Davlat-xususiy sheriklik (DXSh) – bu hukumatlarga xususiy sektor tajribasi va samaradorligidan foydalanish, shuningdek kapital jalb qilish va taraqqiyotni rag‘batlantirishga yordam beruvchi vositadir. DXSh doirasida hukumatlar qat’iy mezonlarga muvofiq davlat xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha masalalarni hal qilishda xususiy sektor bilan hamkorlik qiladilar. Hukumat loyiha maqsadlarini belgilaydi, xususiy tarmoq ularga erishish uchun javobgarlikni zimmasiga oladi. yetkazib berish fakti bo‘yicha to‘lov va xatarlar taqsimoti xususiy sherikka taraqqiyot sohasida milliy maqsadlarga erishishga xizmat qiluvchi sifatli davlat xizmatlarini taqdim etishga diqqatni jamlashda yordam beradi. Shuningdek, DXSh davlat va xususiy sektor o‘rtasida xatarlarni eng yaxshi boshqarish mumkin bo‘lgan tarzda taqsimlashga, taraqqiyot sohasida eng dolzarb ehtiyojlarni qondirish uchun resurslarni oqilona taqsimlashni ta’minlashga ko‘maklashadi.
IFC bugungi kunda 50 gigavattdan ortiq energiya ishlab chiqarilishini moliyalashtirib, rivojlanayotgan bozorlarda murakkab energetik bitimlarni moliyalash, tuzilmalash va yuritish bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga ega. O‘zbekistondagi eski elektr energetikasi infratuzilmasini modernizatsiyalashning taxminiy qiymati 3 milliard dollarga borib qoladi, shunday bo‘lsa ham, yangi energiya manbalarini ishlab chiqish va o‘zining energetik ehtiyojlarini qondirish uchun qo‘shimcha 14,4 milliard dollar jalb qilishi talab etiladi. To‘ldirgichlar bilan birga Quyosh energiyasidan foydalanish – bu ehtimoliy yechimlardan biri bo‘lib, IFC uni amalga oshirishda yordam beradi.
O‘zbekistondagi birinchi DXShlar davlat byudjetiga yuklamalar qisqarishi va mamlakatda elektr energiyasi ishlab chiqarish ortishiga yo‘naltirilgan. Ulardan biri Scaling Solar Program doirasidagi, Markaziy Osiyo mintaqasidagi ilk raqobatbardosh energetik DXSh bo‘ldi.  Bunda yutib chiqqan Birlashgan Arab Amirliklaridan Masdar Clean Energy kompaniyasining stavkasi bir kilovatt/soat uchun 2,67 AQSh sent bo‘ldi – bu rivojlanayotgan bozorlardagi eng past tariflardan biridir.
Bu muvaffaqiyat IFC Konsultativ guruhi ko‘magida DXSh bo‘yicha ikkinchi, qo‘shimcha 400 MVTga tender (Solar II) o‘tkazilishiga olib keldi, uning ketidan 500 MVT.ga yana bitta raund o‘tkazildi. O‘zbekiston 2030 yilga borib 5 GVt quyosh energiyasini rivojlantirishni mo‘ljallagan. Shuningdek, toza energiya bilan qamrab olishni yanada kengaytirish uchun hukumat qisqa muddatli akkumulyatorli energiya to‘plash (short-duration-battery energy storage (BES)) kabi yangi texnologiyalarni tatbiq etishga umid bog‘lagan.
IFC bosh investitsiya direktori Bernard Atlan BES borasidagi o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdi.

Akkumulyatorli batareya – bu anchayin yangi tendensiya. U loyihaga qanday kiritiladi?

Bernard Atlan: Yangi elektr stansiyalar o‘z yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonda birinchi bo‘ladi, chunki ular quyoshli fotoelektrik batareyalarni energiyani saqlashning akkumulyatorli tizimlari bilan uyg‘unlashtiradi. Solar III fotoelektrik park bilan juftlikda ishlaydigan qisqa muddatli batareyalardan potensial foydalanish dolzarbligi va afzalligini, shuningdek DXSh tuzilishi variantlarini taqdim etish uchun mart oyi boshlarida biz Toshkentda seminar o‘tkazdik.
AQSh va Avstraliya kabi rivojlangan bozorlarda quyoshli fotoelektrik batareyalarning qisqa yopiq akkumulyator energiyasi (BES) bilan birgalikda ishlatilishi tobora jo‘shqinroq qo‘llanilayotgan bo‘lsa-da, bu mazkur texnologiyaning O‘zbekistonda birinchi bor qo‘llanilishi bo‘ladi. BESdan foydalanish avvalo chastota va kuchlanishni tartibga solishdan boshlandi va borgan sari tiklanuvchan energiya manbalarining uzuq-yuluqligi muammolarini hal qilish uchun kompleks yechimlarning muhim komponenti bo‘lib bormoqda. O‘zbekistonning o‘z energetik tizimiga 5 GVt quyoshli fotoelektrik batareyalar va 2 GVtli shamol energetikasi qurilmalarini o‘rnatishdek jasur rejalari ushbu vazifalarni hal etish kompleksining tarkibiy qismi sifatida BESni tatbiq etishni talab qiladi.

Ushbu loyihada qanday murakkabliklarni ko‘ryapsiz?

Bernard Atlan: O‘zbekistonda BES tatbiq etilishi kutilayotgan natijaviy xarajatlar nuqtai nazaridan muammolar yuzaga keltiradi va, binobarin, elektr energiyasi ishlab chiqarishning o‘rtacha qiymatiga ta’sir ko‘rsatadi. Boshqa muammo shundaki, BES – bu tez rivojlanadigan texnologik mahsulot bo‘lib, u tekshirilmagan texnologiyalarning keng spektridan foydalanadi. Biz, optimal texnik va moliyaviy barqaror, hamyonbop yechimlarni ta’minlash uchun xususiy sektor tajribasidan foydalangan holda, BES quvvatlarining adekvat o‘lchamini va minimal «xizmatlar standarti» uchun Jahon bank guruhi (JBG) doirasidagi tashqi va ichki resurslarimizdan foydalanishda davom etamiz, so‘ngra fotoelektrik tizimlar parki bilan uyg‘unlikda, BESni loyihalashni, moliyalash va undan foydalanishni amalga oshiramiz.

COVID-19 ga qaramay, O‘zbekiston energetika tarmog‘iga investorlarning yuqori qiziqishi saqlanib qoladimi?

Bernard Atlan: Hozirda biz biznesda va Solar II va III loyihalarining amalga oshirilishida jiddiy uzilishlarni kutmayapmiz – yetkazib berish zanjiridagi uzilishlar oqibatlari bundan mustasno, ular jihozlar ishlab chiqarilishid potensial uzilishlarga olib keladi (Quyosh panellarini ishlab chiqarish sezilarli uzilishlardan zarar ko‘radi). Investorlar namoyon etgan qiziqish darajasi COVID-19 inqirozi natijasida sezilarli o‘zgarganligining biror belgisi mavjud emas.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *