Iqtisodchi olim. Nyu-York Davlat universiteti va Kornel universitetida o‘qigan va ishlagan. Florensiya universitetida, Koreya bankida, Koreya Taraqqiyot institutida, Kiev Iqtisodiyot maktabida, Birlashgan Vena institutida, Xalqaro Valyuta Fondida, Pekin universitetida stajirovka va treninglar o‘tagan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutida katta ilmiy xodim bo‘lib ishlagan.
Hozirda ERGO tadqiqot-konsalting kompaniyasiga rahbarlik qiladi va Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida dars beradi.
2017 yilda, Sent-Luis Federal zaxira banki RePeC loyihasi doirasida, sayyoraning 100 nafar eng ko‘p iqtibos keltiriladigan va chop etiladigan yosh iqtisodchi olimlari ro‘yxatiga kirdi. “Shuhrat” medali, “Fan yetakchisi” va “Yil olimi” mukofotlari sohibi. Londondagi Vestminster universitetida PhD-dasturi bo‘yicha tahsil oladi. Inson intellektini o‘rganish Xalqaro jamiyati va Individual tafovutlarni o‘rganish Xalqaro jamiyatining haqiqiy ilmiy a’zosi.
Maqolalar: “Blokcheyn MDH mamlakatlari iqtisodiyotini qanday o‘zgartirmoqda”