Agar treyding sizni qiziqtirib, boshlang‘ich malaka va hatto tajribaga ega bo‘lsangiz ham, Gugldan birinchi chiqqan brokerga pul yuborishga shoshilmang. Ushbu maqolada brokerlik hisoblarini to‘ldirish va naqdlash qanday ro‘y berishi, sizning daromadingiz nimalardan tashkil topishi va karyerangizda brokerning qanday rol o‘ynashi haqida so‘z yuritamiz.
Gapni asoslardan boshlaymiz: boshlang‘ich kapital hajmi. Uni tajribadan va qancha pul topishni istashingizdan kelib chiqib tanlash kerak bo‘ladi.
Tajriba qanday rol o‘ynaydi. Agar siz yangi boshlagan bo‘lsangiz, oldingizda ikkita yo‘l turadi: o‘quv hisobi yoki sentli hisob. Birinchisi sizga real komissiyalar bilan savdo uchun virtual valyuta taqdim etadi, ikkinchisi haqiqiy, lekin yuz barobarga kattalashtirilgan bo‘ladi (100 sentga to‘ldirasiz – go‘yoki $100 olasiz).
Ikkala holatda ham siz real pullar bilan qanday bo‘lsa, shunday hisob shakllantirishingiz kerak bo‘ladi. Bir dollarga savdo qilish yoki har biri milliondan o‘nta hisob ochishga urinish kerak emas, bu yosh bolalik hisoblanadi. Har qanday o‘quv hisobi asosidagi savdoga imtihondek, hammasi rostakamdek yondashing.
Agar hammasi yaxshi ketsa va foyda bor bo‘lsa, $100ga hisob ochsa ham bo‘laveradi – bu optimal summa sanaladi, chunki ham biroz foyda keltiradi, ham boy berish unchalik tashvishli bo‘lmaydi. Tajriba va malaka ortgani sayin summani cheksiz oshirib borish mumkin. Biroq sizning vazifangiz yuqori emas, balki barqaror daromadga erishishdan iborat.
Ha, $100ni boy berish unchalik achinarli emas, shu sababli ayrim treyderlar, kapitalning bir necha barobarga ko‘payishiga erishish uchun, bunday summa bilan maksimal xatarli savdolarni amalga oshiradilar. Tabiiyki, hisobida bir necha ming bo‘lsa, hech kim bunday qilmaydi, shu sababli siz ham boshlanishdagi har qanday hisobingiz uchun bir xil xatar-menejmentni saqlab qolishingiz kerak.
Kutilayotgan daromad qanday rol o‘ynaydi. Sir emaski, treydingda va investisiyalashda daromad pulda emas, balki depozitdan foizlarda hisoblanadi. Uzoq muddat uchun o‘rtacha foyda foizi qanchalik katta bo‘lsa, treyder shunchalik muvaffaqiyatli bo‘ladi. Treyderlar muvaffaqiyatining achinarli statistikasini inobatga olsak, oyiga hatto 20-30 foizli daromad ham yaxshi natija, u kuniga 1-1,5% daromadni ko‘zda tutadi (dam olish kunlari bozor ishlamaydi).
Demak, siz kutayotganingiz oylik daromad, masalan, $500ni mo‘ljal qilib olishingiz, 100ga ko‘paytirishingiz va kutayotganingiz oylik daromad ko‘rsatkichiga bo‘lishingiz kerak. Masalan, agar oyiga 20 foizga ko‘z tikkan bo‘lsangiz, sizga 500 x 100 / 20 = 2500 dollar depozit kerak bo‘ladi.
Birja bitimlari va kapital
Bizda ta’lim olgan ko‘plab boshlovchi treyderlar savdoni shubhali idoralar bilan boshlaganlar, ular savdo jarayonini maksimal yengillashtiradi, ayrim mexanizmlarni qo‘llashdan bosh tortadi va, umuman, yangi boshlovchiga butun pulini boy berish maksimal qulay bo‘lishining payida bo‘ladi.
Shu sababli odamlar haqiqiy bozorda pul summalari bilan emas, balki lotlar bilan savdo qilinishini tushunishlari qiyin bo‘ladi. Lot deb bazaviy valyutaning 100 ming birligiga ataladi (EURUSD da — yevro, NZDUSD da — Yangi Zelandiya dollari va hokazo). Broker orqali lotning bir qismi, deylik, 0,1 yoki 0,01 lotga ham savdo ochish mumkin. Ammo 0,01 lotning o‘zi ham 1000 yevro yoki boshqa valyuta bo‘ladi, yangi ish boshlovchida, ayniqsa bitta bitim uchun bunday pul bo‘lmasligi mumkin.
