Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 1931 yil 15 fevralda Iqtisodchilarni tayyorlash rejali instituti sifatida tashkil etilgan. Vaqt o‘tgach, bu OTM Xalq xo‘jaligi instituti deb, keyin Tijorat-kooperativ institut deb nomlangan
Iqtisodchilarga talabning o‘sishini inobatga olib, 1931 yil 13 avgustda Turkiston davlat universiteti iqtisodiyot va ijtimoiy fanlar fakul’tetlari bazasida Markaziy Osiyo moliyaviy iqtisodiyot instituti tashkil etilgan. Buning natijasi o‘laroq, Toshkent moliya-iqtisodiyot instituti tashkil etilib, u Markaziy Osiyo respublikalari uchun moliya-kredit tizimi xodimlarini tayyorlagan. Ular oldida Markaziy Osiyo uchun moliya-kredit va buxgalteriya tizimida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash vazifasi turardi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – bu yuqori malakali iqtisodiyot kadrlarni tayyorlash bo‘yicha bazaviy oliy iqtisodiy o‘quv muassasasidir. TDIU bitiruvchilari Prezident Devonxonasi, Senat va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, O‘zR Vazirlar Mahkamasi, Markaziy bank, Iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, davlat soliq va bojxona qo‘mitalari va boshqa davlat organlari va idoralarida faol ish yuritmoqdalar.
TDIU universitetining missiyasi – oliy ta’lim bazaviy va qo‘shimcha ta’lim dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha zamonaviy, sifatli ta’lim faoliyatini yuritish, o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish.
Bugungi kunda universitetda 712 nafar o‘qituvchi, jumladan 311 nafar fan doktori, fan nomzodi va PhD ilmiy darajalariga ega mutaxassis ishlaydi. Talabalarning umumiy soni 13 055 nafarni tashkil qiladi, shulardan 11 671 nafari bakalavriatda, 1070 nafari magistraturada o‘qiydi
Iqtisodiyot fakul’teti – o‘qish muddati 4 yil. Fakul’tetda ta’limni ishlab chiqarish va ilm bilan integratsiyalashga alohida e’tibor beriladi. Bitiruv ishlarining 45 foizidan ziyodrog‘i talabalar amaliyot o‘taydigan korxonalar buyurtmalari asosida bajariladi, ularda berilgan taklif va tavsiyalar esa, dalolatnomalar asosida tatbiq qilish uchun qabul qilingan.
Korporativ boshqaruv fakul’teti – o‘qish muddati 4 yil. Korporativ boshqaruv fakul’tetining missiyasi iqtisodiyot, menejment, siyosatshunoslik, boshqaruv faoliyati va tadbirkorlik sohasidagi bilimlarni rivojlantirish va keng yoyishdan; yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan; global hamjamiyatda yetakchi bo‘lishga qodir shaxsni shakllantirishdan; o‘z mamlakatining munosib fuqarosini tarbiyalashdan, shuningdek investision, tijorat, hukumat va notijorat tashkilotlari uchun professional xizmatlarni taqdim etishdan iborat.
O‘quv dasturi sifatli ta’limni taqdim etadi va u talabalarning kelgusida professional bo‘lishi, ulkan ilmiy-amaliy va boshqaruv tajribasiga ega ilmiy va biznes-ekspertlar ishtirok etishi, dasturlarning baholar va mulohazalar asosida o‘quv jarayoninin o‘z vaqtida tahlil qilish va tuzatib borish orqali moslashuvchan va jo‘shqin bo‘lishiga, mavjud o‘quv dasturlarining mehnat bozoridagi vaziyat va ish beruvchining ehtiyojlariga moslashishiga; O‘zbekistondagi ta’limni butun dunyodagi boshqa ta’lim muassasalaridagi ta’limga kombinasiyalanuviga, xalqaro hamkorlikning turli shakllariga; talabalar uchun axborot-texnologik shart-sharoitlarning yuqori daraja bo‘lishiga imkon beradi.
Xalqaro turizm fakul’teti – o‘qish muddati 4 yil. Davlatning iqtisodiy rivojlanishi uchun eng muhim shartlardan biri jahon tovarlar va xizmatlar bozoriga bosqichma-bosqich chiqish uchun turistik xizmatlardan samarali foydalanish sanaladi. Turizm bo‘yicha trening ushbu jarayonning muhim omillaridandir.
