O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 22-24 noyabr’ kunlari Koreya Respublikasiga davlat tashrifiga bag‘ishlab o‘tkazilgan Koreya-O‘zbek “Biznes-Forum”i doirasida, Koreyalik va O‘zbekistonlik hamkorlar o‘rtasida Toshkent shahrida Yodju texnika institutini tashkil qilish haqida Memorandum imzolangan. Imzolangan Memorandumga asosan 2018 yil 24 iyul’ sanasida Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan davlat lisenziyasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi muassasa maqomiga ega bo‘ldi.

Institutining asosiy vazifasi – iqtisodiyotning turli tarmoqlarida talab qilinayotgan zamonaviy kasbiy bilim, kompetensiya va amaliy ko‘nikmalarga ega, yuqori malakali kadrlar va mutaxassislarni tayyorlash. Bunga ko‘ra, institutning barcha ta’lim dasturlari asosiy ish beruvchilarning talablarini inobatga olgan holda, xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan.

 

Institutda o‘zbek-tili, rus-tili va ingliz-tillarida bakalavr, kechki, sirtqi, va ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha ta’lim shakli mavjud. Ta’lim jarayoni kredit-modul’ tizimi asosida tashkil qilingan bo‘lib, talabalar Yevropa va Janubiy Koreyaning yetakchi oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikdagi turli xalqaro ta’lim loyihalarida 2+2 ikkita tomonlama diplom hamda 2+1+1 almashinuv ta’lim dasturlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Institutning hamkor oliy o‘quv yurtlari qatoriga Janubiy Koreyaning Hanyang University, Chung Cheong University, Gachon University, Chosun University, Jeonju University, Namseoul University, Bel’giyaning  United Business Institutes, Bolgariyaning Varna Management University, Turkiyaning Yildiz Technical University va Buyuk Britaniyaning University of Strathclyde kiradi.  Shuningdek, talabalar mobilligi (student mobility) hamda xorijiy mamlakatlarning yetakchi xalqaro kompaniyalarida amaliyot va stajirovka (internships) tizimi doirasida talabalar bir semestrlik almashinuv dasturlarida ishtirok etishlari mumkin.

Институтда халқаро ва маҳаллий профессор – ўқитувчилар ҳамда маърузачи-амалиётчилар педагогик фаолиятни амалга оширмоқдалар. Улар АҚШ, Буюк Британия, Германия, Франция, Италия, Япония, Корея Республикаси, Малайзия ва бошқа нуфузли олий ўқув юртларининг битирувчиларидир.

Институтда мавжуд замонавий ахборот-ресурс маркази ҳамда илмий – тадқиқот лабораторияга эга моддий-техника базаси миллий ўзига хосликнинг халқаро муҳит билан уйғунлашуви сифатли таълим олиш учун барча зарур шароитларни яратган.

Bugungi kunda institut quyidagi ta’lim dasturlarini taqdim etadi:

 

SCHOOL OF ENGINEERING SCHOOL OF BUSINESS AND FINANCE

  • Arxitektura va shaharsozlik;
  • Muqobil energiya;
  • Lift muhandisligi;
  • Axborot tizimlar muhandisligi;
  • Mashinasozlik;
  • Elektrotexnika;
  • Mexatronika;
  • Qurilish; •         Biznesni boshqarish;
  • Xalqaro marketing;
  • Xalqaro iqtisodiy munosabatlar;
  • Turizm;
  • Buxgalteriya;
  • Bank ishi;
  • Moliya.

SCHOOL OF EDUCATION    SCHOOL OF DESIGN

  • Koreys tili filologiyasi
  • Boshlang‘ich ta’lim
  • Maktabgacha ta’lim
  • Ingliz tili ta’limi •         Liboslar dizayni
  • Rangtasvir

SCHOOL OF MEDICINE

  • Chiroy estetikasi
  • Davolash ishi

Qo‘shimcha ma’lumotlar bilan institutning www.ytit.uz rasmiy saytida va quyidagi ijtimoiy sahifalarida tanishish mumkin: Telegram (@yodju), Instagram (@ytit.uz), Facebook (fb.com/ytit.uz).

Manzil: Toshkent shahri, Usmon Nosir ko‘chasi, 156-uy, 100121.

Ma’lumot uchun telefon: +99878 1294040 (ichki 1).

Ma’lumot uchun: Institut o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan 2018 y. 24.07 dagi №OT 0002 davlat lisenziyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinig 2019 y. 17.12 dagi №1007 son “Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti faoliyatini tashkil etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori asosida olib boradi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *