Xalqaro miqyosdagi yurist va Osiyo xalqaro arbitraj markazi hakami (Malayziya). Xalqaro bitimlarni yuritishda katta tajribaga ega. Farg‘ona davlat universiteti huquqshunoslik fakultetini tamomlagan, University of East Anglia (Norij, Angliya) xalqaro tijorat va biznes huquqi bo‘yicha magistri darajasiga ega.

Toshkent xalqaro arbitraj markazida ishlaydi, hakamlik sudi a’zosi. yevropa, Rossiya, O‘zbekistondagi xalqaro kompaniyalarda mehnat tajribasiga ega. Capricorn Marine Services Ltd. (Latviya),  Infin Co. Ltd. (Rossiya), Moran Security Group Ltd. (Rossiya) va boshqa kompaniyalar manfaatlarini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Yirik neft, energetika, ko‘mir qazib chiqarish, dengiz qatnovi korxonalariga konsultantlik xizmatini ko‘rsatgan.

Rus tilidagi hujjatlar akkreditivlari huquqi to‘g‘risidagi birinchi kitob muallifi. AKT-huquq, bank, tijorat, neft-gaz va dengiz huquqi bo‘yicha yuzdan ortiq maqola muallifi. Sug‘urtalash va xalqaro tijorat arbitrajiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyalarda ma’ruzachi sifatida qatnashgan. yetakchi Rossiya OAVga dengiz huquqi va xalqaro arbitraj mavzularida intervyular bergan.

 

Maqolalar: “O‘zbekistonda smart-kontraktlar”

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *