Pandemiya biznesning chidamliligini sinayotgan bizning murakkab davrimizda korxonalar barcha resurslarini yashab qolishga qaratganlar.
Qanchalik aqlga zid ko‘rinmasin, yashab qolish uchun biznes bir vaqtning o‘zida yangi yechimlar izlashi va qat’iy qoidalarga rioya etishi lozim. Shu ma’noda, xatarlarni baholashga, tekshiruvga o‘rgangan va komplaens dasturga ega korxonalar inqiroziy holatlarga yaxshiroq tayyorlangan bo‘lib chiqadilar. Qolaversa, murakkab vaziyat fonida, komplaensxatarlar va ular bilan bog‘liq salbiy ssenariylar birinchi planga chiqishi mumkin, zero ular korxonani butkul yo‘q qilib yuborishi mumkin.
Agar ichki nazorat muhitiga e’tibor jam qilinsa, korxonaga yangi sharoitlarga moslashish uchun optimal mavqyeni belgilashga yordam beruvchi bir nechta sodda qoidalarni ishlab chiqish mumkin. Albatta, barcha xatarlar va barcha ehtimoliy ssenariylarni hisobga olgan holda, ichki nazoratni barcha qiyinchiliklarning davosi deb ayta olmaymiz. O‘zbekiston voqyeligida, ko‘pgina korxonalarda ichki nazorat umuman alohida toifaga ajratilmagan, lekin mavjud vaziyatdan kelib chiqib, aytish mumkinki, xodimlar va rahbariyatning ichki nazorat bo‘yicha sodda tavsiyalarga rioya etishi ham salbiy ssenariylarni chetlab o‘tish imkonini beradi.
1-TAVSIYA:
Xatarlarni jadal baholang va munosabat bildiring
Shu yerda darhol e’tiroz uyg‘onadi – agar ro‘y berayotgan hodisalarning to‘liq manzarasini tasavvur qilolmasak, vaziyatga ta’sir ko‘rsata olmasak, xatarlarni qanday baholay olamiz? Tabiiyki, hozir qariyb barcha xatarlar qiyin boshqariluvchi xatarlar toifasiga kiradi, lekin bu ularni tahlil qilmasa bo‘laveradi, degani emas. Qarorlaringiz bir narsaga bog‘liq: o‘sib borayotgan xatarlarni qabul qilasizmi yo ularni chetlab o‘tishga ahd qilasizmi? Masalan, ishlashda davom etasizmi yoki faoliyatingizni vaqtincha to‘xtatasizmi? Agar ehtimoliy oqibatlarni to‘g‘ri baholasangiz, mazkur davr uchun qanday qaror optimal ekanligini aniqlash osonroq bo‘ladi.
Biroq, shuni ham e’tiborga olingki, faqat xatarlarni qisqa muddatli davrdagi dolzarb ma’lumotlarga asoslangan holda baholashgina foydalidir. O‘zgarishlar dinamikasini kuzatish va sustkashlik har qanday qaroringizni ijro chog‘igacha eskirishiga olib kelishini yodda tutish muhim.
2-TAVSIYA:
Ustuvorliklarni to‘g‘ri qo‘ying
Murakkab davrlar og‘ir qarorlarni talab qiladi. Albatta, har qanday tadbirkor uchun pandemiya o‘z hayotini barbod qilayotganligini kuzatish juda mashaqqat. Ba’zida vaziyat fojiali darajada og‘ir bo‘ladiki, cho‘kayotgan biznesni saqlab qolish uchun, rahbarlarni yoki xodimlarni axloqqa zid yoki noqonuniy harakatlarga undaydi.
O‘z biznesingizni qonunga zid yo‘llar bilan quvvatlash jozibasidan sizni buning oqibatlarini o‘ylash saqlab qoladi. Davlat epidemiya tarqalishining oldini olish uchun ko‘p mablag‘ va sa’yharakatlarni safarbar qildi va u o‘rnatgan qat’iy nazorat doirasida hyech qanday oqlovlar qonunbuzarlar uchun og‘ir oqibatlarni yumshata olmaydi. Va agar yaqin istiqbolda sizning harakatlaringiz ijobiy samara bersa ham, uzoq muddatli istiqbolda ular foydadan ko‘ra ko‘proq muammolar keltiradi, hatto biznesingizni halokatga eltishi mumkin.
Shu sababli, qonunchilikning barcha talablarini bajarishni o‘z ustuvorligingiz deb biling.
Ustuvorliklarni belgilashda xodimlaringiz bilan o‘zaro hamkorlik muhim rol o‘ynaydi. Ba’zida ortiqcha ishtiyoq xodimlarni, rahbariyatdan yashirincha, axloqqa zid yoki, hatto, noqonuniy harakatlarni sodir etishga undaydi. O‘z mavqyeingizni xodimlargacha yetkazing va ular ham shubhali tashabbusdan tiyilishini talab qiling.
O‘z ustuvorliklaringizni xodimlaringizga ham yoying va ularning sa’yharakatlarini nazoratga oling.
Bunda sizga navbatdagi tavsiya yordam beradi.
3-TAVSIYA:
Qoidalarga rioya qilishni o‘z biznesingiz axloqiga aylantiring
Ko‘plab kompaniyalar epidemiyaga qarshi kurash choralarini o‘z xodimlari uchun axloq normalariga aylantirdilar. Bu ijobiy samara beradi, chunki axloq normalari xodimlar uchun muhim jihatlar
– ularning shaxsiy xavfsizligi va salomatligi, oilalarining xavfsizligi, kompaniyadagi maqomlarini ham o‘z ichiga oladi. Agar xodimlar rahbariyat tomonidan o‘z sa’yharakatlarining ijobiy baholanishini ko‘rsalar, rahbarlarning o‘zlari talablarga rioya etishda namuna bo‘lsalar, xizmatchilar qoidalar rioyasiga yanada mas’uliyat bilan kirishadilar. Qoidalar qog‘ozda qolib ketmasligi uchun, odamlarga bu qoidalarning nega zarurligini tushuntirish, asosiy urg‘uni ularning o‘z salomatliklari va xavfsiz ish o‘rinlariga berish, mijozlar/davlat xizmatlari/yetkazib beruvchilar bilan o‘zaro hamkorlikning tushunarli algoritmlarini joriy etish kerak bo‘ladi. Bu qiyin ish va katta mas’uliyat, ammo hozirgi holatning murakkabligida o‘ziga xos imkoniyatlar ham yashirin – siz xodimlar va mijozlar uchun xavfsiz axloq me’yorlarini kasb etgan kompaniya obro‘siga ega bo‘lasiz.
4-TAVSIYA:
O‘zaro hamkorlikning doimiy monitoringini yuriting
Epidemiya boshlanishi bilan monitoring eng muhim, asosiy hamkorliklarga qaratilgan bo‘lishi kerak. Bu, birinchi navbatda, sizning davlat idoralari bilan hamkorligingizdir. Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat boshlangandan buyon, O‘zbekistonda ushbu vaziyatni tartibga solish bilan bog‘liq 80 dan ziyod normativhuquqiy hujjatlar qabul qilindi. Monitoring qonunchilikdagi o‘zgarishlarni aniqlashgagina emas, balki korxonalaringiz doirasidagi barcha talablarning bajarilishini nazorat qilishga ham qaratilishi kerak.
Boshqa muhim hamkorliklar – sizning majburiyatlaringiz va kontraktlar. Tabiiyki, yuridik xizmatingiz forsmajor holatlar yuzaga kelishi bo‘yicha o‘z tavsiyalarini beradi. Ammo, yodda tutingki, biror shartnomaviy munosabatlarni uzishga yoki forsmajorni qo‘llashga shunchaki qaror qilishning o‘zi yetarli emas. Majburiyatlar bilan u yoki bu tarzda bog‘liq bo‘lgan barcha harakatlarni hujjatlarda qayd etish o‘ta muhim. Bu sheriklar bilan mojarolarni chetlab o‘tishda yordam beribgina qolmay, biznesjarayonlarni yangi sharoitlarga moslashtirishga ham xizmat qiladi.
Nazoratni talab qiluvchi yana bir murakkab hamkorlik – bu xodimlaringiz bilan o‘zaro aloqalardir. Karantin davrida kadrlar komplaensi sezilarli darajada murakkablashdi. Chunki ko‘plab xodimlar endi kamroq ish haqi olishlariga yoki boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishlariga to‘g‘ri keladi. Korxona uchun salbiy oqibatlarni chetlab o‘tish uchun, xodimlar bilan barcha aloqalarda maksimal darajada shaffof bo‘lish va ularning mehnat huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
5-TAVSIYA:
Vaziyatni umumiy baholashda kiber xatarlarni hisobga oling
Onlaynplatformalar biznes uchun ochiq qolgan yagona plaftorma bo‘lib qolgani bois, ular bilan bog‘liq bo‘lgan kiberxatarlarga e’tibor qarating. Ular ko‘psonli bo‘lishi mumkin, hatto bu yerda bir olam, korxonaga sezilarli zarar keltirishga qodir turfa xil xatarlar bordek ko‘rinishi mumkin. Vaziyat tanlovga imkon qoldirmayapti, ba’zida korxonalar ishonchsiz yetkazib beruvchilarga tayanishga yoki sinalmagan ITplatformani tanlashga majbur bo‘lyaptilar. Xatarlarni kamaytirish uchun xizmatlar yetkazib beruvchilarga nisbatan o‘z talablaringizni belgilab oling va axborotni qayta ishlash, saqlash, uzatish va undan foydalanishga oid barcha asosiy jarayonlar xavfsizligini ta’minlashga intiling.
6-TAVSIYA:
Xayriya borasidagi iltimoslar va o‘zingizning ijtimoiy loyihalardagi ishtirokingizni sinchiklab tekshiring
Albatta, har qanday biznes uchun korporativ ijtimoiy mas’uliyat (CSR) loyihalari muhim, ko‘plab kompaniyalar uchun ular o‘z korporativ madaniyatlarining bir qismi sanaladi. Ammo, bu yo‘nalishda ishlaganda, korxonaga katta zarar keltirish salohiyatiga ega obro‘ va korrupsiya xatarlarini yodda tutish kerak bo‘ladi. Shuningdek, unutmaslik kerakki, ijtimoiy loyihalar har doim jamoatchilikning diqqat markazida bo‘lib keladi va, yordam ko‘rsatishga urinib, siz o‘zingiz uchun noxush ommaviy vaziyatga aralashib qolishingiz mumkin. Xayriya va yordam ko‘rsatish koronavirusga doira vaziyatdan pul qilib olishga intilayotgan qalloblarning qopqoni bo‘lishi mumkin, shu sababli barcha ijtimoiy o‘zaro hamkorliklaringizda maksimal shaffoflik va batafsillikka rioya etish kerak. Umuman olganda esa, pandemiya davrida yuzaga keladigan vaziyat lar mudom o‘zgarib turishini va har kuni bizni qarashlarimiz va qarorlarimizni o‘zgartirishga majbur qiluvchi yangicha holatlar yuzaga kelishini yodda tutish lozim. O‘zgarishlarga e’tiborli bo‘ling, bu murakkab davr nafaqat sinovlar, balki yangi imkoniyatlarga ham boy bo‘lsin.
Umida Allaberdiyeva