Ushbu ommaviy oferta, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369- moddasiga muvofiq, “ERGO Research and Advisory” MChJ (keyingi o‘rinlarda – Noshir)ning jismoniy shaxs(lar) (keyingi o‘rinlarda – Muallif) bilan, u(lar)ning ijodiy mehnati tufayli yaratilgan asar/maqola/tasvirlarni “QVANT” ilmiy-ommabop jurnalida quyidagi shartlarda chop etish maqsadida Mualliflik shartnomasini tuzish bo‘yicha rasmiy taklifidir:

ATAMALAR VA TUSHUNCHALAR

Ushbu Ommaviy oferta maqsadlari uchun quyidagi asosiy atamalar va tushunchalar qo‘llaniladi:

Ofertawww.qvant.uz saytiga joylangan, jismoniy shaxslarga qaratilgan, muayyan shartlarda Mualliflik shartnomasi tuzish taklifi.

Oferta aksepti – jismoniy shaxs(lar) tomonidan Noshirga ariza yo‘llash orqali Ofertaning to‘liq va so‘zsiz qabul qilinishi. Oferta aksepti Muallif shartnomasi tuzilganligini tasdiqlaydi.

Muallif – ijodiy mehnati orqali asar/maqola/tasvir yaratilgan jismoniy shaxs(lar).

Material – Muallif tomonidan Noshirga, Nashrda kelgusida chop etish uchun uchun Noshir talablariga muvofiq kelishini ko‘rib chiqish maqsadida taqdim etilgan asar/maqola/tasvir, ya’ni matnli, grafik, tasviriy va boshqa tur material.

Ariza – Materialni Nashrda joylashtirish uchun Muallifning Noshirga, pochta manziliga, elektron pochta orqali va Noshir saytida ko‘rsatilgan boshqa manzillar bo‘yicha murojaati, materialni jo‘natishning majburiy sharti Muallif FIO, kontakt ma’lumotlarini ko‘rsatish, Muallif Materialini chop etish haqida qaror qabul qilingach, Noshir so‘raydigan boshqa axborotlarni taqdim etish sanaladi.

Materialdan foydalanish – Materialni yoki uning alohida qismini rus va/yoki o‘zbek tilida har qanday material shaklda, jumladan qog‘oz va/yoki elektron shaklda, alohida asar ko‘rinishida va/yoki Jurnal va/yoki Noshir ma’lumotlar bazalari tarkibida Noshir ixtiyoriga ko‘ra chop etish;

–  Materialni yoki uning alohida qismini har qanday tashuvchida rus va/yoki o‘zbek va/yoki ingliz tilida butun dunyo bo‘ylab Jurnal tarkibida va/yoki Noshir ma’lumotlar bazalarida, Noshir ixtiyoriga ko‘ra tarqatish;

– Materialning taqdim etilish shaklini undan kompyuter dasturlari va tizimlari (ma’lumotlar bazasi)ni qo‘llagan holda foydalanish uchun, mashina o‘qiydigan formatda tarqatish va izlash tizimi (ma’lumotlar bazasi)ga tatbiq etish uchun qayta ishlash, jumladan korrektura, shuningdek, ma’nosini buzmagan holda, matnni qisqartirish va  tahrir qilish.

– Materialni yoki uning alohida qismini istalgan shaxs istagan joyidan va xohlagan paytda o‘z ixtiyoriga ko‘ra undan foydalana oladigan qilib ommaviy e’lon qilish (omma e’tiboriga, jumladan Internet orqali, yetkazish).
Nashr – bosma va elektron formatda nashr etiladigan “QVANT” ilmiy-ommabop jurnali.

