Aquasolis suvni tiklash uchun yechimlar ishlab chiqadi
Global isish qurgʻoqchilik oshishiga olib keldi va butun dunyodagi landshaftni oʻzgartirmoqda. Natijada ayrim chuchuk suv manbalari isteʼmolchi uchun foydalanib boʻlmas holatga keldi. Bunday sharoitlarda startaplar, suvni chuchuklashtirish va qayta tiklash texnologiyalarini ishlab chiqib, iqlim oʻzgarishiga moslashishga oʻz hissasini qoʻshadi. Bunday yechimlar dengiz suvini turli sanoat va individual maqsadlarda ishlashtish, jumladan ichimlik suvini ishlab chiqarish uchun yaroqli qiladi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi maʼlumotlariga koʻra, 663 million kishi xavfsiz va narxi maqbul boʻlgan ichimlik suvidan foydalana olmaydi. Bunda suvni tozalash tizimi muhim rol oʻynaydi. Biroq, koʻplab yirik koʻlamda tatbiq etiladigan tizimlar shunchalik yuqori narxdaki, ular rivojlanayotgan mamlakatlardagi aholi va sanoat uchun nomaqbuldir.
Takroriy filtrlash (takroriy osmos, RO) anʼanaviy tizimlari odatda elektr tarmogʻiga ulangan boʻlishi kerak hamda yuqori energiyatalab va suv olish koeffitsiyenti past (40-50 foiz) boʻladi. Bu kerakli miqdorda suvni taʼminlashni murakkab va qimmatbaho qiladi.
Takroriy filtrlash boʻyicha Aquasolis Global noyob yechimi bu muammolarni chetlab oʻtish imkonini beradi. U suvni tizimdan yangicha, kamroq energiya talab qiladigan va qayta tiklanishning yuqoriroq darajasini taʼminlaydigan uslubda oʻtkazadi. Rivojlanayotgan mamlakatlar manfaatlari va baqarorlik maqsadida ishlab chiqilgan bu yechim standart komponentlardan foydalanib qurilgan va avtonom energiya tizimiga ulanishi mumkin.
Aquasolis yuqori samarali, suvni tozalash va chuchuklashtirish uchun takroriy filtrlashning yuqori samarali, oson oʻrnatiladigan tizimini ishlab chiqdi. Norvegiyaning Aquasolis startapi takroriy filtrlash (takroriy osmos, RO) asosida suvni tiklash va chuchuklashtirish uchun yechimlarni taklif qiladi, ular ekspluatatsiya xarajatlarini qisqartiradi, atrof-muhitga suv tozalash jarayonining taʼsirini minimallashtiradi. Yuqori samarali tizim 0,1 nm.gacha oʻlchamdagi zarralarni, jumladan bakteriyalarni, virus va tuzlarni filtrlashi mumkin. Bu startap, suvni tizim orqali kamroq energiya sarflagan holda va olingan chuchuk suv miqdori koʻp boʻladigan qilib oʻtkazish uchun takroriy osmos tiklanishi texnologiyasidan foydalanadi. Aquasolis Global takroriy osmos tizimi 98% suv olinishini taʼminlashi mumkin va bunda anʼanaviy takroriy osmos tizimlariga qaraganda 34%ga kamroq energiya isteʼmol qiladi. U butunlay quyosh energiyasi kabi toza energiyada ishlay oladi, bu xarajatlarni va atrof-muhitga taʼsirni kamaytiradi.
Hozirda Aquasolis Global tizimlari Gujarat shahrida (Hindiston) ishlab chiqarilmoqda. Biroq, keng yoyish jarayonini anchayin tezlashtirish imkoni bor,ishlab chiqarish dunyoning boshqa nuqtalarida osongina joriy qilinishi mumkin.
Mehmonxonalarda suv resurslarini boshqarishning Optishower intellektual platformasi
Aholi oʻsgani sari, suvning haddan tashqari koʻp isteʼmol qilish tufayli, shaharlarda suv taʼminoti katta muammoga aylanmoqda. Iqlim oʻzgarishi va suv yetishmasligi samarali suv taʼminoti va suv isteʼmolini qisqartirishni taʼminlovchi suv resurslarini boshqarishning intellektual platformalarini talab qiladi. Real vaqt rejimida aniq axborotni taqdim etib, bu yechimlar suv taqsimlash kompaniyalariga suv resurslarini samarali boshqarish uchun tizimli yechimlar qabul qilish imkonini beradi.
Optishower kompaniyasi foydalanuvchilar bilan oʻzaro hamkorlik, maʼlumotlar taqdim etish va geymifikatsiya uslublari bilan uygʻunlikda tahlil qilish hisobiga, mijozlar isteʼmol toʻgʻrisida asosliroq va oqilroq yechimlar qabul qila olishlari uchun oʻz mijozlarining isteʼmolchilik xatti-harakatlarini oʻzgartirish majburiyatini oʻz zimmasiga oldi.
Portugaliyaning Optishower startapi mehmonxonalar uchun suv resurslarini barqaror monitoring qilish va boshqarish platformaisni taklif etadi. Optishower yechimi mehmonxona binolarida kommunal xizmatlar isteʼmolini monitoring qilish uchun bir necha datchiklarga asoslangan IoT platformasidan iborat. Ushbu intellektual datchiklar tufayli suv va energiya isteʼmolini masofadan, samarali nazorat qilish mumkin. Ashyolar interneti (IoT) bilan integratsiyadan foydalanib, platforma suv isteʼmolini oʻlchaydi va real vaqt rejimida axborot taqdim etadi. Keyin ilova, texnik xizmat koʻrsatishni intellektual rejalashtirish uchun ulangan datchiklardan olingan maʼlumotlarni tahlil qiladi. Maʼlumotlar plaftormada taqdim etilgan boʻlib, u mijozlarni oʻz isteʼmolini qisqarishtirishga undash uchun xatti-harakat iqtisodiyoti va geymifikatsiya strategiyasidan foydalanadi. Startap mijozlarga sadoqat ballari taqdim etib, ularni suv isteʼmolini qisqartirishga faol jalb qilishni ragʻbatlantiradi.
Optishower texnologiyasi ikkita asosiy afzallikni beradi. Birinchidan, endi mehmonxonalar, anʼanaviy mijozlarini yoʻqotmagan holda, yangi turdagi mijozlarni jalb etish imkonini beruvchi barqaror mehmonxona xizmatlari modelini tatbiq etish va sotish imkoniga ega boʻldilar. Ikkinchidan, kommunal xizmatlar isteʼmolini koʻrinarli va tushunarli qilib, mehmonxonalar oʻz mijozlarini qoʻllab-quvvatlash va suv hamda energiya isteʼmoli darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻliq monitoring qilish tufayli resurslardan foydalanishda tejashlari mumkin. Bunday yondashuv ham suv quvurlaridagi suv silqishlarini, ham elektr tizimidagi buzilishlarni aniqlashni osonlashtiradi.
MetroPolder suvni aqlli saqlashni taklif etadi
Aholini suv resurslari bilan taʼminlash borasida xavotir kuchaygani sari suv resurslarini boshqarish shahar rejalashtiruvi uchun muhim masala sanaladi. Iqlim oʻzgarishi gidrologik sikllarga taʼsir koʻrsatadi va suvning foydalanishga ochiqligini shubha ostiga qoʻyadi. Natijada yomgʻir suvlarining toʻplanishi ichimlik suvi bilan taʼminlashning muqobil manbalari sifatidagi ahamiyati tobora kuchayadi. Bu suvdan foydalanish va sugʻorish kabi boshqa maqsadlarda ishlatish mumkin.
Gollandiyaning Optishower startapi tekis tomlarda suvni saqlash uchun intellektual yechimlarni ishlab chiqadi. Polder-tom Internet tarmogʻiga ulangan bufer tizimi, suv tarnovi va internet-paneldan iborat. Tarnov suv va oqim darajasini oʻlchaydi va muvofiqlashtiradi, uskunalar panelida esa tom va operatsion tizim koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi axborot aks etadi. Maxsus ishlab chiqilgan aralashma tomga yoqqan yomgʻir suvini ushlab turadi va yashil tom uchun poydevor vazifasini oʻtaydi. Shu tariqa “innovatsion tom” tomonidan toʻplangan suv sugʻorish, infiltratsiya va gidroponika tizimlarini ulash imkonini beradi, bu shaharlarni barra oziq-ovqat bilan taʼminlash masalalarini ham sifatli hal qilishga xizmat qiladi.
Eden shahar sharoitida suv toshishidan himoyalanish uchun yechimlar taqdim etadi
Iqlim oʻzgarishi sababli shaharlar, ayniqcha sohilboʻyida joylashganlari, kuchli issiq shamol, taxmin qilib boʻlmas toʻfon va suv toshishishlari kabi turli muammolarga duch keladilar. Spetsifikasi tufayli, shahar binolarining yuzasi tabiat landshaftlariga qaraganda tezroq qiziqdi. Shaharlarda haroratni me’yorlashtirish uchun yetarli darajada suv va suv havzalari bilan taʼminlangan yashil ekinlar nihoyatda muhimdir. Natijada shaharlarda suv berishni muvofiqlashtiruvchi suv resurslarini boshqarish boʻyicha yechimlar tobora shuhrat qozonmoqda.
Urban: Eden nemis dizayn studiyasi shahar suv-botqoq yerlari va yomgʻir suvlari uchun drenaj beton va drenaj kanallardan yasalgan modul elementlaridan iborat velosiped yoʻlaklari yaratadi. Kuchli yomgʻirlar vaqtida aralashma yomgʻir suvini bogʻlardagi tabiiy suv havzalariga yoʻllaydi yoki xavfsiz usulda yer ostiga shimdiriladi. Bu kanalizatsiya tizimiga yuklamani kamaytiradi, suv havzalarini tozalaydi va suvning tabiiy aylanishini tiklaydi.
Evja startapi qishloq xoʻjaligida suv resurslarini boshqarish tizimini taklif etadi
Iqlim oʻzgarishi va haroratning oshishi ham qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda suvga boʻlgan ehtiyojni oshiradi. Suv tanqisligi sharoitida barqaror sugʻorish qishloq xoʻjaligi uchun ustuvorlik kasb etadi. Bu vazifani hal etish uchun startaplar oʻsimliklarni ular muhtoj boʻlgan optimal miqdordagi suv bilan taʼminlovchi yechimlar ishlab chiqadilar. Shuning barobarida, bu yechimlar ekotizim xizmatlari foydasiga tabiiy resurslarni asraydi.