Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutida moliya bakalavri darajasini oldi. Geliminas nomidagi Vilnyus texnologiya universitetida Erasmus Mundus dastri bo‘yicha, biznes-menejment yo‘nalishida tahsil oldi.
Hozirda O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot dasturi loyihasida ishlaydi. O‘zbekistondagi eng yirik investitsiya loyihalaridan biri – neft-gaz sohasidagi UzKorGas Chemialda loyihaviy moliyalash bo‘limida ishlash tajribasiga ega.
Mashina ta’limi va ijtimoiy muammolarni hal qilishda ushbu texnologiyadan foydalanish usullarini o‘rganadi, Techwomen 2019 yuztaligiga kirgan.
Techwomen – ilm-fan, texnologiyalar, muhandislik va matematika (STeM) sohasidagi yetakchi xotin-qizlarni, ularga karera zinapoyasi bo‘ylab ilgarilash, o‘z orzusiga intilish hamda o‘z hamjamiyatidagi xotin-qizlar uchun namuna bo‘lish yo‘lini ochish va imkoniyatini berish orqali qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dastur.
Ushbu dastur doirasida Nargiza joriy yil kuzida Kremniy Vodiysiga stajirovkaga boradi, u yerda texnologik kompaniyalar va startaplarda ta’lim oladi.
Bo‘sh paytlarida chang‘ida uchadi, fitnes, yoga bilan shug‘ullanadi. Ilmiy-ommabop adabiyot, xatti-harakatlar psixologiyasiga oid kitoblar, detektiv asarlar o‘qiydi.
Maqolalar: “Mashina ta’limi: Bu nima va nega muhim”
QVANT tahririyati