OFERTA PREDMETI

2.1. Ushbu Ommaviy oferta shartlariga ko‘ra Muallif, ushbu Ommaviy ofertada ko‘rsatilgan uslubda Arizani jo‘natish orqali, beg‘araz asosda Noshirga Muallif yaratgan Materialdan O‘zRning amaldagi qonunchiligida ko‘zda tutilgan mualliflik huquqi amal qilishi muddati mobaynida foydalanish bo‘yicha mutlaq huquqni taqdim etadi, Noshir esa, Muallif taqdim etgan Materialni chop etishga qabul qilish yoki qilmaslik masalasini o‘z ixtiyoriga ko‘ra hal qiladi.

2.2. Materialga huquqlardan foydalanish hududi cheklanmagan.

KAFOLATLAR

3.1. Muallif quyidagilarning kafolatini beradi:

3.1.1. Materialga mutlaq huquqlarning haqiqiy egasi ekanligi;

3.1.2. Material Noshir ixtiyoriga taqdim etilgan asl asar ekanligi, Muallif Materialni avvalroq boshqa bosma va elektron nashrlarda chop etmaganligi;

3.1.3. Materialda iqtibos keltirilayotgan mualliflar va o‘zlashtirilgan materiallar chop etilishi manbalariga O‘zRning mualliflik huquqlari to‘g‘risidagi amaldagi qonunchiligida ko‘zda tutilgan barcha havolalar mavjudligi, Materialda foydalaniladigan, Muallif huquq egasi bo‘lmagan natijalar, faktlar, ma’lumotlar va boshqa o‘zlashtirma materiallarga Muallif kerakli ruxsatlarni olganligi;

3.1.4. Material O‘zRning amaldagi qonunchiligiga ko‘ra ochiq matbuotda chop etilishi taqiqlangan axborotga ega emasligi va uning Noshir tomonidan chop etilishi va/yoki tarqatilishi yashirin (maxfiy) axborot (jumladan davlat, xizmat siri)ning oshkor etilishiga olib kelmasligi.

3.2. Noshir quyidagilarni kafolatlaydi:

3.2.1. Maqola daxlsizligi huquqi va uning ma’no buzilishlaridan himoyalash;

3.2.2.  poligrafiya ishlarining tegishli standarti;

3.2.3. Mualliflarning shaxsiy nomulkiy va boshqa huquqlarining rioya etilishi.

MUALLIF HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI

4.1. Muallif quyidagilarga haqlidir:

4.1.1. Chop etilmagan, lekin chop etishga qabul qilingan Materialning bosma yoki elektron ko‘rinishdagi bosmaoldi variantlaridan Noshir tahririyati tomonidan chop etish uchun qabul qilingan shakl va mazmunda foydalanish. Bunday bosmaoldi variantlar Muallif veb-saytida elektron fayllar ko‘rinishida joylashtirilishi mumkin lekin tijorat sotuvlari yoki uchinchi tomonga tizimli tashqi tarqatish maqsadida foydalanish mumkin emas. Bunda Muallif quyidagi majburiyatlarni zimmasiga oladi:

–  bosmaoldi variantiga quyidagi mazmunda ogohlantirishni ilova qilish: “Bu – jurnalda chop etish uchun qabul qilingan maqolaning bosmaoldi varianti (Jurnal nomi, mualliflik huquqi (yil), Jurnalda ko‘rsatilgan mualliflik huquqi egasi)”;

– Noshir saytiga elektron havolani ta’minlash.

4.1.2 Chop etilgan Materialdan to‘liqligicha yoki qisman, shaxsiy yoki kasb yuzasidan foydalanish uchun, akademik yoki ilmiy tadqiqotlar yuritish yoki axborot maqsadlarida bepul fotonusxa olish huquqi.

4.1.3. Materialdan olingan alohida suratlar yoki jadvallar va matn parchalarini shaxsiy maqsadlarda yoki ta’lim uchun ishlatish huquqi.

4.2. Noshir tomonidan material qabul qilinganda Muallif quyidagi majburiyatlarni zimmasiga oladi:

4.2.1. Noshir taqrizchilari tomonidan ko‘rsatilgan to‘g‘rilashlarni Material matniga kiritish va/yoki, zarur holatlarda, Noshir talabiga ko‘ra Materialni Tomonlar kelishgan muddatda qayta ishlash;

4.2.2. Materialni boshqa bosma va/yoki elektron narshrlarda (jumladan, boshqa tilga o‘girilgan holida) chop etmaslik va Noshirning roziligisiz tarqatmaslik;

4.2.3. Noshir tomonidan tayyorlangan va Muallifga topshirilgan Material elektron nusxasidan faqat ushbu Ommaviy oferta shartlariga muvofiq foydalanish.

NOSHIRNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI

5.1. Noshir quyidagi huquqlarga ega:

5.1.1. Muallifning Noshir ruxsati bilan har gal Material (jumladan, uning har qanday alohida qismi, parchasi)dan foydalanishida Muallifdan Jurnalda ko‘rsatilganidek Jurnalga, Noshirga, Muallifga ishora (havola) berishni, Maqola nomi, Jurnal soni va chop etilgan yilini ko‘rsatishni talab qilish.

5.1.2. O‘z ixtiyoriga ko‘ra OAVda va boshqa axborot manbalarida (jumladan Internetda) Material chop etilishi to‘g‘risidagi boshlang‘ich va/yoki reklama axborotini joylashtirish.

5.1.3. Materialni qabul qilish va Jurnalda chop etish qoidalari (shartlari)ni belgilash. Noshirga chop etish maqsadida yuboriladigan Materialni saralab olish va/yoki rad etish mutlaq huquqi Noshirga tegishli. Muallif Noshirga yuboradigan moddiy tashuvchi, qo‘lyozma/matnlar qaytarib berilmaydi. Noshir Material rad etilishi (sabablari) yuzasidan izoh bermaydi.

5.2. Noshirning majburiyatlari:

5.2.1. Materialni chop etishga qabul qilishda ilmiy, adabiy va badiiy-texnik tahrirni ta’minlash, illyustrativ materialni tayyorlash va/yoki ishlov berish, qog‘oz va elektron original-maketni tayyorlash, Materialni qog‘oz va/yoki elektron shaklda ushbu Shartnoma shartlariga va Jurnalning chop etilishi grafigiga muvofiq ravishda chiqarish va tarqatish.

5.2.2. Muallif bilan Materialga kiritiladigan to‘g‘rilashlarni kelishish.

5.2.3. Muallifga sahifalash korrekturasini taqdim etish va Tomonlar kelishgan miqdorda Muallifning asosli to‘g‘rilashlarini unga kiritish, shuningdek material mazmunini buzmagan holda, uni qisqartirish va tahrirlash.

5.2.4. Material chop etilganidan keyin, Muallif elektron manzillarni taqdim etgan holda, Materialning PDF (elektron nusxa)sini unga taqdim etish.

OFERTA AMAL QILISH MUDDATI, SHARTLARINI O‘ZGARTIRISH VA BEKOR QILISH TARTIBI

6.1. Oferta u chop etilgan paytdan kuchga kiradi va Oferta Noshir tomonidan qaytarib olinguniga qadar amal qiladi.

6.2. Noshir o‘z ixtiyoriga ko‘ra, istalgan paytda Oferta shartlariga o‘zgartirishlar kiritish yoki Ofertani qaytarib olish huquqiga ega.

6.3. Ushbu Ommaviy oferta ham Noshir tashabbusi bilan, ham Muallif tashabbusi bilan, bekor qilish sabablarini ko‘rsatgan yoki ko‘rsatmagan holda bekor qilinishi mumkin.

6.4. Ushbu Ommaviy oferta amal qilishdan to‘xtashi, qanday sabablarga ko‘ra ro‘y berishidan qat’iy nazar, Tomonlarni u amal qilish muddati davomida yuzaga kelgan uning shartlarini buzish holatlari uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi.
JAVOBGARLIK

7.1. Ushbu Ommaviy ofertada ko‘rsatilgan o‘z majburiyatlarini bajarmaslik yoki talab darajasida bajarmaslik yuzasidan Tomonlar O‘zR amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka ega bo‘ladilar.

7.2. Muallif quyidagilar uchun javobgarlikni to‘liq o‘z zimmasiga oladi:

a) qonunchilik, jumladan reklama, mualliflik huquqlari va yondosh huquqlarni himoya qilish, tovar belgilarini va xizmat ko‘rsatish belgilarini muhofaza qilish, iste’molchiar huquqlarini himoyalash to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etish;

b) Akseptni ijro etishda o‘zlari ko‘rsatgan ma’lumotlarning haqqoniyligi.

7.3. Oferta yuzasidan quyidagilar bo‘yicha Noshir hyech qanday majburiyatni zimmasiga olmaydi

a) Muallif xatti-harakatlarining bevosita yoki bilvosita natijasi bo‘lgan biror-bir hodisa;

b) Noshir bunday zararlar ehtimoli borligini oldindan bilganmi yoki yo‘qligidan qat’iy nazar, Muallif ko‘radigan har qanday zarar;

v) Muallif taqdim etgan ma’lumotlardan uchinchi shaxslarning ruxsat berilmagan foydalanishi.

7.4. Yuqoridagilarga zid bo‘lmagan holda, Noshir Ommaviy oferta shartlarini buzganlik uchun, agar bunday shartlar buzilishi yengib bo‘lmas kuchga ega vaziyat ta’sirida (fors-major) ro‘y bergan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi, jumladan: davlat hokimiyati idoralari xatti-harakatlari (jumladan, huquqiy hujjatlar qabul qilinishi), yong‘in, suv toshishi, zilzila, boshqa tabiiy ofatlar, elektr energiyasi yo‘qligi va/yoki kompyuter tarmog‘i faoliyatidagi uzilishlar, ish tashlashlar, fuqarolik qo‘zg‘olonlari, tartibsizliklar, epidemiya, pandemiya, yuqoridagilar bilan kifoyalanmagan holda, Noshir tomonidan ushbu Ommaviy oferta shartlari bajarilishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan boshqa har qanday holatlar.

MUNOZARALARNI HAL QILISH TARTIBI

8.1. Tomonlar o‘rtasida ushbu Ommaviy oferta bajarilishi, o‘zgarishi yoki tugatilishi bilan bog‘liq mojarolar imkoniyat doirasida Tomonlar tarafidan muzokaralar orqali muvofiqlashtiriladi.

8.2. Muzokaralar yordamida mojarolar yoki tushunmovchiliklarni hal etish imkonsiz bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda, Noshir joylashgan joy bo‘yicha hal etiladi.

BOSHQA SHARTLAR

9.1. Ushbu Ommaviy oferta erkin foydalanish uchun ochiq.

9.2. Ushbu Ommaviy oferta Noshir va Muallif va/yoki ushbu Shartnomada belgilanganidan tashqari har qanday uchinchi shaxslar o‘rtasida hyech qanday boshqa huquqiy munosabatlar (jumladan mehnat munosabatlari)ni belgilamaydi.

9.3. Ushbu Ommaviy ofertani akseptlash orqali, muallif u bilan to‘liq va batafsil tanishib chiqqanligini va uning shartlariga roziligini bildiradi, shuningdek Muallif ushbu Ommaviy oferta shartlarini bajarish imkoniyatini yaratish maqsadida, Noshirga o‘z shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga ruxsat beradi. Muallif Noshirning O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq shaxsiy ma’lumotlar sub’ekti o‘laroq huquqlari hajmi unga ma’lumligi va tushunarli ekanligini tasdiqlaydi.

9.4. Oferta shartlariga zid bo‘lmagan holda, Muallif va Noshir istalgan paytda yozma ikkitomonlama shartnoma shaklida Mualliflik buyurtmasi shartnomasini rasmiylashtirishi mumkin.

9.5. Ushbu Ommaviy ofertada ko‘zda tutilmagan holatlarda Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ish ko‘radilar.

QVANT tahririyati tahlil guruhi

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *