Yoshligimida omadim chopib, kinomexanikdan Vladimir Visotskiy qatnashgan filmning bir qismini, bir necha kadrni so‘rab olgandim. Ich-ichimdan faxrlangandim – ajoyib qo‘shiqchining suratini chiqarib olaman, deb o‘ylagandim. Ammo suratda unchalik sifatli bo‘lmagan portret, ekranda ko‘rganimdan kamroq detallar namoyon bo‘lganida qanchalik hafsalam pir bo‘lganini tasavvur qilolmaysiz! Shunda bir narsani tushunganman: kino ekranidagi tasvirning to‘liqroq ifodalash qobiliyati bittalik kadrdan karrasiga kuchliroq ekan, chunki miya yilt-yilt o‘tayotgan kadrlardan yaxlit manzara hosil qiladi va alohida kadrlarda ko‘rinmaydigan tasvirni ham ko‘radi.
Texnikaga qiziqqan har qanday kishida bo‘lganidek, menda ham bolalagimdan o‘zimni qiziqtirgan savollarning butun boshli kolleksiyasi yig‘ilib qolgan. Qiziqishlarimdan biri – texnika tarixi. Yoshligimdagi fotosuratlarning asosiy manbai gazeta va jurnallar bo‘lgan. U paytlardagi nashrlarda chop etilgan fotosuratlar nuqtali rastr ostida qilingan, ya’ni tasvir turli diametrdagi nuqtalardan yig‘ilardi, nuqta qanchalik katta bo‘lsa, rang shunchalik quyuq chiqardi. Bitta ob’ektning turli burchak ostidagi, suratga olish nuqtalari farqli bo‘lgan suratlari qo‘limga tushib qolsa, ularni stereojuftlikka jamlashga urinib ko‘rardim. Natija foydali bo‘lardi: hajmli tasvir yuzaga kelardi, qaysi element yaqinroqda-yu, qaysinisi uzoqroqda ekanligini tushunsa bo‘lardi. Qolaversa, stereojuftlikdagi detallar alohida suratlardagiga qaraganda tiniqroq chiqardi. Shunda men turli nashrlarda chiqqan bir xil fotosuratdan ham stereojuftliklarni jamlay boshladim – albatta, hajmli tasvir paydo bo‘lmasdi lekin juftlikdagi tasvirda detallar alohida olingan suratlarga qaraganda ko‘proq bo‘lardi.
Bularni aytishimdan maqsad – 2016 yilmidi, yorqinlik qobiliyati 8 megapiksel lekin kadrlarni 64 Mp.li qilib “yopishtirish” dasturiga ega 2-3 ta smartfon paydo bo‘lganda, bu xabar o‘quvchilarga erish tuyulgandi, xitoycha reklamani noto‘g‘ri tarjimasi deb tushunishgandi. Menga esa, stereojuftliklardagi tajribam tufayli, alogritm tushunarli edi. Deylik, 8 Mp.li kamerada 16 Mp yorqinlikda surat olmoqchimiz.
Buning uchun:
1. Kadrni suratga olamiz.
2. Kadr diagonali bo‘ylab sensor yacheykasi diagonalining yarmi kattaligida surish bilan ikkinchi suratni olamiz.
3. 2- kadrni surish kattaligida orqaga qaytaramiz.
4. Ikkala tasvirni bir-birining ustiga qo‘yamiz.
Bo‘ldi! 8 Mp.li sensordan foydalanib 16 Mp.li tasvirga ega bo‘ldik.
Yuqorida tilga olingan kameralardan biri tasvir harakati mexanik kompensatori, ya’ni kameraning optik o‘qini kadr diagonali ulushiga surish yordamida tasvirni surardi.
Mexanik kompensatsiya keng shuhrat qozonmadi va tez orada elektron kompensatsiya bilan almashdi, bunday surilishni jurnalistlar “qimirlagich” deb atadilar. Afsuski, bu holatda surilish kadr koordinatlarining o‘qishda, tabiiyki, diskret, bir necha yacheykaga teng qadam bilan surilishi orqali amalga oshiriladi, u harakat tezligiga bog‘liq bo‘ladi, lekin, yorqinlik qobiliyatini oshirish uchun yacheyka o‘lchami ulushiga teng surilish kerak bo‘ladi. “Qimirlagich”li elektron kompensatsiyaga ega kameralarda yorqinlikni oshirishni amalga oshirib bo‘lmaydi.
Biroq, shunchaki qo‘lda bir necha kadrlar seriyasini olish orqali bu effektga erishish mumkin. Gap shundaki, har qanday, hatto eng mohir fotografda ham qo‘llar titraydi, demak kerakli kadrlarni tanlash qoladi, xolos. Bir nozik jihati bor. Menimcha, o‘ng qo‘li yaxshi ishlaydiganlarda kadr chapga ketib qoladi. Avvalo, kadrlar seriyasini olish davomida tasvir o‘girilib qolmadimi – aniqlash kerak. Agar yaqqol burilish bor bo‘lsa, kadrning qaysi qismida maksimal yorqinlikka erishish mumkin va tanlangan elementga nisbatan kadrlarni ustma-ust joylash mumkinligini hal qilish kerak. Bu holda, kadrning eng yorqin qismidan qanchalik uzoqqa ketilsa, yorqinlik shunchalik kuchli kamaya boradi.
Dasturning birinchi qismi, masalan, suratlar seriyasidagi umumiy surilishni aniqlashi kerak. Surilishni kadrlar soniga bo‘lib, siz surilishning o‘rtacha kattaligini bilib olasiz. Surilish kattaligini sensor yacheykasi o‘lchami bilan qiyoslash orqali, talab qilingan kattalikdagi surilish hosil bo‘lishi uchun nechta kadrdan keyin tasvirni ustma-ust qo‘yish kerakligini bilib olasiz. Bizning holatimizda (16 Mp) sensor yacheykasi o‘lchamining yarmiga teng surilish talab qilinadi.
Demak, birinchi kadrni joylaymiz. Keyingi kadrni uning ustiga qo‘yib, dasturga ikkinchi tasvirni sensor o‘lchamidan kichkina qadam bilan asta surish buyrug‘ini beramiz. Tasvir surilishi yorqinlik qobiliyatini keskin oshirganligini ko‘rishingiz bilan surishni to‘xtatasiz. Shu bilan, 8 Mp.li kamerada olingan 16 Mp.li yorqinlikka ega tasvir tayyor bo‘ladi.
Agar kattaroq yorqinlikka ega bo‘lmoqchi bo‘lsangiz: 24 Mp olish uchun sensor diagonali bo‘ylab yacheyka diagonalining uchdan biriga teng uchta surat olish kerak bo‘ladi; 31 Mp uchun – to‘rtdan bir miqdorga surilish bilan 4 ta surat va hokazo.
Keyingi qadam burilishni kompensatsiyalash uchun tanlangan hudud atrofida asta aylantirish bo‘lishi mumkin, bu ham detallar maksimal sonigacha amalga oshiriladi.
Dasturning bu bloklari ishlab chiqilgach, jarayonni avtomatizatsiyalash ham mumkin bo‘ladi.
Bunday suratga olishning qiyin tomoni shundaki, u faqat harakatsiz ob’ektlar – peyzaj, reproduksiyani suratga oladi. Chunki 4 ta kadrni suratga olish uchun, kamera tezligiga qarab, bir sekundgacha vaqt ketadi.
Darvoqye, bugungi kunda ishlab chiqilayotgan, yuqori yorqinlik qobiliyatiga ega fazalangan antenna to‘rili radiolokator (FAR)lar ham xuddi shunday tamoyil asosida ishlaydi. Smartfon va fotoapparat fotokameralarida esa, bunday dastur hozircha mavjud emas.
Ishni boshlang, dasturchilar! Oddiygina kamerani yuqori toifaliga aylantiradigan dasturni bozorga olib chiqish – sizning qo‘lingizda.
Sergey Chinayev