Ijod Rustamovich Alimov bilan biz NANO Medical Clinic klinikasida uchrashdik – bu yerda suhbatdoshimiz ilmiy-amaliy faoliyat yuritadi.
Ijod Alimov – tibbiyot fanlari nomzodi, yetakchi neyrojarroh, umurtqa va orqa miya patologiyasi bo‘yicha mutaxassis.
– Sizni tibbiyotga nima boshlab kelgan, nega aynan neyrojarrohlik?
– Men shifokorlar oilasidanman, otam neyrojarroh, professor, 30 yildan ziyod tibbiyot OTMda dars berganlar. Ularning ko‘plab shogirdlari bor. Mana shu jarrohlik muhitida men tarbiyalandim va katta bo‘ldim. Men boshqa kasblarni o‘ylab ham ko‘rmaganman, shu sababli o‘zimni, o‘z faoliyatimni faqat neyrojarrohlik sohasida ko‘rdim.
– Qachondan buyon siz amaliyotchi vrach-neyrojarrohsiz?
– 2007 yildan buyon faoliyat yuritaman. Mana, 14 yildan beri jarrohlik bilan shug‘ullanaman. Hozirda tibbiyot sohasida turli-tuman yangiliklar ro‘y bermoqda, ilmiy-texnik taraqqiyot o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Lazerli jarrohlik, kuydirish kabi ko‘plab moda bo‘lgan muolajalar mavjud. Yangi bo‘lgani uchun ko‘p hollarda bemorlarga aynan o‘shalarni tavsiya etishmoqda. Har qanday zamonaviy muolaja ham to‘satdan, tezkor qabul qilingan qarorlarni ko‘zda tutavermaydi. O‘z ishimda yengil yechimlar ortidan quvmay, amaliyotlarni o‘tkazish standartlariga rioya etishni muhim deb hisoblayman.
– Qaerda o’qigansiz?
– Men birinchi Toshkent tibbiyot institutida o’qiganman. Oxirgi kursda ekanimda uni tibbiyot akademiyasi deb qayta nomladilar. OTMdan keyin klinik ordinaturani Respublika neyrojarrohlik markazida o’tadim, keyin Yekaterinburgda umurtqa va orqa miya kasalliklari bo’yicha malaka oshirdim.
– Siz kabi yuqori darajadagi mutaxassislarga xorijda yaxshigina haq to‘lanadi. Sizga mamlakatimiz tashqarisidan ham ko‘plab takliflar tushishiga aminman. Ketish fikri hech tug‘ilmaganmi?
– Kimdir O‘zbekistonda ishlashi kerak-ku. Tan olishim kerak, hozirda haqiqatan ko‘plab shifokorlar xorijda ishlayapti – kim kontrakt bo‘yicha, kimdir ko‘chib ketmoqda. Va ular yuqori malakali mutaxassislar. Mana shundan sifatli vrachlik tibbiyoti tanqisligi kelib chiqyapti. Xorijda mutaxassislarga talablar juda qat’iy, shuning uchun eng yaxshilar ketmoqdalar. Gapingiz rost, hozirgacha meni turli mamlakatlarga yaxshi haq to‘lanadigan ishlarga taklif etadilar. Oxirgi taklif Gruziyadan, yaxshigina shartlar bilan kelib tushdi. Ammo men o‘zimizda, O‘zbekistonda ham tibbiyotni munosib darajaga chiqara olishimizga va yuqori malakali mutaxassislar bizga ishlagani kelishlariga umid qilaman.
– Медицинская клиника НАНО клиникасини ташкил qilish g’oyasi qanday tug’ildi?
– Hozirda Toshkentda xususiy sektorda tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish spektri anchayin keng rivojlangan, sog‘lom raqobat rivojlanmoqda. Ammo, umuman olganda, klinikalardagi xizmatlar va muolajalar bir-biridan unchalik farq qilmaydi. Shunda bizda o‘zgarish qilish, saraton kasalligi sohasida tibbiyotni rivojlantirish g‘oyasi tug‘ildi, zero bugungi kunda bu kasallik ko‘pchilik uchun fojiadir. Afsuski, bu boradagi vaziyat qoniqarli emas, kasallanganlar soni faqat ortmoqda, kasallikning kechikib aniqlanishi jihati mavjud. Shu sababli aynan shu yo‘nalishga urg‘u berishni istadik va eng yaxshi vrachlarni taklif qilib, yuqori darajadagi tibbiy xizmatni sifatli servis bilan uyg‘unlashtirdik. Onkologik diagnozli aksariyat bemorlar hayotlarini tugadi deb o‘ylaydilar, tushkunlikka tushadilar. Biz klinikamiz ostonasiga qadam qo‘ygan har kim professionallarning ishonchli qo‘llarida ekanini his qilishi haqida qayg‘urdik.
– Klinikangizning boshqalardan farqli jihati nimada?
– Farqimiz tekshiruv uslublarimizda, uskunalarda yoki laboratoriyaning o‘zida ham ko‘rinadi – klinikamiz ssintigrafiya apparati (nurli diagnostikaning zamonaviy usuli bo‘lgan radionuklid diagnostika) bilan jihozlangan. Bu uslublar onkologik kasallikni, uning tarqalishi darajasini aniqlashga qaratilgan. Hamma klinikada ham tekshiruvning markazlashgan uslublariga va bemorni yanada aniqroq diagnostikalashni yo‘lga qo‘yish imkoniga ega emas. Klinikamizda biz onkologik kasalliklarga chalinganlar uchun xizmatlar va barcha zaruriy tibbiyot yordam ko‘rsatishning to‘liq siklini yarata oldik.
– Медицинская клиника НАНО очилиши качон болган?
– Klinikamizda ikkita bo’linma mavjud. Terapevtik bo’linma medikamentoz yo’l bilan xizmat ko’rsatadi. У отган йил ёзда очилди. Очилиш маросимида Президентимиз Шавкат Миромонович Мирзиёевнинг катнашиши шарафига муяссар бо’лдик. Шу билан бир vaqtda jarrohlik bo’limining qurilishini davom ettirdik, uni qisman bu yil may oyida ishga tushirdik. Нега кисман? Chunki qo’shimcha jihozlarni sotib olishni, xodimlarni to’plab, o’qitishni davom ettirdik. Natijada, jarrohlik bo’linmasi 2021 yil avgust oyidan to’laqonli ish boshladi.
– Klinika faoliyati jarayoni sizni qoniqtiradimi? Yoki yana boshqa rejalaringiz bormi?
– Biz shoshmaymiz, chunki hozircha klinika to’liq quvvat bilan ishlay olmasligini tushunamiz, lekin faoliyatimiz asta-sekin jonlanishiga umid qilamiz. Albatta, klinikamiz haqida so’zlaymiz, yozamiz, konferensiyalar, davra suhbatlari uyushtiramiz, unda faoliyatimiz va uning bor ko’lamini yoritamiz. Биз хакимиздаги аксборот онлайн-сервисларда мавджуд, у йердан хар ким тафсилотларни билиб олиши мумкин. Biz o’z oldimizga katta talablar qo’yganmiz va asta-sekin ularni ado etamiz.
– Ota-onangiz kasbingizga qanday qaraydilar? Siz bilan faxrlanadilarmi?
– Yoshligimda, endigina vrachlik yo‘lini tanlaganimda, bu kasbning bor mashaqqatlarini yengib o‘tgan otam so‘ragandilar: “Senga shu kerakmi?” Men ikkilanmay: “Ha!” deb aytgandim. Otam o‘zlarini butkul ishga bag‘ishlagandilar – kunora navbatchilik, tez-tez safarlarga chiqish, davomiy jarrohlik amaliyotlari, xullas, neyrojarroh mehnatining bor og‘irliklarini ko‘targandilar. Lekin, kasbimni tanlaganimdan keyin, yaqinlarim meni faqat qo‘llab-quvvatladilar. Qo‘llab-quvvatlash, tushunish, g‘amxo‘rlik. Menga nisbatan birorta ta’na yoki tushunmovchilik bo‘lmagan.
– Kuniga necha soatni klinikada o‘tkazasiz? Oilaga vaqt qoladimi?
– Ish grafigimiz – ertalab sakkizdan kech soat beshgacha. Ammo kech kelgan bemorlar bo‘ladi, ularga barcha kerakli xizmatlarni ko‘rsatishga harakat qilamiz, grafikdan chiqib, qorong‘i tungacha qolib ketishga to‘g‘ri keladi. Ammo oilamga men butun dam olish kunlarimni bag‘ishlayman, ba’zida, ishdan vaqtliroq chiqa olsam, oqshomlarni birga o‘tkazamiz.
– O‘z oldingizga yangi maqsadlar qo‘yasizmi?
– Ha, shubhasiz. Ikki yil oldin men PhD – ilmdagi birinchi bosqichimni himoya qildim, hozir doktorlik dissertasiyasini yozyapman, ilmiy faoliyatni davom ettirish niyatidaman. Yana klinikamizda zamonaviy texnologiyalarga va eng yangi jihozlarga asoslangan, hali mamlakatimizda uchramaydigan neyrojarrohlik xizmatlarini kengroq ko‘lamda joriy etish istagidaman. Bu yaqin kelajakdagi rejalarimdir.
– Siz baxtli insonmisiz? Baxt deganda nimani tushunasiz?
– Ha, men baxtliman. Men o‘z oldimga bir paytlar qo‘ygan ilmiy, kasbiy faoliyatdagi, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati borasidagi maqsadlarimga erishishga intilaman. Albatta, bu sifatni faqat bemorlar va xodimlar baholay oladi. Ammo men insonlarning mulohazalarini eshitib, ichki qoniqish his qilaman. Men uchun baxt tushunchasi – bu o‘zim tanlagan kasbda o‘zimni namoyon eta olish, oilaga ega bo‘lish, yaqinlar va qarindoshlar qurshovida bo‘lish, farzandlar sog‘lomligi – mana shu katta baxt, shu sababli men o‘zimni baxtliman deb ayta olaman!
– Siz o‘z ishtiroki bilan QVANT ilmiy-ommabop jurnali loyihasini qo‘llab-quvvatlagan insonlardan birisiz. Fikringizcha, mamlakatimizda ilmiy-ommabop jurnallar kerakmi?
– Men ilm-fanning o‘zi va ilmiy maqolalar, ilmni tarqatish va targ‘ib qilish – bu zamonaviy taraqqiyparvar jamiyatning ajralmas qismidir, deb hisoblayman. Ilmiy maqolalarsiz ilmiy taraqqiyotga erishib bo‘lmaydi. Internet makoni befoyda, e’tiborga arzimaydigan axborot, jumladan ilmiy asosga ega bo‘lmagan maqolalarga to‘lib yotibdi. Men ilmiy faoliyatni rivojlantirishda va ilm-fanni o‘rganishda ilmiy jurnallarda chop etiladigan olimlar maqolalariga, ilmiy-daliliy bazaga ega materiallarni o‘rganishga asoslanish tarafdoriman.
– Yosh olimlar va mutaxassislarga oldilaridagi maqsadlariga erishishda nimalarni tavsiya qilasiz?
– Birinchi navbatda – o‘z ustida muntazam ishlash, bilim darajasini oshirib borish, bu tanlangan kasb oldidagi mas’uliyatdir. Vijdonli va moliyaviy manfaatni ustuvor bilmaydigan vrach bo‘lish kerak. Agar vrach sifatli xizmatlar ko‘rsatsa, u albatta katta haq to‘lanadigan mutaxassisga aylanadi. Moddiy daromadni o‘ylab yuqori darajali professional bo‘lish ilojsiz. Muvaffaqiyatning asosiy omili – bu tanlangan ishni sevishdir.