli limuzin xizmatini taqdim qilishdan iborat bo‘lgan. Konferensiyadan keyin tadbirkorlar ajralib ketishdi, lekin Kemp San-Fransiskoga kelganida mana shu g‘oyaga e’tibor berdi va UberCab.com domen nomini sotib oldi.
Shu bilan birga, salmoqli investitsiyalarga qaramay, tanazzulga uchragan bir nechta startaplar ham mavjud. Omadsiz chiqqan loyihalar yetakchiligini Essential qo‘ldan bermaydi – Apple va Samsungning yangi muqobili sifatida Essential biz hali ko‘rmagan ko‘plab g‘oyalar bilan joriy etiladi. Essentialning 40 kishidan iborat jamoasi yangi smartfon yaratilishiga urinishlar haqida e’lon qiladi. Loyiha asosini Android va Applening sobiq dasturchilari va Googledan yirik “xayrlashuv nafaqasi” – 90 million dollar bilan ketgan Endi Rubinning Androidni ishlab chiqishda olgan tajribasi tashkil qilardi. Essential loyihalarida ularning maqsadlari old panelsiz innovatsion telefon ishlab chiqish ekanligi aytilardi. U, shuningdek, modulli bo‘lishi kerak edi. Essentialga atab, muhandislar telefonga yangi funksiyalarni qo‘shish uchun apparat aksessuarlarini yaratish maqsadida chet ishlab chiqaruvchilar moslamalariga mos keluvchi magnit raz’yom ishlab chiqadilar.
Kasod bo‘lgan startaplarning yana bir namunasi ScaleFactor sanaladi. O‘z arizasida Kurt Ratmann yirik investorlarga u kichik biznes uchun buxgalteriyani yurita oladigan inqilobiy SI ishlab chiqqanligini tasvirlaydi. Amalda esa, ishning asosiy qismini odamlar bajaradilar, buxgalteriya hisobi kichik biznes uchun bosh og‘riq, murakkab vazifa bo‘lib, qimmatga aylanadigan xarajatlar bilan bog‘liqdir. Kurt Ratmannning startapida sehrli yechim bor edi: sun’iy intellekt bazasidagi vositalar buxgalter o‘rnini bosib, undan ko‘ra ko‘proq ish qila olishlari kutilardi.
Uncha qimmat bo‘lmagan haq evaziga ScaleFactor buxgalteriya hisobi, hisob-kitoblar va soliqlarni rasmiylashtirishni o‘z zimmasiga oladi. Agar mijozlar shubhalansalar, ularni yirik venchur kompaniyalar tikkan 100 million dollar xotirjam qilardi. Boz ustiga, potensial mijozlarni “Zero oqshomlar moliya emas, oila uchun chiqarilgan” shiori rom qilardi.
Ammo, oqshomlarni oila davrasida o‘tkazishni ma’qul topgan tadbirkorlarning ko‘pchiligi tez orada ScaleFactorni tanlash qarorlaridan afsuslandilar: ular puli to‘langan xizmatlarni ololmadilar. Startapning sobiq xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, moliyaviy hisobot uchun dasturiy ta’minot o‘rniga, bu ishlarning aksar qismini o‘nlab buxgalterlar qo‘lda, ScaleFactorning Ostindagi bosh qarorgohida o‘tirib yoki Filippindagi autsorsing ofisidan bajarganlar. Ayrim mijozlar hisobotlarda xatolar bo‘lganligini, qo‘shimcha buxgalterlar yollashga yoki kamchiliklarni o‘zlari to‘g‘irlab chiqishlariga majbur bo‘lganliklarini aytadilar. 23 iyun kuni ScaleFactor bosh direktori kompaniyaning yillik doimiy daromadi qariyb ikki barobarga qisqarib, 7 million dollarni tashkil qilganida COVID-19 pandemiyasini aybladi, chunki pandemiya sababli kichik biznes tomonidan talab kamayib ketganligini aytdi. Xodimlar uch oylik xayrlashuv nafaqasi bilan ishdan bo‘shatilishini, investorlarga mablag‘lari qaytarilishini ma’lum qildi.
Shu bilan birga, jabrlangan mijozlarning ko‘pchiligi birlamchi sabab kompaniyaning mijozlar oldidagi o‘z majburiyatlarini boshqa bajara olmasligi bo‘lganligini tushunib turardilar. Muvaffaqiyat cho‘qqisida bo‘lgan paytlarda ScaleFactor boshqaruv paneli yordamida moliyaviy jarayonlarni raqamlashtirishni, u beshta asosiy avtomatizatsiyalangan vositalarga tayanishini va’da qilgandi: buxgalteriya hisobi, moliyaviy prognozlash, hisoblarni to‘lash, soliqlarni to‘ldirish va ish haqini hisoblash. Mijozlardan faqat hujjatlar, kvitansiyalar va sotuvlar dasturiy ta’minotlariga kirish uchun ma’lumotlarni topshirish so‘ralardi. Aslida esa vosita xatolar bilan ishlardi va tranzaksiyani aniq saralash uchun unga tayanib bo‘lmasdi, shu sababli ScaleFactor buxgalterlar jamoasini yolladi, ular mijozlarning hisobotlarini qo‘lda to‘ldirishar yoki dasturiy ta’minot xatolarini to‘g‘rilashardi. Natijada ushbu tanazzulga uchragan startapga venchur investitsiyalar hajmi 100 million dollardan oshdi.
Jahon tajribasi ko‘rsatishicha, startaplar tanazzulining asosiy sababi ular o‘z tovarlari yoki xizmatlarini sotmoqchi bo‘lgan bozorni yaxshi tushunmasliklari yoki bu bozorning umuman mavjud emasligi bo‘ladi. Boshqa muhim sabablar qatorida naqd mablag‘larning tezda “oqib” ketishi, jamoada ko‘nikmalar yoki bilimlar yo‘qligi, jo‘shqin rivojlanayotgan bozorda raqobatchilardan o‘zib keta olmaslik mavjud. Shu bilan birga, aksariyat hollarda startapning yurmasligi zamirida bir emas, bir nechta sabab va muammolar yotadi.