Moliya va buxgalteriya hisobi fakul’teti – o‘qish muddati 4 yil. Fakul’tet nafaqat O‘zbekiston, balki chet mamlakatlar uchun ham yuqori malakali kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan. Talabalar mehnat bozori talablari va ilmiy bilimlarning jadal rivojlanishi inobatga olingan holda o‘qitiladi. O‘qituvchilar tarkibi muayyan fanlar bo‘yicha ta’lim beribgina qolmay, hayotning barcha jabhalarida yordam berishi mumkin bo‘lgan malakalarni ham o‘rgatadi. Har bir talaba muayyan mezonlar bo‘yicha individual yondashuv asosida o‘qitiladi.
Raqamli iqtisodiyot fakul’teti – o‘qish muddati 4 yil. Fakul’tetda bakalavriat bosqichida «Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar bo‘yicha)», «kasbiy ta’lim (iqtisodiyot)» va «kasbiy ta’lim (informatika)» yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Shuningdek, fakul’tetda «Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari», «Ekonometrika», «Kasbiy ta’lim nazariyoti va uslubiyoti» mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar yetishib chiqadi. Bugungi kunda Iqtisodiyotdagi axborot tizimlari fakul’teti quyidagi tashkilotlar bilan innovasion-korporativ hamkorlik yuritadi: «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi; «O‘zbektelekom» AK; “UNICON.UZ” DUK; O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi; O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi.
TALABALAR UChUN MEZONLAR
Universitetga lisey, kollej yoki umumta’lim maktabini yakunlagan va tegishli attestat/diplomga ega abiturientlar qabul qilinadi.
TDIU UNIVERSITETIDA TA’LIM
Universitet xodimlari yuqori ilmiy-pedagogik salohiyatga, ilmiy maktablar tashkil qiluvchi noyob jamoaga ega. Universitetda akademik K.X. Abdurahmonov va akademik S.S. G‘ulomov maktablari yaratilgan.
Qayd etish zarurki, 2020 yilda 5 ta fan doktori (DSc), 34 ta falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoya qilindi.
Universitetda hisobot davrida 11 ta davlat ilmiy-texnik loyihalari bajarildi.
Barcha korpuslarda va talabalar yashash joylarida masofadan ta’lim olish uchun bepul Internet (Wi-Fi)li hududlar mavjud.
Xorijiy o‘quv muassasalaridan taklif etilgan chet ellik professorlar ishtirokida universitet talabalari va o‘qituvchilari uchun 85 dan ziyod mashg‘ulot, vebinar, mahorat saboqlari o‘tildi.
AXBOROT-RESURS MARKAZI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kutubxonasi – O‘zbekistondagi eng yirik OTM kutubxonalaridan biri. U Axborot-resurs markazi – universitetning eng yirik bo‘linmasining tarkibiy qismi sanaladi. Kutubxona o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy siyosati, xo‘jalik hayotiga muvofiq yuritadi va yuqori malakali iqtisodiy kadrlar hamda olimlarni tayyorlash, iqtisodiyot sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga muayyan hissa qo‘shadi. Mahalliy va butun dunyoda e’tirof etilgan, yaqin va uzoq xorijdagi yetakchi mutaxassislarning nashrlari o‘z vaqtida olinadi. Kutubxona fondi universitetimiz o‘qituvchilari, respublikadagi boshqa o‘quv va ilmiy mussasalar va tashkilotlar tomonidan tayyorlangan yetarli miqdorda adabiyot bilan to‘ldiriladi. Hozirda fondda 800 ming nusxa adabiyotlar saqlanmoqda. Kutubxonada amalga oshiriladigan kutubxona-axborot xizmatlari:
– kutubxona fondidan axborot va hujjatlar izlash uchun ma’lumotnoma-izlash apparati (MIA)ni taqdim etish;
– o‘quvchilarga xizmat ko‘rsatish (o‘quv abonementi/O‘QAB, ilmiy abonenment/ILAB, 6 ta o‘quv zali, virtual kutubxona);
– MIAdan foydalanishda konsul’tativ yordam ko‘rsatish;
– o‘quv zallarida turli dozarb mavzulardagi kitob ko‘rgazmalarini, yangi kelgan adabiyotlar ko‘rgazmalarini, konferensiyalar, seminarlar o‘tkazilishi joylarida adabiyotni ochiq o‘qishni tashkil qilish;
– «Axborot kunlari», «Kafedra kunlari»ni tashkil qilish va o‘tkazish;
– bibliografik ko‘rsatkichlar, adabiyotlar ro‘yxatlarini tayyorlash va chiqarish;
– rektorat, olimlar va o‘qituvchilar, universitet talabalari so‘rovlariga ko‘ra og‘zaki va yozma ma’lumotnomalar berish.
