Choyxo‘rlar buning farqiga allaqachon borganlar. Mikroto‘lqinli pechda qaynatilgan suv tamoman boshqacha bo‘ladi. Siz ham e’tibor berganmisiz?

Odatda suyuqlik qaynatilayotganda issiqlik manbai idishni tagidan qizdiradi. Chovgum ostidagi issiqlik, u elektr qurilmaga o‘rnatilgan isitish elementidanmi yoki gazplita gorelkasidanmi, tabiiy konveksion tokni yuzaga keltiradi. Konteynerning pastki qismida qizigan suyuqlikning zichligi kamayadi va yuqoriga harakatlanadi, bu bilan sovuqroq suyuqlikning pastga tushishiga imkon beradi. Bu, pirovardida, suyuqlikning barobar qizishi va qaynashiga olib keladi.

Suvni mikroto‘lqinli pechda qaynatishda jarayon boshqacha kechadi. Mikroto‘lqinli pechlar suyuqlikka mayda to‘lqinlarni turlicha yo‘llaydi va bu bilan ushbu nuqtalarda suv molekulalarini titrashga majburlaydi. Bu qaynayotgandek ko‘rinadi, aslida unday emas. Natijada suv bir tekisda isimaydi, konveksion jarayon ro‘y bermaydi va suyuqlikning yuza qismi issiqroq bo‘ladi.

Suv harorati choyning ta’mida katta ahamiyatga ega ekanligi sir emas. Choy barglariga suv tekkanda, yuzlab turli xil birikmalar suvda eriydi va hid hamda ta’mni shakllantiradi. Masalan, qora choyda ikki turdagi murakkab fenol molekulalar bo‘lib, ular rang hamda damlangan qora choyning qimizak, tetiklantiruvchi ta’mi uchun javob beradilar – ular faqat qaynash haroratiga yaqin haroratdagina yuzaga chiqadi. Suvning o‘zi ham ayrim uchuvchan birikmalarga ega bo‘lib, choy bilan kontaktda ularni kimyoviy birlashtiradi. Shu sababli, suv ushbu reaksiyalar ro‘y beradigan darajada qaynoq bo‘lmasa, choyning ta’mi butunlay boshqacha bo‘ladi.

Boshqa tomondan, qaynab ketgan suv ham unchalik yaxshi emas, mikroto‘lqinli pechda esa, buning ehtimol katta – chovgum, har qalay, yo o‘chadi yo hushtak chalib xabar beradi. Suv qanchalik ko‘p qaynasa, u erigan kislorodni shuncha ko‘p yo‘qotadi – choy ekspertlari esa, erigan kislorod ichimlikning ta’mida hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini aytadilar. Qaynab ketgan suv kerakli hid birikmalarini parchalaydi, barglarni kuydiradi va achchiq ta’m kuchayib ketishiga sabab bo‘ladi.

“Demak, suvni chovgumda qaynatish kerak!” – deysizmi? Xitoy Elektron ilm-fan va texnologiyalar universiteti tadqiqotchilar jamoasi qaynatishdagi bunday turlicha haolatlarni o‘rgandilar va mazkur umumiy muammoning yechimini AIP Publishing nashriyotining AIP Advances jurnalida taqdim etdilar. Ular stakan gardishi bo‘ylab o‘tuvchi kumush qoplama yaratib, mikroto‘lqinlarning suyuqlik yuzasiga ta’sirini namoyish etdilar. Kumush to‘lqinlarga o‘tkazgichdek ta’sir ko‘rsatadi, yuza qismdagi elektr maydonni kamaytiradi va qaynab ketishni samarali bloklab, konveksion jarayonni yaratadi. Mikroto‘lqinli pechga kumushni joylashtirish unchalik ham xavfsiz bo‘lmasa-da, bunday, aniq sozlangan geometriyaga ega metall konstruksiyalar alangalanishning oldini olish uchun mikroto‘lqinli bug‘ qozonlari va guruch qaynatgichlarda xavfsiz ishlatilmoqda.

Olimlar mahsulot isishining notekisligini yaxshilashning boshqa usullarini ham ko‘rib chiqmoqdalar, lekin hozircha ular amaliyotda ishlatish uchun nihoyatda qimmatli qiladi. Hozirda ular o‘z sa’y-harakatlarini suyuqliklar uchun mikroto‘lqinli aksessuarlarini tijorat asosiga qo‘yish maqsadida mikroto‘lqinli pechlar ishlab chiqaruvchi bilan hamkorlikka qaratganlar.

Kelajakda mikroto‘lqinli pechda qaynatilgan choy ham chovgumdagi kabi xushta’m bo‘lishi shubhasiz va bunga oz qoldi.

QVANT tahririyati tahlil guruhi

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *