Chindan ham o‘simliklar chiroyli, a? Ba’zida, nimadir haqida fikr yuritganimizda, ko‘zlarimizni uzoq-uzoqlarga tikamiz. Men esa, bunday holatlarda odatda gulga yoki bulutga qarayman. O‘simliklar toza havo va go‘zallik bag‘ishlaydi.

Tabiat – sayyoramizda mavjud hayot shakllarining eng qadimlaridan bo‘lib, diqqat bilan tadqiq qilishga loyiq. O‘simlik dunyosini o‘rganuvchi fan esa botanika deb ataladi.

Aksariyat odamlarga o‘simliklar zerikarli va befoyda ko‘rinadi ammo ularsiz yerda mutlaqo hayot bo‘la olmasligini o‘ylab ko‘rsangiz edi! Jonivorlar o‘simliklar bilan oziqlanadilar va biz, insonlar sabzavotlar, mevalar va o‘t yeymiz. O‘simlik olami bizni kasalliklardan qutqaradi, xastaliklarni tuzatadi va tirik jonzotlarni boqadi.

Biologiya bo‘yicha ishlar, shuningdek, auditoriyaga insoniyat olamga qanday munosabatda ekanligini bilish va tushunishga yordam beradi.

Olimlar aytishlariga ko‘ra, yashil o‘simliklar va ayrim bakteriyalar yorug‘lik energiyasidan foydalanib, karbonat angidrit va suv bilan oziqlanishlari mumkin. Bu jarayon fotosintez deb ataladi, ushbu jarayonni bajaruvchi organizmlar esa avtotroflar deb nomlanadi.

Ko‘plab savollarga hali javoblar yo‘q va biz ushbu ajoyib ilm-fan to‘g‘risida yanada ko‘proq bilish imkoniyatlarini mushtoqlik bilan kutamiz!

Otabekova Madina

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *