Saturn o‘ziga xos halqasi va aylanish o‘qi burchagiga egaligi bilan darrov taniladigan osmon jismlariga kiradi. Saturn halqasi asosan muz va changdan iborat bo‘lgan yassi konsentrasiyalangan jismlarning murakkab tizimidir. Bu halqalarning yuzaga kelishi sabablari borasida olimlar ikkita asosiy nuqtai nazarga tayanadilar. Birinchisiga ko‘ra, halqalar yuzaga kelishi uchun sayyoraning tortish kuchi beqarorligi sababli to‘laqonli yo‘ldoshga aylana olmagan sayyora atrofidagi moddalar qoldiqlari asos bo‘lgan. Tashqi halqalarni tashkil qiluvchi moddalar yo‘ldosh ko‘rinishiga kelishga muvaffaq bo‘lgan ammo sayyora yuzasiga yaqin joylashgan moddalar, katta tezlik va betartib harakat tufayli favqulodda kuchli urilib-surilishlarga uchragan va tobora maydalanib, g‘ovaklashib borgan.
Ikkinchi nazariyaga ko‘ra, halqalar sayyora yo‘ldoshining asteroid yoki kometa bilan to‘qnashuvi natijasida yuzaga kelgan. Buning sababi sayyora tortish kuchi bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin, bu yo‘ldosh orbitasi Rosh chegarasidan o‘tayotganda ro‘y bergan. Biroq sayyora aylanish o‘qining nishablik burchagi ham ko‘plab savollar tug‘diradi. Yaqin-yaqingacha olimlar uch milliard yildan ko‘proq vaqt oldin paydo bo‘lganida Saturnning aylanish o‘qi birozgina nishab bo‘lgan deb hisoblaganlar. Keyin, taxminan milliard yil oldin, uning yo‘ldoshlarining bosqichma-bosqich harakati asta-sekin rezonans hodisasini yuzaga keltirgan, u hozir ham davom etmoqda. Saturnning o‘qi Neptun sayyorasi harakatlanish traektoriyasi bilan o‘zaro ta’sirga kirishgan va nishablik burchagi 27° darajaga etguncha tobora kattalashib borgan. Ammo yaqinda CNRS, Sorbonna universiteti va Piza universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqotlar sayyora o‘qi barqaror turganligi haqidagi nazariyani shubha ostiga oldi. Yangi nazariyaga ko‘ra, Saturn nishablik burchagi uning yo‘ldoshlari, ayniqsa ularning eng yirigi – Titanning migrasiyasi tufayli yuzaga kelgan.
Yaqinda o‘tkazilgan kuzatuvlarga ko‘ra, Titan va boshqa yo‘ldoshlar Saturndan astronomlar taxmin qilganlaridan ko‘ra ancha kattaroq tezlikda uzoqlashmoqda. Mana shu migrasiyaning oshgan tezligini o‘z hisob-kitoblariga kiritib, tadqiqotchilar bu jarayon Saturn aylanish o‘qi nishabligiga ta’sir ko‘rsatadi, degan xulosaga keldilar. Yo‘ldoshlar tobora uzoqlashgani sari, sayyora kuchliroq engashmoqda. Bugun biz ko‘rib turganimiz – bu mana shu surilishning o‘tish bosqichi, xolos. Keyingi bir necha milliard yillar davomida Saturn o‘qining nishabligi ikki barobardan ko‘proqqa ortishi mumkin.
Tadqiqotchilar guruhi Yupiter sayyorasi o‘qi borasida ham shunday xulosaga keldi. Galiley yo‘loshlarining migrasiyasi sababli, Yupiterning nishabligi hozirda ortib bormoqda, chunki u Uran spin-orbital rezonansi dreyfi ketidan adiabatik ergashadi. Yo‘ldoshlar migrasiyasi tezligining hozirgi hisob-kitoblaridan foydalanib, Yupiterning nishabligi, uning inersiya qutbiy lahzasi aniq qiymatiga muvofiq, 6? dan 37? gacha oraliqdagi qiymatga etishi mumkinligi aytilmoqda. Yo‘ldoshlarning bundan jadalroq harakatlanishi, dreyf adiabatik bo‘lib qolgan holatda, nishablikning kattalashuviga olib kelgan bo‘lardi.
Bugungi kunda olimlar oldida ushbu nazariyani Quyosh tizimining boshqa sayyoralarida tekshirib ko‘rish va sayyoralar aylanish o‘qlarining bunday ortishi er uchun qanday oqibatlarga olib kelishini aniqlash vazifasi turibdi.
https://www.nature.com/articles/s41550-020-01284-x
http://www.cnrs.fr/en/saturns-tilt-caused-its-moons