LABORATORIYaLAR
Universitetda Germaniyaning GROSS insurence kompaniyasi o‘quv-ilmiy laboratoriyasi tashkil etilgan. Shuningdek, “Turonbank” AJ, “Mikrokreditbank” ATB, TIF Milliy banki, Xalq banki, “Gail” sug‘urta kompaniyasi, Respublika tovar-xom ashyo birjasi bilan hamkorlikda o‘quv-ilmiy laboratoriyalar faol ishlamoqda.
HAMKORLIKDAGI DASTURLAR
Hozirda universitetda chet el nufuzli OTMlarining filiallari va birgalikdagi dasturlari ishlamoqda. Jumladan, Buyuk Britaniyadagi London iqtisodiyot va ijtimoiy fanlar maktabi, Avstriyadagi Krems universiteti, AQShdagi Vebster universiteti, Finlyandiyadagi Turku universiteti, Malayziyadagi INSIF instituti, Turkiya bilan qo‘shma dasturlar asosida kadrlar tayyorlanmoqda. Rossiya Federatsiyasi Ural davlat iqtisodiyot universiteti filiali faoliyat yuritmoqda.
Hozirgi kunda AQSh, Angliya, Germaniya, Yaponiya va boshqa mamlakatlarning nufuzli universitetlari bilan 154 ta hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolangan.
МАГИСТРАТУРА
Бўлимнинг функционал вазифаларига магистрларни тайёрлаш бўйича ўқув жараёнини ташкил этиш, таълим ва ўқиш сифатини назорат қилиш; магистратура ихтисосликларини керакли дарсликлар ва адабиёт билан таъминлаш, бу жараёнга етакчи олимлар ва юқори малакали мутахассисларни жалб қилиш, илмий тармоқни ривожлантириш; магистратура талабаларининг илмий-педагогик ва илмий-тадқиқот фаолияти устидан назорат; магистрантларнинг ўқиши ва ишга жойлашиши устидан тизимли мониторинг ўтказиш; магистратурани бюджет асосида якунлаган магистрантларни ишга жойлаш учун меҳнат бозоридаги иш ўринлари тўғрисидаги ахборот банкини ташкил этиш, битирувчилар хизматидан манфаатдор ташкилотлар билан ҳамкорликни ривожлантириш; магистрантларни илмий-тадқиқот ишларини бажаришга йўллаш, улар томонидан илмий-тадқиқот ишларининг бажарилишини мувофиқлаштириш; амалиёт, лойиҳа ишлари, магистрлик диссертацияларини сифатли ташкил этиш устидан назорат; замонавий педагогик ва ахборот технологияларини ишлаб чиқишни ташкил этиш ва уларни ўқув жараёнига татбиқ этиш; турли халқаро ҳамкорликларни ривожлантириш, ўзаро ахборот алмашиш, илмий-амалий конференцияларда қатнашиш; маистрлик иссертациялари мавзуларини кўриб чиқиш, шунингдек уларни илм-фан муаммоларини ҳал қилишга йўналтирилишини таъминлаш; иқтидорлик талабалар билан ишлаш, уларни турли танловларга, жумладан Президент стипендиясини олиш танловига тайёрлаш; тизимли равишда ва доимий асосда магистратура битирувчилари билан алоқаларни ташкил этиш, шунингдек уларнинг фаолиятиларини доимий мониторинг қилиш; магистрантлар билимларини рейтинг тизими асосида назорат қилиш, уларнинг натижаларини таҳлил қилиш ва уларни такомиллаштириш бўйича таклифлар билдириш кабилар киради.
ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТЛАР ВА ИННОВАЦИЯЛАР БЎЛИМИ
Бўлим 3 та асосий функцияга эга:
– ОТМ илмий-тадқиқот режасини ишлаб чиқиш ва бажаришни мунтазам мониторинг қилиш;
– ОТМга асосий докторантлар, докторантлар ва мустақил тадқиқотчиларни қабул қилиш жараёнини ташкил қилиш, тадқиқотчилар ишларининг индивидуал режаларини тасдиқлаш ва уларнинг бажарилишини мунтазам назорат қилиш;
– кафедралар томонидан илмий семинарлар, халқаро ва миллий конференциялар ва симпозиумлар каби илмий тадбирлар ўтказилишига кўмаклашиш, кенг жамоатчиликни ушбу тадбирлардан келиб чиқувчи илмий тавсиялар ҳақида хабардор қилиш.
