Bosh direktor

Umida Usmonova – Toshkent davlat yuridik instituti va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetini tamomlagan. Rossiya, Armanistonda stajirovka va treninglardan o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida, xususiy banklarda ishladi, advokatlik firmasida boshqaruvchi sherik bo‘ldi, UMS kompaniyasida yuridik guruh rahbari va MTSda komplaens-menejerlik qildi, davlat tashkilotlari va idoralarida yuridik bo‘linmalar va komplaens yo‘nalishlari rahbari bo‘ldi.

Hozirda iqtisodiyotning ko‘plab tarmoqlarida faoliyatni takomillashtirish uslublari va yechimlarini o‘rganish va ishlab chiqishga ixtisoslashgan ERGO konsalting kompaniyasiga rahbarlik qiladi. Kompaniya yosh olimlar va tadbirkorlarni, ilmiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlaydi, bundan tashqari, noshirlik faoliyatni olib boradi.

Umida bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi, musiqa tinglaydi, sayohat qiladi. Sevimli adiblari: A. Qodiriy, L. Tolstoy, L. Feyxtvanger, R. Bredberi, J. London, T. Drayzer, B. Verber. Vaqtni oilasi va do‘stlari bilan o‘tkazishni yoqtiradi, kasbini sevadi, yangi va innovatsion loyihalarga jiddu-jahd bilan kirishadi, O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi tizim, shaffoflik va biznesni halol yuritishning rivojlanishiga alohida e’tibor beradi.

QVANT tahririyati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *