Nashrning bosh maqsadi – keng jamoatchilik qatlamlariga ilmiy tadqiqotlar natijalari to‘g‘risida (jumladan xalqaro miqyosda) axborot almashish imkonini berish, o‘quvchilarni ilmiy ishlanmalarni tatbiq etish borasidagi ilg‘or jahon tajribasi bilan tanishtirish. Ushbu jurnal o‘z kontentidan bevosita ochiq foydalanishni taqdim qiladi va bunda quyidagi tamoyilga tayanadi: tadqiqotlar natijalaridan erkin ochiq foydalanish global bilim almashinuvining kengayishiga xizmat qiladi.
JURNAL VAZIFALARI
Maqolalar mualliflariga sifatli tahririyat-noshirlik xizmatlarini, shuningdek tarjima va taqriz xizmatlarini ko‘rsatish;
turli mamlakatlar olimlari va pedagoglari o‘rtasida sermahsul muloqot uchun yuqori sifatli diskursiv ilmiy makonni yaratish;
yangi g‘oyalar va tadqiqot natijalarining keng disseminatsiyasini ta’minlash;
yosh olimlar va o‘qituvchilar uchun samarali o‘zini o‘zi taqdim etish usullarini diversifikatsiyalash;
ahamiyatli xalqaro ilmiy tadbirlar, nashrlar, kasbiy tayyorgarlik/ qayta tayyorlash va malaka oshirish dasturlari to‘g‘risida keng ilmiy jamoatchilikni xabardor qilish.
Jurnal turli ilm-fan sohalaridagi dolzarb innovatsion yangiliklar va muammolar bilan qiziquvchi mahalliy va xorijiy tadqiqotchilar, o‘qituvchilar, yosh olimlar uchun mo‘ljallangan.
Jurnal qog‘oz variantda o‘zbek tilida chop etiladi, jurnalning elektron talqini esa, o‘zbek va rus tillarida chiqadi.
ANTIPLAGIAT SIYOSATI
Taqriz qilinadigan jurnallarda materiallar chop etilishi ilmiy kommunikatsiyaning samarali usuli bo‘lib, ilmiy bilim rivojlanishiga xizmat qiladi. Chop etish etikasining buzilishi (plagiat, avvalda chop etilgan materiallarni chop etishga taqdim qilish, ma’lumotlarni buzib ko‘rsatish va sh.k.) axloqiy nuqtai nazardan nomaqbulgina bo‘lib qolmay, ilm-fan taraqqiyoti yo‘lida ham to‘siq bo‘ladi. “QVANT” tahririyati bunday holatlarga qarshi o‘laroq, mualliflar, noshirlar, muharrirlar, taqrizchilar va o‘quvchilar o‘z sa’y-harakatlarini birlashtirishi kerak, deb hisoblaydi va o‘z faoliyatida quyidagi tamoyillarga tayanadi:
– jurnal faqat original ilmiy maqolalarni chop etadi;
– agar muallif(lar) o‘z maqolalarida boshqa maqolalardan parchalar ishlatadigan bo‘lsa(lar), manbalarga havolalar berishlari yoki avvalgi noshirdan yoxud mualliflik huquqlari sohibidan ruxsat olishlari kerak;
– plagiat mavjud maqolalar chop etishga qo‘yilmaydi;
– agar maqola tekshirilgandan keyin unda plagiat borligi aniqlansa, maqola chop etilmaydi va muallifning, tegishli institut va moliyalovchi tashkilot (agar mavjud bo‘lsa)ning so‘roviga ko‘ra, yuqorida keltirilgan sababga ko‘ra chop etish rad etilgani haqida bildirgi jo‘natiladi.
ARXIV SIYOSATI
Arxiv siyosati jurnal arxivlarini saqlash va ulardan erkin foydalanishni ta’minlashga qaratilgan. Arxiv taqrizdan o‘tgan maqolalar matnlaridan, jurnalda chop etiladigan annotatsiyalar va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Siz jurnal maqolalarini kengaytirilgan izlashni amalga oshirishingiz mumkin (asos so‘zlar, mualif, nom, bo‘lim bo‘yicha).
MUALLIFLIK HUQUQLARI SIYOSATI
Jurnaldan foydalanish ochiq. Bu uning butun materiallari foydalanuvchilar uchun ochiqligini bildiradi. Bu maqolalarni o‘qish, yuklash, ulardan nusxa olish, tarqatish, chop etish va ularning to‘liq matnlariga havola yo‘llash, quyidagi shartlarga qat’iy rioya etilganda, mumkin ekanligini anglatadi:
“Attribution” (“Atributsiya”) – Siz tegishli mualliflik ko‘rsatilishini ta’minlashingiz, litsenziyaga havolani taqdim etishingiz va, agar o‘zgartishlar kiritilgan bo‘lsa, ularni ko‘rsatishingiz kerak. Siz buni har qanday oqilona yo‘l bilan bajarishingiz mumkin, faqat litsenziar sizni yoki sizning asardan foydalanish usulingizni ma’qullaydigan usul bo‘lmasligi lozim.
Qo‘shimcha cheklovlarsiz – Siz litsenziyada ruxsat berilgan narsalardan birortasini bajarishda boshqalarga yuridik to‘sqinlik yaratuvchi yuridik cheklovlar yoki texnologik choralar qo‘llash huquqiga ega emassiz.
“QVANT” jurnali tahrir hay’ati maqolani ko‘rib chiqishda materialni Antiplagiat tizimi yordamida tekshirishi mumkin.
DAVRIYLIK
Bir yilda 4 marta – bosma talqin, u eng dolzarb mualliflik maqolalari va tahlilni o‘z ichiga oladi.
Jurnalning onlayn talqini kamida haftada 1 (bir) marta yangilanadi.
TAQRIZ
Maqolalarni taqrizlash keyingi 5 yil ichida taqriz qilinayotgan maqola mavzui bo‘yicha maqola chop etgan tegishli soha mutaxassisi amalga oshiradi. Maqola ekspertizasini o‘tkazish uchun u yoki bu taqrizchini tanlash to‘g‘risidagi qarorni bosh muharrir yoki chiqaruvchi muharrir qabul qiladi. Taqrizlash muddati taqrizchi bilan kelishiladi, lekin bir oydan oshmasligi kerak.
Qo‘lyozma ko‘rib chiqilishi yakunlariga ko‘ra taqrizchi quyidagi shkalaga muvofiq dalillangan tavsiya beradi: maqola hozirgi holatida chop etishga tavsiya etiladi; taqrizchi ko‘rsatgan kamchiliklar to‘ldirilgach, maqola chop etishga tavsiya etiladi; maqola qo‘shimcha ravishda boshqa mutaxassis taqriziga muhtoj; maqola ancha (matnning 15 foizidan ortiq) qayta ishlashga muhtoj; maqola jurnalda chop etishga yaroqsiz.
Taqrizda quyidagi masalalar yoritiladi:
maqola mazmuni sarlavhasida e’lon qilingan mavzuga muvofiqligi;
maqola zamonaviy ilm-fan yutuqlariga qanchalik muvofiq keladi;
bayon uslubi, tili, shakli, suratlar, jadvallar, diagrammalar, formulalarning mazmundorligi nuqtai nazaridan maqolaning o‘quvchiga tushunarli ekanligi;
ushbu masala bo‘yicha avvalda chiqarilgan adabiyotni hisobga olganda, maqolani chop etishning maqsadga muvofiqligi;
muayyan segment uchun tahliliy xulosalar mavjudligi, o‘rganishlar va tadqiqotlar foydasi, maqoladagi ma’lumotlardan biror soha yoki faoliyatni rivojlantirishda kim foydalana olishi;
o‘zlashtirish va plagiat bo‘yicha maqolani baholash;
maqolaning aniq ijobiy va salbiy tomonilarining bayoni, shuningdek maqolani to‘ldirish va unga qo‘shimcha qilish bo‘yicha takliflar.
Agar taqrizda maqolani to‘g‘rilash va qayta ishlashga tavsiyalar bo‘lsa, jurnal tahririyati muallifga ushbu tavsiyalarni, maqolaning yangi variantini tayyorlashda hisobga olish taklifi bilan birga jo‘natishi mumkin. Maqolani qayta ishlash o‘zgartishlar kiritish lozimligi haqida muallifga elektron xabar borgan vaqtdan boshlab 1 oydan oshmasligi kerak. Qayta ishlash oqibatida maqola tubdan o‘zgaradigan bo‘lsa, qayta taqrizga yuboriladi.
Ijobiy taqrizning mavjudligi maqola chop etilishi uchun zaruriy talab bo‘ladi, lekin muqarrar chop etilishini anglatmaydi. Chop etish to‘g‘risida yakuniy qarorni tahrir hay’ati qabul qiladi. Jurnal tahrir hay’ati tomonidan maqolani chop etish to‘g‘risida qaror qabul qilingach, tahririyat bu haqda muallifni xabardor qiladi va taxminiy chop etish muddatlarini ko‘rsatadi.
NOSHIR VA TAHRIRIYAT MAJBURIYATLARI
Jurnal noshiri chop etilayotgan maqolada barcha zamonaviy tavsiyalarga rioya etilishi yuzasidan tavsiyalarni qabul qiladi, shuningdek ilmiy materiallar ustidan qat’iy nazorat majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
“QVANT” jurnali bosh muharriri chop etish haqidagi qarorni yakka boshchilikda qabul qiladi. Bunday qaror asosida maqolaning originalligi, uning ilmiy ahamiyati, materialning haqqoniyligi va dalillarning ishonchliligi, shuningdek akademik diskurs talablariga muvofiqligi yotadi. Chop etish haqida qaror qabul qilganda, bosh muharrir tahrir siyosatiga ham tayanadi, bunda mualliflik huquqlari, qonuniylik va plagiat borasidagi dolzarb yuridik talablar bilan chegaralandi. Chop etish to‘g‘risida qaror qabul qilishda muharrir taqrizchilar va tahrir kengashi a’zolari fikrlarini hsiobga oladi.
Muharrir qo‘lyozmalar intellektual mazmunini mualliflarning irqi, jinsi, diniy qarashlari, kelib chiqishi, fuqaroligi yoki siyosiy qarashlaridan qat’i nazar xolisona baholaydi.
Tahririyat taqrizlash va maqolalarni chop etish jarayonlarida maxfiylik tamoyiliga rioya etadi.
Chop etilmagan ma’lumotlar, maqolalarga aloqador shaxslar tomonidan ko‘rib chiqishga taqdim etilgan qo‘lyozmalar orqali olingan axborot yoki g‘oyalar maxfiy sanaladi va ular muallifning yozma roziligisiz shaxsiy tadqiqotlarda ishlatilishi mumkin emas.
Tahririyat chop etish siyosati va qo‘lyozmalarga talablarning shaffofligini ta’minlaydi. Shuningdek, u taqrizchilarni manfaatlar to‘qnashuvi ehtimolini minimallashtiradigan tarzda tanlashga va ko‘rib chiqilayotgan qo‘lyozmalarga qasddan yomon munosabatda bo‘lishga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qiladi. Muharrirlar va taqrizchilar, o‘z tomonlaridan, mualliflar, kompaniyalar va, ehtimol, qo‘lyozma bilan bog‘liq boshqa tashkilotlar bilan raqobat, o‘zaro va boshqa tur aloqalari hamda munosabatlari oqibatida manfaatlar to‘qnashuvi mavjud bo‘lganda, o‘z nomzodlaridan o‘zlari voz kechishlari lozim.
Ko‘rib chiqilgan qo‘lyozmalar yoki chop etilgan materiallarga taalluqli axloqiy da’volar tushgan holatda, bosh muharrir munosib choralarni ko‘radi, u muallif(lar) bilan asosli o‘zaro hamkorlikni, zarur hollarda tegishli tashkilotlar va tadqiqot markazlari bilan ishlashni ham o‘z ichiga oladi.
TAQRIZCНILAR MAJBURIYATLARI
Rasmiy ilmiy kommunikatsiyalarda zaruriy bo‘g‘in sanaluvchi taqrizlash bosh muharrirga va tahrir kengashiga maqola haqida qaror qabul qilishda yordam beradi va, muallif bilan tegishlicha hamkorlik vositasida, maqola sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Maqolani ko‘rib chiqish uchun o‘z malakasi yetarli emasligini anglagan yoki taqrizni muddatida bajarish uchun yetarli vaqti bo‘lmagan taqrizchi bu haqda jurnal tahririyatini xabardor qiladi.
Taqriz uchun qabul qilingan maqola maxfiy hujjat sanaladi. Uni tahririyat tomonidan vakolat berilmagan hyech qanday shaxs bilan muhokama qilish mumkin emas.
Taqrizchi muallifni shaxsan tanqid qilishga yo‘l qo‘ymay, xolis va dalillangan bahoni beradi.
Taqrizchi taqriz qilinayotgan maqola mavzuiga oid va uning bibliografiyasiga kiritilmagan, chop etilgan ahamiyatli maqolalarni aniqlashga intiladi. Avvalda chop etilgan va maqolada keltiriladigan har qanday fikr (kuzatish, xulosa yoki dalil)ga maqolada tegishlicha bibliografik havola kerak bo‘ladi. Taqrizchi, shuningdek, ko‘rib chiqilayotgan maqola va taqrizchi ilmiy vakolati sohasida bo‘lgan har qanday boshqa chop etilgan ish o‘rtasidagi ahamiyatli o‘xshashlik va mos tushishlikka muharrirning e’tiborini qaratishi kerak.
MUALLIFLAR MAJBURIYATI
Maqolalarga talablar
Maqolalar yuqorida keltirilgan rasmiy talablarga muvofiq kelishi lozim. Muallif tadqiqotning haqqoniy natijalarini, shuningdek uning ahamiyati borasida xolis muhokamani taqdim etishi kerak.
Asllik va plagiat
Muallif u tomonidan to‘liq asl maqola taqdim etilganligini tasdiqlash va boshqa mualliflar ishlari yoki fikrlaridan foydalanilganda tegishli bibliografik havolalar yoki iqtiboslar keltirishi lozim.
Plagiat har qanday shaklda axloqqa zid harakat sanaladi va nomaqbuldir.
Ko‘psonlilik, ortiqchalilik va maqolalarning bir vaqtda chop etilishi
Umuman olganda, mullif asosan bitta tadqiqotga bag‘ishlangan maqolani bir jurnalda original maqola sifatida bittadan ko‘p chop etishi mumkin emas. Bitta maqolani bir vaqtda bittadan ko‘p jurnallarga taqdim etish axloqqa zid va nomaqbul ish deb hisoblanadi.
Shuningdek, avvalda chop etilgan maqolani boshqa jurnalga chop etish uchun jurnalga taqdim etish ham axloqqa izd va nomaqbul sanaladi.
Birlamchi manbalar e’tirofi
Boshqa shaxslar hissalarini doim tan olish kerak. Muallif taqdim etilgan maqola tayyorlanishida ahamiyatga ega bo‘lgan maqolalarga havola ko‘rsatishi shart. Shaxsiy muloqotda, masalan suhbat asnosida, o‘zaro yozishmalarla yoki uchinchi tomon bilan muhokama jarayonida olingan ma’lumotlar birlamchi manbaning ochiq-ravshan yozma ruxsatisiz qo‘llanilishi yoki taqdim etilishi mumkin emas.
Maqola muallifligi
Maqolning g‘oyasini shakllantirishda, ishlab chiqishda, taqdim etilgan tadqiqot ijrosida yoki interpretatsiyasida sezilarli hissa qo‘shgan shaxslargina uning mualliflari bo‘lishlari mumkin. Sezilarli hissa qo‘shgan har kim hammuallif sifatida belgilanishi lozim. Tadqiqotning ishtirokchilari tadqiqot loyihasiga muayyan yo‘nalishlar bo‘yicha salmoqli hissa qo‘shgan bo‘lsalar, ular ushbu tadqiqotga sezilarli hissa qo‘shgan shaxslar sifatida ko‘rsatilishi kerak.
Muallif tadqiqotga salmoqli hissa qo‘shgan barcha ishtirokchilar ko‘rsatilganiga, barcha hammualliflar ishning yakuniy talqinini ko‘rganliklari va tasdiqlaganliklariga hamda uni chop etishga taqdim etishga rozi ekanliklariga amin bo‘lishi kerak.
Chop etish uchun haq
Mualliflar uchun jurnalda maqola chop etish bepuldir.
Tahririyat mualliflardan materiallarni tayyorlash, joylashtirish va chop etish uchun haq olmaydi va maqolani tayyorlash hamda chop etish uchun qalam haqi ham to‘lamaydi. Muallifga qalam haqi istisnoviy holatlarda, masalan, moliyalovchi tashkilotlar homiylik mablag‘i sifatida to‘lanishi mumkin.
NOSHIRNING MAJBURIYATLARI
Noshir mazkur talablarga muvofiq, “QVANT” jurnali muharrirlari, taqrizchilari va mualliflari tomonidan o‘zlarining axloqiy majburiyatlari bajarilishiga xizmat qiluvchi tamoyillar va taomillarga rioya etadi. Noshir reklama joylashtirish yoki reprintlar ishlab chiqarishdan olinadigan potensial foyda muharrirlar qarorlariga ta’sir qilmasligi kerakligiga tayanadi.
Noshir “QVANT” jurnali muharrirlariga chop etilayotgan materiallarning axloqiy jihatlariga da’volarni ko‘rib chiqishda ko‘mak beradi va boshqa jurnallar va/yoki nashriyotlar bilan o‘zaro aloqasida yordamlashadi.
Zarur hollarda, noshir ixtisoslashgan yuridik qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydi.
MUASSIS
“ERGO RESEARCH and ADVISORY” MChJ
OSHKORALIK SIYOSATI VA MANFAATLAR TO‘QNASHUVI
Ko‘rib chiqishga taqdim etilgan qo‘lyozmalardan olingan chop etilmagan ma’lumotlarni Muallifning yozma ruxsatisiz shaxsiy maqsadlarda ishlatish taqiqlanadi.
Taqriz qilish davomida olingan va ehtimoliy afzalliklar bilan bog‘liq bo‘lgan axborot yoki g‘oya maxfiy saqlanishi va shaxsiy foyda olish maqsadida qo‘llanmasligi kerak.
Mualliflar, kompaniyalar yoki taqdim etilgan ish bilan bog‘liq boshqa tashkilotlar bilan raqobat, o‘zaro va boshqa aloqalar hamda munosabatlar oqibatida manfaatlar to‘qnashuvi mavjud bo‘lgan hollarda, Taqrizchilar qo‘lyozmalarni ko‘rib chiqishda qatnashmasliklari kerak.
BOSMAOLDI VA BOSMADAN KEYINGI NUSXALARNI JOYLASHTIRISH SIYOSATI
Muallif maqolani taqdim etish jarayonida maqola boshqa ilmiy jurnalda chop etilmagan yoki chop etish uchun qabul qilinmaganligini tasdiqlashi lozim. “QVANT” jurnaliga chop etilgan maqolaga havola ko‘rsatishda nashriyot jurnalning rasmiy saytiga havola (materialning to‘liq URL)ni joylashtirishni so‘raydi.
Avvalda muallif tomonidan boshqa nashriyotlarga aloqasi bo‘lmagan shaxsiy yoki ommaviy saytlarda joylangan maqolalar ko‘rib chiqishga qabul qilinadi.
ISSN 2181-1164
QVANT tahririyati tahlil guruhi