Бунда бўлим қуйидаги вазифалардан келиб чиқиб қуйида келтириладиган фаолият турларини бажаради:
– кафедраларнинг тадқиқот жараёнларини фаоллаштириш, улардаги норматив-услубий ва ахборот ресурслар сифатини ошириш ҳисобига илмий ишланмалар ҳажмини оширишга ва уларнинг иқтисодий самарадорлигини оширишга кўмаклашиш;
– вазирликлар, қўмиталар, ташкилотлар ва саноат корхоналари ҳамда илм-фан, таълим ва саноат ўртасидаги инновацион-корпоратив ҳамкорлик доирасида идораларда ўтказилаётган ишларни кенгайтириш ва мувофиқлаштириш;
– Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ҳамда Ўзбекистон Республикаси Инновацион ривожлантириш вазирлиги ва бошқа ташкилотлар билан ҳамкорликни ташкил қилиш, ахборот алмашинувини таъминлаш;
– илмий мақолалар маълумотлар базасини ривожлантириш, адабиёт, статистик маълумот ёрдамида илмий тадқиқотларнинг барқарор тизимини шакллантириш;
– ОТМ профессор-ўқитувчилар таркиби шахсий иш режасида келтирилган илмий-тадқиқот ишлари режасининг бажарилишини назорат ва мониторинг қилиш;
– хорижий университетлар, тадқиқот марказлари ва иснтитутлари билан ҳамкорликда чет эл тадқиқот, консультацион ва таълим марказлари билан илмий ва амалий алоқаларни ўрнатиш, ривожлантириш ва мустаҳкамлаш;
– тадқиқотчилар диссертацияларидаги илмий янгиликларни ОТМ ўқув-тадқиқот фаолиятига жорий этилишини таъминлаш, натижалардан фойдаланиш тўғрисидаги гувоҳномаларни олишга кўмаклашиш;
– энг яхши илмий-тадқиқот иши учун маънавий ва моддий рағбатлантириш тизимини ишлаб чиқиш ва жорий этиш, мхсус мукофотларни таъсис этиш;
– тадқиқотчиларнинг малака ва қўшимча имтиҳонларини ташкил этиш;
– ОТМ прфоессор-ўқитувчиларига оид бошқа мажбуриятларни бажариш.
DOKTORANTURA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4958-sonli “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2017 yil 16 fevraldagi Farmoni ijodiy kadrlarni o‘qitish va OTM salohiyatini o‘stirishda muhim rol’ o‘ynaydi. Ushbu farmonga muvofiq, mamlakatda stajirovka orqali, bazaviy doktorlik darajasi, mustaqil tadqiqotchi va doktorantura kabi oliy ta’limdan keyingi ta’lim turlari mavjud. Shu sababli universitetimizda 31 ta ixtisoslik bo‘yicha, jumladan: 08.00.01 – iqtisodiyot nazariyasi, 08.00.02 – makroiqtisodiyot, 08.00.03 – sanoat iqtisodiyoti bo‘yicha falsafa doktorlari va fan doktorlari tayyorlanadi. Hozirda universitetda 373 nafar ilmiy xodim 17 ta ixtisoslik bo‘yicha faoliyat yuritadi.
Universitet bazaviy doktoranturasiga quyidagilar qabul qilinadi:
magistr, oliy ta’lim to‘g‘risidagi diplom (ixtisoslik dasturlari bo‘yicha);
falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish maqsadida dissertasiya tadqiqotni yozish uchun asos bo‘luvchi ilmiy natijalarga ega, jumladan ilmiy jurnalda kamida bitta maqola va ilmiy to‘plamlarda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha kamida 2 ta tezis mavjudligi.
Doktoranturaga quyidagilar qabul qilinadi:
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki chet elda olingan unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lish;
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan yoki ungga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajani olgandan keyin boshqa muhim ilmiy natijalarni, jumladan fan doktori darajasini (DSc) olishni xohlovchi va dissertiasiya tadqiqotini tashkil etish uchun asosni tashkil qiluvchi kamida uchta ilmiy maqolaga va ilmiy maqolalar to‘plamlarida uchta tezis chop etganlar qabul qilinadi.
Falsafa doktori ilmiy darajasini (PhD) olish uchun quyidagilar rasmiylashtiriladi:
magistrlik yoki oliy ta’lim diplomi (ixtisoslik bo‘yicha) sohiblari;
falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish maqsadida dissertasiya tadqiqotni yozish uchun asos bo‘luvchi ilmiy natijalarga ega, jumladan ilmiy jurnalda kamida bitta maqola va ilmiy to‘plamlarda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha kamida 2 ta tezis mavjudligi.
kamida ikki yillik ilmiy-pedagogik stajga yoki muayyan ilmiy yutuqlar (patentlangan ixtiro yoki mualliflik guvohnomalari)ga ega bo‘lganlar.
2021 yil 1 avgust holatiga himoya qilingan dissertasiyalar soni 31 tani tashkil qiladi.