Bu masalani kredit yelkasi – qarz pullari ko‘rinishidagi o‘ziga xos “madad” hal qiladi. Broker bitimingiz hajmini bir necha barobarga oshiradi lekin bunda qaz pullari xarajatda qatnashmaydi, balki har qanday savdodan keyin ularning hammasi qaytarib olinadi, sizga faqat foyda qoladi.
Chunonchi, masalan, siz $100ga xarid bo‘yicha, 100ga1 yelka bilan savdoni ochishingiz mumkin. Bu birjaga $10 000 ga teng bitimni olib chiqadi. Shundan keyin, agar kurs 1%ga oshsa, siz ustidan $100 ishlab topasiz (chunki 10 mingdan 1% yuzga teng), agar kurs pastga ketsa, bor pulingizni yo‘qotasiz, broker esa qolgan hammasini qaytarib oladi, chunki bular uning pullaridir.
Bu anchayin foydali sanaladi, chunki broker bilan faqat yuzaki munosabatlarda bo‘lasiz va o‘zingiz hamda o‘z mablag‘laringizdan boshqa hech kimning oldida majburiyatingizni oshirmaysiz. Shu bilan birga, yodda tutish kerak: foydalimi-zararlimi, har bir savdo uchun broker o‘z komissiyasini oladi. Brokerdan qanchalik katta qarz mablag‘lari olsangiz, komissiya shunchalik katta bo‘ladi.
Ya’ni, agar siz 10ga1 yelka bilan $100 ga emas, balki $10,000 ga savdo ochadigan bo‘lsangiz, komissiya (spred)da ancha kamroq yutqazasiz. Bu saklping strategiyasi uchun xos – bunda treyderlar juda ko‘plab mayda bitimlar ochib tashlab, bozorning eng kichik harakatlarida pul ishlaydilar. Bu holatda katta spred foydaning ko‘p qismini yeb yuborgan bo‘lardi.
To‘ldirganlik uchun bonusni oling!
Ko‘plab brokerlar saytlarida shunday jumlani uchratishimiz mumkin ammo darrov hafsalangizni pir qilamiz: 90% holatda bunday loyiha qalloblik bo‘ladi yoki bonuslar sizni bajarib bo‘lmaydigan, bor pulni brokerda boy berish qulayroq bo‘ladigan sharoitga solib qo‘yadi.
Broker siz ochadigan savdolardan daromad ko‘rishini, bunda ularning foyda yoki zarar keltirishi rol o‘ynamasligini eslatib o‘tamiz. Mutlaqo ochiq-oydinki, treyderlarning savdolarini bozorga olib chiqmay, balki ular uchun o‘ziga xos “kazino” uyushtirib, yutqizilgan pullarni o‘ziga oladigan kompaniyalar uchungina bonuslar berish foydali sanaladi.
To‘g‘ri, vijdonli broker ham bonuslar ajratishi mumkin ammo ularni darrov farqlay olasiz: ular sog‘lom aqlga to‘g‘ri keladigan va mantiqiy bo‘ladi, bundan brokerning o‘ziga qanday foyda bo‘lishi ochiq-oydin ko‘rinib turadi, masalan muayyan summaga hisob to‘ldirilganda biror o‘quv kursi taqdim etilishi, bonusli davrda komissiyaning kamaytirilishi va shu kabilar.
Yana bir bor qalloblar to‘g‘risida
Yodda tuting: vijdonli broker savdolaringizga aralashmaydi, sizni balansni to‘ldirishga ko‘ndirmaydi, to‘lovlarni sababsiz ushlab turmaydi va hokazo. Bular – qallob tashkilotning birinchi belgilari. Bundan tashqari, bunday tashkilotlar avval bor kuchlari bilan, ustuvor tartibda, sizning mablag‘laringizni platformaga jalb qiladi va shundan keyingina shartlar, shartnomalar, nimanidir tasdiqlash zarurati va shu kabilar haqida og‘iz ochadilar. Ko‘pincha muammo mablag‘ni chiqarib olishda paydo bo‘ladi, chunki qalloblar sizning “foyda”ngizni o‘z cho‘ntagidan to‘lashiga to‘g‘ri keladi.
Treyding yo‘lining avvalida mentoringiz bilan aloqani mahkam ushlang, shunda boshqa odamlar qilgan xaotlarning 95 foiziga yo‘l qo‘ymaysiz va qalloblar qo‘liga tushmaysiz. Haqiqatan, bu mustaqil harakatlanish qiyin bo‘lgan yo‘nalish, chunki bu soha va undagi qoidalar har kuni o‘zgarib turadi, unda g‘alaba qozonish uchun eng avvalida hech bo‘lmasa yutqazmaslik muhim sanaladi.